Научная статья на тему 'AVTOSЕRVIS KORXONALARIDA BAJARADIGAN ISHLARI VA QUVVATIGA QARAB BO`LINISHI'

AVTOSЕRVIS KORXONALARIDA BAJARADIGAN ISHLARI VA QUVVATIGA QARAB BO`LINISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
461
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Аvtomobil / avtoservis korxonasi / avtomobillashtirish darajasi / avtomobilsozlik / uzellar / agregatlar / avtomobil sanoati / texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash. / Automotive / car service / automation / automotive / assemblies / units / automotive industry / maintenance and repair.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Akmal Baxtiyor O’G’Li Norqo’Ziyev

Mazkur maqolada respublikamizning avtomobillashtirish darajasi, avtomobilь servisining holati tahlil qilingan. Аvtoservis korxonalarining faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirish boʼyicha tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIVIDED ACCORDING TO THE WORK DONE AND THE CAPACITY OF THE CAR SERVICE

This article analyzes the level of automation in the country, the state of car service. Recommendations are given to regulate the activities and increase the efficiency of car service companies.

Текст научной работы на тему «AVTOSЕRVIS KORXONALARIDA BAJARADIGAN ISHLARI VA QUVVATIGA QARAB BO`LINISHI»

AVTOSERVIS KORXONALARIDA BAJARADIGAN ISHLARI VA QUVVATIGA QARAB BOLINISHI

Akmal Baxtiyor o'g'li Norqo'ziyev

Jizzax Politexnika Instituti.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada respublikamizning avtomobillashtirish darajasi, avtomobilt servisining holati tahlil qilingan. Аvtoservis korxonalarining faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Avtomobil, avtoservis korxonasi, avtomobillashtirish darajasi, avtomobilsozlik, uzellar ,agregatlar, avtomobil sanoati, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash.

DIVIDED ACCORDING TO THE WORK DONE AND THE CAPACITY OF

THE CAR SERVICE

ABSTRACT

This article analyzes the level of automation in the country, the state of car service. Recommendations are given to regulate the activities and increase the efficiency of car service companies.

Keywords: Automotive, car service, automation, automotive, assemblies, units, automotive industry, maintenance and repair.

O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlanishida barqaror yuqori o'sish sur'atlariga erishilmoqda. Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo'lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko'ra, O'zbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017-yillarda iqtisodiy o'sish prognozlari bo'yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy oldi.

Hozirda har 1000 kishiga 166 ta yengil avtomobil to'g'ri kelib, bu besh yil avvalgi ko'rsatkichdan 1,5 barobar ko'p. Bu borada xizmatlar tarkibidagi avtomobillar va texnologik uskunalarni ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish kabi zamonaviy yuqori texnologiyalar asosidagi xizmat turlari aholi o'rtasida tobora ommalashib bormoqda.Zamonaviy avtoservislar ko'p tarmoqli texnik xizmat ishlarini bajaruvchi korxonalar bo'lib, quvvati va oldiga qo'yilgan maqsad xamda vazifalariga asosan quyidagi asosiy yo'nalishlardagi xizmatlarni bajaradilar:

-avtomobillarga TX va remont ishlarini kafolatli davr ichida va undan keyin xam o'tkazish;

-avtomobil uzel va agregatlarni diagnozlash;

-aholi avtomobillarini davlat texnik ko'rigidan o'tkazish uchun tayyorlash; -avtomobil kuzovlarini korroziyalanishga qarshi qayta ishlash; -avtomobil agregatlarini kapital remont qilish; -avtomobillarni sotish, ularga sotuv oldi xizmati ko'rsatish; -avtomobillarga belgilangan muddatda kafolatli xizmat ko'rsatish; -avtomobillarga ekspluatatsion material va ehtiyot qismlar sotish; -buzilgan avtomobillarga yo'llarda texnik yordam ko'rsatish;

-avtomobillarni to'gri texnik ekspluatatsiya qilish masalalari bo'yicha maslaxatlar tashkil etish;

-avtomobillar sotish samarasini oshirish yo'llarini topish va shu maqsadda reklama qilish;

-avtomobillarni yuvish, tozalash va ularga yoqilg'i qouyish;

-motor moylarini almashtirish va motor moylari quyish;

-avtomobil konstruktsiyalariga ruxsat etilgan tartibda o'zgartirishlar kiritish;

-avtomobillarni saqlash, ularni bir joydan ikkinchi joyga xaydab olib borish va

boshqalar.

Ushbu ko'rinishdagi xizmatlar soni 100 xilga yaqin bo'lib, ularning asosiy qismi yakka tartibda xizmat avtoservis xizmati ko'rsatish jabxalari orqali amalga oshiriladi. Avtoservis korxonalari bajaradigan ish tartibi va vazifasiga qarab, shartli ravishda 3 turga bo'linish mumkin.

■ avtomobillarni texnik soz xolda ushlab turishni ta'minlovchi servislar;

■ avtomobillar ekspluatatsiyasini ta'minlovchi servislar;

■ avtomobillar sotish .

Birinchi turdagi avtoservislar avtomobillarga asosan TХ ko'rsatish va remont ishlarini bajarsa, ikkinchi turdagi avtoservislar avtomobillarga ekspluatatsiya davrida zarur bo'lgan turli xizmatlarni ko'rsatadilar, ya'ni ularni turli ekspluatatsiya materiallari va xizmatlari bilan ta'minlaydilar.

Avtoservis korxonalari turli mulkchilik shakllariga ega bo'lib, ularning asosiy qismi xususiy mulkchilik ko'rinishda faoliyat olib bormoqdalar.

Avtoservislar bir sutka davomida xizmat ko'rsatgan avtomobillari soni bo'yicha yoki bir yil davomida TХK va remont ko'rsatiladigan avtomobillar soni bo'yicha turlarga bo'linishi mumkin.

Avtomobillarni texnik soz xolda ushlab turish va avtomobillar sotish avtoservislari quvvati yil davomida xizmat ko'rsatgan yoki sotilgan avtomobillar soni bilan belgilanadi. Avtoservis korxonalarining quvvati ularda mavjud bo'lgan ishlab chiqarish postlari soni bilan ham belgilanadi. Avtoservislar xalqaro me'yorlar klassifikatsiyasiga ko'ra quvvati bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:

■ o'ta kichik- postlar soni 5 tagacha,

■ kichik- 10 tagacha;

■ o'rta- 25 tagacha;

■ katta- 50 tagacha;

■ yirik- 50 tadan yuqori.

Xulosa qilib aytganda Avtotransport vositalarining texnik shay holda bo'lishi avtoservis korxonalari tomonidan o'z vaqtida o'tkaziladigan texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash amallari orqali ta'minlanadi. Bu borada mamlakatimizda sezilarli darajada ishlar amalga oshirilgan. Hozirgi kunda respublikada transport vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha yuridik shaxslarga tegishli avtoservis korxonalari soni 1500 dan ortiqni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mavjud avtoservis korxonalarini qayta qurish va qayta texnik jixozlash dolzarb masalalardan biri.

REFERENCES

1. Islomov Sh. E., Norqo'ziev A. B. Respublikamizda avtomobilt servisning istiqboli . ME'MORCHILIK va QURILISH MUAMMOLARI (ilmiy-texnikjurnal). SAMARQAND 123 b

2. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T., "O'zbekiston", 2011. -440 b.

3. Zamonaviy avtoservis korxonalari loyihalari va ulardan o'quv jarayonida foydalanish bo'yicha tavsiyalar. / M. Z. Musadjonov, N.B. Azizov. T.: TAYI nusxa ko'paytrish bo'limi, 2013-73b

4. www.Bibliofond.ruwww.ziyonet.uzwww.CTO.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.