Научная статья на тему 'Yoshlarda huquqbuzarlikning kelib chiqishining ijtimoiypsixologik xususiyatlari'

Yoshlarda huquqbuzarlikning kelib chiqishining ijtimoiypsixologik xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
47
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
diniy ekstrremizim / terrorizm / giyohvandlik / odam savdosi / noqonuniy migratsiya / ommaviy madaniyat / deviant xulq-atvor

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Jasur Shopirjonovich Ostonov, Shahzod Najmiddinovich Bafoyev

Ushbu maqola yoshlar o‘rtasida deviant xulq-atvorning turli xildagi ko‘rinishlari va jamiyatdagi jinoyatchilik holatlarini oldini olishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Yoshlarda huquqbuzarlikning kelib chiqishining ijtimoiypsixologik xususiyatlari»

Yoshlarda huquqbuzarlikning kelib chiqishining ijtimoiy-

psixologik xususiyatlari

Jasur Shopirjonovich Ostonov j. s .ostonov@gmail. com Shahzod Najmiddinovich Bafoyev

BuxDPI

Annotatsiya: Ushbu maqola yoshlar o'rtasida deviant xulq-atvorning turli xildagi ko'rinishlari va jamiyatdagi jinoyatchilik holatlarini oldini olishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: diniy ekstrremizim, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ommaviy madaniyat, deviant xulq-atvor

Socio-psychological characteristics of the origin of

delinquency in youth

Jasur Shopirjonovich Ostonov j. s .ostonov@gmail. com Shahzod Najmiddinovich Bafoyev

BuxSPI

Abstract: This article aims to prevent various forms of deviant behavior among young people and crime in society.

Keywords: religious extremism, terrorism, drugs, human trafficking, illegal migration, mass culture, deviant behavior

"Har qanday jamiyat, davlat ma'lum adolatni himoya etuvchi huquqiy qonunlar asosida idora etiladigan, adolatsizlikga yo'l qo'yilmaydigan qonun ustuvor bo'lgan adolatli jamiyat ta'limotni yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo'shadi"-degan buyuk mutafakkir bobomiz Abu Ibn Sino.

Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda diniy ekstrremizim, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi yovuz xavf-xatarlar insoniyat boshiga og'ir kulfatlar solayotgan hozirgi murakkab bir davrda yoshlar tarbiyasi masalasi yanada muhim ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas.

Yoshlar o'rtasida deviant xulq-atvorning rivoshlanishi va jamiyatdagi jinoyatchilik hodisalarining o'sishi o'rtasidagi to'g'ridan tog'ri bog'liqlik mavjud bo'lib dunyoda deviant xatti-harakatlar muammosi ayniqsa keskin. Iqtisodiy

tengsizlik, ommaviy globallashuv, axbarotdan erkin foydalanish demokratiyaning erkin rivojlanishi, shuningdek ijtimoiy hodisalar ko'pincha o'smirlar muhitida salbiy reaktsiyalarni keltirib chiqarmoqda. Deviant xatti-harakatlarning oldinishi olinishi va uning sabablarini bartaraf etish uchun biz yoshlar tushunadigan va umumiy manfaatlarga ega bo'lgan guruhni topishda yordam berishimiz kerak. Aytish mumkinki musiqa, sport maktabiga yokida sport turistik klublari va hokazolarni misol qilib olishimiz mumkin.

Inson tarbiyasidagi eng birinchi muhim nazorat instituti bu- oiladir, afsuski oramizda shunday odamlar ham borki, ular jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to'siq bo'luvchi me'yordan og'ish holatlarini yuzaga keltiradi. Jamiyatda o'rnatilgan ijtimoiy me'yorlardan chetga chiqish holatlari psixalogiyada "deviantlik holati'' undan tug'uluvchi xulq-atvorni "deviant xulq-atvor'' deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki hatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichkilikbozlik, giyohvantlik, fohishabozlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.

Yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda mas'ullar asosiy e'tiborni nimalarga qaratyapti?

Bugun jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining yoshlar o'rtasida kuzatilayotgani achchiq haqiqat. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarga nisbatan 25 foizga yetgan. Mutasaddilar "Kasalni davolagandan ko'ra, oldini olgan ma'qul", degan naqlga amal qilgan holda jinoyat bilan kurashishda dastlab yoshlarni jinoyat qilishga undaydigan sabablar, holatlarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko'rmoqda. Yoshlar orasidagi jinoyatlarning ildiz ham huddi shu jihatlardan qidirilmoqda

Delinkventlikni chaqiruvchi quyidagi mikroijtimoiy omillarni sanab o' tish mumkin:

- bolalarning nozik g'amxo'rlik va ota-onalari tomonidan mehribonligiga ehtiyoji frustratsiyasi (masalan, o'ta qattiqqo'l ota yoki yetarlicha g'amxo'r bo'lmagan ona) bolada erta jarohatli kechinmalarni uyg'otadi;

- oilada jismoniy yoki psixologik shafqatsizlik (masalan, jazoning haddan tashqari yoki doimiy qo'llanilishi);

- ma'naviy ongning me'yoriy rivojlanishini qiyinlashtiruvchi ota ta'sirining yetishmasligi (masalan, uning yo'qligi);

- jarohatli sharoitlar, og'ir jarohat (kasalllik ota-onaning o'limi, zo'ravonlik ajrashish);

- bolaning xohishlarini bajarishda erkalatish; ota-onalarning yetarli bo'lmagan talabchanligi, ularning o'sib boruvchi talablarni qo'yishga yoki ularning bajarilishiga erishishga noqodirligi; va hokazolar.

O'smir yoshida (12-17 yosh) gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun "odatiy" buzilishlar o'g'il bolalarda o'g'rilik va bezorilik qizlarda o'g'rilik va fohishabozlik bilan bir qatorda yangi shakllar ham keng tarqaldi giyohvand moddalar va qurol bilan savdo-sotiq qilish, qo'shmachilik, muttahamlik, biznesmen va xorij fuqarolariga tashlanish. 1998 yili 190 mingga yaqin voyaga yetmagan jinoyatchilar (qonunni buzuvchilarning umumiy sonini 10 foizi) ro'yxatga olingandi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda o'smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi guruh bo'lib amalga oshirilgan. Guruhda jazodan qo'rquv pasayadi, tajovuz va shavqatsizlik keskin kuchayadi, o'ziga va sodir bo'layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining birmuncha yuqori ko'rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko'pchilikni tashkil etuvchi ishqivozlarning "sayri" hisoblanadi.

Rivojlanib borayotgan bir davrda bugungi kun yoshlarining tarbiyasi muhim masala sifatida qaraladi, shu sababdan yoshlar dunyo qarashini yuksaltirish hamda ularning jamiytda o'z o'rnini toptirish uchun bir qancha ishlr amalga oshirilmoqda, yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisi lavozimlari ta'sis etilgani shular jumlasidandir. Bu lavozim egalariga yuklatilgan vazifa yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda xulqi og'ishgan yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlashga bilim ko'nikmalar berishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ostonov J.Sh. Basic strategies for coping behavior in adolescents. E-Conference Globe 2021/7/26 275-277 с

2. Ostonov J.Sh. Coping behavior and its research style. Proceedings of 7th Global Congress on Contemporary Sciences & Advancements// Hosted online from,New york, USA//June 25, 2021. 237-239 b

3. Ostonov J.Sh. Socio-Psychological Basics of The Study of The Styles of Attitude in Coping by. Adolescents Middle europen scientific bulletin Volume 13 June 2021. Б. 442-446

4. Остонов Ж.Ш. Изучение копинг-стратегий и психологических защит у подростков в трудных учебных ситуациях. Вестник интегративной психологии //- Ярославль, 2021. Выпуск 22. С.144-146

5. Остонов Ж.Ш. Концепция копинга: определение, функция и виды. Вестник интегративной психологии //- Ярославль, 2020. Выпуск 22. С.279-281

6. Остонов Ж.Ш. Усмирларда психологик х,имоя ва копинг хулк-атвор омиллари намоён булишининг узига хос хусусиятлари. Psixologiya jurnali. 2021 й. 4-son. 66-73 b

7. Остонов Ж.Ш. Факторная структура копинг-поведения подростков. Психология илмий журнали. 2020. № 4. Б.47-50

8. Остонов Ж.Ш. Копинг-ресурсы личности и адаптационный потенциал. Мактабгача таълимда компетенциявий ёндашувлар: истикболлар, муаммолар ва ечимлар Республика масофавий илмий-амалий анжумани. БУХОРО, 2020 йил, 3-ноябрь Б.297-299

9. Остонов Ж.Ш. Усмирлардаги копинг хулк-атвор ва унинг шахс мувафаккиятидаги узаро алокадорлигининг назарий асослари. Ижтимоий сохдни модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараккиёти: муаммо ва истикболлар //Республика илмий-амалий анжуман2021 йил 28 май Б.134-135

10. Остонов Ж.Ш. Копинг-стратегии: развитие в онтогенезе. Педагогик майорат илмий журнали. Бухоро, 2020. №6 Б.102-104

11. Остонов Ж.Ш. Усмирлардаги енгга олиш хулк-атворининг асосий стратегиялари. Ижтимоий сохдни модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараккиёти: муаммо ва истикболлар. Республика илмий-амалий анжуман 2021 йил 28 май Б.132-133

12. Остонов Ж.Ш. Усмирларда копинг хулк-атвор омиллари шаклланишининг ижтимоий психологик механизмлари. Тафаккур ва талкин мавзусида //Республика микёсидаги илмий-амалий анжуман туплами 2021 йил, 27-май Б.817-820

13. Остонов Ж.Ш. Усмирлардаги копинг хулк-атвор ва унинг шахс мувафаккиятидаги узаро алокадорлигининг назарий асослари. Тафаккур ва талкин мавзусида // Республика микёсидаги илмий-амалий анжуман туплами 2021 йил, 27-май Б.812-817

14. Мирзаева Д.Ш, Курбанова З.И. Арт-педагогические технологии коррекции страхов у детей дошкольного возраста. Scientific progress 2 (7), 12061212

15. Z. Kurbonova. The Importance of the use of Educational Technologies Aimed at the Development of the Child's Personality in Preschool Education. Центр научных публикаций (buxdu. uz) 8 (8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.