Научная статья на тему 'YOSHLARGA ZAMONAVIY KASB-HUNARLARNI O’RGATISH ULAR O’RTASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH-DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI'

YOSHLARGA ZAMONAVIY KASB-HUNARLARNI O’RGATISH ULAR O’RTASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH-DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
40
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehnat bozori / mehnat resurslari / kasb-hunarga o‘qitish / professional ta’lim / ish beruvchilar / xususiy sektor / mehnat migratsiyasi / ishchi kuchi / tashqi va ichki mehnat bozori / tadbirkorlik ko‘nikmalari / kasbiy malaka tizimi / jamiyat / shaxs / sunʼiy intellekt / loyiha menejerlari / buxgalter / virtual haqiqat dizayneri / marketing.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Baxtiyorova Yo.

Maqolada jamiyatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida professional ta’lim tizimida yoshlarni mehnat bozori ehtiyojlari asosida zamonaviy va sifatli kasbga o‘qitish tizimini Yevropa standartlari asosida joriy etilishining mohiyati yoritib berilgan. Tahlillar asosida mehnat bozorida yoshlarning kasb-hunar egallash va shu orqali ish bilan bandlik masalalaridagi muammolar aniqlangan. Shuningdek, professional ta’lim muassasalari mehnat bozorida yoshlarni davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida zamonaviy kasblarga sifatli tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA ZAMONAVIY KASB-HUNARLARNI O’RGATISH ULAR O’RTASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH-DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI»

Baxtiyorova Yo.

"Urganch Ranch Texnologiya" universiteti talabasi

Ilmiy rahbar: Adambayev U.X.

"Urganch Ranch Texnologiya" unversiteti katta o'qituvchisi

YOSHLARGA ZAMONAVIY KASB-HUNARLARNI O'RGATISH ULAR O'RTASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH-DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI

Annotatsiya: Maqolada jamiyatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida professional ta'lim tizimida yoshlarni mehnat bozori ehtiyojlari asosida zamonaviy va sifatli kasbga o'qitish tizimini Yevropa standartlari asosida joriy etilishining mohiyati yoritib berilgan. Tahlillar asosida mehnat bozorida yoshlarning kasb-hunar egallash va shu orqali ish bilan bandlik masalalaridagi muammolar aniqlangan. Shuningdek, professional ta'lim muassasalari mehnat bozorida yoshlarni davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida zamonaviy kasblarga sifatli tayyorlashni takomillashtirish bo'yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so^zlar: mehnat bozori, mehnat resurslari, kasb-hunarga o'qitish, professional ta'lim, ish beruvchilar, xususiy sektor, mehnat migratsiyasi, ishchi kuchi, tashqi va ichki mehnat bozori, tadbirkorlik ko'nikmalari, kasbiy malaka tizimi,jamiyat,shaxs, sun'iy intellekt,loyiha menejerlari, buxgalter, virtual haqiqat dizayneri,marketing.

Bakhtiyorova Yo.

student

"Urganch Ranch Technology" University Scientific supervisor: Adambayev U.Kh.

senior lecturer University "Urganch Ranch Technology"

TEACHING YOUTH MODERN PROFESSIONS AND DEVELOPING ENTREPRENEURSHIP AMONG THEM IS AN IMPORTANT FACTOR OF STATE AND SOCIETY DEVELOPMENT

Abstract. The article explains the essence of the introduction of a system of modern and high-quality vocational training of young people based on the needs of the labor market in the professional education system at the current stage of development of our society based on European standards. On the basis of the analysis, the problems in the employment of young people in the labor market have been identified. Also, scientific and practical recommendations have been developed to improve the quality training of young people in the labor market of

professional educational institutions for modern professions based on the needs of employers in the public and private sectors.

Key words: labor market, labor resources, vocational training, professional education, employers, private sector, labor migration, labor force, external and internal labor market, entrepreneurial skills, professional qualification system, society, personality, artificial intelligence, project managers, accountant, virtual reality designer, marketing.

Zamonaviy bilim olish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb-hunar egallash istagida bo'lgan yoshlarning ta'lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ulg'ayib kelayotgan yosh avlodning intellektual hamda kasbiy mahoratini rivojlantirishga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash, va sharoit yaratib berish asosiy vazifalardan birdir.

Har qanday jamiyat boyligining manbayi, insoniyat tomonidan moddiy va ma'naviy boylik yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday bo'lishidan qat'i nazar, mehnat moddiy va nomoddiy ne'matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat bo'lib qoladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev1 ta'kidlaganidek, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o'zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligiga, uning hayot darajasi hamda sifatiga qay darajada ta'sir ko'rsatayotgani bilan o'lchanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 22022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta'kidlaganidek, odamlarimizni kasb-hunarli qilish, ularning biznesiga keng yo'l ochish, haqiqiy mulkdor bo'lib, daromad topishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi hamda farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O' zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

1. Kelajak uchun eng yaxshi kasb qaysi?

2. Yaqin 10 yil ichida qay bir sohadan kattaroq daromad topish mumkin?

3. Bugungi kunda qanday mutaxassislarga talab kuchliroq?

Bu savolga javob izlayotganda, avvalo, avtomatlashtirish yoki muqarrar ravishda sun'iy intellekt rivojlanishi bilan almashtirilishi mumkin bo'lgan kasblardan qochish lozim. Sababi, texnologiya rivojlanishi bilan mazkur yo'nalishdagi ishlar o'z ahamiyatini yo'qota boshlashi mumkin.

Ma'lum bir ishning dolzarbligiga turli omillar ta'sir qiladi: doimiy rivojlanish, yangi mashina va robotlarning yaratilishi orqali inson hayotining yaxshilanishi, qo'l mehnati orqali bajariladigan bir qancha amallar o'rnini texnika bajarishi, sun'iy intellekt takomillashishi va hakozolar.

Uzoq kelajakda qaysi kasbga talab yuqoriroq bo'lishini avvaldan aytish biroz qiyin. Biroq yaqin 5 yil ichida yuqori trendda bo'lishi kutilayotgan kasblarni sanab o'tishimiz mumkin.

Loyiha menejerlari

Hozirda har bir kompaniya o'ziga tegishli loyihalarini ishlab chiqish jarayonini boshqarish uchun malakali loyiha menejeriga ega bo'lishni istamoqda. Bugungi kunda loyiha menejerlariga talab har doimgidanda yuqori. Odatda, kompaniyalarda bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlar ishlaydi va loyiha menejeri ko'p vazifani bajarish va bajartirishga mas'ul shaxs hisoblanadi. Loyiha menejerlari loyihaning asosiy maqsadlari va ko'lamini aniqlash, rivojlanishning yaxlit rejasini tuzish, ijro bosqichida jamoani boshqarish, loyihaning yakuniy yopilishiga bosh-qosh bo'ladi.

Buxgalter

Daromad va xarajatlarni kuzatishda, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini taminlashda, investorlarga, menejment va hukumat vakillariga biznes qarorlarini qabul qilishda zarur bo'lgan miqdoriy moliyaviy malumotlarni taqdim etishga yordam beruvchi soha buxgalteriya hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish korxonaning moliyaviy operatsiyalarini muntazam va batafsil ro'yxatga olishni anglatadi. Ahamiyatlisi, buxgalterlarga talab doimiy tarzda mavjud bo'ladi.

Chet tillaridan birortasini bilsangiz, masofadan turib kattaroq so'mmadagi maosh to'laydigan bir necha kompaniyada bir vaqtning o'zida buxgalter sifatida faoliyat yurita olishingizhammumkin!

Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi (Software manufacturer) Bilamizki, ushbu kasb IT (axborot texnologiyalari) sohasidagi juda mashhur va yaxshi haq to'lanadigan ishhisoblanadi.

Virtual haqiqat dizayneri(VR designer)

VR minigarnituralar va boshqa gadjetlarga talab katta ekanligi o'z-o'zidan ushbu yo'nalishda faoliyat yurituvchi dizaynerlarga kelajakda yaxshi daromad topish mumkin bo'lgan ish o'rinlarining mavjud bo'lishiga ishora hisoblanadi.

Marketing bo'yicha mutaxassis

Marketing tadqiqotlari-bu kelajakda ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan sohaladan biri sanaladi, sababi kompaniyalar doimiy tarzda yanada ko'proq rivojlanish va kattaroq natijalarga erishishga intilishadi. Mazkur jarayonlarning samarali tarzda amalga oshirilishida esa bevosita marketing tadqiqotlarining o'rni beqiyos sanaladi.Bunda tovar va xizmatlarini innovatsion usullar bilan targ'ib qilish va brend, imijni yaratadigan, saqlaydigan va obro'sini oshiradigan kasb egalari ham marketologlar safiga qo'shilib ketadi. Kelajagingiz uchun eng yaxshi ish o'rinlari haqida o'ylaganingizda, avvalo, kasbning jamiyatda tutgan o'rni qanday bo'lishidan qat'iy nazar, o'zingizning qobiliyatlaringiz va qiziqishlaringizni ko'proq inobatga olganingiz ma'qul. Sababi, har qanday ishni san'at darajasida qila olish uchun uni yaxshi ko'rib bajarish talab etiladi. Aslin i olganda, jamiyat uchun keraksiz kasbning o'zi yo'q. Istalgan kasb obro'sini

oshirish unda faoliyat yuritayotgan shaxslarga bevosita bog'liqdir, desak, adashmaymiz!

Xalqaro mehnat bozoridagi talab va taklifning o'zgarishi, globallashuv va integratsion jarayon tezlashishi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar inobatga olinsa, shunga mos ravishda zamon talablariga javob bera oladigan ko'nikma va malakaga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash masalasining dolzarbligi yanada oshadi. Tadqiqot ishini amalga oshirishda mehnat bozorida ehtiyojlaridan kelib chiqib, yoshlarni zamonaviy va sifatli kasb-hunarga o'qitish tizimi bilan o'zaro aloqalari tahlil etilgan. Mehnat bozorida ish beruvchilarning talab va ehtiyojlari asosida iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish yo'nalishlari solishtirma hamda statistik tahlillar asosida davlat va xususiy sektorda ish beruvchilarning ishchi kuchiga qo'yiladigan talablari tahlil etilgan.

Kasb-hunarga o'qitishni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mehnat bozorida ehtiyoj bo'lgan va yangi istiqbolli kasblar bo'yicha zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan malakali kadrlarni kasb-hunarga o'qitish jarayonini yangi bosqichga ko'tarish hamda zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'quv jarayonlarini tashkil qilish maqsadida mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida umumta'lim maktablari kasb o'rganish istagidagi bitiruvchilarining davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko'maklashuvchi tizimni joriy etish vazifasi belgilangan. Ana shu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida ko'rilayotgan chora-tadbirlar o'quvchilarning muayyan kasb o'rganib, maxsus malakaga ega, raqobatbardosh kadr bo'lib yetishishiga xizmat qiladi. Zero, iqtisodiyot barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan bellasha olish ham mehnat bozoridagi kadrlarning salohiyatiga bog'liq.

Ma'lumki, bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan asrimizda yoshlarning har tomonlama puxta bilim egallashi, zamonaviy kasb-hunar sirlarini chuqur o'rganishi dolzarb ahamiyatga ega. Bu esa iqtisodiyot tarmoqlariga malakali kadrlar yetishtirib beruvchi muassasalar oldiga ham muhim vazifalarni qo'yadi. Zamonaviy kasb-hunarga ega yoshlar mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchi hisoblanadi. Zero, ichki va tashqi mehnat bozoriga munosib kasb egalarini tayyorlash ham bugun ustuvor masala sanaladi.

Shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan fuqarolarimiz va yoshlarni xorijiy ish beruvchilarning malaka talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash maqsadida professional ta'lim muassasalari, "Ishga marhamat" monomarkazlari hamda kasb-hunarga o'qitish markazlari hamda nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga va xorijiy tillarga o'qitish yo'lga qo'yilgan.

Bundan tashqari, mehnat bozori konyunkturasi tahlil qilindi mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha 124 000 nafardan ortiq ishchi kasb egalariga bo'lgan joriy va yaqin istiqboldagi ehtiyoj belgilab olindi.

Kasb-hunarga o'qitiladigan kontingent sifatida 1 558,3 000 nafar ishga joylashtirishga muhtoj aholi hamda 563 000 nafar mehnat bozoriga ilk marta kirib keluvchilar belgilab olindi."Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz shaxslar hamda nogironligi bo'lgan shaxslarni kasb-hunarga o'qitishda ustuvorlik belgilandi.

Bugun yoshlarni ish bilan ta'minlash, biror faoliyat turiga jalb etishning eng samarali yo'li ularni kasb-hunarga o'qitish ekani mamlakatimiz tajribasida yaqqol namoyon bo'lmoqda. O'tgan qisqa vaqt ichida yoshlar, ayniqsa, ishsiz aholi qatlamini bu tizimga jalb qilish, kelgusida oliy ta'limni davom ettirishidan qat'i nazar, ularga hayotida asqotadigan biror hunarni o'rgatish, egallagan kasbi bo'yicha bo'sh ish o'rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.

2023-yilda har bir hududda kamida 1 tadan namunaviy texnikum tashkil etib, ularda Yevropa kasbiy ta'lim sifatini ta'minlash standartlarini joriy etish hamda bu orqali Yevropa kasbiy ta'lim va kasbga o'qitish sifatini ta'minlash (EQAVET) tizimi asosida professional ta'lim sifatini ta'minlashning mezonlarini ishlab chiqildi.

EQAVET tizimi bu: Yevropa mamlakatlari professional ta'limida sifatni ta'minlashning namunali (etalon) yagona tizimini yaratish maqsadida 2009 -yilda Professional ta'lim va kasbga o'qitishda Yevropa sifat kafolati tizimi (EQAVET - European Quality Assurance in Vocational Education and Training^ yo'lga qo'yilgan. Maktab o'quvchilarni kasbga yo'naltirish ishlarini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va kasb-hunar maktablariga o'quvchilar qamrovini oshirish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Professional ta'lim tizimini 2023-2030-yillarda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha asosiy ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xulosa: Mehnat bozorining rivojlanishi tendensiyalarini inobatga olgan holda, aholining keng qatlamlarini talab yuqori bo'lgan kasblarga o'qitish va malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish hamda mehnat resurslari balansini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ayniqsa, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlar bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish bo'yicha mehnat bozorining aniq talabidan kelib chiqib, kasb-hunarga o'qitish davlat buyurtmasini hududiy investitsiya dasturlari asosida yaratilayotgan ish o'rinilarini inobatga olgan holda shakllantirish mehnat bozorida 2030-yilgacha mavjud yangi paydo bo'ladigan kasblar ro'yxatini shakllantirish yoshlar bandligi samaradorligini oshirish uchun iqtisodiy rag'batlardan, jumladan, yoshlarni ishga joylashtirish va qabul qilish, ularni kasbga o'qitish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash bo'yicha xizmatlarini taqdim qilishdan korxonalarning manfaatdorligini oshiradigan soliq imtiyozlaridan ham foydalanish, yoshlarni ishga qabul qilish uchun qo'shimcha kvotalar ajratish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Мирзиёев Ш. "Янги Узбекситоннинг тaрaккиёт стрaтегияси". - Тошкент: "Узбекистон" нaшриёти, 2021.

2.Узбекистон Республигаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Узбекистон Республикaси Олий Мaжлисигa Мурожaaтномaси. - Тошкент 2022 йил, 20 дегабрь.

3.Узбекистон Республигасининг 2020 йил 20 октябрдaги "Ах,оли бaндлиги тyFрисидa"ги УРК,- 642-сон Конуни.

4.Узбекистон Республикaсининг 2020 йил 23 сентябрдaги "Тaълим тyFрисидa"ги УРК-637-сон Конуни.

5.Узбекистон Республикaсининг 2022 йил 28 октябрдaги "Ме^тт кодексини тaсдиклaш тyFрисидa"ги УРК-798-сон Конуни.

6.Узбекистон Республикaси Президентининг 2022 йил 28 янвaрдaги "20222026 йиллaргa м^ж^^^нтн Янги Узбекистоннинг тaрaккиёт стрaтегияси тyFрисидa"ги ПФ-60-сон Фaрмони.

7.Абдурaхмоновa Г. Мех,тт щтисодиёти. // Укув кyллaнмa. - Тошкент: Инновaцион ривожлaниш нaшриёт-мaтбaa уйи, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.