Научная статья на тему 'XITOY IPO BOZORINING JAHON MOLIYA BOZORIDA TUTGAN O`RNI'

XITOY IPO BOZORINING JAHON MOLIYA BOZORIDA TUTGAN O`RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
153
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IPO-birlamchi ommaviy taklif / fond birjalari / moliyalashtirish / pandemiya / Xitoy kapital bozori. / IPO-initial public offering / stock exchanges / financing / pandemic / Chinese capital markets.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turdiqulov, Farrux Ravshanjon Ogli

Ushbu maqola Xitoyning bugungi kundagi IPO bozorida olib borilayotgan faoliyati va uni jahon fond birjalarida tutgan o’rnini ko’rib chiqadi. Unga ko’ra Xitoydagi kompaniyalarning o’tkazayotgan IPOsi bilan bir qatorda uning mahalliy va xalqaro IPO listinglar statistikalari, reyting ko’rsatkichlari va ma’lumotlari tahlil qilinadi. Maqolani yozishda mamlakat, kompaniyalar, moliyaviy tashkilot va agentliklarning rasmiy ma’lumotlaridan foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF THE CHINESE IPO MARKET IN THE GLOBAL FINANCIAL MARKET

This article examines the Chinese current IPO market and its place on the global stock exchanges. However, along with the IPO of companies in China, statistics, rating indicators and data from its domestic and international IPO listings are analyzed. Through writing the article, official information of the country, companies, financial organizations and agencies were used.

Текст научной работы на тему «XITOY IPO BOZORINING JAHON MOLIYA BOZORIDA TUTGAN O`RNI»

XITOY IPO BOZORINING JAHON MOLIYA BOZORIDA TUTGAN O RNI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7336718

Turdiqulov Farrux Ravshanjon o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktorant fturdiqulov@bk.ru

Annotatsiya. Ushbu maqola Xitoyning bugungi kundagi IPO bozorida olib borilayotgan faoliyati va uni jahon fond birjalarida tutgan o'rnini ko'rib chiqadi. Unga ko'ra Xitoydagi kompaniyalarning o'tkazayotgan IPOsi bilan bir qatorda uning mahalliy va xalqaro IPO listinglar statistikalari, reyting ko 'rsatkichlari va ma'lumotlari tahlil qilinadi. Maqolani yozishda mamlakat, kompaniyalar, moliyaviy tashkilot va agentliklarning rasmiy ma'lumotlaridan foydalanildi.

Kalit so'zlar: IPO-birlamchi ommaviy taklif, fond birjalari, moliyalashtirish, pandemiya, Xitoy kapital bozori.

Abstract. This article examines the Chinese current IPO market and its place on the global stock exchanges. However, along with the IPO of companies in China, statistics, rating indicators and data from its domestic and international IPO listings are analyzed. Through writing the article, official information of the country, companies, financial organizations and agencies were used.

Key words: IPO-initial public offering, stock exchanges, financing, pandemic, Chinese capital markets.

Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan biznesni rivojlantirishni moliyalashtirishning eng arzon va samarali manbalaridan biri sifatida IPO bo'layotganligini ko'rishimiz mumkin. Shu orinda IPOni o'ziga qisqacha ta'rif berib o'tadigan bo'lsak, u aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini cheklanmagan miqdordagi shaxslarga birlamchi ommaviy sotish jarayonini nazarda tutadi. 2000-yillardan boshlab butun dunyodagi IPO bozorlarida keskin siljish, rivojlanish bo'ldi deb ayta olamiz. O'zbekistonda bu amaliyot birinchi bor 2017-yil, "Kvarts" AJ "Toshkent" fond birjasida o'tkazgan. Bugungi kunga kelib, AQSh va boshqa rivojlangan bozorlarda IPO hajmi sezilarli darajada pasaygan bo'lsa-da, Xitoyda bu jarayon yuqori hajmi va listing tarkibida yirik o'sishi kuzatildi. 1949 yildan 1990 yilgacha Xitoyda fond birjalari mavjud bo'lmaganligiga qaramay, 2020 yilga kelib, u 80 trillion yuan (12 trillion AQSH dollari) miqdordagi bozor kapitallashuvi bilan 4154 dona aktsiyalarini listingga olib kiirishi orqali AQSHdan keyin dunyodagi ikkinchi yirik fond bozoriga ega mamlakat darajasiga erishdi.[1] 2011 yildan 2018 yilgacha Xitoyda 1546 kompaniya birjaga chiqdi. Taqqoslash uchun, xuddi shu davrda AQShda 971 ta, Yevropada esa 2218 ta (25 ta davlatda) operatsion kompaniya birjaga chiqganligidan ham Xitoyda bu tarmoqda yaxshigina o'sish bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Xususan Bloomberg agentligini ma'lumotiga ko'ra Xitoyning 2022-yilning birinchi yarim yilligida aksiyalarning aynan A turdagisida o'tkazilgan IPO jarayonlari dunyo reytingida 40% ko'rsatkich bilan eng yetakchi bo'lganligini ma'lumoti berilgan edi. Xitoy fond bozorida aksiylarning turli sinflar amalda foydalaniladi. Investorlar tasnifiga ko'ra, aktsiyalar A, B, H, N, L va S turlariga bo'linadi. Bozor (erkin muomalada) aksiyalari dastlab cheksiz miqdordagi investorlar uchun ishlab chiqariladi. Shunday bo'lsada, ularni uchta asosiy toifaga bo'lish mumkin: A, B va H sinfidagi aksiyalar. A sinfdagi aksiyalar dastlab faqat Xitoy aholisi uchun mo'ljallangan edi. Ular RMB nominal qiymatiga ega va faqat milliy valyutada sotiladi. Undan tashqari asosan A va B turdagi aksiyalar bozori chaqqonligini hisobga oladigan bo'lsak, A turdagi aksiyalarni B turiga nisbata o'n

karragacha ovoz berish huquqi ko'proq bo'lishligi bilan ahamiyatlidir. Bloomberg kapital bozorining 2022-yildagi birinchi yarim yillik holatiga ko'ra bugun Xitoy kapital bozori reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, 2022-yilning birinchi yarmida Xitoyning A-turdagi aksiyalari bozorida jami 178 ta IPO o'tkazgan bo'lib, bundan 40 milliard dollarga yaqin mablag' moliyalashtirgan. E'tiborli jihati 2011-yildan buyon Xitoy bu darajada katta ko'rsatkich ko'rsata olmagan. A-turdagi aksiya bozori global IPO moliyalashtirishning 38% ni tashkil etdi va bu 2022-yilning 1-yarmida uni dunyodagi eng yirik IPO bozoriga aylantirdi va AQSh IPO bozorini 133% ga orta qoldirdi. 2022-yilning 1-yarmida AQSH tomonidan o'tkazilgan IPO hajmi 17 milliard dollarni tashkil etgan.

1-rasm.

Global IPOdagi top lOta mamlakatlar

■ Xitoy

■ BAA

■ AQSh

■ Hindiston

■ Saudiya Arabistoni

■ Gongkong MAH

■ Italiya

■ Kanada

■ Avstraliya

■ Boshqalari

Yilning birinchi yarmida Xitoy kompaniyalari butun dunyo bo'ylab jami 196 ta IPO o'tkazib, deyarli 41,6 milliard dollar to'pladi, bu global IPO moliyalashtirishning 40,5 foizini tashkil etadi. Biroq, COVID-19 pandemiyasi va o'zgaruvchan makroiqtisodiy muhit tufayli yuzaga kelgan o'zgaruvchanlik tufayli Xitoy kompaniyalari keyinchalik aksiyalarni chiqarish va moliyalashtirish uchun ko'proq bosimga duch kelishdi. Shu bilan birga, jahon miqyosida ro'yxatga olingan Xitoy kompaniyalari uchun o'rtacha anderrayting to'lovi 2021 yilning birinchi yarmidagi 3,9 foizdan 2022 yilning birinchi yarmida 4,9 foizgacha ko'tarildi, bu IPO chiqarish harajatlari bilan bog'liq o'sib borayotgan qiyinchiliklarni aks ettiradi.

2022-yilning 1-yarmida Xitoy kompaniyalarining IPOlari soni bo'yicha yetakchi uchta sektorga sanoat, texnologiya va sog'liqni saqlash kiradi, ulardan 60 tasi faqat sanoat kompaniyalari tomonidan chiqarilgan aksiyalardir. IPO hajmi bo'yicha texnologiya va energetika sohalari kompaniyalari mos ravishda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egalladi. 2022-yilning birinchi yarmida energetika sohasida 6 ta IPO bo'lib o'tdi, ularning o'rtacha IPO hajmi nisbatan katta bo'lib, 8,7 milliard yuan (yoki 1,3 milliard dollar)ni tashkil qildi. [2] Bloomberg kompaniyasining Osiyo bo'yicha katta iqtisodchisi Devid Qu shunday izoh berdi: "Xitoy Xalq banki bu yil nisbatan yumshoq pul-kredit siyosatini davom ettirdi, bu esa A-turdagi aksiyalar bozoridagi mablag'lar faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ayni paytdagi AQSh va Xitoy o'rtasidagi rivojlanib borayotgan murakkab xalqaro muhit va oshkoralik singari omillar sabab AQShda IPO o'tkazayotgan Xitoy kompaniyalari sonining kamayish holatlari ro'y bermoqda. Shung ko'ra, A-turdagi aksiyalar bozorida nisbatan erkin moliyaviy muhitni rag'batlantirishda davom etishiga ishonamiz. Xorijiy listinglarga ko'ra, Xitoy kompaniyalari ko'progi Gonkong bozorini tanlashi mumkin"ligi bashorati berildi.

545

Ma'lumot o'rnida shuni ta'kidlash joizki korxonalarni moliyalashtirish manbalari ichki va tashqiga bolinadi. IPO tashqi moliyalashtirish usuli hisoblanadi. IPOning bir nechta afzalliklari mavjud: kompaniyani rivojlantirish uchun uzoq muddatli kapitalni jalb qiladi; biznes qiymatini adolatli baholaydi; birlashish va sotib olish uchun "valyuta" ning paydo qiladi; kompaniyaning asosiy egalari uchun "chiqish" imkoniyatini beradi; imidjini yaxshilaydi, shaffoflikni oshiradi, korporativ boshqaruvni takomillashtiradi. Biroq, asosiy IPOning kamchiliklari: IPO otkazish uchun katta vaqt va katta xarajatlar; Hisobot berish va oshkor qilish bo'yicha qafiy talablar. Shunday qilib, kapitalni jalb qilishning ushbu manbasining afzalliklari uning kamchiliklaridan ustunligini ko'rsatadi.

Xitoydagi qimmatli qog'ozlar bozoridagi holatga nazar soladigan bo'lsak, Bloomberg agentligining bergan ma'lumotiga ko'ra, ikkinchi chorakda 72 ta IPOdan 14.1 milliard AQSh dollar mablag' moliyalashtirgan. Birinchi chorakda bu ko'rsatkich 18.2 milliard AQSh dollar mablag'ni moliyalashtirgan. Ikkinchi diagrammadan ko'rinib turibdiki 2019-yildan beri Xitoyning STAR Market va ChiNext'dagi IPOlar Xitoydagi barcha birjalar uchun umumiy yillik daromadning o'rtacha 71% ni tashkil etgan. Bu yili esa ushbu STAR Market va ChiNext Xitoy birjalarida olingan daromadning 89% ni tashkil etdi. Agentlikning bergan xulosalariga ko'ra talab AQShdagi Nasdaq birjasidan ko'ra, Xitoy va Gonkongdagi qimmatli qog'zolar bozoriga, bo'libam ilm-fan va texnologilari sohasiga ko'proq bo'layotganligi ma'lumoti berildi.

2-

rasm.

Xitoy IPO amaliyoti

80

70 60 50 40 30 20 10 0

52,3

35.8

7.5

.M 1 14.7 ,,3 „ 28,9

v » _

2017 2018 2019 2020 2021 2022 1-yarimyillik

■ ChiNext va STAR market 7,5 4.4 14,7 35,8 52,3 28,9

■ Shanxay 18.4 11 6,9 15,3 17 1,9

■ Shenjen 5,7 3,1 3 5,6 3,6 1.5

Hukumat bu jarayonga 30 yillik sinov va xatolardan so'ng, Xitoy regulyatorlari qat'iy qoidalarni yumshatishga shoshilmayapti va IPO narxini mustaqil ravishda aniqlash uchun bozorga ishonishni istamayapti. Natijada, IPO taklifi narxi samarasiz, chunki xususiy firmalar tomonidan yaratilgan qiymatning katta qismi yangi aksiyadorlar birjaga chiqarilganda ularga o'tadi: dastlabki daromadlar haddan tashqari ko'p bo'lib, kompaniyalarning birjaga chiqishi juda qimmatga tushadi. Xususan, IPO jarayoni qancha davom etishi haqidagi noaniqlikdan kelib chiqqan stressga qo'shimcha ravishda, Xitoyda o'rtacha IPO jalb qilingan mablag'lar miqdoridan oshib ketadigan to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita xarajatlarni keltirib chiqaradi. Ko'pgina yuqori o'suvchi kompaniyalar boshqa bozorlarda ro'yxatga olishni tanlashadi va boshqa firmalar hukumat tomonidan moliyalashtirilmaydi. Bu muammolarning barchasi kapitalni taqsimlash samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi: ular xitoylik investorlar uchun kamroq yaxshi investitsiya imkoniyatlarini qoldiradi

va natijada yaxshi kompaniyalar uchun kapitalning yuqori narxiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, samaraliroq IPO bozorining kaliti maxsus cheklovlar va tartibga soluvchi aralashuvlarni kamaytirishdir. Xususan, STAR Market va Shenzhen GEM uchun qilinganidek, narxlar chegaralarini bekor qilish va IPOda qatnashish uchun rentabellik talablarini yumshatish kerak. Buning o'rniga, tartibga soluvchilar bozorga qimmatli qog'ozlarni baholashga ruxsat berishlari va investorlarga tavakkal qilishlariga ruxsat berishlari kerak.

REFERENCES

1. Allen, F.; J. Qian, C. Shan; and J. Zhu. "Dissecting the Long-term Performance of the Chinese Stock Market." Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=2880021 (2020).

2. China's A-Share Market Becomes the World's Largest for IPO's in 1H 2022. Bloomberg agentligi hisobotlaridan olindi. URL: www.bloomberg.com

3. Initial Public Offerings Chinese Style. Yiming Qian, Jay R. Ritter, Xinjian Shao. July 2022.

4. Chen, J.; B. Ke; D. Wu; and Z. Yang. "The Consequences of Shifting the IPO Offer Pricing Power from Securities Regulators to Market Participants in Weak Institutional Environments: Evidence from China," Journal of Corporate Finance, 50 (2018), 349-370.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.