Научная статья на тему 'YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING O’RNI VA AHAMIYATI'

YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qadriyat / ma’naviyat / etnomadaniyat / urf-odat / san’at / memorchilik / musiqa / xalq o’yinlari / etnografiya manbalari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mirxalilova Husniya Abdumirxakim Qizi

Ushbu maqolada yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarimizning naqadar muhim ekanligi ko’rsatib berilgan. Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning mustahkamlanishi asriy qadriyatlarimizning boshqatdan tiklanishi, hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosat ayniqsa yosh avlodni ma’naviy merosimizni o’rganishi faxr-iftixor ishiga ayanganligi jamiyatimizning kelajagi, taraqqiyoti uchun asos bo’lishi ta’kidlab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING O’RNI VA AHAMIYATI»

YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNING O'RNI VA AHAMIYATI

Mirxalilova Husniya Abdumirxakim qizi

TIQXMMI MTU "Ekologiya va Huquq" fakulteti. "Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili"

yo'nalishi, 111-guruh talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarimizning naqadar muhim ekanligi ko'rsatib berilgan. Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning mustahkamlanishi asriy qadriyatlarimizning boshqatdan tiklanishi, hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosat ayniqsa yosh avlodni ma'naviy merosimizni o'rganishi faxr-iftixor ishiga ayanganligi jamiyatimizning kelajagi, taraqqiyoti uchun asos bo'lishi ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar: qadriyat, ma'naviyat, etnomadaniyat, urf-odat, san'at, memorchilik, musiqa, xalq o'yinlari, etnografiya manbalari.

Abstract: This article shows how important our national culture and national values are in educating young people in the national spirit. It was emphasized that the strengthening of our national values in the education of young people, the revival of our centuries-old values, the rational policy of our government, especially the young generation, has become a matter of pride, and it is the basis for the future and development of our society.

Key words: sources of value, spirituality, ethnoculture, tradition, art, memorization, music, folk games, ethnography.

Аннотация: На данной статье показано, насколько важны наша национальная культура и национальные ценности в воспитании молодежи в национальном духе. Было подчеркнуто, что укрепление наших национальных ценностей в воспитании молодежи, возрождение наших многовековых ценностей, рациональная политика нашего правительства, особенно молодого поколения, стали предметом гордости, и это основа будущего и развития нашего общества.

Ключевые слова: источники ценностей, духовность, этнокультура, традиция, искусство, запоминание, музыка, народные игры, этнография.

Hozirgi kunda turmush tarzimizni ijtimoiy-madaniy faoliyat yutuqlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Buning boisi o'zbek xalqi uzoq o'tmishdan boshlab, ma'naviy madaniyatni yuksaltirishga yetarlicha e'tibor ko'rsatib kelganligidir. Insoniyat ma'lum taraqqiyot bosqichlarini o'z boshidan kechirgan, buyuk ota-bobolarimiz o'zlari erishgan ma'naviy-madaniy yutuqlarini oltin meros sifatida kelajak avlodlarga qoldirib kelganlar. Albatta, bunday vorisiylik o'z navbatida yosh avlodning ijtimoiy ongida hurmat, ehtirom e'zoz shukuhini tug'diradi. Ushbu kundagi ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan barcha o'zgarishlarga qaramay, o'tmish merosimizdan mukammal foydalanishni, uni yanada taraqqiy ettirish uchun barcha imkoniyatlarimizni qo'llashimiz taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi huzurida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamg'armasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi qarorida milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma'rifiy merosini ko'z qorachig'iday asrab avaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo'shgan ulkan

hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni istiqlol g'oyalariga sadoqat tuyg'ulari bilan singdirib borish kerakligi haqida aniq ko'rsatmalar berilgan. Shunday ekan bugun sodir bo'layotgan jadal o'zgarishlar har birimizdan davr bilan hamnafas bo'lib faoliyat ko'rsatishga, O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga, istiqlol yo'lida buyuk davlat barpo etishda safarbarlikni qo'ldan bermaslikka da'vat etadi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomollashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida"gi farmonida ko'rsatilganidek odamlarning o'zliklarini chuqur anglashini, mustaqillik qadrini tobora teran tushunishini, milliy tafakkurining kengayishi va takomillashtiruvini, tarixiy xurlik, mustaqillik ruhining uyg'onishini ta'minlash ma'naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Mustaqillikka erishganimizdan keyin jamiyatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida shiddatli tarzda ro'y berayotgan ulkan taraqqiyot va yuksalish barchamizda xalqimizning o'tmish madaniyatini o'rganishga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda. Bunday harakat o'tmishda sodir bo'lgan madaniy taraqqiyotni to'laqonli tushunib, o'rganishga da'vat etadi. Shu bilan birga bu murakkab jarayonni jamiyatimizning bugungi kunda tub o'zgarishlarga aynan ta'sir etib kelyotganligini ko'ramiz. Nihoyat, o'tmishda yashab o'tgan ajdodlarimizning ijtimoiy-ma'naviy dunyosini o'rganib ularning nazariy hamda amaliy tajribalarini hozirgi zamon talablari darajasida hayotga tadbiq etish yoshlarni istiqlol g'oyalariga sodiq ravishda elparvar, vatanparvar etib tarbiyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish vazifasi yotganligini tushunib yetdik, shu bilan bir vaqtda o'tmishdagi milliy madaniyatimizning shakillanib, taqraqqiy etib kelganligini mukammal o'rganmay turib hozirgi kunimizda mustaqil madaniyatimizni taraqqiy ettirib bo'lmasligini chuqur his etmog'imiz kerak.

Tarix - ijtimoiy hayot hamda inson tafakkuri mahsulidir. Shunday ekan o'tmishdan yuz bergan har bir hodisa ma'lum ma'naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta'sirida yuz berganligini ko'ramiz. Unga nazar solsak, asrlar silsilasini varaqlash jarayonida har birimizdan alohida ziyraklik va zukkolik bilan ish ko'rishlik talab etiladi. Natijada voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, qo'yinki, har bir davrning o'ziga xos shukuhiyu tashvishlari, sevinchu iztiroblari ko'zda yaxlitligicha tashlanganligining guvohi bo'lamiz. Bunday hol kishini fikrlashga, o'tmishni idrok qilib kelajakni aql yo'rig'i bilan belgilashga chorlaydi. Tarixning tafakkur mahsuli va ulug' murabbiyligi, uning muqaddas hamda oliy qadriyat ekanligini o'tmish ajdodlarimiz isbotlab keldilar. Jonajon tariximiz mustaqillik davrida yana ham oliymaqom mavqe va nufuzga ega bo'ldi.

Insonparvarlik, inson qadr-qimmati, sha'ni va or-nomusi, xaq-huquqlari hamda manfaatlarining ustuvorligi tamoyiliga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu tamoyil o'tkinchi xarakterga ega bo'lmay, balki O'zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini o'zida mujassam etadi. Bunda milliy g'oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson hamda jamiyat manfaatlari uyg'unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini o'taydi. Demak, milliy g'oya ikki muhim, bir-biri bilan bog'liq

bo'lgan negizga tayanadi. Bu bir tomondan, O'zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an'analari, madaniyati bilan bog'liq milliy madaniy meros bo'lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e'tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga, o'zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma'noda milliy istiqlol g'oyasi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi.

Bu yuqoridagi har ikkala Milliy g'oyaning asosiy tamoyillari bir-birini boyitadi, ayni paytda o'zaro mushtaraklikda rivojlanadi.

Milliy g'oyaning o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: shaxs, jamoa, millat, jamiyat, davlatning g'oyaviy milliy ong, ijtimoiy jarayonlar bilan bog'liq qonuniyatlardir. Lekin ular umumiy aloqadorlikda uyg'un rivojlanadi va jamiyatda aks etadi. Inson shaxsini g'oyaviy mafkuraviy jihatdan shakllantirishga qaratilgan qonuniyatlardan tashqari biz yuqorida bayon etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, qonuniyatlar ham mavjud. Albatta, mazkur qonuniyatlar o'ziga xos, xususiy va umumiy jihatlarga ega bo'lib, ba'zi sohalarda ularni chuqur o'rganish, tahlil qilish lozim. Ularni o'rganish jarayonida milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasining umumiy tamoyillari mohiyati va mazmunidan kelib chiqmoq kerak. Shu boisdan ham mustaqil taraqqiyot yo'lidan borishning turli aniq sharoitlardagi o'ziga xos xususiyatlari, yo'nalishlari va umumiy qonuniyatlari o'rtasidagi bog'lanishlarni teran o'rganmoq va ularni tadqiq etish foydadan holi emas.

G'oyaning inson hayotidagi o'rni va ahamiyati juda muhim falsafiy masaladir. Inson o'zi g'oyalarni yaratadi, ulardan kuch quvvat oladi. O'zi yaratgan g'oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e'tiqodini egallab, uning sohibiga aylanadi. Yuksak g'oyalar odamlarni oliyjanob maqsadlar sari yetaklaydi. G'oyasi yetuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko'rsata oladi.

Har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoiy insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To'maris, Spitamen va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo kabi mard farzandlari -buyuk g'oya sohiblaridir.

Tarixiy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash - millatni tiklash demakdir. Bu amalga oshirilayotgan ishlar ichida, xalq madaniyati an'analarini tiklash masalalari alohida diqqatni jalb etadi. Chunki, an'anaviy xalq madaniyati, yangi etnomadaniyatni - ajdodlarimiz merosining tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy, tarixiy taraqqiyot jarayonida muhim o'rin tutib kelgan hozirgi davrda ham jamiyatni ma'naviy kamol toptirishda, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodning dunyoqarashi, ruhiyati, tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy ma'naviy-madaniy merosni tadqiq qilishga keng yo'l ochilishi natijasida, sho'rolar davrida ta'qiqlangan tarixiy meros, ma'naviy qadriyatlar, xalq madaniyati an'analari va ulardan foydalanish masalalariga doir qator izlanishlar paydo bo'la boshladi [2].

Ayniqsa bu borada I. Jabborov, A. Asqarov, A. Ashirov, Mahmud Sattor, M. Murodov, A. Erkayev, U. Qoraboyev kabi olimlarning ishlari diqqatga sazovordir [3]. Bugungi kungacha milliy g;oyani yoshlar dunyoqarashida shakllantirishda etnomadaniyatning, ya'ni xalq madaniyatining o'rni masalasi, aniqroq aytganda, shu masalaga oid ilmiy adabiyotlar, uni o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar davom etmoqda. Etnomadaniyatning dolzarb muammolari, yoshlarda milliy g'oyani singdirishning usullari borasida olib borilayotgan ilmiy ishlar yetarli darajada emas, hali bu sohada ko'p izlanishimizga to'g'ri keladi

Milliy g'oya qonuniyatlari jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, iqtisodiy va siyosiy madaniyat, ichki va xalqaro tizimlar, uning mexanizmlari, vositalari hamda amaliyotni o'rganishda muayyan qonuniyatlarga tayanadi hamda amal qiladi.

Milliy g'oya qonuniyatlari davlat hokimiyati va jamiyat siyosiy hayotida o'ziga xos qonunlarning harakat qilishi uchun sharoit yaratish, ularning har biri doirasida va o'zaro aloqalarida uyg'un harakat qilish jarayonini vujudga keltira bilish, o'z navbatida undan ko'zlangan maqsad yo'lida foydalana olish muhim o'rin tutadi.

Milliy g'oyaning qonuniyatlari 2 turga bo'linadi:

1) Umumiy

2) O'ziga xos qonuniyatlardir

1. Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega bo'lgan ichki zaruriy bog'lanishlar bo'lib, u jamiyat va mafkuralar (g'oyalar)ning bir-birlari bilan uzviy bog'liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan, mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo'lmasa, odam, jamiyat, davlat o'z yo'lini yo'qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki, g'oyaviy bo'shliq vujudga kelsa, o'sha yerda begona g'oya asosida bo'lgan mafkuralar ta'siri uchun sharoit vujudga keladi. Buning isboti uchun xoh tarixdan, xoh zamonamizdan ko'plab misollar keltirish mumkin [4]. U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Demak, Milliy g'oyaning qonunlari quyidagilardan iborat:

1) Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham, rivojlanish yo'llari ham turli xil. Ya'ni rivojlanishning, ijtimoiy taraqqiyotining xilma-xilligi qonun orqali namoyon bo'ladi.

2) Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, qarashlar bilan bog'liq holda namoyon bo'lgan va bo'lib qolmoqda. Bu ezgu g'oyalar bilan birga yot g'oyalarning ham yashovchanligini, "dunyoda mafkura sohasida kurash" davom etib kelayotganligining asosida yotgan o'ziga xos jihatidir.

3) Globallashuv jarayonining milliy g'oyaga ta'sir etishi ham o'ziga xos umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biriga bog'liqligini, o'zaro ta'sirini oshiradi, ma'naviy, g'oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi.

2. O'ziga xos qonuniyatlar o'zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu qonuniyat milliy g'oyaning mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Chunki bu qonuniyatni hisobga olish o'zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o'zligini saqlab qolish hamda o'z negizida rivojlanishini, dunyoda o'ziga xos o'ringa ega bo'lishini e'tirof etish bilan bog'liq. Tarixiy jihatdan yondashganda, bu sohada "turli g'oyalar", "mafkuralar" ana shu muhim qonuniyatlarga zid bo'lgan holatlarni ham kuzatishini ko'rsatadi. O'zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo'yishga bo'lgan urinishlar bunga misoldir. Chunki yot va begona g'oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo'yish orqali uni zaiflashtirishga va o'z irodasiga bo'ysundirishga harakat qilgan.

Demak, milliy g'oyaning qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o'ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog'lanishning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir.

Milliy g'oyaning amal qilish tamoyillarining o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishi jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning g'oyaviy jihatlarini belgilash

bilan bog'liq. Bu tamoyillar bir-biri bilan dialektik bog'liqlikda mavjud bo'ladi. Ular o'z navbatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi talablariga mos keladi.

Insonparvarlik, inson qadr-qimmati, sha'ni va or-nomusi, xaq-huquqlari hamda manfaatlarining ustuvorligi tamoyiliga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu tamoyil o'tkinchi xarakterga ega bo'lmay, balki O'zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini o'zida mujassam etadi. Bunda milliy g'oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson hamda jamiyat manfaatlari uyg'unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini o'taydi. Demak, milliy g'oya ikki muhim, bir-biri bilan bog'liq bo'lgan negizga tayanadi. Bu bir tomondan, O'zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an'analari, madaniyati bilan bog'liq milliy-madaniy meros bo'lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e'tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga, o'zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma'noda milliy istiqlol g'oyasi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2017-yil 7-fevral. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 16-fevral.

2. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. -T.: Movarounnahr, 2002

3. Asqarov A. O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. -T.: Universitet, 2007

4. Karimov I. A. Asarlar. T. 7.84-85-betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.