Научная статья на тему 'VATANARVAR MULKDORLARNI TARBIYALASH BUGUNGI DAVRNING DOLZARB VAZIFASI'

VATANARVAR MULKDORLARNI TARBIYALASH BUGUNGI DAVRNING DOLZARB VAZIFASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vatan / vatanparvarlik / vatanga daxldorlik / mulkdorlar qatlami / milliy / millat / mamlakat / ijtimoiy mas’uliyat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Farxod Raximkulovich Raxmankulov

Ushbu maqolada vatanparvarlik tuyg‘usining kelib chiqishi, uning lug‘aviy ma’nosi, vatan tushunchasi, vatanga daxldorlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek,mulkdorlar qatlamida vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanishi va bugungi kundagi zarurati kabi fikr va mulohazalar yoritishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VATANARVAR MULKDORLARNI TARBIYALASH BUGUNGI DAVRNING DOLZARB VAZIFASI»

VATANARVAR MULKDORLARNI TARBIYALASH BUGUNGI DAVRNING

DOLZARB VAZIFASI

Farxod Raximkulovich Raxmankulov

Termiz davlat pedagogika instituti Falsafa va ma'naviyat asoslari kafedrasi o'qituvchisi E-mail: fedizara07@gmail.com

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada vatanparvarlik tuyg'usining kelib chiqishi, uning lug'aviy ma'nosi, vatan tushunchasi, vatanga daxldorlik tushunchalarining o'zaro bog'liqligi, shuningdek,mulkdorlar qatlamida vatanparvarlik tuyg'usining shakllanishi va bugungi kundagi zarurati kabi fikr va mulohazalar yoritishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: vatan, vatanparvarlik, vatanga daxldorlik, mulkdorlar qatlami, milliy, millat, mamlakat, ijtimoiy mas'uliyat.

Vatan nafaqat insonning tug'ilgan joyi, balki uning alohida mehr va mansublikni his qiladigan makonidir. Bu mamlakat, mintaqa, shahar yoki hatto o'ziga xoslik tuyg'usini uyg'otadigan ma'lum bir jamoa bo'lishi mumkin. Vatan insonlarning madaniyati, urf-odatlari, tarixini va boshqa odamlar bilan aloqalarini anglatib, shaxsiy va madaniy tajribasining bir qismiga aylangan hudud hisoblanadi.

Bizning xalqimiz vatan va vatanparvarlik tuyg'ularini tom ma'noda mustaqillikka erishgandan so'ng his qila boshladi. Inson vatan tushunchasini mustaqil bo'lgandan keyin chuqur anglay boshlaydi. Chunki mustaqillik odamlarga o'z erkini, qadriyat va urf odatlarini, so'z va vijdon erkinligini, o'z qarorlarini mustaqil hal qila olishini o'rgatadigan, ularga barcha huquq va erkinliklarini ta'minlaydigan oliy ne'matdir. Tadqiqotchi - olimlar bu borada o'z ilmiy ishlarida turli tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.

Biz vatanparvarlik tuyg'usini tadqiq qilishimizdan oldin "Vatan" tushunchasi to'g'risida bilib olishimiz zarur. "Vatan" arabchadan o'zlashgan bo'lib, "ona-yurt" degan ma'noni anglatadi [1; 173-6]. "Ona-yurt, - deydi V.V.Makarov, - bu insoniyatning sotsial vaqt va makondagi borlig'ining shakli bo'lib, u hozirgi zamon sivilizatsiyasi umumjahon-tarixiy xarakteri rivojlanishining doimiy kuchayishida alohida xalqlarning individual taqdirlarida lokalizatsiyalashadi" [2; С.10].

Vatan tushunchasining falsafiy talqini borasida falsafa fanlari doktori, professor Q.Nazarov, "Vatan bu - ona-yurt - kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug'ilib o'sgan, yashagan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti mamlakati" [3; 218-6], deya ta'kidlaydi.

April 24, 2024

536

"Vatanparvarlik" so'zi esa arabcha "Vatan" so'ziga forscha-tojikcha-o'zbekcha so'z va qo'shimchalarning qo'shilshidan hosil bo'lib, "o'z vatanini, xalqini cheksiz sevuvchi, vatan manfaatlari uchun jonbozlik ko'rsatuvchi" [1; 174-6] degan ma'noni anglatadi.

"Vatanparvarlik" tushunchasi borasida professor Q.Nazarov o'zining kitobida "Vatanparvarlik bu - Vatan oldidagi mas'uliyat va burchni anglashni ifodalaydigan tushuncha bo'lib, yurtining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo'lida fidoyilik ko'rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g'ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va oliyjanob faoliyatini anglatadi" [3;219-6], deb yozadi. Yuqrodagi fikrlarni inobatga olgan holda vatanparvarlik tushunchasini quyidagicha ta'riflaymiz. Vatanparvarlik-bu o'z vataniga yoki xalqiga bo'lgan his-tuyg'ular, aloqadorlik va sadoqat majmuidir. Bu millatning rivojlanishiga tegishli bo'lgan chuqur va hissiy tuyg'u bo'lib, u insonning xatti-harakati va qarashlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Vatanparvarlikning namoyon bo'lishidan biri bu o'z mamlakatini, uning manfaatlari va qadriyatlarini rivojlantirishga tayyorlikdir. Bu individual harakatlarda ham, vatan himoyasida yoki boshqa davlat xizmatlarida ham sodir bo'lishi mumkin. Vatanparvarlar ko'pincha o'z millatining farovonligi uchun mas'uliyatni his qilishadi va uning rivojlanishi va farovonligiga qo'shgan hissalarini qabul qilishadi [4; p11-14].

Biroq, vatanparvarlik bir millat yoki xalq uchun istisno sifatida qabul qilinmasligi kerak. Bizga yaxshi ma'lumki vatanparvarlik tuyg'usi boshqa madaniyat va millatlarga hurmat bilan bo'lishni ham taqazo etadi. Bir masalani alohida ta'kidlash zarurki, dunyo yuqori madaniy ko'rsatkichlardan iborat ekanligini, har bir millat o'z joyiga va tor mansubligiga haqli ekanligini tushunish muhimdir.

Vatanparvarlik milliy o'zlikni anglash va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashda muhim rol o'ynashi mumkin. Ijtimoiy faollik va ijtimoiy hayotda ishtirok etish darajasini oshirish. Biroq, vatanparvarlikni millatchilikdan ajratish muhimdir. Millatchilik ekstremistik bo'lishi mumkin va boshqa xalqlar va madaniyatlarga nisbatan dushmanlik va murosasizlikni qo'zg'atishga olib keladi [4; p11-14].

Professor Q.Nazarovning fikricha, "Vatanparvarlik nihoyatda serqirra tushuncha bo'lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, yangicha ma'no-mazmun bilan boyib, rivojlanib boradi. Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo'ladi: 1) bilish- Vatan tushunchasiga xos qadriyatlarni egallash; 2) e'tiqod- mazkur qadriyatlar to'g'risida

April 24, 2024

537

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^illiy^niversiteti^^^^^^

olgan büimlarini e'tiqodga aylantirish; 3) harakat- bu e'tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish" [3;219-б].

Olimning vatanparvarlikning kishilarda uch bosqichda namoyon bo'lishi to'g'risidagi fikrlariga qo'shilgan holda biz o'zimizning mushohadamizni quyidagicha talqin etamiz.

Vatanparvarlik-bu o'z vataniga bo'lgan muhabbat va muhabbatning o'ziga xos namoyishi bo'lib, u odamlarda turli bosqichlarda namoyon bo'ladi:

1.Bilish-bu odamlar Vatan tushunchasida belgilangan qadriyatlarni o'zlashtirishning birinchi bosqichidir. Bu inson o'z mamlakatining tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili va geografiyasini o'rganish bo'lishi mumkin. Ushbu bilimlarni olish orqali odamlar o'z Vatanlarini va uning jahon tarixidagi o'rnini yaxshiroq anglay boshlaydilar. Bilim millatning o'tmishdagi yutuqlari va qiyinchiliklari, mamlakatning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga ta'sir ko'rsatgan tarixiy shaxslar va voqealar haqida ma'lumot olishga yordam beradi.

2. E'tiqod bosqichida Vatan haqidagi olingan bilimlar odamlar qalbida chuqur ildiz otgan e'tiqodga aylanadi. Odamlar o'z mamlakatining ramzi bo'lgan erkinlik, adolat, tenglik, tinchlik va farovonlik kabi qadriyatlarga ishonishni boshlaydilar. Ushbu ideallar ularning shaxsiyati va o'ziga xosligining muhim qismiga aylanadi.

Vatanparvarlik e'tiqodi odamlarni o'z vatanlariga chuqur bog'lanishga undaydi. Ular o'z mamlakatlarini nafaqat yashash joyi, balki himoya qilinishi va rivojlanishi kerak bo'lgan mohiyatining bir qismi sifatida ko'rishadi. Ushbu kuch odamlarni mamlakatni saqlab qolish va mustahkamlash uchun o'z kuchlari va resurslarini berishga tayyor qiladi.

3.Vatanparvarlik o'zining eng yuqori namoyon bo'lishi, ya'ni harakat bosqichida, odamlar o'z Vatanining qadriyatlariga bo'lgan bilimlari va e'tiqodlarini amaliy ishlarga aylantirganda topadi. Ushbu bosqich haqiqiy vatanparvarlik uchun muhimdir, chunki bu yerda haqiqiy sadoqat va insonning o'z mamlakatiga xizmat qilishga tayyorlik namoyon bo'ladi.

"Vatanparvarlik tuyg'usining yuksak bo'lishi, - deydi - Q.Nazarov, - Vatan manfaati, qadr-qimmati, taqdiri, istiqboli, ona yurtga muhabbat tuyg'usi chuqur anglanganligiga bog'liq. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy taraqqiyotning turli bosqichlarida vatanparvarlikning yangi-yangi qirralari namoyon bo'lib boradi. Haqiqiy vatanparvarlik Vatanga, ona zaminga, o'z xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo'lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zarurati tug'ilganda jonini fido qilishni nazarda tutadi" [3;218-9].

Darhaqiqat haqiqiy vatanparvarlik-bu Vatan va uning xalqi uchun fidoyilik ko'rsatishga tayyorligida namoyon bo'ladigan yuksak ma'naviy yuksalishdir. Bu

April 24, 2024

538

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitBrfn™

insonni o'z kelajagi va manfaatlari yo'lida yashash va ishlashga ilhomlantiradigan o'z mamlakatiga bo'lgan chuqur muhabbat va sadoqat mezonidir.

Vatanparvarlik tinimsiz mehnatsevarlik va o'z Vatanining qadriyatlariga bog'liqligini anglatadi. Haqiqiy vatanparvar shaxslar o'zini kasbiga to'liq bag'ishlaydilar, mamlakatlari taraqqiyoti va uning gullab-yashnashiga hissa qo'shish uchun kuch va vaqtlarini ayamaydilar. Ular o'z mamlakatining jahon miqyosidagi mavqeini ko'tarish uchun ta'limga, ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyotni rivojlantirishga intilishadi.

Bugungi kunga kelib Respublikamizdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Tarbiya" fani o'qitilib kelinmoqda. Bu O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi qabul qilingan 1059-sonli "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori asosida tashkil qilingan. Bunda umumiy o'rta ta'lim muassasalarining I — XI sinflari uchun «Odobnoma», «Vatan tuyg'usi», «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari», «Dinlar tarixi» fanlarini birlashtirgan holda «Tarbiya» fanini joriy qilish bilan bog'liq tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-metodik ishlar kompleksini amalga oshirish masalasi belgilandi.

Bundan tashqari ushbu Qarorda quyidagi masalalar "ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi:

ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to'g'ri tashkil etish, go'daklar va bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha asosiy yo'nalishlarni belgilash;

yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;

aholining farzand tarbiyasi bo'yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma'naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o'tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish" [6].

Qarordan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda inson tug'ilganidan, voyaga yetguniga qadar uning tarbiyasi uchun oilasi, keng jamoatchilik, ta'lim muassasalari mas'ul. Ushbu normativ hujjat malakatimizda tug'ilib, kamol topayotgan yoshlarni ma'naviyatli va ma'rifatli yo'ldan borishlari, xalqparvar va vatanparvar bo'lishlari uchun huquqiy imkoniyat va asos hisoblanadi.

April 24, 2024

539

Jamiyatda turli qatlam va guruhlar, millat va elatlar istiqomat qiladi. Jamiyatdagi qatlamlarni ijtimoyi kelib chiqishidan tahlil qiladigan bo'lsak, ziyolilar qatlami, ishchilar qatlami, mulkdorlar qatlami, xizmatchilar qatlami va boshqa qatlamlarga bo'linishi mumkin. Har bir qatlam yoki guruhning o'zining urf-odat va qadriyatlari, maqsad va muddaolari vatanparvarlik tuyg'usi alohida tarzda namoyon bo'ladi.

Mulkdorlar qatlamidagi vatanparvarlik hissi o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishi mumkin, chunki u iqtisodiy manfaatlar va biznes faoliyati bilan bog'liq. Bugungi davrda mulkdorlar qatlami orasida vatanparvarlik tuyg'ularining shakllanishi turli omillar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Iqtisodiy muvaffaqiyat-mamlakatdagi iqtisodiy o'sish va biznesdagi muvaffaqiyat mulkdorlarga o'z mamlakatlari va uning yutuqlari bilan faxrlanishiga yordam beradi. Mulkdorlar ko'pincha vatanparvarlikni o'z mamlakatining iqtisodiy rivojlanishiga bag'ishlashlari orqali namoyon etadilar. Ular ish o'rinlari yaratadilar, biznes va infratuzilmaga sarmoya kiritadilar, bu esa iqtisodiyotning o'sishi va millat farovonligiga hissa qo'shadi.

Mamlakat mulkdorlari o'z aholisining milliy o'zligini anglash va g'ururlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Iqtisodiyot rivojlanayotganda, odamlar o'z mamlakatining kelajagiga ko'proq ishonchni his qilishlari mumkin, turmush darajasi oshadi, yangi texnologiyalar va imkoniyatlardan foydalanish imkoniyati oshadi. Biznesdagi muvaffaqiyat, shuningdek, ishchilar uchun ko'proq ish o'rinlari va yuqori ish haqini anglatishi mumkin, bu ularning hayot sifatini yaxshilashi mumkin.

Umuman olganda, iqtisodiy o'sish va biznesdagi muvaffaqiyat milliy o'zlikni anglash tuyg'usiga va mamlakat mulkdorlari va aholisining g'ururiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, turmush darajasini oshirishi va kelajak istiqbollarini yaxshilashi mumkin.

Kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash mulkdorlar orasida vatanparvarlikning muhim jihati hisoblanadi. Ular o'z mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirish va fuqarolar uchun ish o'rinlari yaratishda tadbirkorlikning muhim rolidan xabardor bo'lishadi.

Shuningdek, mulkdorlar investitsiyalar yoki kreditlar orqali kichik va o'rta korxonalarga moliyaviy yordam ko'rsatishlari mumkin. Ular buni nafaqat foyda olish, balki biznesni rivojlantirish va ish joylarini saqlab qolish uchun ham imkoniyat deb bilishadi.

Mulkdorlar kichik va o'rta kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishi, ularga resurslar, texnologiyalar va bozorlarga kirish huquqini berishi mumkin. Bu

540

April 24, 2024

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitBrfn™

biznesning o'sishi va rivojlanishiga hissa qo'shadi, shuningdek uning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.

Mulkdorlarning ijtimoiy mas'uliyati ularning vatanparvarlik tuyg'usining muhim jihatidir. Ular jamiyatdagi ahamiyatini bilishadi va vatandoshlarining hayot sifatini yaxshilashga hissa qo'shishga intilishadi. Mulkdorlar ko'pincha ta'lim loyihalariga, maktablar va universitetlar uchun jihozlarga, iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar va grantlarga mablag' sarflaydilar. Ular ta'lim jamiyat taraqqiyoti va uning raqobatbardoshligini saqlashning asosiy omili ekanligini tushunishadi.

Bundan tashqari ular sog'liqni saqlashni yaxshilash va tibbiy tadqiqotlarga sarmoya kiritib ushbu sohani rivojlantirishga o'z xissasini qo'shadi. Ushbu qatlam vakillari zamonaviy tibbiyot markazlarini yaratish, sifatli tibbiy yordam olish va turli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashishni qo'llab-quvvatlashda faol ishtirok etishlari mumkin.

Vatanparvar mulkdorlar ijtimoiy mas'uliyatni his qilgan holda muhtojlarga yordam beradigan xayriya fondlari va tashkilotlarini qo'llab-quvvatlashlari mumkin [5; 3(11)]. Ular qiyinchiliklarga duch kelganlarni qo'llab-quvvatlash orqali ijtimoiy muammolarni hal qilishga hissa qo'shadilar.

Mulkdorlarning ijtimoiy mas'uliyati ularning vatanparvarlik tuyg'usi va fuqarolik faoliyatining namoyonidir. Ular ijtimoiy loyihalar va xayriya tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash orqali o'z davlat vazifalarini bajaradilar, o'z mamlakatlarida hayot sifatini yaxshilashga va vatandoshlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga hissa qo'shadilar.

Vatanparvar mulkdorlar tadbirkor va investor sifatida, ko'pincha o'z mamlakatlariga sarmoya kiritishni afzal ko'rishadi va shu bilan uning iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydilar. Ular nafaqat qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilish, balki mahalliy sanoatni rivojlantirishga ham hissa qo'shadigan barqaror va farovon mamlakatni yaratishda o'zlarining ahamiyatini anglaydilar.

Mulkdorlar o'z mamlakatlariga sarmoya kiritish orqali mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo'shadilar. Ular yangi korxonalarni yaratadilar, mavjudlarini kengaytiradilar, bu esa o'z navbatida YAIMning o'sishiga va mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishiga yordam beradi.

Tarix davomida ko'plab taniqli tadbirkorlar va investorlar turli loyihalar va sohalarga sarmoya kiritish orqali o'z mamlakatlarini qo'llab-quvvatlashga qiziqish bildirishgan. Bu iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, ish o'rinlari yaratish, innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish va madaniy tashabbuslarga hissa qo'shish istagi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Bu borada ba'zi misollarni keltirib o'tishni joiz deb bilamiz:

April 24, 2024

541

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumversiteti^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitarfnlainiS

Uorren Baffet (AQSH): dunyodagi eng boy odamlardan biri bo'lgan taniqli amerikalik investor va tadbirkor. U AQShning turli kompaniyalariga faol sarmoya kiritdi, yangi ish o'rinlari yaratdi va mahalliy korxonalarni rivojlantirishga hissa qo'shdi.

Navbatdagi investor meksikalik Karlos Slimdir.Meksikadagi eng boy odam va dunyodagi yeng boy odamlardan biri. U Meksika kompaniyalari va infratuzilmasiga faol sarmoya kiritib, o'z mamlakati iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shmoqda. Jahonda bu kabi milliy iqdisodiyoyoti uchun vatanparvar bo'lgan ko'plab investorlarni misol keltirsak bo'ladi.

Bizni mamlakatimizda ham Vatanini sevuvchi, milliy iqtisodiyotini rivojlanishiga xissa qo'shadigan ko'plab vatanparvar sarmoyadorlar bor. Milliy investorlarimiz to'g'risida ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.

Anvar Abduqayumov "O'zbekistonda o'yinchoqlar biznesi qiroli hisoblanadi. Bugun Markaziy Osiyodagi eng yirik o'yinchoq ishlab chiqaruvchi zavod egasidir. U asos solgan "Visage Electric" MCHJ uzoq yillardan buyon "Toy Bola" brendi ostida o'yinchoqlar ishlab chiqaradi. Kompaniya bugungi kunda Rossiya, Ozarboyjon, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'izistonga mahsulot eksport qilmoqda" [7].

Navbatdagi yirik tadbirkor milliy investor Murod Nazarovdir. U "Murad bildings" yirik qurilish va ishlab chiqarish kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.

Yangi O'zbekistonda bu kabi ko'plab milliy investor tadbirkorlarni tilga olsak bo'ladi. Bu mulkdorlarning hammasi Vatanini sevuvchi, uning rivojlanishida hissa qo'shuvchi, xalqi uchun beminnat xizmat qiluvchi vatanparvar tadbirkorlar hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki Yangi O'zbekiston mulkdorlarida vatanparvarlik tuyg'ularini yuksaltirish bir qancha omillar mavjud bo'lib, bular:

1. Iqtisodiy rivojlanish omili bu - sog'lom iqtisodiyot vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlashga hissa qo'shadi. Mamlakat gullab-yashnab, barqaror iqtisodiy o'sishga erishganda, mulkdorlar o'z korxonalari va umuman jamiyat farovonligi o'rtasida bevosita bog'liqlikni his qilishadi. Investitsiyalarning o'sishi, ish o'rinlarini yaratish va turmush darajasini yaxshilash o'z mamlakatida g'urur paydo bo'lishiga va uning rivojlanishiga intilishga ta'sir qiladi.

2. Ijtimoiy mas'uliyat omili bu - korporativ ijtimoiy javobgarlik konsepsiyasining rivojlanishi ham mulkdorlar orasida vatanparvarlikning paydo bo'lishiga yordam beradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda ishtirok etish muhimligini anglagan, xayriya ishlariga mablag' sarflaydigan va jamiyat

542

April 24, 2024

taraqqiyotini qo'llab-quvvatlaydigan mulkdorlar buni vatanparvarlik va fuqarolik javobgarligining namoyon bo'lishi deb bilishadi.

3. Milliy brendni yaratish omili bu -mulkdorlar muvaffaqiyatli va taniqli milliy brendni yaratishga muvaffaq bo'lgach, ular o'zlarining yutuqlari va umuman o'z mamlakatlari bilan faxrlanadilar. Ularning biznesi va ular tomonidan amalga oshirilgan hayrli ishlar hamda o'zlarining mamlakat iqtisodiyotiga qo'shgan hissasi haqida ijobiy tasavvur vatanparvarlik kayfiyatiga yordam beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, mulkdorlar orasida vatanparvarlik tuyg'ularining yuksalish omillariga iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy mas'uliyat, milliy o'zlikni anglash, milliy brendlarni yaratish va jamoat ishlarida ishtirok etish kiradi. Ushbu omillar o'z mamlakatiga chuqur bog'lanishni va uning istagini shakllantirishga yordam beradigan progressiv jarayon hisoblanadi.

REFERENCES:

1. Узбек тилининг roo^H лугати. -М.: Рус тили, 1981. 1-том- 675-б

2. MaKapoB В.В. Патриoтизм как филoсoфская прoблема: Автoреф.дoкт. филoс. наук. -М., 1990.-С.21.

3. Ha3apoB.^ Жахрн фалсафаси крмуси 1-китoб Тoшкент: "Узбекистан Файласуфлари миллий жамияти", 2022. - 900-б.

4.Farhod, Rakhmankulov. "Important aspects of the formation of a sense of patriotism in the layer of owners." Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 28 (2024): 11-14.

5. Рaхмaнкулoв, Ф. (2023). MULKDORLAR QATLAMIDA IJTIMOIY MAS'ULIYAT TUYG 'USINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI. Ижтимoий-гуманитар фанларнинг дoлзaрб муaммoлaри/Aктуaльные прoблемы сoциaльнo-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(11).

6. https://lex.uz/docs/4676839

7. https://kun.uz/news/2021/10/25/oyinchoqlar-biznesi-qiroli-millioner-anvar-abduqayum-bilan-suhbat?q=%2Fnews%2F2021 %2F 10%2F25%2Foyinchoqlar-biznesi-qiroli-millioner-anvar-abduqayum-bilan-suhbat

543

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.