Научная статья на тему 'XVI-XVIII ASRLARDA POLSHA DAVLATI MAVZUSINI TARIX FANIDA O’QITILISHI'

XVI-XVIII ASRLARDA POLSHA DAVLATI MAVZUSINI TARIX FANIDA O’QITILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1302
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
XVI asrda Polsha. Buyuk Polsha / Mozaviya / Kichik Polsha / Litva / Galitsiya / Janubiy-g’arbiy Rus / G’arbiy va Sharqiy Prussiya / Livoniyaning bir qismi Polsha davlati / Fridirx II. / Poland in the sixteenth century. Greater Poland / Mozambique / Lesser Poland / Lithuania / Galicia / Southwest Russia / West and East Prussia / part of Livonia / Poland / Frederick II.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Moxigul Turg’unboyeva

Tarix darsida Polsha davlatini tarixi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixini o’rganish, evropa davlatlarida o’z o’rnini yuqotishi, ozodlik uchun kurashlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL TEACHING OF THE POLISH STATE IN THE XVI-XVIII CENTURIES

The history lesson covers the history, political, economic and cultural history of the Polish state, its place in European countries, and its struggle for freedom.

Текст научной работы на тему «XVI-XVIII ASRLARDA POLSHA DAVLATI MAVZUSINI TARIX FANIDA O’QITILISHI»

XVI-XVIII ASRLARDA POLSHA DAVLATI MAVZUSINI TARIX FANIDA

O'QITILISHI

Moxigul Turg'unboyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Tarix darsida Polsha davlatini tarixi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixini o'rganish, evropa davlatlarida o'z o'rnini yuqotishi, ozodlik uchun kurashlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: XVI asrda Polsha. Buyuk Polsha, Mozaviya, Kichik Polsha, Litva, Galitsiya, Janubiy-g'arbiy Rus, G'arbiy va Sharqiy Prussiya, Livoniyaning bir qismi Polsha davlati, Fridirx II.

HISTORICAL TEACHING OF THE POLISH STATE IN THE XVI-XVIII

CENTURIES

Mokhigul Turgunboeva

2nd year student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The history lesson covers the history, political, economic and cultural history of the Polish state, its place in European countries, and its struggle for freedom.

Keywords: Poland in the sixteenth century. Greater Poland, Mozambique, Lesser Poland, Lithuania, Galicia, Southwest Russia, West and East Prussia, part of Livonia, Poland, Frederick II.

KIRISH

XVI asrda Polsha katta davlat edi. Buyuk Polsha, Mozaviya, Kichik Polsha, Litva, Galitsiya, Janubiy-g'arbiy Rus, G'arbiy va Sharqiy Prussiya, Livoniyaning bir qismi Polsha davlati tarkibiga kirgan. XVI asr boshlarida Polsha davlatida 5 millionga yaqin aholi bor edi. Ammo shu bilan birga XVI asrda Polsha davlati tipik agrar davlat bo'lib qolaverdi. Turklarning Janubiy-sharqiy Yevropadagi istilolari munosabati bilan va Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Polsha xalqaro savdoning asosiy yo'llaridan chetda qolib ketgan edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Polyak xalqining turli qatlamlari orasida Rassiya siyosatiga qarshi norozilik ko'chaydi. 1768-yil katolik ruxoniylari tashabbusi bilan norozi qatlamlar Bar shahriga

www.scientificprogress.uz

o'zlarining syezdiga to'planishdi. Muxolifatchilar millatning toptalgan g'ururi, davlatning suverenitetini tiklashga axd qildilar. Bunga ular Fransiya hamda Turkiya madadiga tayanayotgan edi. Oqibatda qirol Stanislav Ponyatovskiy yordam so'rab Rossiyaga murojaat qildi. Rossiya qo'shinlari Polshaga kirib konfederatsiyachilarni tor-mor qildi. Rossiyaning Polsha ustidan yakka humronligidan xavotirlanayotgan Prussiya uni bo'lish rejasini taklif qila boshladi. 1772-yil 25-iyul kuni Peterburgda Rossiya, Prussya va Avstriya o'rtasida konvensiya imzolanib, Polshani birinchi taqsimlash amalga oshirildi. 1771-yilda Polshaning taqsimlanishi uning mustaqilligiga katta putur yetkazdi. Polyak xalqining ilg'or vakillari Polshani mustahkamlash va mustaqilligini saqlab qolish yo'llarini axtara boshladilar. 1778-yili tarixga to'rt yillik deb nomlangan seym yig'ildi. Seym norozi bo'lgan polyak magnatlari 1792-yil Targova konferensiyasini tuzdilar. Fridirx II 1790-yil Polsha bilan ittifoq tug'risidagi shartnomadan voz kechdi. 1793-yil 12-yanvar kuni Rossiya bilan Prussiya o'rtasida Polshani ikkinchi bor taqsimlash to'g'risida shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko'ra Belarus va ukrain yerlarining kata qismi Rassiyaga o'tdi. 1795-yil Peterburgda Rossiya va Avstriya o'rtasidada Polshani uchinchi bor va batamom taqsimlash to'g'risida deklaratsiya imzolandi. 1797-yilda Rossiya, Prussiya hamda Avstriya o'rtasida imzolangan Peterburg konvensiyasi Rech Pospolitaning davlat sifatida barxam topishiga olib keldi.

MUHOKAMA

XVI asrda Polsha tipik agrar mamlakat edi. Umuman uning sanoati savdosi yaxshi rivojlanmagan edi. Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlar kabi Polsha ham G'arbiy Yevropadagi sanoat ancha sohasida ancha taraqqiy qilgan mamlakatlarga qishloq xo'jalik mahsulotlari yetkazib beradigan agrar mamlakatga aylanib bormoqda edi. Visla va Neman daryolaridan Boltiq dengizi portlariga Polshadan juda ko'p miqdorda javdar, bug'doy, arpa, suli, zig'ir, kun, yog', mum, smola, yog'och, qora mol, va shu singarilar tashib borilardi. Polshaning o'ziga esa chetdan turli gazmol, metal buyumlar va panlarning ko'pdan ko'p qasr va qo'rg'onlari uchun har xil jihozlar va ziynat buyumlari keltirilardi. Chetga qishloq xo'jaligi maxsulotlarini chiqarish va birinchi navbatda g'alla sotishga asoslangan tashqi savdoning rivojlanib borishi negizida Polshada XV asr oxiri va butun XVI asr davomida krepostnoy huquq kuchayib bormoqda va tobora umumiy tus olib, dehaqonlar ommasining axvolini ayniqsa og'irlashtirmoqda edi. Seymda ketma-ket qabul qilingan qonunlar polyak dehqonlarini asoratga solishni yuridik jihatdan rasmiylashtirib berar, dehqonlarni panlar ixtiyoriga tamomila topshirardi. 1496-yida qabul qilinga qonun (statut) tirikchilik uchun pul topish maqsadida bir dehqon oilasidan faqat bir kishining chetga ketib ishlashi mumkin deb, dehqonlarning chetga chiqib ketishlarini cheklab quygan edi. Savdo-sotiq ishlari bilan

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

shug'ullanuvchi polyak shlyaxtasi iqtisodiy manapoliyani faqat o'z qo'lida saqlab qolishga intildi. Polshada XV asrning ikkinchi yarmida shahar rivojlanishida davom etdi. Bu davrda ko'plab yangi shaharlar vujudga keldi, bular orasida tez o'sayotgan Varshava ham bor edi. Eski shaharlardan janubda Krakov, Lyublin, Sandomir, shimolda Torun va Gdansk ajralib turardi.

XULOSA

Polshadagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz madaniyatga ham ta'si r etmasdan qolmadi. Madaniy hayotda borgan sari iezuitlarning roli oshib bordi. Stanislav Konarskiy va boshqa ilg'or jamoat arboblarining jamiyatni isloh qilish borasidagi harakatlari ruhoniylar va zodagonlarning qarshiligiga uchradi. XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab madaniyatda sezilarli,yuksalish yuz berdi. Ilgari iezuitlar ordeni boshqaruvi ostida maktablar, orden tarqatilgandan so'ng 1773-yildan boshlab edukatsion komissiya-Yevropada birichi maorif vazirligi ixtiyoriga o'tdi. Ushbu komissiya 1773-1775 yillari ta'lim sohasida islohatni amalga oshirib, uni diniy ta'sirdan ozod qildi, unga dunyoviy harakter berdi va polyak tilini ta'lim berish tili sifatida o'rnatdi. G. Kollontoy tomonidan amalga oshirilgan Krakov universitetining islohoti ham shu yo'nalishda bo'ldi. Ijtimoiy fikrda, adabiyotda va san'atda ma'rifatchilik g'oyalari tarkib topdi. Polyak ma'rifatparvarlari chet el, avvalo fransuz ma'rifatparvarlarining g'oyalarini polyak jamiyatining halatidan kelib chiqib tadbiq qilish g'oyasini ilgari surdilar.

REFERENCES

1. Shuxrat Ergashev-Jahon tarixi- T. "O'zbekiston"- 2013-y. 281-284 betlar

2. Shuxrat Ergashev-Jahon tarixi- T. "O'zbekiston"- 2013-y. 285-286-betlar

3. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

4. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617

5. Сулаймон Амиркулович Гайдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

6. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган хрлда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

7. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

8. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

9. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

10. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистан тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

11. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.