Научная статья на тему 'YER OSTI SUVLARIDA 234U/238U RADIONUKLIDLARI ORASIDAGI RADIOAKTIV MUVOZANAT BUZULISHLARI TADQIQOTI'

YER OSTI SUVLARIDA 234U/238U RADIONUKLIDLARI ORASIDAGI RADIOAKTIV MUVOZANAT BUZULISHLARI TADQIQOTI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Q. D. Quvvatov, T. I. Soliyev, A. M. Muzafarov, G. M. Allaberganova

Radiatsion faktorlarni aniqlashda asosan ekosistema(tuproq, suv, havo, oʻsimlik) namunalaridan foydalaniladi. Radiatsion faktorlar oʻlchanayotgan hududning geografik joylashuvi, iqlimi, mavsumiy yogʻinlar miqdori va havoning nisbiy namligini hisobga olgan holda oʻlchashlarni olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YER OSTI SUVLARIDA 234U/238U RADIONUKLIDLARI ORASIDAGI RADIOAKTIV MUVOZANAT BUZULISHLARI TADQIQOTI»

YER OSTI SUVLARIDA 234U/238U RADIONUKLIDLARI ORASIDAGI RADIOAKTIV MUVOZANAT BUZULISHLARI TADQIQOTI 1Q. D. Quvvatov, T. I. Soliyev2, 3A. M. Muzafarov, 4G. M. Allaberganova

1,2Navoiy davlat pedagogika instituti 3,4Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10991753

Radiatsion faktorlarni aniqlashda asosan ekosistema(tuproq, suv, havo, o'simlik) namunalaridan foydalaniladi. Radiatsion faktorlar o'lchanayotgan hududning geografik joylashuvi, iqlimi, mavsumiy yog'inlar miqdori va havoning nisbiy namligini hisobga olgan holda o'lchashlarni olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Tabiatga kishilarning texnogen ta'siri kuchayib borgani sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida ularning yashash tarzi, sog'ligi, ijtimoiy muhitga bo'lgan aks ta'siri tobora jiddiy tus olmoqda. Shu sababli insoniyat har qanday siyosiy, mintaqaviy, milliy, diniy va boshqa nizo kelishmovchiliklarni unutib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashuvi hozirgi eng olamshumul zaruriyatdir. Jahonshumul muammolarning shunday bir guruhlari mavjudki, ularning u yoki bu darajada hal qilinishining o'ziyoq butun sayyoramizdagi ijtimoiy hayotning kelajak davrlardagi aniq manzaralarini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ulardan biri "Inson-tabiat" munosabatlari sirasiga kiradigan, xususan, xom ashyo resurslarini tejash, energiya tanqisligini bartaraf etish, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Markaziy Osiyo mintaqsining tabiati va hattoki ijtimoiy muhiti qadimdan tabiat tomonidan in'om etilgan suv zahiralaridan qay darajada samarali foydalanishga ko'proq bog'liq bo'lib kelganligi hech kimga sir emas. Suv o'rnini boshqa hech bir ne'mat bosa olmaydi. Ammo insoniyatning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud bo'lgan zahiralar o'rtasidagi mutanosiblik allaqachon dolzarb muammo darajasiga yetganligini ham unutib bo'lmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 % gina ichish uchun yaroqli ekan. Shundan 0,5 % dan insoniyat o'z manfaati yo'lida foydalanmoqda. Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining ko'payish darajasi aholi miqdorining ko'payish darajasi bilan bevosita bog'liq jarayondir.

Tadqiqot texnikasi va metodikasi

Uran tarkibli hududlardagi har xil tabiiy suvlarda uranning izotop tarkibini aniqlash usullarini ishlab chiqish olingan ishonchli tadqiqot natijalarini ishlab chiqish bunday muammolarni yo'qotish amaliy yadro fizikasining va radioekologiyaning dolzarb masalasi hisoblanadi. Har xil tabiiy suvlarda alfa nurlanuvchi radionuklidlarni va uranning izotop tarkibini aniqlashda alfa- spektrometriya usuli eng qulay hisoblanadi. Bu holda tadqiqotning asosiy masalasi o'lchash uchun yaroqli, sifatli namuna manbasi yoki sanoq namunasini olishdir.

Manba yoki sanoq namunasi sifatini bu holda uning alfa nurlovchi beradigan sifatli spektr olish uchun uning qalinligiga bog'liq. Alfa nurlovchi izotoplarni aniqlash uchun manbaning

mkG

qalinligi 50—^ dan oshmasligi, umumiy tarkibi masalan: uran uchun simobni o'lchashda 50

mkG namunadan oshmasligi kerak. Uran tarkibli hududlardagi har xil tabiiy suvlarda uranning izotop tahlilini aniqlash uchun o'zida suv namunasidagi konsentratsiyalangan uran izotoplari, temir va xalaqit beruvchi radionuklidlarning ekstraktsion ajralishi, sanoq namunasini elektrik usulda olish uchun dastlabki radiokimyoviy tayyorgarliklar olib boriladi. Uranni nerjavik po'latdan yasalgan korroziyaga chidamli podlojkaga (idishga) elektrolitik usulda cho'ktiriladi.

Suv namunasidagi uranni konsentrasiyalanishi temir gidrooksidi yordamida amalga oshiriladi.

Uran izotoplarini alfa-spektrometrik o'lchashlarda xalaqit beruvchi alfa nurlovchilar asosan Po-210 (E=5,305 MeV), Ra-226 (E=4,777 MeV) va Th-232 (E=4,685 MeV) bo'lishi mumkin. Manbaning fon monitoringi masalasi manbaning ifloslanishini aniqlash bosqichidir. Shuning uchun uranning tabiiy izotoplarini alfa- spektrometrik usulda aniqlash usuli masalani tabiiy suvlardagi fon monitoringi va shuningdek, tabiiy ekologik obyektlarda ifloslanish manbasi bo'lishiga doir tadbir ishlanmasi asosini beradi. Uranning barcha tabiiy izotoplari (234U, 235U, 238U) radiokimyoviy tayyorlash jarayonida o'zlarini bir xil tutadi va bir vaqtda ajraladi. Tadqiqotlar quyidagi ketma-ketlikda o'tkaziladi.

Tabiiy suvlarining izotop tahlilini o'tkazishdan oldin ularni radiokimyoviy tayyorlash, suv namunalarda uran izotoplari - 234U, 235U, 238U konsentratsiyasini boyitish, xalaqit beruvchi radionuklidlar va temirni ekstratsion ajratish, elektrolitik usulda sanoq namunasi tayyorlash kerak bo'ladi. Uranni elektrolitik usulda cho'ktirish uchun zanglamas po'latdan yasalgan korroziyaga chidamli podlojka olinadi. Uranning barcha izotoplari -234U, 235U, 238U radiokimyoviy tayyorlash jarayonida o'zlarini bir xil tutadi, bir xil ajraladi va bir xilda cho'kadi.

Uran izotoplarini elektrolitik cho'ktirish (tindirish): Uran izotoplardan tashkil topgan quruq qoldiq 2% li 10sm3 hajmli soda eritmasida qizdirish jarayonida eritiladi, so'ngra "ko'k lenta" filtri orqali filtrlab, elektrolitik yacheykaga qo'yiladi. Uran izotoplarini elektrik cho'ktirish nerjavik po'latdan yasalgan podlojkaga (idishchaga) 30 minut davomida 2A tokda o'tkaziladi. Sanoq namunasini ALPHA ANALYST "CANBERRA" tipidagi alfa - spektrometrda o'lchanadi.

Radiatsion ifloslangan ishlab chiqarish korxonalari kuzatuv joylaridan olingan turlicha suv namunalarining radiokimyoviy tahlillari natijalari

1-jadval

Namuna Hajmiy solishtirma aktivlik , Bk/l Yig'indi hajmiy solishtirma

aktivlik, Bk/l

№ U-238 Ra-226 Th-232 Po-210 (340 a-nurlanish (0,2 ß-nurlanish (2,0

(12,5Bk/l ) (410-3 Bk/l) (4,9103Bk/) Bk/l) Bk/l) Bk/l)

Yer usti suvlari

1 0,76 0,016 0,18 0,013 0,17 ± 0,07 0,50 ± 0,11

2 0,81 0,019 0,26 0,016 0,18 ± 0,09 0,57 ± 0,14

3 0,73 0,014 0,16 0,008 0,18 ± 0,08 0,54 ± 0,12

4 0,78 0,024 0,23 0,017 0,19 ± 0,07 0,53 ± 0,12

5 0,53 0,020 0,28 0,024 0,19 ± 0,10 0,47 ± 0,10

6 0,58 0,032 0,37 0,052 0,20 ± 0,10 0,32 ± 0,10

Yer osti suvlari

7 0,91 0,024 0,22 0,010 0,32 ± 0,12 2,61 ± 0,47

8 0,98 0,014 0,18 0,008 0,42 ± 0,15 3,68 ± 0,53

1-jadvaldagi olingan natijalardan ko'rinadiki, yig'indi £a va £ß-faollik qiymatlari yer usti suvlari 1, 2, 3, 4, 5, 6 namunalarida, ichimlik suvlari uchun o'rnatilgan me'yor daraj asida - £a<0,2 Bk/l va £ß<2,0 Bk/l ekan. Yer osti suvlari 7, 8namunalarida o'rnatilgan me'yor darajasidagidan katta £a-faollik qiymati topilgan. Bu suv namunalarida o'tkazilgan tahlillardan radiofaol muvozanat koeffitsiyenti-Krm buzilishi uran 234U/238U izotoplari nisbatiga bog'liq bo'lishi mumkin. Chunki 234U izotopining solishtirma faolligi - 2,3*108 Bk/l ni tashkil etadi. Bu esa o'z navbatida suv namunalari tarkibida 234U izotopi miqdorining biroz oshishi radiofaol muvozanatning buzilishiga va bu buzilish £a-faollik qiymatining oshishiga olib kelishini

isbotlaydi.

1-rasm.Yer usti suv namunalaridagi solishtirma alfa- faollikning 234U izotopi konsentratsiyasiga bog'liqligi

2-rasm.Yer osti suv namunalaridagi solishtirma alfa- faollikning 234U izotopi konsentratsiyasiga bog'liqligi

Keltirilgan 1 va 2-rasmlardan ko'rinib turibdiki, yer usti va yer osti suv namunalarida solishtirma £a-faollikning qiymati 234U izotopi konsentratsiyasiga bog'liq ekan. Suv namunalaridagi uran 234U/238U izotoplari o'rtasidagi radiofaol muvozanat koeffitsiyenti-Krm buzilishi uran 234U izotopi konsentratsiyasiga bog'liq holda suv namunalarining solishtirma £a-faollik qiymatini ham oshirar ekan. 1-rasmda yer usti suvlari namunalaridagi uran 234U izotopi konsentratsiyasi qiymati 45 mkg/gdan 50 mkg/g ga oshganda 1-chiziq, bu suv namunalarining solishtirma £a-faollik qiymati proporsional tarzda 0,12 Bk/ldan 0,18 Bk/lga oshgan. Xuddi shunday 4-rasmda yer usti suvlari namunalaridagi uran 234U izotopi konsentratsiyasi qiymati 49 mkg/gdan 58 mkg/gga oshganda 2-chiziq, bu suv namunalarining solishtirma £a-faollik qiymati proporsional tarzda 0,13 Bk/ldan 0,19 Bk/lga oshganligini ko'rishimiz mumkin. Keltirilgan 2-rasmda esa yer osti suvlari namunalaridagi uran 234U izotopi konsentratsiyasi qiymati 50 mkg/gdan 90 mkg/gga oshganda 1-chiziq, bu suv namunalarining solishtirma £a-faollik qiymati proporsional tarzda 0,18 Bk/ldan 0,32 Bk/lga oshgan. Uran 234U izotopi konsentratsiyasi qiymati 65 mkg/gdan 120 mkg/gga oshganda 2-chiziq, bu suv namunalarining solishtirma £a-faollik qiymati proporsional tarzda 0,19 Bk/ldan 0,34 Bk/lga oshgan. 1 va 2-rasmlardan yana shu narsa ko'rinadiki, yer osti suvlari namunalarida uran 234U izotopi konsentratsiyasi yer usti suvlari namunalaridagi uran 234U izotopi konsentratsiyasidan yuqori ekan. Keltirilgan 3-rasmda, yer osti va yer usti suvlarida £ß-faollikning 40K o'rtachakonsentratsiyasiga bog'liqlik grafigi keltirilgan.

Bundan ko'rinadiki, suvdagi faollik kattaligi asosan 40K izotopining solishtirma P-aktivligi

hisobiga oshar ekan. Bundan tashqari, suv namunalari tarkibida 40K izotopi konsentratsiyasi

qancha ko'p bo'lsa, namunaning £P-faolligi shuncha yuqori bo'larkan.

REFERENCES

1. Soliyev T. I., Muzafarov A. M., Izbosarov B. F. Experimental determination of the radioactive equilibrium coefficient between radionuclides of the uranium decay chain //Theoretical&Applied Science" International scientific journal. - 2021. - С. 801-804.

2. Allabergenova G. M. et al. Methods of assessment of radiation factors of uranium production and their anthropogenic impact on the ecosystem //Modern problems of nuclear physics and nuclear technologies: the Ninth International conference. - 2019. - С. 24-27.

3. Soliyev T. I., Muzafarov A. M. Investigation of the causes of violations of the radioactive balance between radionuclides of the uranium decay chain //International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding. - 2021. - Т. 8. - №. 7. - С. 95-101.

4. Солиев Т. ТАРКИБИДА УРАН СА^ЛАГАН НАМУНАЛАРДА РАДИОАКТИВ МУВОЗАНАТ БУЗУЛИШИНИ ЭКСПЕРИМЕНТАЛ УСУЛДА АНЩЛАШНИНГ ФИЗИКАВИЙ АСОСЛАРИ //Uzbek Scholar Journal. - 2024. - Т. 25. - С. 253-259.

5. Soliyev T. I., Muzafarov A. M., Sherkulov U. D. DETERMINATION OF MIXING FACTORS OF DAUGHTER RADIONUCLIDES IN THE URANIUM DECAY CHAIN //NeuroQuantology. - 2022. - Т. 20. - №. 11. - С. 2722.

6. Солиев Т. И., Урунов И. О., Хамроев С. О. УРАН ЕМИРИЛИШ ЗАНЖИРИ РАДИОНУКЛИДЛАРИ ОРАСИДАГИ РАДИОАКТИВ МУВОЗАНАТ КОЭФФИЦИЕНТИ ВА НАМУНА ЁШИ ОРАСИДАГИ МУНОСАБАТ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 650-654.

7. Музафаров А. М. и др. ИНСТРУМЕНТАЛЬНЫЙ НЕЙТРОННО-АКТИВАЦИОНЫЙ АНАЛИЗ ИОНО ОБМЕННЫХ СМОЛ //RIVOJLANTIRISH YUTUQLARI, MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI", MAVZUIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI. - 2019. - С. 785

8. Khasanov S. et al. A short overview of radioactivity measurement studies in Uzbekistan //Reviews on Environmental Health. - 2024. - Т. 39. - №. 1. - С. 101-110.

9. Tukhtaev U. et al. Assessment of radioactivity of the Sobirsoy reservoir and adjacent areas of the Nurabad district, Uzbekistan //Radiochimica Acta. - 2023. - Т. 111. - №. 10. - С. 781791.

10. Tukhtaev U. et al. Determination of natural radionuclides and heavy metal concentrations in the groundwater and adjacent areas of the Kattakurgan reservoir, Uzbekistan //Radiochimica Acta. - 2024. - №. 0.

11. Khasanov S. et al. Evaluation of soil radioactivity in the areas of underground nuclear explosions at the Pomuk gas field site in Uzbekistan //Environmental Monitoring and Assessment. - 2023. - Т. 195. - №. 12. - С. 1412.

12. БАЗАРБАЕВ Н. Н. и др. Учредители: Российская академия наук //РАДИАЦИОННАЯ БИОЛОГИЯ. РАДИОЭКОЛОГИЯ. - 2022. - Т. 62. - №. 2. - С. 206-219.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.