Научная статья на тему 'XITOY TILIDA EKOTURIZM生态旅游 TERMININING SEMANTIKASI'

XITOY TILIDA EKOTURIZM生态旅游 TERMININING SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / turizm / tabiat / sayohat / atrof-muhit. / ecology / tourism / nature / travel / environment.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sobirova, Madinaxon

Ushbu maqolada ekoturizm termini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ekoturizm atamasining xitoy tilidagi manbalarga asoslangan holda, leksik ta`rifi berilib, uning paydo bo`lishi va hozirgi kunda qo`llanilish shakli haqida so`z boradi. Maqolani yozishdan maqsadxitoy tilidagi ekoturizm va unga bog`liq bo`lgan so`zlarni ma`noviy va shakliy jihatdan tahlil qilish. Ushbu maqola Xitoy tili va turizmi bo`yicha faoliyat olib boruvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTICS OF THE TERM ECOTOURISMshēngtàilǚyóu IN CHINESE LANGUAGE

This article analyzes the term ecotourism from a theoretical and practical point of view. Based on sources in the Chinese language, a lexical definition of the term ecotourism is given, and it is discussed about its appearance and the form of its use today. The purpose of writing the article is to analyze the meaning and form of ecotourism in Chinese and related words. This article is theoretically important for Chinese language and tourism workers.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDA EKOTURIZM生态旅游 TERMININING SEMANTIKASI»

о

XITOY TILIDA EKOTURIZM- ^^^^ TERMININING

SEMANTIKASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10364448

Madinaxon SOBIROVA,

TDSHU 1-kurs magistranti, Toshkent, O'zbekiston. Tel.: +998946698585; E-mail: rakhimovna.2211@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada ekoturizm termini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ekoturizm atamasining xitoy tilidagi manbalarga asoslangan holda, leksik ta^rifi berilib, uningpaydo bolishi va hozirgi kunda qollanilish shakli haqida so^z boradi. Maqolani yozishdan maqsad- xitoy tilidagi ekoturizm va unga bogliq bolgan so^zlarni ma^noviy va shakliy jihatdan tahlil qilish. Ushbu maqola Xitoy tili va turizmi bo^yicha faoliyat olib boruvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: ekologiya, turizm, tabiat, sayohat, atrof-muhit.

Аннотация. В данной статье анализируется термин экотуризм с теоретической и практической точки зрения. На основе источников на китайском языке дается лексическое определение термина экотуризм, а также обсуждается его этимологическое значение и форма употребления в наши дни. Цель написания статьи - проанализировать значение и семантическую форму термина экотуризм и родственных словах в китайском языке. Материал статьи может быть полезен для лиц, работающих в сфере туризма.

Ключевые слова: экология, туризм, природа, путешествия, окружающая среда.

Abstract. This article analyzes the term ecotourism from a theoretical and practical point of view. Based on sources in the Chinese language, a lexical definition of the term ecotourism is given, and it is discussed about its appearance and the form of its use today. The purpose of writing the article is to analyze the meaning and form of ecotourism in Chinese and related words. This article is theoretically important for Chinese language and tourism workers.

Key words: ecology, tourism, nature, travel, environment.

Hozirgi kunda rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi, asosan, tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda. Turizm so'zi

KIRISH

fransuz tilida tourisme- " sayohat qilish", "dam olish" bo'lib shu bilan bir qatorda sport va umumtarbiyaviy yoki siyosiy-ma'rifiy vazifalarni bajarish degan manoni ham anglatadi.

Aleksandrova A.Y.[1] malumotlari bo'yicha turizmdagi maxsus turlar quyidagilardan iborat:

1. Shahar turizmi.

2. Ishchanlik turizmi.

3. Qishloq turizmi.

4. Ekologik turizm.

5. Sport turizmi.

6. Ziyoratgoh turizmi.

Bu turlarni tahlil qilganimizda sport turizmi to'rtta turga ajratilgan:

• tog' sport- changé turizmi;

• golf turizmi;

• dayvin turizmi;

• eksterimal holatlardagi turizm.

Yuqoridagi turizm turlarini maxsus yoki asosiy deb ajratish xususiyatlarini topish qiyin. Ekologik, ziyoratgoh va sport turizmlari jahonda eng katta turistlar oqimini tashkil qiladigan turlar hisoblanadi. Golf, dayv turizmi va ekstremal turizm turlarini diniy, tarixiy, ekologik va sport turizmi turlariga tenglashtirib bo'lmaydi.

Ekoturizm, bir tomondan, turistik bozorda jadal o'sib kelayotgan tarmoq, ikkinchi tomondan esa insonning tabiatga ijobiy ta'siriga asoslangan tizim. Qolaversa, u turizm infratuzilmasining ajralmas qismi bo'lib, fagat g'oyagina emas, balki, umumiy turizmning aniq turi, hisoblanadi. [2] Uning atrof-muhitga ta'siri turlicha (salbiy, neytral va ijobiy) bo'lishi mumkin. "Ekoturizm" qo'riqxona hududlari va tabiiy bog'larning zamonaviy ish yuritish faoliyatida keng qo'llanilmoqda. Bu sayohat turining dunyo miqyosida jadal o'sishiga sabab faqat atrof-muhitning ahvoli yomonlashishigina emas, balki, hordiq chiqariladigan mashhur joylar-tog' bag'ridagi kurortlar, suvi iliq dengizlarning qirg'oqlari, tekisliklar va o'rmonzorlar borgan sari ko'proq o'zlashtirilayotganligi hamdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ekologik turizm 1980-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan yangi tushunchadir. Ingliz tilidagi ushbu tushunchani akademik sohada birinchi bo'lib ishlatgan shaxs Maykl Romeril edi. Romeril bu atamani ishlatganda, u Gerardo Budovskining ekologiya va turizm o'rtasidagi ziddiyat haqida gapirgan maqolasidan ilhomlangan [3]. Aslida esa, meksikalik ekolog Seballos Lascurain 1980-yillarning boshida ispancha "ekoturismo" atamasini ishlatgan edi.[4] Turizm amaliyoti va menejmenti nuqtai nazaridan, Kanada o'rmon xo'jaligi xizmati 1973- yilda Trans-Kanada

avtomagistrali bo'ylab turizm usuli sifatida "ekotur" (ekoturizm) ni ilgari suгdi. Shunga ko'ra, ushbu kontseptsiyaning yaratilish taгtibi quyidagicha bo'lishi hisoblanadi: tuгizmning мekotuгizmм nomini aniq olgan shakli biгinchi maгta Kanadada paydo bo'lgan, birinchi maгta akademik miqyosda paydo bo'lgan va Janubiy Amerika olimlari tomonidan ispan tilida ishlatilgan va keyin ingliz tilida. Ushbu kontseptsiyani birinchi bo'lib taklif qilgan olim Chebelos Laskarining so'zlariga ko'ra, ekotuгizmning ta'rifi "nisbatan ekologik toza bo'lgan tabiiy hududlarga sayohat qiladigan turizm shakliga ishoгa qiladi.

"Ekoturizm" atamasi o'miga ko'pincha boshqa atamalaT, ya'ni, "tabiiy turizm", "barqaror tuгizm", "yashil tuгizm", "mas'uliyatli turizm" va "hayriya tuгizmi" kabi atamalar ham ishlatiladi.[5] Ba'zi unsurlari bir xil bo'lsa ham, Ular aslida bir-birining sinonimi hisoblanmaydi va biri ikkinchisining o'rini egallamaydi. Ekoturizm - tabiiy turizm (tabiatga sayohat) ning bir turi. U tabiiy turizmning ba'zi bo'laklarini, masalan, sarguzashtli turizm-otda sayr qilish yoki kemada suzish kabilarni o'z ichiga olishi mumkin. Ekoturizmning quyidagi ta'rifi ko'proq ishlatiladi: "Ekoturizm" tabiiy turizm bo'lib, tabiat muhitini hosil qilish va tushinishni o'z ichiga oladi. Uning menejmenti shunday amalga oshiriladiki, natijada bu faoliyat ekologik, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror bo'lib, "tabiiy muhit" madaniy tarkiblarni, "ekologik barqarorlik" mahalliy aholi uchun tegishlicha daromadni va foydalanilayotgan resurslarning uzoq muddatli muhofaza qilinishini o'z ichiga oladi. "Ekologik turizm" tushunchasining alomatlaridan iloji boricha ko'prog'ini chugurroq tushunish uchun Zorin va V. Kvartalnov o'zaro bog'langan "ekotizim", "ekologiya, "ekologik sayohat etikasi" kabi tushunchalar tizimini taklif qilishadi [б] Ayniqsa, oxirgi tushuncha ahamiyatga molik. U jonli tabiatga, borilayotgan landshaftlarga, u yerda yashovchi kishilarga nisbatan hurmat kodeksi, deb sharhlanadi.

Xitoylik olim Ma Shijun fikricha, ekologiya tirik tizimlar va atrof-muhit

o'rtasidagi o'zaro ta'sirini o'rganadi. Xitoy tilida ekoturizm atamasi (sheng

tài lü yóu) taгzida ifodalanadi. Bu qo'shma so'z bo'lib, xitoy tilida uning asosiy

ma'nosi "ekologiya" ^^ (sheng tài )ga qaratilgan, Ekologiya so'zi biгinchi maгta

1869-yilda nemis biologi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan. U dastlab zoologiya sohasida bu atamani ishlatgan. "Ekologiya" so'zi dastlab nisbatan tor doiгada ishlatilgan bo'lsa, keyinchalik mavzu chegaralarini yorib o'tib, fanlararo xalqaro toifaga aylandi. [V] Jumladan,

é^^^CZkán huánjing)- tabiiy muhit

Ж^/^^Cdàqi wüгän)- havoning ifloslanishi

HM^ (shui de xunhuan) - suv aylanishi

(turang baochi) - tuproqni saqlanishi

shengwu duoyang xing) - biologik xilma-xillik

(chengshi wenti) - shahar muammolari

^ ^ ^ (xiangcun wenti) - qishloq muammolari kabi ekologiyaga oid terminlarni uchratishimiz mumkin.

£ ^ (sheng tai) - atamasi quyidagi terminlar tarkibida kelishini ko'rishimiz mumkin:

£^E(Shengtai qu) - ekologik hudud X^^X (shengtai chengshi) - ekologik shahar X^^^ (shengtai huanjing) - ekologik muhit X^^^ (shengtai nongye) - ekologik qishloq xojligi X^^ix (shengtai jianshe) - ekologik qurilish X^il (shengtai baohu) - ekologik muhofaza

(shengtai ltiyou) - ekoturizm X^^^i (shengtai xitong) - ekosfera X^^ (shengtai xue) - ekologiya X^XfM (shengtai gongcheng) - ekologik muhandislik X^Ku (shengtai wei) - ekologik joy X^AS (shengtai ruqTn) - ekologik bosqin X^^^ (shengtai shouming) - ekologik hayot davomiyligi

(shengtai xiaolti) - ekologik samaradorlik X^X® (shengtai pingheng) - ekologik muvozanat

(shengtai yTnzi) - ekologik omillar X&№ (shengtai fu) - ekologik kenglik.

Turli adabiyotlarda Ekoturizm turlicha talqin qilinadi. Bizning dunyoqarashimizga yaqin bo'lgan Avstraliyaning Milliy ekoturizm Strategiyasida

ekoturizm — tabiatga yo'naltirilgan turizm, deb ifodalangan. Ekologik barqarorlik qoidalaridan kelib chiqqan tarzda u o'z ichiga ekologik ta'lim va tarbiyani qamrab oladi. Tabiatni muhofaza qilish Xalqaгo Ittifoqi (TMQXI) ekoturizmni «atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, unga sayr qilganda «ayab» ta'siг ko'гsatish yo'li bilan madaniy va tabiiy merosni o'rganish hamda zavqlanish nisbatan buzilm agan tabiiy hududlarga ekologik mas'uliyatli sayohat», deb tushuntiradi.[8]

XULOSA

Shunday qilib, tor ma'noda ekotuгizm — kishilarning tirik organizmlar yashaydigan muhitga sayohat qilishlari. Keng ma'noda esa ekotuгizm — shaxslarning doimiy yashash joylaridan dam olish, sport bilan shugiullanish, sog'omlashish, ma'-rifiy-ma'naviy hamda umumtaгbiyaviy ishlarni amalga oshirish yoki boshqa maqsadlarni ko'zlagan holda atrof tabiatga yoki muayyan tabiiy obyektlarga ekologik maqsadlardagi sayohatlari. Ekoturizm atamasining manoviy jihati tahlili ostida bir nechta xulosalarga kelindi. Olimlarning ekoturizmga bergan turli tariflari yordamida uning tor va keng ma'noda qo'llanilishiga guvoh bo'ldik. Ekoturizmga oid atamalarni tarjima qilish jarayonida uning boshqa tillardagi ekvivalentlariga ham ahamiyat berish orqali uning o'zbek tilidagi eng to'g'ri variantini topish mumkin. Maqolada ko'rib chiqilgan terminlar asosida shuni aytish mumkinki, ekoturizmga oid terminlar asosan qo'shma so'zlar shaklida bo'ladi va odatda, o'z semantik manosini saqlab qoladi. Shuningdek, bu terminlar xitoy tilida asosan 4ta iyeroglifdan iboгat bo'lgan so'z shaklida bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES):

[1] - Yabibulloxoii Muhammadsolih Alisher o'g'li. O'zbekiston ekotuгizmini rivojlantirish yo'llaгi- Toshkent 2020. - 130 b.

[2] - O 'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. — Т.: «O'zME davlat ilmiy nashr.», 2004, 7-son. 428-b.

[3] - A. Nig'matov. Ekologiya nima? — Т.: «Turon-iqbol», 2005. 45 b.

[4] - А.Б. Косолапое, Н.Г. Мизь. Экологический туризм в Приморском крае и работа гида на маршруте (методические рекомендации). — Владиво сток, 2002.

[5] - Дроздов A.B. Экотуризм: определения, принципы, признаки, формы / / Акт. пробл. туризма — 99. Перспективы развития туризма в южном Подмос ковье. Сб. докл. и тез. сообщений науч.-практ. конф. М., 1999. с. 32 41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.