Научная статья на тему 'VOLEYBOLCHILARNI GURUHLI TAKTIK HARAKATLARGA O‘RGATISH'

VOLEYBOLCHILARNI GURUHLI TAKTIK HARAKATLARGA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1991
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Voleybol / guruhli taktikа / samaradorlik / tezkor-kuchlilik sifati / texnik taktik elementlar / jamoa taktik harakatlar / maxsus jismoniy sifat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nozimjon Soyibjon Ogli Gulomov, Moxila Muhammad Qizi Raximboyeva

Ushbu maqoladaguruhli taktik harakatlarga o„rgatishdarivojlantirishda turli uslublar bilan birga harakatli o‟yinlardan foydalanish samaradorligini o‟rganishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VOLEYBOLCHILARNI GURUHLI TAKTIK HARAKATLARGA O‘RGATISH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

VOLEYBOLCHILARNI GURUHLI TAKTIK HARAKATLARGA

O'RGATISH

Nozimjon Soyibjon o'g'li G'ulomov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi"

Moxila Muhammad qizi Raximboyeva

O'zDJTSU talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqoladaguruhli taktik harakatlarga o'rgatishdarivojlantirishda turli uslublar bilan birga harakatli o'yinlardan foydalanish samaradorligini o'rganishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Voleybol, guruhli taktika, samaradorlik, tezkor-kuchlilik sifati, texnik taktik elementlar, jamoa taktik harakatlar, maxsus jismoniy sifat.

ОБУЧЕНИЕ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ ГРУППОВЫМ ТАКТИЧЕСКИМ

ДЕЙСТВИЯМ

АННОТАЦИЯ

Данная статья направлена на изучение эффективности использования подвижных игр в сочетании с различными приемами развития при обучении групповым тактическим действиям.

Ключевые слова: волейбол, групповая тактика, результативность, оперативно-силовые качества, технико-тактические элементы, командно-тактические действия, специальные физические качества.

KIRISH

Yakka o'yin malakalari texnikasiga o'rgatishda shu malakalarni (to'p qabul qilish va uzatish, to'p kiritish, zarba berish, to'siq qo'yish) muayyan taktik maqsadda amalga oshirilishiga urg'u berilishi lozim.

O'yin taktikasiga o'rgatish jarayoni ham o'yin texnikasini o'zlashtirishda qo'llaniladigan uslublar, vositalar (texnik va taktik mashqlar ustunligida), bosqichlar va pedagogik prinsiplar asosida amalga oshiriladi.Voleybolda o'yin taktikasi deb

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

muayyan jamoaning ikkinchi bir jamoa ustidan, guruh va jamoa harakatlari yordamida g'alabaga erishishsan'atigaaytiladi[1,2].

Taktikaning asosiy vazifasi muayyan raqib jamoaga nisbatan mavjud vaziyatga qarab g'alaba sari qo'llaniladigan o'yin vositalari, usullari va shakllarini aniqlab, qo'llay olishdan iborat. Taktik kombinatsiya - bu bir o'yinchiga hujum qilishi uchun qulay sharoit yaratib berishga qaratilgan bir necha o'yinchining harakat faoliyatidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

O'yin intizomi - har bir o'yinchi faoliyatining jamoa faoliyatiga bo'ysunishi, bo'lajak o'yinda rejalashtirilgan taktik ko'rsatmalarni amalga oshirish, o'yin qoidalari va umum insoniy xislatlarga amalqilish va hokazo.

O'yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo'llaniladi: Birinchi temp atamasi hujum kombinatsiyasini birinchi bo'lib boshlaydigan o'yinchiga tegishli bo'lib, u deyarli «past» va tez uzatiladigan to'p bilan hujum uyushtiradi.Hujumchilarni «temp bo'yicha» ajratish shartli asosda qabul qilingan, shuning uchun hujumchilardan barcha hujum usullarini va taktik kombinatsiyalarni amalga oshirish talab etiladi. Hujum taktikasi deganda jamoaning taktik harakati, guruhli taktik harakat va individual taktik harakatlar tushuniladi. Hujumdagi keng qamrovli taktik faoliyat ma'lum bir taktik kombinatsiya asosida boshlanadi va kombinatsiya so'nggida individual harakat usuli bilan yakunlanadi. Hujum taktikasining mantiqiy ketma-ketligini va mazmunini quyidagi tartibda ko'rib chiqamiz.

Hujumdagi jamoaviy taktik harakatlar quyidagi uchta yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi: ikkinchi to'p uzatishdan so'ng oldingi qator (hujum zonasi) dagi o'yinchilar tomonidan; ikkinchi to'p uzatishdan so'ng ikkinchi qator (himoya zonasi) dagi o'yinchilar tomonidan; birinchi to'p uzatishdan so'ng.

Bog'lovchi o'yinchi oldingi zonada joylashganda hujumni uyushtirish variantlari 1-rasmda berilgan. Bunday hujumni uyushtirishning sezilarli kamchiliklaridan biri-bu hujumda oldingi qator o'yinchilaridan ikki kishining ishtirok etishi mumkinligidir. Lekin zamonaviy voleybolda himoya zonasidan tashkil qilinadigan hujum zarbalari ushbu kamchilikni deyarli bartaraf etgan desa bo'ladi[4,8].

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

1-rasm.

MUHOKAMA VA NATIJA

Hujumni uyushtirishda bog'lovchi o'yinchi orqa qatordan to'r oldiga chiqib ikkinchi to'pni uzatganda, hujum qilish va uning samarasini oshirish imkoniyati kengayadi. Bog'lovchi o'yinchi orqada joylashgan 1,5,6-zonalardan to'r oldiga chiqib, turli hujum kombinatsiyalarini tashkil qilish chizmasi 2-rasmda keltirilmoqda.

Birinchi to'pni uzatishdan so'ng hujum qilish yoki aldab to'p tashlash (otkidka) hujum harakatlarini (2-rasm) samarali hal qilishga imkon bersa-da, ammo bu usullarni bajarish uchun zarur sharoit (uzatilgan to'pning juda qulay bo'lishi) va hujumchidan kata malaka talab etiladi. Aldab to'p tashlaganda, hujumchi yoki bog'lovchi o'yinchi (oldingi zonada joylashgan vaqtdagina) sakrab hujum zarbasini bajarayotganday (imitatsiya) bo'lib, aldamchi harakatni amalga oshiradi.

a

v

b

2-rasm.

Guruhli taktik harakat deganda ikki yoki undan ortiq o'yinchilarning hujum vazifasini hal qilishi tushuniladi. Guruhli taktik harakatlar quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Bog'lovchi o'yinchi oldingi qatorda bo'lganda, uning ishtirokida hujum uyushtirish;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

2. Xuddi shunday, faqat bog'lovchi o'yinchi orqa qatorda joylashganda;

3. To'pni qabul qilish va hujumchi tomonidan ikkinchi to'pning zarba beruvchi hujumchiga yetkazib berilishi;

4. Hujumchining hujum zarbasiga taqlid qilish bilan aldamchi to'ptashlashni amalga oshirishi.

Har bir guruhli harakat oldindan kelishilgan va o'rgatilgan taktik kombinatsiyalar orqali bajariladi. Hujumchilar hujum harakatlarini amalga oshirishda quyidagi tartibda harakatlanadilar: harakat yo'nalishini o'zgartirmasdan (har kim o'z zonasida); harakat yo'nalishini o'zgartirib; chalkash harakat yo'nalishida. Yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha tashkil qilinadigan taktik kombinatsiyalarni ko'rib chiqamiz.

Guruhli taktik harakatlarga o'rgatish

Orqa chiziq o'yinchilarining o'zaro harakati. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar o'z xususiyatlari bo'yicha bir-biriga o'xshash bo'ladi. Masalan, to'ldirma to'pni o'yinchilar bir-biriga uzatib ilish mashqi voleybol to'pi bilan bajariladi; voleybol to'pini avval o'z ustiga irg'itib, so'ng to'p uzatish. Bu mashqlarni ijro etishda texnika va taktikaga urg'u berilishi lozim[5].

Taktikaga mashqlari misol: o'yinchilar 1,6,5-zonalarda joylashadi; 4(3,2)-zonada turgan o'yinchilar hujum zarbasi yoki «chalg'ituvchi» zarba bajaradilar. To'p yo'naltirilgan joydagi o'yinchi joy tanlaydi va qabul qilish usulini aniqlab, qabulni bajaradi. «Qo'shni» o'yinchi «qo'riqlashda» ishtirok etadi.

Oldingi chiziq o'yinchilarining o'zaro harakati tayyorlov va yondoshtiruvchi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

mashqlar. Yakka to'siq qo'yish bo'yicha qo'llanilgan mashqlar bajariladi, lekin uch o'yinchidan ikkitasi guruhli to'siq qo'yadi.

2 tasi muvofiq yo'nalishdagi zarbaga to'siq qo'yadi, 1 tasi (to'siqda ishtirok etmagani) «qo'riqlashda» ishtirok etadi.

Taktikaga oid mashqlar:

1. Bog'lovchi o'yinchi uzatgan to'pdan 4,3,2-zonalarda hujum zarbasi bajariladi. Qaysi zonadan va qaysi yo'nalishda zarba berilishiga qarab 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o'yinchilar to'siq qo'yadi. To'siqdan bo'sh o'yinchi "qo'riqlashda" ishtirok etadi. Zarba yo'nalishi oldindan ma'lum.

2. Ma'lum mashq, faqat zarba yo'nalishi noma'lum holda bajariladi.

3. Shu mashq, faqat to'p uzatish 3-zonadan ijro etiladi. Qaysi zonaga (4 yoki 2-zona) to'p uzatilsa, shu zonadan berilgan zarbaga 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o'yinchilar to'siq qo'yadi.

Oldingi va orqa chiziq o'yinchilarining o'zaro harakatlari. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Yuqorida qayd etilgan ushbu turdagi mashqlar oldingi va orqa chiziq o'yinchilarining o'zaro harakatlarini shakllantirishda ham qo'llaniladi. Lekin bunda asosan mashqlarni texnikasi va taktikasiga ko'proq e'tibor qaratiladi.

Taktikaga oid mashqlar misol: signalga binoan 3-zonadan 4 yoki 2-zonaga uzatilgan to'pga zarba beriladi, muvofiq ravishda 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o'yinchilar to'siq qo'yadi. Vaziyatga qarab (to'pni uzoq yaqinligi va yo'nalishi) 1 va 5-zonadagi o'yinchilar to'pni «qo'riqlaydi»[7].

Shu mashq, faqat «qo'riqlashda» 6-zonada turgan o'yinchi ishtirok etadi. Bundan to'siq qo'yish, qo'riqlash va zarbani qabul qilish harakatlariga e'tibor qaratiladi.

Jamoa taktik harakatlariga o'rgatish to'p kiritishda o'yinchilarni joylashishi. Kiritilgan to'pni muvafaqqiyatli qabul qilish uchun o'yinchilarni maydonda joylashishi holati muhim ahamiyat kasb etadi.

Maydonda o'yinchilarni joylashishi usulini tanlashda quyidagilar e'tiborga olinishi lozim:

- joylashishda musobaqa qoidasiga rioya qilish;

- ko'rsatma bo'yicha jamoa va guruh qanday taktik tizimni qo'llashini e'tiborga olish; qaysi o'yinchi va qanday mahoratga ega o'yinchi to'p kiritilayotganligi;

- jamoa qaysi taktik tizim bo'yicha (4+2 yoki 5+1) jamlangan.

Oldingi chiziq o'yinchisi (bog'lovchi) ishtirokida hujum zarbasini tashkil

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

etishda uchta asosiy holatni e'tiborga olish lozim: birinchisi - 3-zonadan to'p uzatilganda; ikkinchisi - 2-zonadan to'p uzatilganda; uchinchisi - 4-zonadan to'p uzatilganda.

Shu holatlarda birinchi to'pdan yoki to'pni sherigiga irg'itib (otkidka) berishdan zarba ijro etishda, qolgan o'yinchilar ham zarba berishga shay bo'lib turishlari kerak. Orqa chiziq o'yinchisining oldingi chiziqqa chiqib to'p uzatishdan zarba berishda ham 3 ta holatni e'tiborga olish lozim: birinchi - 1-zonadagi o'yinchi (bog'lovchi) 2-zonadagi o'yinchi orqasidan oldingi chiziq atrofiga to'p uzatish uchun chiqishida; ikkinchi - 6-zonadagi o'yinchi (bog'lovchi) 3-zonadagi o'yinchi oldiga chiqib to'p uzatish. Hujumni mazkur tizimlarda tashkil qilishda oldingi chiziqda joylashgan (2,3,4-zonalarda) barcha o'yinchilar hujum zarbasiga shay turishlari shart.

Zamonaviy voleybolda orqa chiziqqa o'tgan bog'lovchi o'yinchining oldingi chiziqqa chiqib, 3 ta hujumchiga to'p uzatish imkonini yaratish odat tusiga kirgan. Boz ustiga so'nggi yillarda hujumga orqa chiziq o'yinchilarini jalb etish hujum salohiyatini yanada ortishiga olib keldi.

«Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o'ynash tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Bu mashqlar «burchagi oldiga» tizimiga xos harakatlarni taqlid qilish, to'ldirma to'p va voleybol to'pi bilan ijro etiladi.

Taktikaga oid mashqlar:

1. 4,3,2-zonalarda uchta hujumchi joylashadi, bog'lovchi o'yinchi 2 va 3-zonalar o'rtasida turadi. Murabbiyning signali bo'yicha to'p bog'lovchiga uzatiladi, bog'lovchi esa uchta hujumchidan biriga to'p uzatadi. To'siq qo'yuvchi o'yinchilarni 6-zona o'yinchisi qo'riqlaydi. Hujum zarbasi «chalg'ituvchi» to'p tashlash bilan almashtirib turiladi.

2. Shu mashq, faqat zarbalar goh 1-zonaga, goh 5-zonaga yo'naltiriladi. Shu zonalardagi o'yinchilar to'pni qabul qilishadi.

«Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o'ynash andozasi 3-rasmda aks ettirilgan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

3-rasm.

«Burchagi orqaga» tizimi asosida himoyada o'ynash

Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. «Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o'ynashda qo'llaniladigan mashqlar aksincha yo'nalishda bajariladi. Bunda ham taqlid mashqlari, to'ldirma to'p va voleybol to'pi bilan mashqlar bajariladi taktikaga oid mashqlar:

1. Hujumchilar 4,3,2-zonalarda joylashadi, bog'lovchi o'yinchi to'p oldida turadi. Ikkinchi to'p uzatish navbatma-navbat uchta zonaga yo'naltiriladi. To'siq qo'yuvchi o'yinchilar atayin zarbani o'tkazib yuboradi. Zarbani qaysi zonadan berilganiga qarab 5 yoki 1-zonadagi o'yinchi to'siqlar orqasiga «qo'riqlashga» chiqadi. 6-zonadagi o'yinchi zarba yo'nalishiga qarab chiqadi va to'pni qabul qiladi.

2. Shu mashq, faqat to'pni to'siqchilar ustidan «chalg'itib» tashlanadi. 5 yoki 1-zonadagi o'yinchilar zarba yo'nalishiga muvofiq to'siqchilar orqasiga to'pni «qo'riqlashga» chiqadi.

«Burchagi orqaga» tizimi asosida himoyada o'ynash andozasi 4-rasmda aks ettirilgan.

4-rasm.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

«O'yin taktikasiga o'rgatish» mavzusi bo'yicha nazorat savollari

1. Yakka taktik harakatlar deganda nimani tushunasiz?

2. Guruh va jamoa taktik harakatlari qanday mazmundan iborat?

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Taktik harakatlarga qanday, qaysi tartibda va qanday vositalar asosida o'rgatiladi?

4. Hujumda qo'llaniladigan yakka, guruh va jamoa taktik harakatlariga o'rgatish qanday tashkil etiladi?

5. Himoyada qo'llaniladigan yakka, guruh va jamoa taktik harakatlariga o'rgatish qanday tashkil etiladi?

6. Zamonaviy voleybolga xos hujum va himoyada qo'llaniladigan jamoa taktik harakatlarini tushuntirib bering.

XULOSA

Ushbu mashqlarni texnikaga oid mashqlardan farqi shuki, bunda ijro etiladigan mashqlar turli o'yin vaziyatlariga binoan joy tanlash va harakat usulini tanlash bilan bog'liqligidir. Taktik vazifalar asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Oldingi va orqa chiziq o'yinchilarining o'zaro harakati asosida taktik vazifalar hal etiladi. Taktik mashqlar to'siqsiz va to'siqlar ishtirokida bajariladi. «Birinchi» va «ikkinchi» to'p uzatish elementlarini birga qo'shgan holda taktik mashqlarni qo'llashda ham tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid mashqladan foydalaniladi[3,4].

Hujumda qo'llaniladigan guruhli taktik mashqlar to'siqlar ishtirokida o'zlashtiriladi. Bunda favqulodda ro'y beradigan turli o'yin vaziyatlari yaratiladi. Taktik mashqlar turli signallar (tovush, qarsak, ko'rsatma, buyruq, ishora) asosida amalga oshiriladi.

REFERENCES

1.Ayrapetyants L.R., PulatovA.AVolebol nazariyasi va uslubiyati Toshkent 2011

2.АйрапетьянцЛ.Р., ГодикМ.А. Спортивныеигры. // Монография. Т.: ИбнСино, 1991. - 160 с.

3. Айрапетьянц Л.Р. Волейбол. // Учебник для высших учебных заведений.Т.:Zarqalam. 2006. - 240 с.

4.Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A., IsroilovSh.X. Voleybol. // Oliyo'quvyurtlariumumiykurstalabalariuchuno'quvqo'llanma.T.: 2009. - 77 b.

5. Беляев А.В. Обучение технике игры в волейбол и её совершенствование. //Методическое пособие. М.: Олимпия. Человек., 2008. - 54 с.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

6. Бержо. Волейбол высшего уровня. // Автор перевода с французского языкаЮ.Б.Чесноков. М.: Олимпия. Человек, 2007. - 31 с.

7. Волков Л.П. Теория и методика детского и юношеского спорта. Киев: Олимпийская литература, 2002. - 294 с.

8. Гарипов А.Т., Клещев Ю.Ю., Фомин Е.В. Скоростно-силовая подготовка юных волейболисток. // Методические рекомен-дации. М.: ВФВ, 2009. - 45с.

9. Muhabbat, G. "ISLOMDA AXLOQIY QADRIYATLAR." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 385-393.

10. Xushvaqtov, Zoxid. "ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 394-401.

11. Бекназаров, Ш. К. "ФУТБОЛЧИЛАР АНТРОПАРАМЕТРИК УЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ КОРРЕКЦИЯСИНИ УРГАНИШДА АКТДАН ФОЙДАЛАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 402-409.

12. Бозоров, Сирожиддин Рустам Угли. "СПОРТЧИЛАРНИ ШУТУЛЛАНГАНЛИК ДАРАЖАСИНИ АНЩЛАШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИНИ ТАДЛИЛИ (ФУТБОЛ СПОРТ ТУРИ МИСОЛИДА)." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-419.

13. Курязов, Р. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ МУСОБОКА ШАРОИТИДА ТУПНИ УЗАТИБ БЕРИШ ДАРАКАТЛАРИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 420-427.

14. Пирматов, Ойбек Зенетович. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ УЙИН ЖАРАЁНИДАГИ ТЕХНИК ВА ТАКТИК ДАРАКАТЛАР ТАХЛИЛИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 428-433.

15. Рахмонбердиев, Эркин Бахтиёрович. "ФУТБОЛЧИ АЁЛЛАРНИ МУСОБАКА ФАОЛИЯТИНИ ТАДЛИЛ КИЛИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 434-440.

16. Турдибоев, Исомиддин Хуснидинович. "УЗГАРУВЧАН ВАЗИЯТЛИ МАШКЛАР ЁРДАМИДА ЗАРБА БЕРИШ ДАРАКАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ САМАРАДОРЛИГИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 441-447.

17. Хакимжонов, Зохиджон Ахмащул Угли. "БОШЛАНТИЧ ТАЙЁРЛОВ ГУРУДИ ФУТБОЛЧИЛАРИНИ ТЕХНИКТАКТИК ТАЙЁРГАРЛИГИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-703-712

(CARJIS) 22 (2022): 448-456.

18. Шаяхмитов, Равиль Саетгереевич. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ МАШЕУЛОТЛАРДА КУЧ ВА ЧИДАМЛИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРШ ХУСУСИЯТЛАРИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 457-463.

19. Частоедова, А. Ю., et al. "ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЦЕССА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОНДИЦИОННЫХ КАЧЕСТВ ЮНЫХ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 464-472.

20. Кадиров, М. А. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ БЫСТРОТЫ И ТОЧНОСТИ УДАРОВ У ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ РЕЗКО МЕНЯЮЩИХСЯ СИТУАЦИОННЫХ УПРАЖНЕНИЙ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 473-480.

21. Умаров, Н. Х. "МЕТОД РАЗВИТИЕ СКОРОСТНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У ФУТБОЛИСТОВ 14-15 ЛЕТ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 481-491.

22. Артиков, А. А. "Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аникдигини урганиш." Фан-спортга 3 (2021): 79-81.

23. Моисеева, М. В. "МИНИ ФУТБОЛЧИ ^ИЗЛАРНИНГ ДАРВОЗАГА ЗАРБА БЕРИШДАГИ КУРСАТКИЧЛАРИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 521-526.

24. Мельзиддинов, Р. "УЗБЕКИСТОН "СУПЕРЛИГАСИ" ФУТБОЛЧИЛАРИНИНГ ДАРАКАТЛАНИШ ФАОЛЛИГИ КУРСАТКИЧЛАРИ БУЙИЧА МАХСУС ТАЙЁРГАРЛИК ДАРАЖАСИ ТАДЛИЛИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 527-534.

25. Umarov, Xurshid. "About prognostic value of indicators of motor abilities in young gymnastes." Физическое воспитание, спорт и здоровье 5.5 (2021).

26. Abdurashidovich, Shayimardanov Sherali. "EXERCISE PROGRAMS WHICH ARE DEVOTED TO PREPARING BY TECHNICAL TRAININGS FOR GYMNASTICS, THEIR ATTITUDES TO MOTOR SKILLS AND RHYTHM-TEMPO-STRUCTURE." Халмухамедов, РД, Махмудова, ММ, Рахматов, БШ, Маъмурова, ЛК, & Эркинова, НМ (2021).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.