Научная статья на тему 'XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI'

XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
928
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorijiy tilda so’zlashish / kopyuter / Internet / pedagogik texnologiya / innovatsion texnologiya / metodlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Toirova Mehribon Odiljonovna

Hammamizga ma‘lum bo‘lganidek hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarini mukammal o‘rganadigan o‘zi o‘rganayotgan xorijiy tilda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash chet tillarini o‘rganish orqali dunyo xalqlari madaniyatiga kirib borish belgilangan talabga javob beradigan kadrlarni tayyorlash yurtimizda o‘tkazilinayotgan ta‘lim islohotining maqsad va vazifalaridan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XORIJIY TILLARNI O'RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING

O'RNI VA AHAMIYATI

Toirova Mehribon Odiljonovna

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi

Annotatsiya: Hammamizga ma'lum bo'lganidekhozirgi kunda o'sib kelayotganyosh avlodni chet tillarini mukammal o'rganadigan o'zi o'rganayotgan xorijiy tilda erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash chet tillarini o'rganish orqali dunyo xalqlari madaniyatiga kirib borish belgilangan talabga javob beradigan kadrlarni tayyorlash yurtimizda o 'tkazilinayotgan ta'lim islohotining maqsad va vazifalaridan biridir. Kalit so^zlar: Xorijiy tilda so'zlashish, kopyuter, Internet, pedagogik texnologiya, innovatsion texnologiya, metodlar.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7622235

Hozirgi jadallik bilan rivojlanayotgan zamon odamlarining ko'pchiligi ikki va undan ortiq tilda gaplasha oladi. Tillar kesimida oladigan bo'lsak ba'zi tillarni o'rganish birmuncha oson ba'zilarini o'rganish ozroq murakkab hisoblanadi va bu narsa insonlardan biroz vaqt va mehnat talab qiladi. Lekin menimcha ham biroz ishtiyoqnva ixlos bilan harakat qilinsa har qanday tilni ham o'rgansa bo'ladi. Hozirgi kun nuqtai nazaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak xorijiy tillarni o'rganishda qilinayotgan islohotlar natijasida til o'rganishga kirib kelayotgan yosh avlod maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha o'z ona tilisi va chet tilini bir paytning o'zida solishtirgan holda o'rganadi. Aynan tilshunoslik da bu metod o'quvchilarni o'zlashtirishini tezlashtirishda ijobiy va samarali natijaga erishish da eng yaxshi usullardan biri hisoblanadi. Chunki til o'rganayotgan o'quvchi o'z ona tilisi ni chuqur o'rgangan bo'lsa bu narsa ancha qo'l keladi va aynan ona tili bilan xorijiy tilni bir paytning o'zida taqqoslagan holda o'rgansa bu yillar davomida sinalgan va samarali usul hisoblanadi va shu o'rinda aynan hozirgi zamonaviy texnologiyalar orqali xorijiy tillarni o'rganish ham anchagina samarali va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bu usul hozirgi kunda istalgan yoshdagilar uchun qo'l kelayotgan til o'rganish usullaridan biri biridir.

Hozirgi kunda yurtimizdagi ta'lim sohasini tubdan chet tillarga tadbiq qilish maqsadida taqdim etilayotgan darsliklar o'quv qo'llanmalari ham ayni shu maqsadning amaliy isbotidir. Binobarin o'z ona tilisiga qiziqqan va uni puxta o'rgangan o'quvchigina boshqa tillarga mehr qo'yib uni o'rgana oladi. Shuningdek yurtimizda til o'rganishga bo'lgan e'tibor nuqtai nazaridan ham oladigan bo'lsak aynan yaqin 5-10 yil ichida misli ko'rinmagan ishlar amalga oshirildi va buni siyosat darajasigacha olib chiqishdi va o'z o'rnida xorijiy tillarni o'rganishga oid bir qator qaror va farmonlar ishlab chiqildi xuxusan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o'rganish tizimini takomillashtirishga bag'ishlangan videoselektr bo'lib o'tan edi 2021-yildan chet tili o'qituvchilari ga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo'lish talabi kiritilishi haqida ta'kidlangan edi. Endi doimiy an'anaviy dars metodlari o'rniga yangi AKT

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

dan foydalangan holda interfaol usullar asosida dars jarayonlarini tashkil qilish yo'lga qo'yildi. O'z navbatida bu ham rivojlanayotgan zamonda aynan chet tilini o'rganishning zamonaviy usullaridandan biri hisoblanadi. Istalgan chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rganish va o'rgatish eng samarador usullardan biri hisoblanadi.

- Kompyuter, telefon, planshet, audio ovozlar orqali chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rish eshitish mumkin.

- Ingliz tili yoki boshqa tildagi audiolar dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin.

- Zamonaviy va an'anaviy pleyerlar magnitafonlardan foydalanish mumkin.

- CD pleyerlarnidan eshitishda foydalanish mumkin. Bunday texnik vositalardan foydalanish o'rganuvchilarning o'rganayotgan chet tilisini qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishiga yordam beradi. Ta'lim texnologiyalari bu ta'lim jarayonida zamonaviy texnik vositalardan unumli va samarali foydalanish hisoblanadi. Bunga qo'shimcha ravishda aynan ta'lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunga oddiy misol qilib kompyuterlardan foydalangan da o'quvchi chet tilidagi videroliklarni namoyish larni kino yoki multfilmlarni ham ko'rish ham eshitish mumkin. Shuningdek yana qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o'rganish faqat kitoblardan qo'llanmalaridan darsliklardan o'rganish o'quvchini zeriktirib qo'ymaydi. O'zbekistonda xorijiy tillarni ta'lim tizimida tub burilish yasadi chet tillarini bilishga intilish "Til bilgan - el biladi" maqoliga ko'ra ish tutish bizning ko'p tilni bilgan Forobiy, bir necha tillarni qiyosiy o'rganish darajasida bo'lgan keng mushohadali Qoshg'ariy kabi yetuk ajdodlarimizdan merosdir. Aynan shulardan kelib chiqqan holda bugungi kun yoshlariga qo'yilayotgan talab ham aynan chet tillarini bilish ekanligini hech birimizga sir emas. Zamonaviy texnologiyalar asosida chet tillarini o'rganish orqali butundunyo hamjamiyatida vatanimizni O'zbekistonning alohida o'rnini ta'minlash va uni yanada kengroq tadbiq qilish uchun ham xorijiy tillarni o'rganish dolzarb va muhim hisoblanadi. O'zbekistonni dunyo xalqlari orasida yanada o'z o'rniga ega bo'lishini ta'minlashda yoshlarning va ular o'rganayotgan xorijiy tillarning o'rni beqiyos sanaladi. Buni yanada mustahkamlash uchun esa til bamisoli ko'prik vazifasini o'tab beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlar i to,g,risida"gi Ozbekison Respublikasi birinchi Prezidentining №1875 - qarori.

2. J.Jalolov ,,Chet til o'qitish metodikasi", Toshkent-2012

3. oglu Tojiboyev, I. O. (2021). On the use of modern pedagogical technologies and general grammar in the teaching of English. Science and Education, 2(8), 718-720.

4. Odil o'g'li, T. I. (2021). METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH. World Bulletin of Social Sciences, 1(1), 23-25.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.