Научная статья на тему 'VODOROD BOG‘LANISHLI KOMPLEKSLARNING ELEKTRO-OPTIK PARAMETRLARINI NOEMPIRIK HISOBLASH'

VODOROD BOG‘LANISHLI KOMPLEKSLARNING ELEKTRO-OPTIK PARAMETRLARINI NOEMPIRIK HISOBLASH Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
noempirik hisoblash / tebranish chastotalarini / spektroskopik / geometrik strukturalar / fazoviy tuzilishi / oriyentasiya / Mikroobyektlar.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — I.A.Tolipov, M.P.Xolmurodov

Bu maqolada zamonaviy noempirik hisoblash usullari molekulalarning geometrik va elektron tuzilishi, tebranish chastotalarini va spektroskopik xarakteristikalarini aniqlash imkonini beradi. Shu munosabat bilan hisoblash usullari juda tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Bu usullar yordamida molekulalarning geometrik strukturalari, energiyalari, dipol momenti, o‘tishlar orasidagi va tebranishlar chastotalarini hisoblash imkoniyatlari paydo bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VODOROD BOG‘LANISHLI KOMPLEKSLARNING ELEKTRO-OPTIK PARAMETRLARINI NOEMPIRIK HISOBLASH»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

VODOROD BOG'LANISHLI KOMPLEKSLARNING ELEKTRO-OPTIK PARAMETRLARINI NOEMPIRIK HISOBLASH

1I.A.Tolipov, 2M.P.Xolmurodov

1Termiz davlat universiteti magistranti, 2Termiz davlat universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11115438

Anotatsiya. Bu maqolada zamonaviy noempirik hisoblash usullari molekulalarning geometrik va elektron tuzilishi, tebranish chastotalarini va spektroskopik xarakteristikalarini aniqlash imkonini beradi. Shu munosabat bilan hisoblash usullari juda tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Bu usullar yordamida molekulalarning geometrik strukturalari, energiyalari, dipol momenti, o'tishlar orasidagi va tebranishlar chastotalarini hisoblash imkoniyatlari paydo bo'ldi.

Kalit so'zlar: noempirik hisoblash, tebranish chastotalarini, spektroskopik, geometrik strukturalar, fazoviy tuzilishi, oriyentasiya, Mikroobyektlar.

Аннотация. В данной статье современные неэмпирические методы расчета позволяют определить геометрическую и электронную структуру, частоты колебаний и спектроскопические характеристики молекул. В связи с этим очень быстро развиваются вычислительные методы с изображениями. С помощью этих методов стало возможным рассчитывать геометрические структуры, энергии, дипольный момент, частоты между переходами и колебаниями молекул.

Ключевые слова: неэмпирический расчет, частоты колебаний, спектроскопия, геометрические структуры, пространственная структура, ориентация, микрообъекты.

Abstract. In this article, modern non-empirical calculation methods allow to determine the geometric and electronic structure, vibrational frequencies and spectroscopic characteristics of molecules. In this regard, computational methods are developing very quickly with pictures. With the help of these methods, it became possible to calculate the geometric structures, energies, dipole moment, frequencies between transitions and vibrations of molecules.

Keywords: non-empirical calculation, vibration frequencies, spectroscopic, geometric structures, spatial structure, orientation, Microobjects.

Bugungi kunda zamonaviy noempirik hisoblash usullari molekulalarning geometrik va elektron tuzilishi, tebranish chastotalarini va spektroskopik xarakteristikalarini aniqlash imkonini beradi. Shu munosabat bilan hisoblash usullari juda tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Bu usullar yordamida molekulalarning geometrik strukturalari, energiyalari, dipol momenti, o'tishlar orasidagi va tebranishlar chastotalarini hisoblash imkoniyatlari paydo bo'ldi. Tajriba yo'li bilan olish mumkin bo'lmagan natijalarni ham hisoblash yo'li bilan aniqlash imkonini beradigan va juda tez ishlaydigan kompyuterlar paydo bo'lishi bilan bu sohaga yanada qiziqish kuchaydi[1].

Hisoblash usullari takomillashtirilib, bugungi kunda murakkab sistemalarning tuzilish mexanizmlari to'g'risida ma'lumot olishda bu usullardan keng foydalanib kelinmoqda. Noempirik hisoblashlar natijasida tajribalarda olingan natijalarni tekshirish orqali turli xil molekulalarning xarakteristikalarini aniqlash imkoniyatlari paydo bo'ldi, bundan tashqari agregatlangan bog'lanishlarda molekulalarning fazoviy tuzilishi va oriyentasiyasini aniqlash imkonini beradigan usullar yaratildi. Shunday qilib, turli molekulyar brikmalarni nazariy hisoblashlar orqali

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

tushuntirish bugungi kunda gaz va suyuq holatlar fizikasining eng dolzab vazifalaridan biri bo'lib qoldi.Shu bilan uning harakat traektoriyasini ifodalovchi chiziqni kursatishi mumkin bo'ladi.

Real zarrachalar - mikroobektlar (elektron, atom, molekulalar) ularning maxsus tabiatiga ko'ra va fizikada ularga mos keluvchi obektlarni mavjud emasligi tufayli, tariflash mumkin emas. Mikroobyektlarning koordinata va impulslarni bir vaqta o'ichash paytida ularning qiymatlarida xatoliklar (aniqmasliklar) ro'y beradi. Xatoliklar bir vaqtda istalgan kichik bo'lishi mumkin emas, va koordinata qanchalik kichik xatolik bilan o'lchansa, shunchalik katta xatolik bilan impuls o'lchangan bo'ladi. Noempirik hisoblashlarni o'tkazish vaqtida juda katta integrallarni yechishga to'g'ri keladi.

Hisoblashlar sikllik ravishda o'tkaziladi, ya'ni kompyuter ta'minlashi mumkin bo'lgan chegaraviy aniqlikga ega bo'limaguncha jarayon takrorlanaveradi. Suyuq muhitlarda vodorod bog'lanish va Van-der-vaals molekulalararo o'zaro ta'sirlar orqali hosil bo'ladigan molekulyar agregatlarni o'rganishda, hisoblashlar o'tkazish yo'li bilan ularning "spektri, tuzilishi va xossalari" orasidagi bog'lanishlarni o'rnatish hamda molekulalararo o'zaro ta'sirlarni, molekulalar agregatlanishini va ularni o'rab turgan muhitning molekulaning spektral parametrlariga ta'sirini o'rganish juda katta amaliy ahamiyatga ega[2,3].

Noempirik hisoblashlar orqali aniqlangan natijalardan spektroskpik usul bilan olingan natijalar bilan taqqoslashda, o'rganilgan moddalardan amaliyotda foydalanish jarayonlarida keng qo'llaniladi.

REFERENCES

1. Грибов Л.А., Баранов В.И., Зеленцов Д.Ю. Электронно-колебательные спектры многоатомных молекул. Теория и методы расчета. Москва, 1997.

2. Бурштейн К.Я., Шорыгин П.П. Квантово-химические расчеты в органической химии и молекулярной спектроскопии. -М.: Наука, 1989. -104 C.

3. Степанов Н.Ф. Квантовая механика и квантовая химия. Изд-ва "Мир" и "МГУ", М., 2001, -518 C.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.