Научная статья на тему 'XO‘LLOVCHI VA XO‘LLAMAYDIGAN SUYUQLIKLAR. TURMUSHDA VA TEXNIKADA KAPILLYAR XODISALAR'

XO‘LLOVCHI VA XO‘LLAMAYDIGAN SUYUQLIKLAR. TURMUSHDA VA TEXNIKADA KAPILLYAR XODISALAR Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
598
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xollovchi / suyuqlik / kapillyar xodisalar / arteriyalar

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abduxalimova Kamola Bakirjon Qizi

xo‘llovchi va xo‘llamaydigan suyuqliklar. Turmushda va texnikada kapillyar xodisalar haqida tayyorlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XO‘LLOVCHI VA XO‘LLAMAYDIGAN SUYUQLIKLAR. TURMUSHDA VA TEXNIKADA KAPILLYAR XODISALAR»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali

№15

XO'LLOVCHI VA XO'LLAMAYDIGAN SUYUQLIKLAR. TURMUSHDA VA TEXNIKADA KAPILLYAR XODISALAR

Abduxalimova Kamola Bakirjon qizi

Farg'ona viloyati Bag'dod tumani prezident ta'lim muassalari agentligi Bag'dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7491059

Annotatsiya: xo'llovchi va xo'llamaydigan suyuqliklar. Turmushda va texnikada kapillyar xodisalar haqida tayyorlangan.

Kalit so'zlar: xollovchi, suyuqlik, kapillyar xodisalar, arteriyalar.

Ayrim suyuqliklar qattiq jismni xo'llasa, boshqalari xo'llamaydi. Buning sababini tushunish uchun ular qanday xosalarga ekanligini ko'rib chiqish lozim. Suyuqliklar, gazlar singari, ma'lum shaklga ega emas va qanday idishga quyilgan bo'lsa, o'sha idishning xajmini egallaydi. Biroq gaz suyuqlik kabi aniq bir xajmga ega emas va u berilgan istalgan xajmni egallaydi, suyuqlik esa to'laligicha ma'lum xususiy xajmga ega va berilgan katta xajmli idishning ma'lum qisminigina egallaydi. Suyuqliklar sirt qatlamida uning qattiq jism bilan chegarasida murakkab xodisa sodir bo'ladi. Bunday xolda suyuqliklar molekulalari qattiq jism molekulalari bilan o'zaro ta'sirlari sezilarli bo'ladi. Kundalik tajribalarda suv tomchisi stolning toza sirtida yoyilishi, biroq yog'li stol sirtida yoyilmasligi deyarli sharcha shaklini olishi kuzatiladi. Birinchi xolda suv stol sirtini xo'llaydi, ikkinchi xolda esa xo'llamaydi deyiladi. Xo'llash va xo'llamaslik xodisalari suyuqlik va qattiq jism orasida o'zaro ta'sir kuchining nomoyon bo'lishiga yaqqol misol bo'la oladi.

Xo'llash xolida suyuqlik molekulalarining bir biri bilan o'zaro ta'sir kuchi qattiq jism molekulalarining o'zaro ta'sir kuchidan kichik. Bu kuch ta'sirida suyuqlik qattiq jism sirti bo'ylab yoyiladi. Xo'llamaslik xolida aksincha, suyuqlik molekulalarining bir-biriga tortishishi kuchi qattiq jism molekulalarining o'zaro ta'sir kuchidan katta, natijada suyuqlik shar shakliga yaqin shaklni oladi.

Xo'llaydigan suyuqliklarda burchak n/2 dan kichik

b)

'Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali

Xo'llamaudigan suyuqliklarda esa burchak n/2 dan katta bo'ladi

№15

L.

a)

b)

Xo'llash va xo'llamaslik xodisalari turmush va texnikada juda katta axmiyatga ega. Agar suv bizning tanamizni xo'llamaganda edi, dushda cho'milish befoyda bo'lar edi. Yaxshi xo'llanishni, masalan bo'yashda va artishda, payvandlashda, oqartirish va boshqa texnologik jarayonlarda kuzatiladi. Aksincha, gidroizolyatsion inshoot ko'rilayotganda suv bilan xo'llanmaydigan modda zarur bo'ladi. Bizning xayotimizda suyuqlikning ingichka naycha bo'ylab ko'tarilishi katta axamiyatga ega. Bunday naychalarni kapillyar naychalar yoki kapillyarlar (lotincha "kapillya"-soch tolasi degan ma'noni bildiradi) deb ataladi.

Kapilyarlarda suyuqliklar sirti yarim sfera shakliga ega bo'ladi. Fs sirt tarnglik kuchi kapilyarning ichki aylanasining uzunligi l = 2rR ga teng bo'lib, sirt tarnglik kuchi quydagiga teng bo'ladi:

F = 2 xRa

Bu yerda a sirt taranglik koeffîsiyenti

Suyuqliklarning kapilyar bo'lab ko'tarilishi suyuqlikning sirt tarnglik kuchi kapilyarda suyuqlik ustunining balandligiga teng bo'ladi:

2,tRct= mg

Buyerdanmg = pWg = psiR2kg ekanligidan 2,tRc= pnR2hg pRg

Bu formula xo'llovchi suyuqliklarda suyuqlikning kapillyarda ko'tarilish balandligini, xo'llamaydigan suyuqliklarning esa pasayish chuqurligini ifodalaydi. Demak, kapillyarda suyuqlikning ko'tarilishi yoki tushish balandligi, uning sirt tarnglik koeffitsientiga to'g'ri, suyuqlik zichligi bilan kapillyarning radiusiga teskari proporsional ekan. Kapillyar xodisalar tabiat va texnikada katta rol o'ynaydi.

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №15

Oziqlantiruvchi eritma o'simliklarning poyasi va tanasi bo'yicha kapillyar xodisalar bo'ylab ko'tariladi: eritma o'simlik xujayralarining devorlaridan xosil bo'lgan ingichka kapillyar naychalar orqali ko'tariladi. Tuproq kapilyarlari bo'ylab suv chuqurlikdagi qatlamlardan yuqori qatlamlarga ko'tariladi. Tuproq kapillyarlarining diametrlarining zichlash yo'li bilan kuchaytirib, tuproq sirtiga, ya'ni bug'lanish soxasiga oqayotgan suvni kuchaytirish mumkin; bu bilan tuproqning qurishi tezlashadi. Aksincha, tuproq sirtini yumshatib va shu yo'l bilan tuproq kapilyarlarini buzib, suvni bug'lanish soxasiga qarab oqishini kamaytirish va tuproqning qo'rishini sekinlashtirish mumkin. Tuproqdagi suv rejimini tartibga solib turishning agrotexnik tabbirlari - zichlash va boronalash shunga asoslangandir. Bino devorlariga kapillyar kanallari bo'ylab sizot suv ko'tariladi; plik kapillyari bo'ylab moylovchi modda ko'tariladi; bosma qog'oz va shu kabilardan foydalanishi xam kapilyarlik xodisasiga asoslangan. Choyni qand bilan ichayotganingizda quydagi xodisaga е'йЫг berganmisiz? Agar qandning bir uchi piyoladagi choyga tekizib turilsa, choy qandga shimila boshlaydi. Qandning yuqori qismi choyga tegmasa xam ho'llanib qoladi. Qand choyni shimishiga sabab kapilyarlik xodisasidir. Butun tana bo'ylab qon tomirlari o'tkazilgan. Tuzilishi bo'yicha ular bir xil emas. Arteriyalar - bu qonni yurakdan tashuvchi tomirlar. Ular zich, elastik devorlarga ega bo'lib, ularning tarkibiga silliq mushaklar kiradi. Qisqarish natijasida yurak arteriyalarga katta bosim ostida qonni chiqaradi. Arteriya devorlarining mustahkamligi va elastikligi uchun u bunday bosimga dosh bera oladi

Katta arteriyalar yurakdan uzoqlashishi bilan tarmoqlanadi. Eng kichik arteriyalar ingichka kapillyarlarga bo'linadi. Ularning bevorlari yassi hujayralar bilan yaxlit bitta qatlamidan tashkil topgan. Qon plazmasida erigan moddalar kapillyar devorlari orqali o'tib hujayralarga borib tushadi. Odam organizmida taxminan 150 mlrd kapilyarlar mavjud bor. Agar barcha kapillyarlarni bitta chiziqqa joylashtirsak, u bilan yer ekvayorini 2, 5 marta aylantiribchiqish mumkin ekan. Qon vena tomirlarida to'planadi va yurakka tomon harakatlanadi.

Xullosa qilib aytadigan bo'lsak Xo'llovchi va xo'llamaydigan suyuqliklar, turmushda va texnikada kapillyar xodisalar inson xayotida tutagan o'rni va axmiyati juda xam muxim xisoblanadi

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. M. O'lmasova "Mexanika va molekulyar fizika" Toshkent. "0'qituvchi"200 4 y.

2. A. V. Pyorishkin, N. A. Rodina "Fizika" 9-sinf. Toshkent. "O'qituvchi"1984 y.

3. R. Xabibullaev, A. Boybodoev "Fizika" 9-sinf. Toshkent. "G'ofur G'ulom" 2019 y.

4. A. N. Remizov "Tibbiy va biologik fizika" Toshkent. Ibn Sino. 1992 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.