Научная статья на тему 'YUNON FAYLASUFLARINING TILSHUNOSLIKKA QO’SHGAN HISSASI'

YUNON FAYLASUFLARINING TILSHUNOSLIKKA QO’SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
:“Kratil “ asari / ”Interpretatsiya” asari / anolagistlar / anomalistlar / iskandariya maktabi / ellinizm / stoiklar / epikurchilar

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Anvarxonova Marjona, Xolboboyeva Aziza Sherboboyevna

Barchaga ma’lumki, qadimgi Yunoniston tilshunoslik fanining beshigi hisoblanadi. Olimlar va shoirlar vatani bo’lgan Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan o’rganilgan.Yunon faylasuflari til masalalarini o’rganish jarayonida, tadqiqot muammolarini yo’nalishlarini ham belgilab oldilarki, bu yo’nalishlar ham umumiy, ham nazariy va lisoniy-falsafiy muammolarni keltirib chiqardi.Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o’rganish,so’zlarni tahlil qilish,ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, leksika va grammatika sohalaridagi qator rivojlanishlarga sabab bo’ldi.Yunon tilshunosligi davri 2 davrga ajratiladi:1.Falsafiy davr.2.Grammatik davr.Falsafiy davr faylasuf-tilshunoslariga Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon va Aristotellar misol bo’ladi.Grammatik davr tilshunoslariga esa Arixtarx, Zenodot va boshqalar kirgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YUNON FAYLASUFLARINING TILSHUNOSLIKKA QO’SHGAN HISSASI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

YUNON FAYLASUFLARINING TILSHUNOSLIKKA QO'SHGAN HISSASI

Anvarxonova Marjona

O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti talabasi Xolboboyeva Aziza Sherboboyevna

Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

azizakholboboeva1611@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10972982

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-April 2024 yil Ma'qullandi: 10- April 2024 yil Nashr qilindi: 15- April 2024 yil

KEY WORDS

:"Kratil " asari, "Interpretatsiya" asari, anolagistlar, anomalistlar, iskandariya maktabi, ellinizm, stoiklar, epikurchilar.

Barchaga ma'lumki, qadimgi Yunoniston tilshunoslik fanining beshigi hisoblanadi. Olimlar va shoirlar vatani bo'lgan Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan o'rganilgan.Yunon faylasuflari til masalalarini o'rganish jarayonida, tadqiqot muammolarini yo'nalishlarini ham belgilab oldilarki, bu yo'nalishlar ham umumiy, ham nazariy va lisoniy-falsafiy muammolarni keltirib chiqardi. Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o'rganish,so'zlarni tahlil qilish,ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, leksika va grammatika sohalaridagi qator rivojlanishlarga sabab bo'ldi.Yunon tilshunosligi davri 2 davrga ajratiladi:

1.Falsafiy davr.

2.Grammatik davr.

Falsafiy davr faylasuf-tilshunoslariga Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon va Aristotellar misol bo'ladi. Grammatik davr tilshunoslariga esa Arixtarx, Zenodot va boshqalar kirgan.

Yuqorida aytilganidek, yunon lingvistikasi tarixi 2 davrni boshdan kechirdi. Qadimgi yunon faylasuflari uchun tilni o'rganish bir qancha maqsadlarga erishish vositasi bo'lgan, jumladan dialektika (sog'lom fikrlash), mantiq (haqiqatni aniqlash va xulosa chiqarishning to'g'ri qoidalari), ritorika (tildan ishonchli foydalanish) va she'riyatni rivojlantirish va tushunish kabilar. Ularning til o'rganish usullari bugungi olimlarimizning tadqiqot usullariga juda yaqin bo'lgan. Til masalalarini o'rganishning falsafiy davrida tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, tilning mohiyatini falsafiy jihatdan ochib,tushuntirib berish bu davrning muhim xususiyati sanalgan. Bu davrda barcha falsafiy maktablar, oqim va yo'nalishlar lingvistika bilan juda faol shug'ullandilar. Bu davrning eng dolzarb masalaridan biri bu so'z muammosi ,so'zning shartli yoki tabiiy hodisa ekanligini aniqlash edi. Boshqacha aytganda, predmet va uning nomi o'rtasida qanday boglanish mavjudligi,so'zdagi tovushlarning ma'nosiga ta'siri bor yoki yo'qligi, bunday bog'lanishlar tabiat hodisasi ekanligi yoki odamlar tomonidan kelishib qo'yilishini keskin muhokama qilishdi. Va bu davr 2 asr davom etdi.

Falsafiy davr olimlarining tadqiqot ishlari:

Tilshunoslikning falsafiy davrida so'z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishda Geraklit va uning tarafdorlari quyidagi g'oyani ilgari suradilar. Ular har bir nom o'zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada, bog'lanishda bo'lib, nomlarda predmetlaming mohiyati namoyon bo'ladi, «ochiladi». Aniqrog'i, suvda daraxtlar, ko'zguda o'zimiz aks etganidek, har bir nom o'zi ifodalayotgan predmetning tabiatini, mohiyatini aks ettiradi, degan fikrni ilgari suradilar.

Demokrit va uning tarafdorlari esa so'z va predmet munosabati masalasida Geraklit va uning tarafdorlariga qarshi quyidagi g'oyani ilgari suradilar. Ya'ni, narsa, predmetlaming nomlari, so'zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq holda qo'yilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga ko'ra, odamlaming o'zaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko'ra amalga oshadi. Demak, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi degan qarorga kelishdi. Va ayni fikrning to'g'riligini tilda mavjud bolgan omonim va sinonim so'zlar bilan isbotlaydilar.

Tilshunoslikning falsafiy davrida til masalalari bilan jiddiy va barakali shug'ullangan oqimlardan biri stoitsizm hisoblanadi. Stoiklar predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasida Geraklit va uning tarafdorlari ta'limotini quvvatladilar, ya'ni, ular ham predmet va uning nomi (so'z) o'rtasida moslik, muvofiqlik mavjud deb hisoblardilar. Shunga ko'ra, ular tilni kishilarning ruhida tabiat talabiga ko'ra paydo bo'lgan deyish bilan birga so'z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi, deb aytganlar. Stoitsizm ta'limotining vakillari Xrisipp va Krates hisoblanadi.

O'sha paytdagi stoiklarga qarama-qarshi jamoa vakillari epikurchilar edi. Epikurchilar predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani dastlab tilni o'zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan, ana shunday tasodifiylik bolmaganida edi, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tushungan bo'lar edi, deb hisoblashgan.Tabiiyki, epikur ta'limoti tarafdorlari Demokritning fikrini quvvatlab, so'zlar va predmetlar orasidagi aloqa, bog'lanish tabiiy bo'lishi mumkin emas, chunki narsalarning mohiyati bilan ularning nomi orasida qarama-qarshiliklar juda ko'p, degan fikrni ilgari surishgan. Va bizning fikri ojizimizcha, predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani dastlab tilni o'zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan, ana shunday tasodifiylik bo'lmaganida edi, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tushungan bo'lar edi. Falsafiy davr oqimining buyuk olim-faylasuflari:

Sinonimlarning o'rganilishi Prodik nomi bilan bog'liq. Prodik so'zlarning sinonimi va ularning aniq ma'nosini o'rganish bilan ishladi.

Sofizmning paydo bo'lishi Protagor nomi bilan bog'liq.U otlarning rodlarini,fe'l zamonlarini va gaplarning turlarini aniqladi.Ammo bizgacha birorta asari yetib kelmagan. Protagor Platonning ustozi hisoblanadi.

Platon til masalalari bilan jiddiy shug'illangan olimlardan biri hisoblanadi. Uning "Phaedo", "Phaedrus", "The aetitus", "Sophist" kabi dialoglarida tabiat v til funksiyalari bilan doimiy va barakali shug'illanganligini bildiradi. Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo'lgan predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Cratylus» nomli asarida ham mukammal bayon qilinadi. U bu asarida Hermogenesning radikal konventsionalizmga murojaat etadi. U gaplarda ot va fe'llarni aniqladi. Va bulardan tashqari, Platon etimologiya fanining asoschisidir.

biri analogistlar va analogistlar oqimi tilning

Yana bir o'z davrining qomusiy olimi bu Aristotel hisoblanadi. Aristotel tilni oddiy hodisa deb atadi. U og'zaki so'zlashuvning yozma manbaalardan oldin paydo bo'lganligini va ularning vaqtinchalik ekanligini aniqladi. Aristotelning fikriga ko'ra, og'zaki so'zlashuv ongning, yozma so'zlashuv og'zaki so'zlashuvning ramzi edi. U birinchilardan bo'lib tilni mantiqdan ajratdi. Aristotelning "Interpretation" asari haqida Kretzman "semantika tarixidagi eng muhim durdonalardan biri" deb ta'rif beradi. Va lingvistikaga oid yozma axborot, ong va ekstramental voqelik uchalasini "semantic triada" deb atadi. Bulardan tashqari, Aristotel gap tarkibi asosiy ism va fe'ldan(ega va kesim) iboratligini aytgan. Va bu guruhga ko'makchilar ( bog'lovchilar) ni ham qo'shdi. Fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.

Arastuni doim qiziqtirgan mavzu bu lingvistik ikki ma'nolik bo'lib, so'zlarning lingvistik va real ta'rifi o'rtasidagi farqni "Posterior Analytics" asarida ko'rib chiqadi. Shunday qiib, Aristotel tilni inson tanasidagi tabiiy ba'za va fiziologik kuch ekanligini va o'z navbatida ijtimoiy va siyosiy munosabatlar o'rtasidagi asosiy vosita ekanligini aytib o'tgan. Grammatik davrning olim-faylasuflari:

Grammatik davrda Makidoniyalik Aleksandr davrida tashkil etilgan Iskandariya maktabi barcha olimu-fuzalolarning va rivojlanishlarning uyi hisoblangan. Bu davrda o'zaro qizg'in kurash olib borgan yetakchi oqimlardan, yo'nalishlardan yana anomalistlar - qarama - qarshi g'oyadagi faylasuflar guruhi edi. Mashhur yunon grammatikachisi Aristarx boshchiligidagi grammatik qurilishi va lug'at tarkibi bilan borliq orasida moslik, muvofiqlik - o'xshashlik mavjud, degan g'oyani ilgari surishadi. Ular yunon va lotin tillarida otning uch xil grammatik jinsi (rod): erkaklar jinsi, ayollar jinsi va har ikki jinsga ham tegishli bo'lmagan oraliq jins mavjudligini aytishadi.

Anomalistlar oqimining yetakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa ushbu g'oyaga zid fikrni ilgari surishadi. Ular tilning tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to'la moslik, o'xshashlik yo'q degan fikrda bo'lgan. Va bizning fikrimizcha ham shakl va moslik orasida moslik yo'qdir. Chunk, rostan ham rus tilidagi (cherepaxa ) va ( belka ) ayoli va erkagi ham bir xil jinsda aytiladi.

Grammatik davrning faol tilshunoslaridan biri bu Aristarx edi. U Iskandariya maktabining bosh kutubxonachi edi. O'zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan juda samarali ijod qildilar. Ma'lumotlarga qaraganda, Aristarx 800 ga yaqin asar yozib qoldirgan. Va Gomerning asarlarini qayta ishlagan.

Apolloniy Diskol bizgacha yetib kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida»

asarida yunon tili sintaksisiga oid ma'lumotlarni berdi.

Xulosa

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tmoqchimizki, yunon lingvistikasi butun dunyo tilshunosligining azaliy beshigi va kelib chiqishi hisoblanadi. Yunon lingvistikasining falsafiy davrida tilning kelib chiqishi, insonlar o'rtasidagi ahamiyati, predmet va uning nomi o'rtasidagi bog'lanish muhokamaga aylangan bo'lsa, grammatik davrda Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo'yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bo'lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bo'sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari grammatikani falsafadan ajratdilar. Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri grammatikani mustaqil fan sifatida yaratdi.

Qadimgi yunon tilshunosligi (grammatikasi) hind tilshunosligi (grammatikasi) bilan bir qatorda o 'z davrida arab tilshunosligiga (grammatikasiga) ta'sir qildi va ellinizmni yuzaga keltirdi.

1. "Classical philology" University of Chicago press.

2. "Aristotle and Linguistics" P A M Seuren, Max Planck Institute for Psycholinguistics, Nijmegen, The Netherlands.

3. "Umumiy tilshunoslik" Rasulov Ravshanxo'ja.

4. Kholboboeva Aziza Sherboboevna. (2022). Peculiarities of the Sociolinguistic Approach in Advertising Discourse. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 11, 13-15. Retrieved from

5. https://www.periodica.org/index.php/journal/article/view/205

6. Kholboboyeva A.SH. Antropotsentrizm v yazykoznanii. Tom. 6 Net. 6 (2022). https://confrencea.org/index.php/confrencea/issue/view/9

7. Kholboboeva Aziza Sherboboevna. (2022). COMPARATIVE DISCOURSE STUDIES IN LINGUISTICS. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 9, 33-37. Retrieved from https://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/261

8. JSTOR.com.

9. Britannica.com.

10. Cambridge University press & Assessment.

Foydalanilgan adabiyotlar / References:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.