Научная статья на тему 'YOSH KURASHCHILARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGI DINAMIKASI'

YOSH KURASHCHILARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGI DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
254
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy yuklamalar / jismoniy sifatlar / chidamkorlik / tezkorlik / chaqqonlik / kuch / egiluvchanlik jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari. / физические нагрузки / физические качества / выносливость / быстрота / ловкость / сила / гибкость / показатели физического развития.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tangriyev, Alisher Jumanazarovich

Mazkur maqolada yakkakurash sport turiga ixtisoslashgan bolalar va o’smirlar sport maktabida o’quv mashg’ulot guruhlarida shug’ullanuvchi 14 yoshli kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifat darajalari tezkorlik, kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamkorlik sifat ko’rsatkichlari qanday shakllanib kelayotgani tatqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ДИНАМИКА ОБЩЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ ЮНЫХ борцов

В статье рассмотрено, как формируются показатели общей физической подготовленности, уровня физических качеств, быстроты, силы, ловкости, гибкости и качества выносливости у борцов 14 лет, занимающихся в учебно-тренировочных группах детско-юношеской спортивной школы по единоборствам.

Текст научной работы на тему «YOSH KURASHCHILARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGI DINAMIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOSH KURASHCHILARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGI

DINAMIKASI

Mazkur maqolada yakkakurash sport turiga ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktabida o'quv mashg'ulot guruhlarida shug'ullanuvchi 14 yoshli kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifat darajalari tezkorlik, kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamkorlik sifat ko'rsatkichlari qanday shakllanib kelayotgani tatqiq qilingan.

Kalit so'zlar: jismoniy yuklamalar, jismoniy sifatlar, chidamkorlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch, egiluvchanlik jismoniy rivojlanish ko 'rsatkichlari.

В статье рассмотрено, как формируются показатели общей физической подготовленности, уровня физических качеств, быстроты, силы, ловкости, гибкости и качества выносливости у борцов 14 лет, занимающихся в учебно-тренировочных группах детско-юношеской спортивной школы по единоборствам.

Ключевые слова: физические нагрузки, физические качества, выносливость, быстрота, ловкость, сила, гибкость, показатели физического развития.

Respublikamizda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktablari, jumladan olimpiya zaxiralar kolejlari, sport klublar, va sport tayyorgarlik markazlari, maktablarda faolyat yurutuvchi jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shularni inobatga olgan holda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yangi fundamental ilmiy-amaliy isbotlangan vositalar yordamida shakilantirish hamda takomilashtirish lozim. Yurtboshimiz yaratib bergan imkonyatlar va shart sharoitlardan foydalanib ta'lim sifatini oshi rish, jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan talabni yanada targ'ib etib, yoshlarimizni jismonan baquvvat, aqlan yetuk qilib tarbiyalash eng asosiy maqsadlarimizdan biri desak mubolag'a bo'lmeydi. Kurash sport turi bilan shug'ullanib kelayotgan yosh sportchilarning jismoniy tayyorgalik darajalari va tog'ri talqin etilgan vazifalar yuksak natijlarni

Tangriyev Alisher Jumanazarovich

O'zDJTSU, Ko'pkurash sport turlari fakulteti dekani, padagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qo'lga kiritishlari uchun muhum ahamyat kasb etadi. Berilgan keng imkonyatlardan foydalinib kurash sport turi bilan mashg'ulotlar olib borayotgan 14 yoshli sportchilarning umumiy jismoniy tayorgarlik ko'rsatkichlari qay darajada shakillanib kelayotganligini aniqlash uchun mazkur tatqiqot amolyoti olib borildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Hozirgi kunda kurash sport turi bo'yicha ko'plab yuqori malakali murabbiylarning yosh sportchilar bilan olib borayotgan mashg'ulot jarayonlari yuqori natijalarni qayt etib mamlakatimiz sharafini yanada yuksaklarga ko'tarishgan bo'lsa, ko'plab olimlarimiz ham ushbu sport turi bo'yicha o'z izlanishlari bilan yoshlarning mashgu'ulot jarayonlarida sportchilarga berilayotgan jismoniy yuklamalarning tog'ri taqsimlanishi va yosh sportchilarning xato kamchiliklarini aniqlab ularni bartaraf etishga ko'maklashmoqda.

Umumiy jismoniy tayyorgalik darajalarninig shakllanib borish ko'rsatkichlari har bir belgilangan nazorat sinovlari orqali aniqlab olindi.

14 yoshli kurashchilarning mashg'ulot davomida jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlari dinamikasi qay darajada yaxshi shakllanib kelayotganini aniqlash uchun amaliy nazarot sinovlari olindi. Dastlab tanlab olingan amaliy nazorat sinovi 60m masofaga yugurish orqali bajarilib unda yosh kurashchilarning tezkorlik jismoniy sifat ko'rsatkichlari aniqlab olindi. Tayyorlov guruxi kurashchilari tajribadan avval 10.2±1.2sekund ni tashkil etgan bo'lsa, tajriba so'ngiga kelib ularning natijalari 9.6±1.5 sekund ga yahshilangani ma'lum bo'ldi. Variatsiya koifisenti esa yil boshida (V=11.7%) ni tashkil qildi yil oxiriga kelib (V=15.6%) ga teng deb topildi. Tajriba oldi va tajribadan keyingi natijalar o'rtasidagi farqi 0.6 sekundni tashkil qildi. Biroq olingan natijalarni taqoslanganda statistik ishonchli farqlar topilmadi (p<0.05).

Tajriba va nazorat guruhlarida shug'ullanuvchi 14 yoshli kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi dinamikasi (qizlar) (n=56)

T/p Nazorat Guruhl TO TK Farqi t P

mashqlari ar X±a V% X±a V%

1. 60 m.masofaga yugurish(sekund) TG NG 10.2±1.2 10.1±1.4 11.7 13.18 9.6±1.5 9.8±1.5 15.6 15.30 0,6 0.3 2.69 0.69 <0.05 >0.05

2. 1000 m.masofaga yugurish (minut) TG NG 5.25.0±0.33 5.28.0±0.45 6.28 8.52 5.00.0±0.235. 11.0±0.48 46 9.4 0.25 0.14 2.11 1.12 <0.05 >0.05

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Mokki tarzda yugurish 3x10 m (sekund) TG NG 7.5±1.3 7.4±1.12 17.3 15.13 7.0±0.89 7.2±1.9 12.47 26.3 05 0.2 2.71 1.71 <0.05 >0.05

4. Past turnikda 900 tortilish (marotaba) TG NG 14±1.2 13±1.3 8.57 10 17±2.21 15±2.03 13 13.53 3 2 2.92 1.71 <0.05 >0.05

•s Turgan joydan uzunlikka sakrash TG NG 1.62±0.51 31.4 1.75±0.51 29.14 0.13 3.24 <0.00 5 >0.05

(metr) 1.63±0.45 27.6 1.65±0.63 38.18 0.02 1.12

6. Oldinga egilish (sm) TG NG 11±2.4 11.1±25.8 21.8 25.22 17±2.1 13±2.4 12.35 18.46 6 1.9 3.24 1.56 <0.00 5 >0.05

Nazorat guruxi yosh kurashchilar tamonidan qayt etilgan tajribadan avvalgi va tajiriba so'ngidagi ko'rsatgichlar (10.1±1.4; 9.8±1.5) o'rtasidagi statistik farqlar 0.3% ga teng deb topildi. Ushbu ko'rsatkichlar nazorat guruxida variatsiya koifisenti (V=13.8%) dan 15.30 ga yahshilanganligini ko'rishimiz mumkun. Tajriba va nazorat guruxining tajribadan oldingi tezkorlik ko'rsatkichlar orasida (10.2±1.2; 10.1±1.4;) o'rtasidagi statistik farqlar kuzatilmadi (p>0.05). Yil so'ngiga kelib tajriba va nazarat guruxining ko'rsatkichlari (9.6±1.5; 9.8±1.5) orasidagi statistik farqlar ishonchli p>0.05 ga tengligi aniqlandi.

1000 m. masofaga yugurish bo'yicha o'tkazilgan amaliy nazarat sinovlari tajriba guruxida yil boshida ko'rsatgan natijalari 5.25.0±0.33 daqiqa vaqtda yugurib o'tishdi variatsiya koifisenti (V=6.28%) ni tashkil qildi. Yil oxiriga kelib bu ko'rsatkich 5.00.0±0.23 daqiqada bosib o'tishga erishildi. Variatsiya koifisenti (V=4.6%) ga yahshilanganligini korishimiz mumkun. Ular o'rtasidagi statistik farqlar 0.25% ga teng deb topildi. Nazorat guruxlarida o'tkazilgan amaliy sinov mashqi orqali chidamkorlik jismoniy sifat ko'rsatkichlari aniqlab olindi. Olingan tajribada yosh kurashchi qizlarning yil boshida ko'rsatgan natijalari 5.28.0±0.33 daqiqa oralig'ida bosib o'tdi, (V=8.52%) yil ohiriga kelib ushbu ko'rsatkich 5.11.0±0.48 daqiqada masofani bosib o'tishdi. Variatsiya koifisenti (V=9.4%) Statistik farqlar ishinchliligi bor (t=1.12 p>0.05).

14 yoshli kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda yordamchi vosita sifatida xarakatli o'yinlarni qo'llanilish shiddati va xajmi meyorlarini ishlab chiqib mashg'ulot jarayoniga tatbiq etish samarodorligi yuqori bo'ishining tatqiqot ishimizning farazida keltirib o'tganmiz.

Bizning nuqtaiy nazarimizda ilgari surilgan ilmiy farazimizning qanchalik xaqiqatga yaqinligi tajriba guruxida shug'ilanuvchi kurashchilarning jismoniy sifatlari nazorat guruhida shug'ilanuvchi tengdoshlari natijalariga nisbatan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

solishtirilganda o'sish darajasining foizlarida katta farqlar aniqlanganligi o'z isbotini topmoqda.

14 yoshli kurashchi qizlarning umumiy jismoniy rivojlantirishda xarakatni qo'llanilish shiddati, xajmi va meyorlanib mashg'ulot jarayoniga tatbiq etilgandan songi olingan natijalar xulosasi ijobiy bo'ldi. Endi bizni ilmiy yangiligimiz bo'lgan harakatli o'yinlarning qo'llanilish shiddati, xajmi meyorlarini ishlab chiqish boshlang'ich tayyorgalik bosqichi mashg'ulot jarayoniga tatbiq etib samarodorligini aniqlashdan iborat edi.

Tajriba guruhi bosqichlari mokkisimon 4x10 metr masofaga yugurish testi bo'yicha qayt etgan ko'rsatgichlari yil boshida 7.5±1.3 (sekund) natija qayt etishgan bo'lsa variatsiya koifisenti 17.3% ga teng bo'lgan, yil oxiriga kelib 7.0±0.89 (sekund) variatsiya koifisenti esa 12.47% ni tashkil qilib yil so'ngiga kelib ijobiy tarafga o'zgarganini korish mumkun. Statistik farqlar ishonchliligi (p>0.05) ga teng deb topildi. Nazorat guruxi yil boshida ko'rsatgan natijalari 7.4±1.12 sekundni qayt etishgan bo'lsa variatsiya koifisenti (V=17.3% ). Yil oxiriga kelib yosh kurashchilarning ko'rsatkichlari malum miqdorda o'sish kuzatildi. (7.2±1.9) variatsiya koifisenti (V=26.3%) natija bilan yakunlashdi. Nazorat guruxi yil boshida va yil oxiridagi statistik farqlar ishonchliligi ( t=1.71 p>0.05) ga teng.

Tezlik jismoniy sifatini tajriba va nazorat guruxlarida shug'ilanuvchi kurashchilarning rivojlanish farqini aniqlash maqsadida yil so'ngida olingan natijalar tahliliga ko'ra nazorat guruxi kurashchilari qayt etgan natijaga ko'ra tajriba guruxida shug'ilanuvchi kurashchilar tomonidan qayt etilgan natijalar yaxshi ekanligi aniqlandi.

Yosh kurashchi qizlarning kuch jismoniy sifatini aniqlash bo'yicha qo'yilgan vazifaga ko'ra past turnikda 90° (maroaba) tortilish mashqi tanlab olindi. Natijalarning o'rtacha qiymati tajriba guruxi kurashchilarda yil boshida 14±1.2 marotaba natija ko'rsatgan bo'lsa variatsiya koifisenti (V=8.57%) ni tashkil etdi yil oxiriga kelib ushbu ko'rsatkich 17±2.21 marotaba tortilishgan bo'lsa variatsiya koifisenti (V=13%) ga yahshilandi. Ushbu olingan tajriba guruxi yil boshiga nisbatan yil oxirida ko'rsatgan natijasida 2 morotabaga o'siganligini ko'rishimiz mumkun. Nazorat guruxi kurashchi qizlarning yil boshida ko'rsatgan natijasi 13±1.3 marotaba tortilishgan bo'lsa yil oxirida ushbu ko'rsatkich ijobiy tarafga o'rgardi. (V=10% V=13.53%) Tajriba guruxi kurashchilardan olingan natijalar nazorat guruxi kurashchilari ko'rsatgan natijalari nisbatan yaxshi ekanligi aniqlandi. Statistik farqlar ishonchliligi (p>0.05) ga teng bo'ldi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jismoniy sifat bo'lmish "kuch" deganda kurashchining raqib qarshiligini yengib o'tish yoki mushak kuchlanishi hisobiga unga qarshilik ko'rsatish qobiliyati tushuniladi. Kuchning quyidagi turlarini ajratish qabul qilingan: umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, tezkor va portlovchan, kuch chidamliligi.

Umumiy kuch — bu kurashchining maxsus harakatlariga taalluqli bo'lmagan holda sportchi tomonidan namoyon qilinadigan kuch. Maxsus kuch musobaqa harakatlariga mos bo'lgan maxsus harakatlarda sportchi tomonidan namoyon bo'ladi.

Mutlaq kuch sportchining juda katta xususiyatiga ega harakatlarida namoyon bo'ladigan kuch imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Kurashda u kuch yordamida yakkama yakka olishish uchun muhim ahamiyatga ega (N.A.Tasatanov, 2017 168-b).

Kuch jismoniy sifatini o'zgarishlarini aniqlash maqsadida tajriba va nazorat guruxi kurashchilarning orasida farqlar borasida malumotlarni bilish bo'yicha tekshirish o'tkazilganda tajriba guruxi kurashchilarning natijalari t=2.92 ga teng (p>0.05) (1-jadvalga qarang).

Turgan joyda uzunlikka sakrash tajriba guruxi kurashchilarda yil boshida ko'rsatgan natijalari 1.62±0.51m masofaga sakrashdi variatsiya koifisenti (V=31.4%) ni tashkil qildi. Ushbu ko'rsatkich yil so'ngiga kelib 1.75±0.51m mosofaga sakrab ijobiy natija ko'rsatishdi, variatsiya koifisenti (V=29.14%) natija bilan yakunlashdi. Statistik farqlar ishonchliligi t=3.24 ga teng (p<0.005). Nazorat gurixi yosh kurashchi qizlarning korsatgichlari yil boshida 1.63±0.45m mosafaga sakrashgan bo'lsa yil so'ngiga kelib 1.65±0.63m masofaga sakrashdi. Ushbu natilarda yil so'ngiga kelib 2 m masofaga o'sganligi aniqlandi. Variatsiya kofisenti yil boshida (V=27.6%) tashkil qilgan bo'lsa yil so'ngida ushbu ko'rsatgich (V=38.18%) ga teng bo'ldi.

Tezlik-kuch sifatiga doir adabiyotlar tahlilidan olingan malumotlarga nisbatan amolyotda bo'lyotdan o'zgarishlarning bir biriga solishtirish maqsadida o'tkazilgan tekshirishlarda misol tariqasida oladigan bo'lsak 14 yosh kurashchi qizlarning natijalarini ushbu yoshdagi kurashchilarning tajriba gurixiga qaraganda nazarot guruxi kurashchilarning ko'rsatgan natijalari past ekanligi aniqlandi.

Egiluvchanlik - bu kurashchining katta amplitudada harakatlarini amalga oshirish qobiliyatidir. Egiluvchanlik bo'g'imlardagi harakatchanlik bilan aniqlanadi. U o'z navbatida, bir qator omillarga bog'liq: bo'g'im sumkalarining tuzilishi paylar, mushaklar cho'ziluvchanligi va ularning cho'zilish qobiliyatlarini, Bir nechta egiluvchanlik turlari mavjud.

Faol egiluvchanlik — bu shaxsiy mushak kuchlanishlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sust egiluvchanlik - bu tashqi kuchlar: og'irliklar, raqib harakatlari hisobiga harakatlarini katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. Sust egiluvchanlik hajmi faol egiluvchanlikning tegishli ko'rsatkichlaridan yuqori.

Dinamik egiluvchanlik — dinamik xususiyatlarga ega mashqlarda namoyon bo'ladigan cgiluvchanlikdir. Statik egiluvchanlik - statik egiluvchanlikka ega mashqlarda namoyon bo'ladigan egiluvchanlikdir.

Umumiy egiluvchanlik — turli yo'nalishlarda eng yirik bo'g'imlarda katta amplituda bilan harakatlarini bajarish qobiliyatidir (N.A.Tasatanov, 2017 178-b).

Egiluvchanlik sifatini aniqlashda tik turgan holda oldinga egilish nazorat testidan foydalanib quydagi natijalarni aniqlashga erishdik. Tajriba guruxi kurashchilarda yil boshida ko'rsatgan natijalari 11±2.4 sm ni tashkil etgan bo'lsa variatsiya kofisenti (V=21.8%) ga teng bo'ldi. Yil oxiriga kelib kurashchi qizlarning ko'rsatgan natijalari 17±2.1 sm ga yahshilangan variatsiya koifisenti (V= 12.35%) ni tashkil qildi. 14 yoshli kurashchi qizlarnining eguluvchanlik jismoniy sifat darajalarini aniqlash uchun nazorat guruxi kurashchilaridan ham tajriba olindi. Yil boshida ko'ratgan natijalari 11.1±2.8 sm ga teng bo'ldi. Variatsiya koifisenti esa (V=25.8%) tashkil qildi. Yil oxiriga kelib ushbu ko'rsatgich 13±2.4 sm (V=18.46%) bilan yakunlashdi. Yuqorida tajriba va nozorat guruxi kurashchilari tomonidan qayt etilgan natijalarning taxlili xulosasiga shundey fikrlarni aytish zaruryati tug'ilmoqda. Unga ko'ra tajriba va nazorat guruxida yil boshidagi ko'rsatgichlarda deyarli farq yoqligi aniqlandi. Yil so'ngida esa tajriba va nazorat guruxi kurashchi qizlarning ko'rsatgan natijalarida 4sm ga yaxshilanganligini ko'rish mumkun.

Yakkakurashchilarda jismoniy sifatlarini rivojlantirish muomolari bo'yicha ilmiy va o'quv-metodik adabiyotlarini tahlil qilish orqali, oxirgi vaqtlarda sport soxasidagi mutaxassislarning etibori umumiy va maxsus tayyorgarlikning eng samarali vositalari va metodlarini ishlab chiqishga qaratilgan bo'lib ular sportchi organizimining funksional tizimlariga oshirilgan talablarni qo'yadi, ularning imkonyatlari musobaqa foaliyatining muofaqiyatliligini belgilaydi.

Olib borilgan ilmiy tatqiqotlar va ilmiy izlanishlar yosh kurashchilarning jismoniy sifatlari rivojlantirishda turli xil vositalardan, jumladan harakatli oyinlardan samarali foydalanish katta samara berishi asoslab berilgan va bu yonalishni yanaqa chuqurroq o'rganish va uni ilmiy asoslab beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasining asoschilaridan biri P.F Lesgaft bolalar o'z harakatlarini boshqarib borishga o'rganishlarda va ularda bundey mahoratni rivojlantirib borishda harakatli o'yinlarning muntazam ravishda o'tkazib turilishi yahshi yordam beradi, deb

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'rsatildi. Yam o'yinlar ularni katta tezlik, chaqonlik va epchilik ko'rastib aniq maqsadni ko'zlagan holda harakat qilishga o'rgatadi. Bunda ular qoidalarni bajarishga, o'z-ozini boshqarishga, o'rtoqchilikni qadrlashga ham o'rgatib boradilar. Jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasini ifodalovchi test mashqlari natijalariga ko'ra tajriba va nazorat guruhlarida yil boshida ko'rsatgan natilari bir-biridan deyarli farq qildi.

Jismoniy sifat ko'rsatkichlari jumladan: kuch, tezkorlik, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik kabi sifatlar 14-15 yoshli kurashchilarda yetarli darajada rivojlanganligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek tajriba va nazorat guruxlarini jismoniy holatlari yahshi darajada ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"PQ-4881-son Qarori lex.uz

2. Abdullaev Sh.A.-Erkin kurash. Toshkent, axborot press 2017y.

3. Aliev I.B. - Kurash bilan shug'ullanuvchi talabalarning mashg'ulot yuklamalari. Toshkent - 2012y.

4. Bobomurodov F.I.Kurashchilarning morfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishga differensial yondashuv. Ped.f.b.f.d (PhD). diss. avtoreferati.

5. Kerimov F.A. - Yunon-Rum Kurashi. O'quv-uslubiy qo'llanma, axborot meros. 2017y.

6. Nurshin J.M. - O'zbek milliy kurashi. Toshkent. 1993y.17-B.

7. Tastanov N.A. -Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati.T.:2017y.

8. Taymurodov A.R. - Kurash. Monografiya 2007y.78-B.

9. Yusupov K.T. - Milliy kurash qoidalari. Monografiya. Toshkent -1992y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.