Научная статья на тему 'VENCHUR KAPITALI IQTISODIYOTNI INNOVASION RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA'

VENCHUR KAPITALI IQTISODIYOTNI INNOVASION RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
643
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Venchur investitsiya / venchur kapitali / innovatsiya / risk. / Venture investment / venture capital / innovation / risk.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Chulliyev, Suhrob Rabbonaqulovich

Ushbu maqolada venchur kapitalining afzalligi, funksiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari nazariy jihatdan tadqiq qilindi. Uning iqtisodiyotda innovatsiyalarni moliyalashtirishdagi roli o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VENTURE CAPITAL AS A FACTOR OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF THE ECONOMY

This article theoretically explores the advantages, functions and specific features of venture capital. Its role in financing innovation in the economy has been studied.

Текст научной работы на тему «VENCHUR KAPITALI IQTISODIYOTNI INNOVASION RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

VENCHUR KAPITALI IQTISODIYOTNI INNOVASION RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich

Navoiy davlat pedagogika instituti, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

kafedrasi katta o‘qituvchisi suhrobchulliyev@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada venchur kapitalining afzalligi, funksiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari nazariy jihatdan tadqiq qilindi. Uning iqtisodiyotda innovatsiyalarni moliyalashtirishdagi roli o ‘rganildi.

Tayanch so‘zlar: Venchur investitsiya, venchur kapitali, innovatsiya, risk.

АННОТАЦИЯ

В статье теоретически исследуются преимущества, функции и особенности венчурного капитала. Изучена его роль в финансировании инноваций в экономике.

Ключевые слова Венчурные инвестиции, венчурный капитал, инновации,

риск.

ABSTRACT

This article theoretically explores the advantages, functions and specific features of venture capital. Its role in financing innovation in the economy has been studied.

Keywords Venture investment, venture capital, innovation, risk.

KIRISH

Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga kapital oqimini ta’minlashga qodir innovatsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbai venchur investitsiyalari hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar venchur kapitalidan innovatsiyalarni moliyalashtirish vositasi sifatida foydalanib samarali natijalarga erishgan.

O‘zbekiston uchun venchur kapitali orqali moliyalashtirish sinalmagan soha hisoblanadi. Mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‘sqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammolar mavjudligi ularning yechimi bo‘yicha hukumat tomonidan bir qator qaror va farmonlarining ishlab chiqilishiga olib keldi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

596

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-5308-son farmoni, “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-sonli qarorining, 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-sonli farmoniga asosan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi qabul qilinishi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi shakllantirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.

Mazkur tadqiqotimizning maqsadi, O‘zbekiston innovatsion iqtisodiyotini rivojlantirishda venchur kapitalidan foydalanish amaliyotining afzalliklarini o‘rganish, tahlil qilish, venchur moliyalash samaradorligini oshirishga qaratilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI (LITERATURE REVIEW)

Venchur kapitaliga aniq bir yondashuv, uning foyda olish uchun tadbirkorlik faoliyatida qo‘llaniladigan venchur kapitalining pul shaklidagi qiymati ifodasining o‘sishini ko‘rsatuvchi ta’rif 20-asrning mashhur iqtisodchilari bo‘lgan Dj.M.Keyns va Dj.R.Xiks [1,2] ishlarida o‘z ifodasini topgan.

Y.V. Vranovich va O.Y. Michurinalar tadqiqot ishida venchur kapitalini iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning instrumenti sifatida qarashgan. [17]

M.A. Fedotov [5] o‘z ishida venchur moliyalashtirishni innovatsion rivojlanishning asosiy omili sifatida ta’riflagan.

O‘zbekistonlik olimlar O.M. Abdullayev, A.A. Fattaxov, K.Axmedovlar [6] o‘z ishlarida venchurli kapitalni firmaning innovatsion faoliyatini tijorat asosida moliyalashtirishning manbalaridan biri sifatida qarashgan.

D.G‘. G‘ozibekov [7] o‘z tadqiqot ishida venchur kapitalni katta risklar bilan bog‘liq bo‘lgan, yangi faoliyat sohalarida yangi aksiyalar chiqarish deb talqin qilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI (RESEARCH METHODOLOGY)

Mazkur maqolada venchur kapitali tushunchasini va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish, qiyoslash, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR (ANALYSIS AND RESULTS)

Zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta biznes korxonalari rolini yanada oshirish hisoblanadi. Mazkur kategoriyadagi muvaffaqiyatli korxonalar sonini faol oshirish

597

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

uchun ulami paydo bo‘lishi va rivojlanishining ilk bosqichlarida moliyalashtirish muhim hisoblanadi. Innovatsion faol korxonalar rivojlanishining ilk bosqichlarida moliyalashtirish uchun yuqori riskli instrument hisoblanadi. Shu bois bunday korxonalarga moliyalashtirishning an’anaviy shakllari qo‘llanilmaydi.

Innovatsion korxonalarni moliyalashtirishning an’anaviy shakllariga xos bo‘lgan cheklovlar venchur kapitali kabi innovatsion shakl yordamida olib tashlanadi. [8, 25 b] Tadqiqotlar natijasida venchur kapitali bu - rivojlanayotgan innovatsion kompaniyalar rivojining turli bosqichlarida bir vaqtning o‘zida boshqaruvida ishtirok etgan holda ustav kapitaliga kiritiladigan uzoq muddatli investitsiyalarning an’anaviy-innovatsion shaklidir. Bu kompaniyalar yuqori riskli, lekin potensial yuqori daromad keltiruvchi kompaniyalar bo‘ladi. “Venchur” atamasi inglizcha venture so‘zidan olingan bo‘lib, “riskli korxona yoki tashabbus” ma’nosini beradi. [10, 232 b]

Ilmiy adabiyotlar o‘rganilib, 1-rasmda venchur kapitalining quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.

/ v / У

ТРАНСФОРМАЦИОН ИНТЕГРАЦИОН

& * ^

ЖАМГАРИШ л ВЕНЧУР

КАПИТАЛИ

НИНГ

д ГПГИЙ

/ У АСОСИЙ ФУНКЦИЯ-

ИЖТИМОИЙ ЛАРИ

л J>

МОТИВАЦИОН

ТУРГУНЛИК

*

ИННОВАЦИОН

ИНВЕСТИЦИОН

1-rasm. Venchur kapitalining asosiy funksiyalari.

Manba: muallif tomonidan ilmiy adabiyotlar tahlilidan manbalar asosida tuzildi.

598

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

Venchur kapitalining asosiy funksiyalaridan biz uning innovatsion va investitsion funksiyalarini iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda ta’sir

ko‘rsatuvchi omil sifatida qarashimiz mumkin.

Innovatsion funksiyasi. Venchur kapitali iqtisodiyotning innovatsion transformatsiyalashuvi omili sifatida namoyon bo‘ladi, innovatsion va ish faolligini jadallashtirishga yordam beradi, shuningdek innovatsion transformatsiyalashuv orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.

Investitsion funksiyasi. Venchur kapitali yuqori texnologiyali yangi innovatsion kompaniyalar faoliyatini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. Venchur kapitali yuqori riskli investitsiyalar shakli sifatida bunday kompaniyalarning faol rivojlanishi, o‘sishi va shakllanishiga yordam beradi. Venchur investitsiyaning pirovard maqsadi loyiha muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda foyda olish hisoblanadi.

Venchur kapitalining asosiy o‘ziga xos xususiyatlarini 2-rasmda ko‘rib o‘tishimiz mumkin:

2-rasm. Venchur kapitalining o‘ziga xos xususiyatlari.

Manba: muallif tomonidan ilmiy adabiyotlar tahlilidan manbalar asosida tuzildi.

599

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

Bizning olib borgan tadqiqotimiz yo‘nalishi bo‘yicha venchur kapitalining o‘ziga xos xususiyatlari orasida innovatsion loyihalarga yo‘nalganligini alohida ko‘rishimiz mumkin. Chunki, venchur kapitalining ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bog‘liqligi mablag‘larning iqtisodiyotning innovatsion sektoriga yo‘naltirilganligida namoyon bo‘ladi.

Venchur kapitali tushunchasining ajralmas tarkibiy qismi risk hisoblanadi. Risk venchur mablag‘lardan kutiladigan daromad bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Venchur kapitalisti innovatsion loyihani moliyalashtirishda o‘ziga qancha ko‘p riskni olsa, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi natijasida shuncha ko‘p daromad olishni kutadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Investitsiya loyihasini amalga oshirishda venchur kapitalining o‘ziga xos xususiyati “yuqori risk - yuqori daromad” tamoyili hisoblanadi. Bu uni bank orqali moliyalashtirish va strategik moliyalashtirishdan farqlaydi.

Venchur kapitalining moliyalashtirishning boshqa turlaridan asosiy farqlari:

1. Venchur moliyalashtirishda kapital qo‘yuvchilar kiritilgan investitsiyalar yo‘qotish imkoniyatini va loyiha muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda daromadning yuqori normasini oldindan baholaydilar.

2. Venchur moliyalashtirishda kapitalni o‘rtacha uch yildan besh yilgacha va undan ortiq vaqtga uzoq muddatli moliyalashtirish ko‘zda tutiladi.

3. Moliyalashtirishning kredit shaklidan farqli ravishda venchur kapitali loyihaga ustav kapitaliga badal ko‘rinishida investitsiyalanadi.

4. Venchur kapitalisti strategik sherigidan farqli ravishda kompaniya aksiyalari nazorat paketining egasi bo‘lishni nazarda tutmaydi.

5. Venchur kapitalisti loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishidan shaxsan manfaatdor. Shuning uchun u loyiha rivojlanishi samaradorligini oshirish uchun tez-tez turli xil maslahat, boshqaruv va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR (CONCLUSION/RECOMMENDATIONS)

Shunday qilib, venchur kapitali tushunchasini va iqtisodiy mohiyatini o‘rganib, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, venchur kapitali rivojlanishning innovatsion yo‘liga mo‘ljallangan iqtisodiyotning shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. Bunga venchur kapitalini investitsiyalarning boshqa muqobil manbalari bilan

solishtirgandagi alohida o‘ziga xos xususiyatlari - rivojlanishi va shakllanishining dastlabki bosqichlaridagi innovatsion korxonalar kabi yuqori riskli ob’ektlarga yo‘naltirilishi evaziga erishiladi. Bunda venchur kapitali o‘z g‘oya va tashabbuslari muvaffaqiyatli amalga oshgan va keraklicha moliyalashtirilgan taqdirda ilm talab mahsulot va xizmatlarga ishlov berish va ishlab chiqish hisobiga iqtisodiyotni

innovatsion modernizatsiyalashga yordam beradi.

600

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

REFERENCES

1. Keynes J.M. Alternative Theories of the Rate of Interest//Economical Journal. -1937. - June

2. Дж. Р. Хикс Стоимость и капитал. -М.: Изд.группа «Прогресс», 1993. -488 с.

3. Gompers, Paul, and Josh Lerner. 2001. "The Venture Capital Revolution." Journal of Economic Perspectives, 15 (2): 145-168.

DOI: 10.1257/jep.15.2.145

4. Ю.П. Аммосов Венчурный капитализм: от истоков до современности. СПб.: РАВИ, 2004. - 372 с.

5. М.А. Федотов [HTML] Венчурное инвестирование как основополагающий фактор инновационного развития.// - Век глобализации, 2010 - cyberleninka.ru. (дата обращения 25.04.2020 г.)

6. Абдуллаев О.М., Фаттахов А.А., К.Ахмедов. Рацамли ицтисодиёт. -T.:”LESSON PRESS” нашриёти 2020 йил. -686 бет. Уцув цулланма. Б. 518, 520521, 530-531, 624-625.

7. Гозибеков Д.Г. Инвестицияларни молиялаштириш муаммолари.//Ицтисод фанлари доктори илмий даражасини олиш учун диссертация 08.00.07.-Молия, пул муаммоси ва кредит. -Т.: 2002. Узбекистон Республикаси банк молия академияси. Б. 18-19.

8. Белая книга. Приоритеты для прямого инвестирования в России. - СПб.: РАВИ, 2009.

9. Приходина Ю., Караева Э. Венчурные инвестиции: зона высокого риска и огромных доходов // РЦБ. - 2007. - № 4. - С. 19-20.

10. Жданова И.Ф. Русско-английский экономический словарь. -М.: Рус. яз., 1999. С. 880

11. Конкурентоспособность России в глобальной экономике. - М.:

Международные отношения, 2007. - C. 120

12. Балабанов И.Т. Риск-менеджмент.М.:Финансы и статистика, 1996. -С.21,28

13. Национальная система венчурного инвестирования /А.Т.Каржаув, А.Н.Фоломьев. -М.:ЗАО Издательства “Экономика”, 2006. -С.28.

14. Семенова Е. Возможности инновационного типа развития//Экономист. -2006. -№3. -С. 14-26

15. https://www.nvca.org - А^Ш миллий венчур капитали ассоциацияси сайти.

16. http://www.evca.co.uk - Европа венчур капитали ва тугридан-тугри инвестициялаш ассоциацияси сайти.

601

November 2021

www.oriens.uz

Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 10

ISSN 2181-1784

SJIF 2021: 5.423

17. Вранович Е.В., Мичурина О.Ю. Венчурный капитал в инновационном развитии эокнимики//Актуальные проблемы экономики и права. - 2013. -№4(28). -С. 113-118.

602

November 2021

www.oriens.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.