Научная статья на тему 'YOSHLARNING O’SMIRLIK DAVRIDA KECHADIGAN JARAYONLARI VA UNING PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI'

YOSHLARNING O’SMIRLIK DAVRIDA KECHADIGAN JARAYONLARI VA UNING PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4231
225
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologik / jinsiy balogʻat / ruhiy / yetuklik / oʻsmir yoshlar / oʻzgarishlar / akseleratsiya / individual / inqiroz. / psychological / puberty / mental / maturity / adolescence / change / acceleration / personality / crisis

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Turayev, Adhamjon Abdulfayiz Oʻgʻli, Abdullajonov, Nurbek Baxtiyor Oʻgʻli, Eshboʻriyev ,Javohir Bobomurot Oʻgʻli

Bu ilmiy maqoladan maqsad oʻsmirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishining umumiy xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishiga ta’siri, oʻsmirlik davri inqirozi va uning psixik sabablari, oʻsmirlik davrida intellektual va shaxs rivojlanish xususiyatlari boʻyicha maqolani yangicha talqinda ochib berish. Oʻsmirlik davrida oʻz-oʻziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari, ular ong va dunyo qarashining shakillanishini tushuntirish orqali oʻsmir yoshlarni, oʻz-oʻzini anglashga, tahlil qilishga va tarbiyalashga oʻrgatish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROCESSES OF YOUTH IN ADOLESCENCE AND THE FEATURES OF ITS PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT

The purpose of this article is to give a new interpretation of the article about the general features of physical and mental development in adolescence, the process of puberty, its impact on mental development, the crisis of adolescence and its psychological causes, the characteristics of intellectual and personal development in adolescence. Features of the development of the self-esteem system in adolescence, teaching adolescents to understand, analyze and educate themselves, explaining the formation of consciousness and worldview.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING O’SMIRLIK DAVRIDA KECHADIGAN JARAYONLARI VA UNING PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOSHLARNING O'SMIRLIK DAVRIDA KECHADIGAN JARAYONLARI VA UNING PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Turayev Adhamjon Abdulfayiz o'g'li, Nurbek Abdullajonov Baxtiyor o'g'li, Eshbo'riyev Javohir Bobomurot o'g'li,

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash ishi yo'nalishi talabalari.

Bu ilmiy maqoladan maqsad o'smirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishining umumiy xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishiga ta'siri, o'smirlik davri inqirozi va uning psixik sabablari, o'smirlik davrida intellektual va shaxs rivojlanish xususiyatlari bo 'yicha maqolani yangicha talqinda ochib berish. O 'smirlik davrida o 'z-o 'ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari, ular ong va dunyo qarashining shakillanishini tushuntirish orqali o 'smir yoshlarni, o 'z-o 'zini anglashga, tahlil qilishga va tarbiyalashga o 'rgatish.

Kalit soizlar: psixologik, jinsiy balog'at, ruhiy, yetuklik, o'smir yoshlar, o 'zgarishlar, akseleratsiya, individual, inqiroz.

Целью данной статьи является дать новую интерпретацию статьи об общих особенностях физического и психического развития в подростковом возрасте, процессе полового созревания, его влиянии на психическое развитие, кризисе подросткового возраста и его психологических причинах, характеристике интеллектуального и личностного развития в подростковом возрасте. Особенности развития системы самооценки в подростковом возрасте, обучение подростков понимать, анализировать и воспитывать себя, объясняя формирование сознания и мировоззрения.

Ключевые слова: психологическая, половая зрелость, психическая, зрелость, подростковый возраст, изменение, акселерация, личность, кризис.

The purpose of this article is to give a new interpretation of the article about the general features of physical and mental development in adolescence, the process of puberty, its impact on mental development, the crisis of adolescence and its psychological causes, the characteristics of intellectual and personal development in adolescence. Features of the development of the self-esteem system in adolescence,

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

teaching adolescents to understand, analyze and educate themselves, explaining the formation of consciousness and worldview.

Keywords: psychological, puberty, mental, maturity, adolescence, change, acceleration, personality, crisis.

Inson umrining o'smirlik bosqichida asosan ikkita xarakterli jihati farqlanadi. Uning bittasi- kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi-o'smirning oilada va maktabda e'tibordan chetda qolishi, shu ikki jihat katta yoshdagi odamlarning e'tiboridan tashqari, o'z oqimida, maqsadga muvofiq tarzda kechadigan bo'lsa, oqibatda tarbiyasi qiyin deb ataluvchi yoshlar paydo bo'lishiga olib keladi.

5-8- sinf o'quvchilari o'smir yoshdagi shaxs deb yuritiladi. Bu davr 2 ga ajratiladi.

• 11-12 yosh davri;

• 14-15 yosh davri;

> ,,O'tish davri", ,,Inqiroz davri", ,,Pubertat davri", ,,Tarbiyasi qiyin davri", ,,Murakkab davri" deb nomlanadi.

> Akseleratsiya ham katta ahamiyat kasb etadi.

> Psixologik, psixoofiziologik va ijtimoiy omillarga bog'liq.

O'smirlar asta-sekin o'zini katta odam deb his qila boshlaydi, lekin ko'p odat va xususiyatlari bolalarcha bo'lib qoladi. Bu hissiyot kattalik hissi deb ataladi va o'smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his o'smirlarda o'ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy pozitsiyasi yuzaga keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta moslashtira boshlaydi. O'smir o'z huquq doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni xohlaydi.

O'smir yosh davridagi o'zgarishlar quyidagi nomlar bilan farqlanadi:

1. Tarbiyasi qiyin, xotirasi past, diqqatining ko'lami tor, beqaror, agressiv;

2. Deviant xulqli bolalar borliq, nizoli oilalarda shakillanadi;

3. Asotsiallik ko 'chaga yo 'nalgan bolalar;

4. Delikvent xulqli bola-oilasida mahkum qilgan shaxslar bilan munosabatlar asosida yuzaga keladi;

5. Nuqsonli bolalar- jismoniy nuqsonlarga ega.

Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Butun endokrin sistemasining, xususan gipofizning aktivlashishi tufayli o'smir organizmida sifat jihatidan o'zgarishlar yuz beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o'g'il bolalarda 13-15 yoshda bo'lib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'ladi, o'smirning tashqi ko'rinishi o'zgaradi, muskullar

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

massasi va muskul kuchi o'sadi, bu holat jinsiy yetilishning oxriga borib jadallashadi. Ichki organlar xususan yurak, ba'zan yurak qon tomir sistemasida patologik o'zgarishlar yuz beradi. Tashqi olat, urug'don va urug' hujayralari, qin tuxumdon va tuxum hujayralariga bir qadar rivojlanishida jadalliklar yaqqol ko'zga tashlanadi.

O'smirlar muammosiga e'tiborni kuchaytirib tarbiyasiga befarq bo'lmaslik kerak. O'smirlar muammosiga e'tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

1) Fan va texnika rivojlanishi natijasida, madaniyat, san'at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitning o'zgarayotganligi;

2) Ommaviy axborot ko'lamining kengayishi tufayli o'smirlar ongliligi darajasining ko'tarilganligi;

3) O'g'il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat, fan va texnika rivojlanishi natijasida ijtimoiy qonunlaridan, tarixdan yetarlicha xabardorligi;

4) Akseleratsiya ( j ismoniy va aqliy kamoloti j adallashagani);

5) O'smirlar bilan ishlashda g'oyaviy siyosiy, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik tarbiyasiga alohida yondashish zarurligi;

6) Oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani;

7) O'quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o'zini-o'zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.

Bularning barchasi yoshlarning keng imkoniyatlardan foydalanish yo'riqnomasi desak mubolag'a bo'lmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'smirlik davri-- Insonni bolalikdan yoshlikka o'tuvchi, o'z navbatida boshqa davrlardan o'zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi omildir. Shu bilan birgalikda o'smirlik faoliyati natijasi natijasi haqida bir necha olimlar fikr bildirishgan, xususan:

Biogenetik yo'nalish vakillari S. Call va Z. Freyd bu inqiroz biologik shartlanganligi tufayli muqarrardir deb hisoblaydi. Amerikalik antropologlar M.Mid va R. Benedikt o'smirlik inqiroziy ijtimoiy munosabatlarning natijasi deb qarashadi.

Xarakter asentuatsiyasi- K. Leonhard tomonidan kiritilgan tushuncha bo'lib, xarakter ba'zi sifatlarning yorqin ifodalanganligining namunasidir. Xarakter aksentuatsiyasini bilish o'smirlarga individual yondashish, kasbga yo'naltirish kabilarda zarurdir. O'z-o'zini baholash- shaxsning boshqalar bilan taqqoslash va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

refleksiya natijasida o'z-o'zini baholash murakkab va o'zgaruvchan bo'lib, shaxs strukturasida katta o'rin tutadi.

Venalik psixolog Z. Freyd va uning shogirdlari o'smirlik davrini baholashda insonga azaldan berigan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o'z mavqeyini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish go'yoki hudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo bo'lishga, atrof muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari mayllari shaxsning faolligini belgilar emish. Rus psixologlari Z. Freyd nazariyasini mutlaqo asossiz hisoblab, o'smirda imkoniyat bilan talabchanlik o'rtasidagi kelishmovchilik, o'zini ko'rsatishga moyillik va o'z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo'lishi bilan xarakterlanishini asoslab berdilar. Amerikalik K. Kulon o'smirlik davri haqidagi biogenetik nazariyani qattiq tanqid qilib, o'smirlik davri ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, degsnilgari suradi. Uning fikricha o'smirlik davrida uchta asosiy ijtimoiy-axloqiy kategoriya mavjud bo'lib, ular:

1. Emansipatsiya ( kattalar ta'siridan qutilish);

2. Mustaqillikka erishish;

3. Hayotiy yo'li va kasb- hunar tanlashda jiddiy munosabatda bo'lish zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni o'zlashtirshdan iboratdir.

Bola yuqoridagi muammolarga e'tibor bermas ekan, o'smirlik davri qancha bo'lishidan qat'iy nazar, u bolaligicha qolaveradi. O'smir o'zini nazorat qilmas ekan bu borada trio yo'ldan adashishi muqarrar bo'lib qoladi.

O'smir yoshi dunyo qarash , e'tiqod, prinsip, o'zlikni anglash,baholash kabi shaxs xususiyatlari shakillanadigan davr hisoblanadi.O'smir ilayotgan sari unda ,,Ideal Men", ,,Axloqiy Men", va ,,Haqiqiy Men" singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e'tiqod va boshqalar shakillana boradi, undagi o'zi to'g'risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo'lib qoladi. O'smir o'z faoliyatini muayyan prinsip va shaxsiy nuqtai- nazari asosida tashkil qila boshlaydi. O'smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. O'smirlarning ko'pchiligi qat'iyatlilik, kamtarlik, mag'rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma'naviy, axloqiy tushunchalarni to'g'ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror ilmiy qarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda bir so'z bilan aytganda o'smirlik katta hayotga qo'yilgan birinchi qadam hisoblanadi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. T. 2004.

2. Yartsev D.V. Zamonaviy o'smirlarni ijtimoiylashtirishnmg xususiyatlari, 1999-

3. Gipheneiv Yu. B. Bola bilan suhbat. Qanday?-3- tuzatilgan va to'ldirilgan-X drayveri :.Chero, 2002.

4. Jumanazarov Yo. Youth and pedagogical psychology. Methodical complex Namangan 2009. 72-80-153-160.b

5. Маклаков А.Г. Общая психология. Учебник для вузов. С. Пб. 2008. - 283 с.

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.