Научная статья на тему 'XORIJIY TIL O„RGANISHDA QO„LLANILADIGAN ILOVA VA LOYIHALARDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI'

XORIJIY TIL O„RGANISHDA QO„LLANILADIGAN ILOVA VA LOYIHALARDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TIL O„RGANISHDA QO„LLANILADIGAN ILOVA VA LOYIHALARDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

XORIJIY TIL O'RGANISHDA QO'LLANILADIGAN ILOVA VA LOYIHALARDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI

I. F. To'ymanova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi

M. X. Urazimbetova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi, O'zbekiston

"Pen Pal" (xat yozishadigan do'st) internet tarmog'idagi keng tarqalgan saytlardan bo'lib, xorijiy tilni o'rganishda dunyoda ko'p qo'llaniladigan usullardan biridir. Bu yo' nalishda dunyo olimlari orasida ilmiy ishlar olib borilgan va "Pen Pal" loyihasini alohida til o'rgatish va o'rganishning samarali metodi sifatida tan olinganligi takidlangan.

"Pen Pal" tushunchasi 20-asrning boshlarida, 1930-yillarda madaniy almashinuv va til amaliyotini rivojlantirish usuli sifatida paydo bo'lgan. Turli mamlakatlardagi tengdoshlari bilan xat yozishadigan maktab o'quvchilari orasida keng tarqalgan faoliyat bo'lib, nafaqat ularning yozish mahoratini oshiribgina qolmay, balki turli madaniyatlar va turmush tarzi haqidagi tushunchalarini kengaytirgan.

Jumladan, 1920-yildan buyon Qiz Skautlarning Butunjahon Assotsiatsiyasi turli mamlakat qizlarini "Pen Pal" loyihasi orqali bir-biriga bog'lab keladi. Bu tashabbus turli millatdagi qizlar o' rtasida do'stlik va o'zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo'lishi bilan "Pen Pal" an'anasi raqamli burilish oldi. "Pen Pal"ga ega bo'lish har qanday yoshdagi odamlar uchun foydali tajriba bo'lishi mumkin. Agar siz yangi tilni o'rganayotgan bo'lsangiz, ushbu tilda ona tilida so'zlashuvchi "Pen Pal" juda foydali bo'lishi mumkin, o'rganilayotgan tilida yozishni mashq qilish, yangi iboralarni o'rganish va yozish haqida fikr-mulohaza olish mumkin. (What is Pen Pal? Admin, June 1, 2023, What is a Pen Pal? | Letter in the Post). "Pen Pal" orqali til o'rganishda nafaqat yozish balki muloqotni ham rivojlantirish mumkin.

Ushbu maqsadda Pen Pals" loyihasi doirasida tajriba katta yoshli til o'rganuvchilarda o'tkazildi va bu o'z ijobiy ta'sirini berdi, ya'ni ularda til o'rganish sifati yaxshilandi. Bu jarayonda til o' rganuvchi volontyor autentik til egasi bilan xat yozishish orqali muloqot olib bordi. Xat almashinuvining asosiy mavzusi adabiyotlarni ijtimoiy-madaniy muhokama qilish bo'ldi. Maqolada autentik til

392

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

o'rganishning individuallashuvi va til o'rganish bilan doimiy band bo'lishi yoritildi. Bu ilmiy maqolada erishilgan lingvistik va madaniy yutuqlar muhokama qilingan. Ilmiy maqolaning ma'lumotlari "Pen Pal" loyihasi ishtirokchilari orasida o'tkazilgan suhbatlar, savol-javoblar va yozilgan xatlardan olingan. ("Til o'rganishga yaxlit va ijtimoiy-madaniy yondashuv". Klarena Larrotta, Texas Davlat Universiteti proffesori, Arlene F.Serrano PhD, Texas Davlat Universiteti, 2012-y)

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri - til o' rganish jarayonida o' zbek tili, madaniyati va urf-odatlarini dunyo bo'ylab targ'ib qilishga imkoniyatlar yaratishdir.

Bu loyiha faqatgina talabalar bilan cheklanib qolmasdan, turli yoshdagi til o' rganuvchilarni ham qamrab oladi. Chet el ingliz tili o'qituvchilari bilan aloqaga chiqish ham "Pen Pals" loyihasi orqali bo'lsa uzluksiz ingliz tili muhitini yaratishga yordam beradi.

Loyihaning afzallik taraflari:

- autentik til egasi bilan bo'lgan oddiy muloqot ham, til o'rganuvchiga ahamiyatli amaliy imkoniyatlar yaratadi va til o'rganishda rag'batlantiruvchi hamkor hisoblanadi;

"Pen Pals" loyihasi imloviy xatolarni to'g'rilashgayordam beradi; norasmiy suhbatlar va so'z birikmalarini o'rganish tilni yaxshi biladigan autentik til egasi bilan so'zlashganda ular uchun oddiy suhbatlarda ishlatilganligi uchun til o'rganuvchiga o'rganish osonlashadi;

- Til o'rganuvchi nafaqat chet elda tajriba orttirishi, balki o'z davlatida to'liq tajriba orttirishi mumkin, ba'zida chet elda orttirilgan tajribadan ko'ra muvaffaqiyatli hisoblanadi;

- Turli davlat va madaniyatga ega bo'lgan odamlar bilan til o'rganishyuzasidan xalqaro hamdo'stlik aloqalarini o'rnatish ham bu loyihada keng imkoniyatlar yaratadi.

Hozirgi texnologiya va ommaviy axborotlar rivojlanib kelayotgan bir davrda "Pen Pals" loyihasining ijobiy taraflari ko'p bo'lganligi bilan bir qatorda salbiy taraflari ham mavjud. Asosiy muammolardan biri bu til o'rganuvchi "Pen Pals" loyihasidan foydalanayotganda Internet tarmog' idagi senzurasi to'g'ri kelmaydigan Internet saytlariga ham kirib qolishi mumkinligidir.

Shu bilan birga yana quyidagi muammolarga duch kelishi mumkin:

- insonlar o'zi haqida noto 'g'ri ma 'lumotlar berib yolg'on gapirishi mumkin,

- sizdanpul so'rashiyoki talab qilishi mumkin,

- turli sabablar bilan tahdid qilishi mumkin,

- yot radikalyo'nalishlarga undash bo'lishi mumkin,

- uylariga taklif qilishlari mumkin.

May 3, 2024

https://tipi.uz/ International Scientific and Practical Conference

393

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Bu muammoning oldini olish uchun Internet tarmo g' ining Whatsapp, Skype, Team, Zoom, Facebook messenger, telegram ilovalaridan foydalangan holda til o'rganuvchilarni bir guruhga to'plab yoki yakka tartibda suhbatlar bevosita o'qituvchi ishtirokida tashkil etilishi rejalashtiriladi. Bunda til o'rganuvchi o'qituvchi nazorati ostida bo'ladi.

Agar til o'rganuvchi maktab o'quvchisi yoki oliygoh talabasi bo'lsa, yuqorida keltirilgan salbiy sabablarning oldini olish uchun doimiy ravishda o'qituvchi yoki til o'rgatuvchi nazoratida bo'ladi. Elektron pochta yoki ilova orqali yozilayotgan xatlar "screenshot" qilinib, o'qituvchiga muntazam ravishda yuboriladi.

Izlanishlar "Pen Pals" loyihasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida qilingan ilmiy ishlar mavjud emasligini ko'rsatdi. O'zbekiston hududida ommabop bo'lgan har xil onlayn ilovalar mavjud. Ushbu ilovalardan foydalanish "Pen Pals" loyihasi kabi onlayn, lekin ishlash tartibi farqli. Ular quyidagilar:

Tandem: Language exchange - til o'rganish ilovasi bo'lib, millionlab odamlar bir-biriga o'zlari o'rganayotgan xorijiy tilni o'rgatadilar va fikr almashadilar. O'rganilayotgan xorijiy til faqat ingliz tili bo'lishi shart emas, bu til o'rganuvchining tanloviga bog'liq.

Hilokal Learn Languages n Co - mobil ilova bo'lib, audio qo'ng' iroqlar guruhi tuziladi va o'rganilayotgan tilni amaliyotda qo'llash yuzasidan yangi do'stlar autentik til egasi bilan xorijiy tilda mukammal so'zlashish imkoniga ega bo'ladilar.

Let MeSpeak - Learn English - til o'rganishning onlayn turi hisoblanib, unda xususiy darslar mavjud. Onlayn til o'rganish guruhlari tuzilib, til o'rganishga qulayliklar yaratiladi. Til o'rganish guruhlar ko'rinishida yoki yakka tartibda bo'lishi mumkin, bu til o'rganuvchining xohishiga bog'liq.

Hello Pal World - onlayn til o'rganish mobil ilovasi bo' lib, dunyo bo'ylab 6.7 million a'zosi mavjud va ular 200 dan ortiq davlatdandir. Ilova orqali xohlagan vaqtda til o'rganish yuzasidan suhbatlashish va tajriba almashinishi mumkin.

Italki hk limited - Education - onlayn til o'rganish ushbu platformada o'quvchi va o' qituvchilar ishtirok etishadi, unda til o'rganuvchilar videosuhbat orqali o'qituvchilar bilan bog'lanishlari mumkin. O'qituvchilar o'zlarining til bo'yicha tajribalarini taklif qilib, erkin o'qituvchilar sifatida pul topish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Tillar va maktabgacha ta'lim fakultetida o'tkazilgan so'rovnomalardan shu ayon bo' ldiki, "Pen Pals" loyihasi haqida o'qituvchilar ma'lumotga ega, lekin til o'rgatishda qo'llab ko'rilmagan. Talabalar esa bu loyiha haqida ma'lumotga ega emas. Yuqori kurs talabalarini

394

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^

yaqindan tanishtirish maqsadida Facebook tarmog'idagi "Pen Pals for classes" guruhiga a'zo bo'lish tavsiya qilindi.

"Pen Pal" almashinuvi bilan shug'ullanish til o' rganishning amaliy kontsepsiyasini ta'minlaydi. Talabalar ona tilida so' zlashuvchilar bilan muloqot qilish paytida yozish, o' qish va tushunish qobiliyatlarini mashq qiladilar. Bu tajriba ularning til qobiliyatlarini oshiradi.

Madaniyatlararo xabardorlik ham shular jumlasidandir "Pen Pals" talabalarni turli madaniyatlar, an'analar bilan tanishtiradi. O'quvchilar xat almashish orqali "Pen Pals" do'stlarining kundalik hayoti, urf-odatlari va qadriyatlari haqida tushunchalarga ega bo' ladilar. "Pen Pals" do'stidan xat olishni kutish o' quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi. O'quv jarayoniga hayajon qo'shadi va doimiy muloqotga chorlaydi. So'zlarni to'g'ri yozish, tafakkur qilish va o'z-o'zini ifoda etishga undaydi. Talabalar o'z fikrlarini bayon qilishni, tajriba almashishni, shaxslararo ko'nikmalarni rivojlantirishni o' rganadilar.

Xulosa qilib aytganda, "Pen Pals" loyihasi til o'rganish, madaniy izlanishlar va mazmunli aloqalarni birlashtirish orqali o'quvchining ta'limini boyitadi.

References / Adabiyotlar

1. "Til o'rganishga yahlit va ijtimoiy-madaniy yondashuv" maqolasi. Klarena Larrotta, Texas Davlat Universiteti proffesori, Arlene F.Serrano PhD, Texas Davlat Universiteti, 2012y).

2. Connecting Literacy Learners: A Pen Pal Project, Joan L. Rankin. The Reading Teacher Vol. 46, No. 3, Teachers' Choices Best New Children's Books (Nov., 1992), pp. 204-214.

3. Pen Pal Activities as a Learning Tool: Learning from Student Reflections Teresa Lee University of Mississippi, 2021.

4. Pen Pal Letter Exchanges: Taking First Steps toward Developing Cultural Understandings Mary Alice Barksdale, Carol Watson and Eun Soo Park The Reading Teacher, Vol. 61, No. 1 (Sep., 2007), pp. 58-68 (11 pages) Published By: International Literacy Association.

5. What is Pen Pal? Admin, June 1, 2023, What is a Pen Pal? | Letter in the Post.

6. "Xorijiy tilni o'qitishda "Pen Pals" loyihasining ahamiyati". TIPI Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti o'qituvchisi. Journal of Pedagogical and Psychological studies. ISSN:2181-4066 DOI Journalv10.56017/2181-4066, Volume-II, ISSUE-2, Toshkent-2024.

395

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.