Научная статья на тему 'XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI'

XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xavfli ishlab chiqarish obyeketlari / bevosita zarar / bilvosita zarar / atrofmuxit / ekologiya / avariya / xavf / xavfsizlik / sanoat xavfsizligi / favqulodda vaziyat / moddiy boyliklar / hazardous production facilities / direct damage / indirect damage / environment / ecology / accident / danger / safety / industrial safety / emergency / material wealth

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muradov Sirojiddin Husan O‘G‘Li

Ushbu maqolada, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yoki texnologik jarayonlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatada moddiy boyliklarga bevosita va bilvosita keltirilgan zararni hamda ekologik muhitga yetkazilgan zararni hisoblash usullari bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DAMAGE CALCULATION METHODS FOR ACCIDENTS AT HAZARDOUS INDUSTRIAL FACILITIES

This article describes the methods of calculating direct and indirect damage to material assets and environmental damage as a result of technical or technological process accidents in economic sectors

Текст научной работы на тему «XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO‘LGAN AVARIYALAR OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI»

XAVFLI SANOAT OBYEKTLARIDA SODIR BO'LGAN AVARIYALAR

OQIBATIDA KELTIRILGAN ZARARNI HISOBLASH USULLARI

Muradov Sirojiddin Husan o'g'li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti stajyor-o'qituvchisi sirojiddinmuradov0@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yoki texnologik jarayonlarda sodir bo'lgan avariyalar oqibatada moddiy boyliklarga bevosita va bilvosita keltirilgan zararni hamda ekologik muhitga yetkazilgan zararni hisoblash usullari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: xavfli ishlab chiqarish obyeketlari, bevosita zarar, bilvosita zarar, atrof- muxit, ekologiya, avariya, xavf, xavfsizlik, sanoat xavfsizligi, favqulodda vaziyat, moddiy boyliklar.

МЕТОДЫ РАСЧЕТА УЩЕРБА ПРИ АВАРИЯХ НА ОПАСНЫХ ПРОМЫШЛЕННЫХ ОБЪЕКТАХ

Мурадов Сирожиддин Хусан угли

Стажер-преподаватель Каршинского инженерно-экономического

института

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Аннотация: В данной статье описаны методы устранения прямого и косвенного ущерба материальным ценностям и ущерба экологической среде в результате аварий, произошедших в технических процессах в отраслях экономики.

Ключевые слова: oпасные производственные объекты, прямой ущерб, косвенный ущерб, окружающая среда, экология, авария, риск, безопасность, промышленная безопасность, чрезвычайная ситуация, материальные ресурсы.

DAMAGE CALCULATION METHODS FOR ACCIDENTS AT HAZARDOUS INDUSTRIAL FACILITIES

Muradov Sirojiddin Husan ugli

Intern-teacher of the Karshi Institute of Engineering and Economics

siroj iddinmuradov0@gmail. com

Abstract: This article describes the methods of calculating direct and indirect damage to material assets and environmental damage as a result of technical or technological process accidents in economic sectors.

Keywords: hazardous production facilities, direct damage, indirect damage, environment, ecology, accident, danger, safety, industrial safety, emergency, material wealth.

KIRISH

Insoniyat biosferaga tegishli hududlarda o'zi va oila a'zolari uchun ideal sharoitlarni yaratish uchun texnosfera muhiti deb ataladigan muhit paydo bo'ldi va kengaytirmoqda. Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o'zi yashayotgan jamiyatni shakllantirish, rivojlantirish, ishlab chiqarish va boshqarishda asosiy kuchdir. Bu kuchlar ta'sirida mamlakatlar rivojlanib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoiti shakllanadi. Shu bilan birga, texnosferaning elementlari bo'lgan ishlab chiqarish korxonalarida xavfli va zararli omillarning paydo bo'lish chastotasi ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, "inson-mashina-atrof-muhit" tizimida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari soni va turlari ortib bormoqda. Xavfli sanoat obyeketlarida mehnat xavfsizligini ta'minlash, ishchilar salomatligini asrash, sog'lom va erkin mehnat muhitini yaratishda texnologik usukuna va qurimalarda sodir bo'lgan avariyalarni oqibatlarini baholash va zarar ko'rsatkichlari hisoblash usullarini takomillashtirishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O'zbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarining sanoat xavfsizligi to'g'risida"gi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 29-iyunda qabul qilingan senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma'qullangan. Uning 1-moddasida qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyeketlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat [1].

Maxmatqulov N.I. Sanoat xavfsizligi. Darslik. 5640200-Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, mazkur darslik oliy o'quv yurtlarida 5640200-Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bakalavriat ta'lim yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, mavzular mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga oid huquqiy-normativ hujjatlar, xalqaro va mahalliy standartlar, me'yorlar va qoidalar hamda qurilish meyorlari va qoidalari asosida shuningdek mutaxassislar tomonidan berilgan ma'lumotlar, mahalliy va chet el adabiyotlaridan olingan ma'lumotlar asosida ilmiy asoslab yozilgan[2]

Insoniyat sivilizasiya boshidanoq xavfsizligini ta'minlashni, mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xavfli omillarni o'rganishni talab qildi. Shu sababli, 384-322 yillarda yaratilgan Arastatel asarlarida inson mehnat faoliyati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. Miloddan avvalgi 460-377 yillarda yashagan Gippokrat, shuningdek, XII- XIV asrlarda ijod qilgan Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino XVIII asrlarda ijod qilgan rus olimlari M.V.Lomonosov, D.L. Kirpichev va boshqa bir qancha olimlar va tadqiqotchilar shug'ullangan.

Xavfli sanoat obyektlarida texnologik jarayonlarda sodir bo'lgan avariyalar oqibatida obyekt moddiy boyliklarga va atrof- muxitga keltirilgan zararni baholash va uning miqdorini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqot maqsadiga ko'ra quyidagi vazifalar ko'rib chiqiladi:

1) xavf sanoat obyektlarida texnologik qurilmalarda sodir bo'lgan avariyalar oqibatlari baholash va miqdorini hisoblash metodologiyasini o'rganish;

2) texologik qurilmalarda sodir bo'lgan avariyalar oqibatida obyekt moddiy boyliklari, mehnat resurslari va atrof muhitga yetkazilgan bevosita va bilvosita zararlarni ananaviy usulda baholash va hisoblashda zarar turlari algaritimi ishlab chiqish.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida ilmiy va o'quv adabiyotlarini tahlil qilish, qiyosiy tahlil qilish, umumlashtirish, dasturlash va raqamlashtirish modellari kabi usullardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insoniyatning ko'p yillik tajribasidan aniqki, har qanday holatda ham to'liq xavfsizlikka erishib bo'lmaydi. Shu bois ishlab chiqarish bilan bog'liq avariyalar sodir bo'lib turishi bu tabiiy xol. Lekin xavflarni baholash va oqibatlarini hisoblash orqali uni boshqarish imkoniyati mavjud. Ushbu tadqiqotda ham aynan xavfli sanoat obyektlarida texnologik qurilmalarda sodir bo'lgan avariyalar oqibatini baholash orqali uning zararli miqdorini hisoblashda zarar turlari algaritimi ishlab chiqildi.

Avariya - xavfli ishlab chiqarish obyektida texnik va texnologik tuzilmalar yoki texnik qurilmalar to'satdan ishlamay qolishi (buzilish) oqibatida ishlab chiqarish jarayonlarida uzilishlar vaqtincha tuxtashlar sodir bo'lishiga sabab bo'luvchi omillar[1].

Zarar-bu ma'lum bir subyekt yoki subyektlar guruhining bir qismini yoki barcha qiymatlarini yo'qotish [4].

Zararni baholash sanoat xavfsizligini tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismidir, shu jumladan sanoat xavfsizligi deklarasiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sug'urta qilishni o'z ichiga oladi.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya natijasida yetkazilgan zararni baholash quyidagilarga asoslanadi[5]:

-avariyalarni yagona iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha hisobga olish va rasmiylashtirish;

-xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar xavfini baholash; -sanoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha asoslangan qarorlar qabul qilish; -avariyalardan ko'rilgan zarar miqdorini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalardan yetkazilgan zarar tarkibi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

-avariya sodir bo'lgan xavfli ishlab chiqarish obyektini ishlatuvchi tashkilotning umumiy moliyaviy yo'qotishlari;

-avariyani tugatish xarajatlari;

-odamlar shikastlanishi va o'limi (tashkilot xodimlari va uchinchi shaxslar) bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy yo'qotishlar; -tabiiy muhitga yetkazilgan zarar;

-mehnat resurslaridan foydalanishdan davlatga bilvosita zarar va yo'qotishlar. Avariyani tekshirish paytida (10 kun) xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya natijasida yetkazilgan zararni baholashda, dastlabki ma'lumotlar ma'lum bo'lgan zararning tarkibiy qismlari hisoblanadi.

1-jadval

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya natijasida yetkazilgan zararni

baholash uchun yig'ma shakli

Zarar turi Zarar miqdori, ming so'm

To'g'ridan-to'g'ri zarar

Shu jumladan uchinchi shaxslarning mulkiga yetkazilgan zarar

Baxtsiz hodisani bartaraf etish (mahalliylashtirish) xarajatlari

Ijtimoiy-iqtisodiy yo'qotishlar

Shu jumladan uchinchi shaxslarning o'limi (jarohatlanishi).

Bilvosita zarar

Shu jumladan uchinchi shaxslar uchun

Atrof-muhitga zarar

Mehnat resurslarining nafaqaga chiqishidan yo'qotishlar

JAMI:

Shu jumladan uchinchi shaxslarga va atrof-muhitga yetkazilgan zarar

Avariyadan ko'rilgan zarar yakuniy hodisani tekshirish tugallangandan va barcha zarur ma'lumotlar olinganidan keyin hisoblab chiqiladi. Zarar komponentlarini bir-biridan mustaqil ravishda hisoblash mumkin.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya natijasida yetkazilgan zarar umumiy shakli quyidagi formula bilan ifodalanishi mumkin [6]:

Pa = Pp.p + Pl.a + Ps.e + Pn.v + Pekol + Pv.t.r, (1)

bunda Pa -avariyalardan jami zarar, so'm.; Ppp - xavfli ishlab chiqarish obyektida ishlaydigan tashkilotning bevosita yo'qotishlari so'm.; Pla-avariyani mahalliylashtirish (tugatish) va tergov xarajatlari, so'm; Ps.e-ijtimoiy-iqtisodiy yo'qotishlar (odamlar o'limi va shikastlanishi natijasida yetkazilgan xarajatlar), so'm; Pn.v- bilvosita zarar, so'm; Pekol - atrof-muhitga yetkazilgan zarar (tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan zarar), so'm; Pv.t.r-odamlar o'limi yoki ularning mehnat qobiliyatini yo'qotishi natijasida mehnat resurslari pensiya (nafaqa) ga chiqishidan yo'qotishlar.

Avariyalardan bevosita yo'qotishlar, Pp.p, formula bilan aniqlanishi mumkin

Pp.p = Pof + Pt.m.s + Pim, (2)

bunda, Pof-asosiy vositalar (ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari) yaroqsizlanishi (buzilishi)* natijasida korxona yo'qotishlari, so'm.; Ptm.ts - inventar obyektlarni (mahsulotlar, xom ashyo va boshqalarni) yo'q qilish (buzish) natijasida korxona yo'qotishlari, so'm.; Pim-uchinchi shaxslar mulkini yo'q qilish (shikastlash) natijasida yo'qotishlar, so'm.

Avariya natijasida buzilgan (yoroqsizlangan) moddiy boyliklar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mahsulotlar, shaxsiy mulklar va boshqalar) ni avariyadan keyin ta'mirlash va tiklash ishlari natijasida ulardan qayta o'z fuksiyasi bo'yicha foydalanish yoki ayrim qismlaridan alohida maqsadlar uchun foydalanish yoki butunlay utilizasiya qilish mumkin. Bu ham iqtisodiy zarar miqdorini aniqlashda ahamiyatlidir.

Avariyani oqibatlarini minimalashtirish (tugatish) va tekshirish xarajatlari, Pl.a, formula bo'yicha aniqlanishi mumkin.

Pp.p = Pi + Pr, (3)

bunda, Pl - avariya oqibatlarini minimalashtirish va bartaraf etish bilan bog'liq xarajatlar, so'm.;Pr - avariyani tekshirish xarajatlari, so'm.

Ijtimoiy-iqtisodiy yo'qotishlar, Pse

Pse = Pg.p + Pg.t.l + Pt.p + Pt.t.l, (4)

bunda, Pg.p xodimlar o'limi, Pg.t.l -uchinchi shaxslar o'limi, Pt.p- xodimalar shikastlanishi Pt .t.l - uchinchi shaxslar shikastlanishi, tufayli kompensasiya va faoliyat uchun xarajatlar yig'indisi sifatida belgilanishi mumkin.

Bilvosita zarar, Pn.v, avariyalar tufayli korxona to'xtab turishi natijasida yo'qotilgan daromadlar bir qismi sifatida belgilash tavsiya etiladi,

Pn.v = Pn.p + Pz.p + Psh + Pn.t.p.l, (5)

bunda, Pn.p- avariya sababli korxona to'xtab qolishi natijasida olanmagan daromod; Pz.p- ish haqi va taxtab turgan vaqtidagi doimiy xarajatlar ; Psh- turli jarimalar, penyalar va boshqalarni to'lash natijasida yetkazilgan zararlar; Pn.tp.l-yo'qotilgan foyda tufayli uchinchi shaxslarga keltirilgan zararlari,

Atrof-muhitga yetkazilgan zarar, Pekol, tabiiy muhit obyektlariga har xil turdagi zararli ta'sirlardan ko'rilgan zararlar yig'indisi sifatida belgilash tavsiya etiladi.

Pekol = Ea + Ev + Ep + Eb + Eo, (6)

bunda, Ea - havo ifloslanishidan zarar, so'm; Ev - suv ifloslanishidan zarar, so'm; Ep - tuproq ifloslanishidan zarar, so'm; Eb - biologik (shu jumladan o'rmonlar) resurslarini yo'q qilish bilan bog'liq zarar, so'm; EO - hududning binolar, inshootlar, jihozlar va boshqalar qoldiqlari (bo'laklari) bilan ifloslanishi (buzilishi) natijasida yuzaga kelgan zarar, so'm.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqorida ta'kidlaganlarga asoslanib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin. Avvalom bor ishlab chiqarish bilan bog'liq texnologik qurilmalarda avariyalar iqtisodiyot tarmoqlariga obyektlariga va uning asosiy elementlarini, bino va inshootlarni voyron qiladi oqibatda esa katta miqdorda moddiy va ma'naviy zarar yetkazib, obyektlar iqtisodiy barqaror faoliyat olib borishiga ta'siri o'tkazadi. Bundan tashqari mehnat resurslarini qaytarib bo'lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa obyektlar nafaqat texnik qurilmalar, bino va inshootlar yo'qatilish, balki jarohatlangan ( olgan) larga tovon pulini to'lash, atrof muxitga yetkazilgan zararni qoplash kabi iqtisodiy zarar ham ko'radi.

Shu sababli ham, doimo texnologik jarayolarni boshqarishda mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigienik kabi masallarga jiddiy e'tibor berish, xavfsizlik belgilari, texnologik qurilmalarni avariya xavfi to'g'ilganda avtomatik o'chirish, avariya sodir bo'lganda esa uning rivojlanib ketishing oldini olish usullari ( bilokrovka, to'siq va boshq,) keng foydalanish orqaligiga avariyalar sonini kamaytirish, oqibatlarini esa minimalashtirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADADIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarining sanoat xavfsizligi to'g'risida"gi qonuni

2. Maxmatqulov N.I. Sanoat xavfsizligi. darslik - : «Voris-nashriyot», 2023. 347

s.

3. Xolbaev B.M., Raximov O.D., Maxmatkulov N.I. Hayot faoliyati xavfsizligi" darslik (2 qismi ). - : «Voris-nashriyot», 2020. 304 s.

4. Muradov Sirojiddin Husan o'g'li, Xakimov Xurshid Hamidulla o'g'li, & Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING

SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30. Retrieved from http://www.eilss.indexedresearch.org/index.php/eilss/article/view/13

5. Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. - С. 301-308.

6. СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education, technology and management. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 167-177.

7. Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY //Modern Science and Research. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 786-792.

8. Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 1142-1152. https://doi.org/10.5281/zenodo. 10701651

9. Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O 'RGANISH //Interpretation and researches. - 2024.

10. Xidirova Dildora, Muradov Sirojiddin. O'zbekiston respublikasi hududida seysmoaktiv hududlar va zilzilaning xavfliligi//Innovative Development in Educational Activities. 2024. 167-172

11. Muradov S. 3CONOMIC ANALYSIS OF PROFITS IN THE FIELD OF LABOR PROTECTION //Modern Science and Research. - 2024. - Т. 3. - №. 1. - С. 1239-1245

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.