Научная статья на тему 'YENGIL AVTOMOBILLARGA KO’RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT SIFATINI OSHIRISH'

YENGIL AVTOMOBILLARGA KO’RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT SIFATINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
657
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtotransport vositalari / texnik xizmat / ehtiyot qismlar / diagnostika qilish / mutaxassis servis xodimi / texnik xizmat va ta’mirlashga muhtoj avtomobillar / servis / uskuna.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jahongir Hikmatullayev, Akmaljon Ikromov

Ushbu maqolamizda O‘zbekiston Respublikamiz miqiyosida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish turlari va vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YENGIL AVTOMOBILLARGA KO’RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT SIFATINI OSHIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

YENGIL AVTOMOBILLARGA KO'RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT

SIFATINI OSHIRISH

Jahongir Hikmatullayev

Toshkent davlat transport universiteti magistranti Ilmiy rahbar: Akmaljon Ikromov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda O'zbekiston Respublikamiz miqiyosida avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish turlari va vazifalari to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Avtotransport vositalari, texnik xizmat, ehtiyot qismlar, diagnostika qilish, mutaxassis - servis xodimi, texnik xizmat va ta'mirlashga muhtoj avtomobillar, servis, uskuna.

Avtotransport vositalari texnik servisi texnik ta'minlashning jahon bo'yicha keng tarqalgan usuli hisoblanib, ishlashga yaroqliligi, ishonchliligi, xavfsizligi, tejamkorligi va zaruriy tashqi ko'rinishini ta'minlash uchun bajariladigan bir qancha xizmatlar majmuidir. Avtoservis xizmatining asosiy vazifasi mamlakatdagi avtomobil transporti, qaysi mulk shaklida bo'lishidan qat'iy nazar, beto'xtov, xavfsiz, tejamkor va ishonchli ishlashini ta'minlashdir. Deyarli har kuni ishga chiquvchi avtomobillarni yonilg'imoy mahsulotlari bilan ta'minlash, ularni yuvish-tozalash va nazorat qilish, xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash talab etiladi. Avtoservis tizimining rivojlanishi-ko'rsatiladigan xizmatlarning ma'lum bir xususiyatlarga ega bo'lishini taqozo etadi:

- hammabopligi, ya'ni mijozning istalgan korxonada servisdan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi;

- xizmatlar sifatining davlat qonunlari asosida kafolatlanishi;

- servis madaniyatining oshishi va sifatining yaxshilanishiga doimo rag'bat mavjudligi;

- mavjud ehtiyot qismlar va materiallarning ishonchli ekanligi;

- xizmatlardan foydalanishning qulayligi, mijozlarni o'ziga jalb qila bilishi

Avtomobillar servisini texnik, tijoriy, mijozlar uchun qulayliklar hosil qilish va

axborot yetkazish kabi ishlarga ajratish mumkin. Texnik xizmat deyilganda avtomobil, uning agregatlari, bo'laklari va qismlarining texnik holatini nazorat qilish, sozlash, rostlash va tiklash-ta'mirlash bilan bog'liq bo'lgan ishlar jamlanmasi ko'zda tutiladi, chunonchi:

- avtomobillarning tizim va qismlarini diagnostika qilish;

- avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish;

- avtomobillar agregatlari va bo'laklarini ta'mirlash, ish qobiliyatini tiklash; Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 10

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- avtomobillarga ko'chalarda, yo'llarda, saqlash joylarida talabga asosan texnik yordam ko'rsatish;

- avtomobillami qayta jihozlash;

- avtomobillami davlat texnik qaroviga tayyorlash;

- yengil avtomobillar va avtobuslar kuzovlariga zanglashga qarshi ishlov berish;

- shikastlangan avtomobillar kuzovlarini tiklash;

- avtomobillami vaqtincha va doimiy saqlash;

- avtoservisda o'ziga-o'zi xizmat ko'rsatish shaklini tashkil etish.

Barcha turdagi servis korxonalarida, asosan katta quvvatli avtoservis korxonalari, texnik xizmatning quyidagi turlari amalga oshiriladi: avtomobillarni sotisholdi texnik xizmati, kafolat davrida va undan keyingi davrda texnik xizmat, mijoz buyurtmasi asosida bajariladigan qo'shimcha texnik ishlar.

Avtoservis korxonalari(ASK)ning ishlab chiqarishini tashkil etish texnologiyasi yagona o'zaro bog'lanish mezoni asosida avtomobilni yuvish-yig'ishtirish - qabul qilish uchun ko'rib chiqish va zarur bo'lgan hollarda avtomobilni diagnostika postidan o'tkazib bajariladigan ishlar hajmini oldindan taxminiy aniqlash va ularni bajarish shartlarini mijoz bilan kelishishdan boshlanadi. SHuni aytish zarurki, qaysi va qanday ishlarni bajarilishni tanlash va buyurish mijozning huquqidir. Bunda, albatta qabul qiluvchi mutaxassis - servis xodimi unga malakali maslahatlar beradi.

Avtoservis korxonasiga texnik xizmat va ta'mirlashga muhtoj avtomobillar kelib, uning oldidagi maydonda to'xtaydi. Avtomobil zarur hollarda yuvish-tozalash postiga, so'ngra qabul qilish postiga kelib tushadi. Avtomobil egasi - mijoz avtomobillarni qabul qiluvchi - dispetcher yoki menedjerga uchraydi. Mijoz bilan qabul qiluvchi servis mutaxassisi barcha asosiy masalalar: ishlar hajmi, sarf bo'ladigan ehtiyot qismlar va materiallar miqdori, xizmat narxining taxminiy miqdori va ko'rsatil adigan xizmatlarning bajarish muddati bo'yicha kelishib, mijoz talablari asosida buyurtma-chek to'ldirib bir nusxasini mijozga beradi, bu hujjat avtomobilning korxonaga kirishiga ruxsatnoma sifatida xizmat qiladi. Albatta, avtomobillarni xizmatga qabul qilish ham korxona yoki soha rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Avtomobil egasi - mijoz bilan kelishilgan holda va uning ishtirokida avtomobil to'la ko'zdan kechirib chiqiladi, uning umumiy texnik holati, ayniqsa, harakat xavfsizligini ta'minlovchi tizimlariga katta e'tibor bergan holda aniqlanadi.

Avtomobillarga TX ko'rsatish va ta'mirlash ishlari uchun haq barcha avtoservis korxonalarida buyurtmachi tomonidan davlat moliya organlari ma'qullagan maxsus narxnomalar asosida to'lanishi lozim. TXK va ta'mirlashda foydalanilgan ehtiyot qismlar va asosiy materiallar narxi, bu narxnomalarda ko'rsatilmagan hollarda hisoblash erkin bozor narxlari asosida o'tkaziladi. Narxnomalarda ko'rsatilmagan TXK va ta'mirlash ishlari uchun to'lov, mijoz bilan kelishilgan holda korxona rahbari

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

tasdiqlagan ish vaqti me'yori va 1 me'yor-soatning narxi asosida hisoblanadi, bunda ishlarni bajarish sharoit toifasi ham ko'zda tutiladi. Kuzovlarni ta'mirlash va bo'yash jarayonlarida avtomobillar agregatlari, uzellari va bo'laklarini zaruriy hollarda chiqarib olish va o'rnatish bo'yash ishlari narxiga kirmaydi va buyurtmachi tomonidan narxnomaga asosan alohida to'lanadi. Avtomobillarga TX ko'rsatish va ta'mirlash korxonalarida bajarilgan ishlar maxsus II - bo'g'in yo'llanma hujjati «Avtotexxizmat korxonalarida mijozlar buyurtmasiga ko'ra texnik xizmatdan o'tgan avtomobillar elementlari texnik holatiga talablar» asosida nazoratdan o'tkaziladi. Mazkur hujjat ta'mirlangan detallar, uzellar, agregatlar texnik holatini yuqorida keltirilganidek kafolatlaydi. Barcha zarur ishlar bajarib bo'lingandan so'ng, avtomobil egasiga topshirish uchun yana qabul qilingan bo'limga keltiriladi va maxsus texnik nazoratdan o'tkaziladi. Buyurtmada ko'rsatilgan barcha ishlarning bajarilganligi, ularning sifati, avtomobilning umumiy holati va butligi yana bir karra texnik nazoratdan o'tkazilib, xizmatlar, sarflangan ehtiyot qismlar va materiallar uchun buyurtmachi bilan hisob-kitob qilinib egasiga taqdim etiladi yoki tayyor avtomobillar qatoriga qo'yiladi. Avtomobilni qabul qilib olganlik to'g'risida uning egasi buyurtmaga imzo chekadi va xizmat haqi to'langach, avtomobilini olib ketadi. Avtomobilni topshirish vaqtida agar uning egasi buyurtmadagi ishlarni bajarishdan qoniqish hosil qilmasa, uning haqli e'tirozlari qondiriladi.

Odatda ASKlarda qabul qilish va egasiga topshirish postlari birlashtirilib, bir joyda tashkil etiladi va qabul qilib olgan mutaxassis xodimning aynan o'zi avtomobilni yana egasiga topshiradi. Avtoservis korxonalari ishlab chiqarish texnologiyasining muhim tarkibiy qismi bu jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishdir. Bu vositalar qo'llanilganda mehnat unumi bir necha barobar oshadi, sifati esa yaxshilanadi.

Avtoservis korxonasi o'zining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, mijozlarni jalb qilish, o'zining raqobatbardoshlik afzalliklarini oshirish uchun ishlab chiqarishni rivojlantiradi, ilg'or texnologiyani qo'llaydi, xizmat ko'rsatishning yangi shakllarini taklif etadi. Buning uchun yangi texnika va texnologiyani qo'llash, zamonaviy avtomobillar, sifatli ehtiyot qismlar va avtoekspluatatsion materiallar bilan savdo qilish, yuqori malakali savdo xodimlarini ishga jalb qilish, xizmatning yangi turlarini (avtomobillar prokati, boshqa korxonalar, shu jumladan ATKlar bilan kooperatsiya ishlarini tashkil qilish) rivojlantirish, avtomobillarga tez texnik yordam ko'rsatish, abonentli xizmat ko'rsatishni tashkil etish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, -T.: "Voris nashriyoti" 2008. -560 b

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 6 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

2. Ayukasova L.K. Osnovbi proektirovaniya stantsii texnicheskogo obslujivaniya legkovbix avtomobiley, -Orenburg, 2003, -65 s

3. Barovskix Yu.I. i dr. Avtomobillaming tuzilishi, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash. Toshkent: «Mehnat», 2001 y.

4. Руководство по ремонту и обслуживанию. Инструкция по эксплуатации Magdiev SH.P. Rasulov H.A. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash. Toshkent, "ILM ZIYo" -2006 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.