Научная статья на тему 'UY XO’JALIGI VA UNING JIZZAX VILOYATIDA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI'

UY XO’JALIGI VA UNING JIZZAX VILOYATIDA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
54
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KLASTER / OILAVIY TADBIRKORLIK / INSON KAPITALI / MEHNAT RESURSLARI / ISH BERUVCHI / MEHNAT SHARTNOMASI / SHAXSIY TOMORQA XO'JALIGI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nazarov O.T.

Maqolada vaqtincha cheklovlar (karantin) tadbirlari davrida uy sharoitidagi oilaviy tadbirkorlikning oddiy shakllari, shuningdek, uni yuritishda ayollarning o‘rni va roli, ayollar mehnatini tartibga solishda oilaviy tadbirkorlikning ahamiyati, uning mohiyati, bu jarayonga berilayotgan imtiyozlar, hamda oilaviy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan birga uning ma’naviy jihatlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HOUSEHOLD AND ITS DEVELOPMENT MECHANISMS IN JIZAK REGION

The article discusses simple forms of family business at home during temporary quarantine measures, as well as the role and place of women in its conduct, the importance of family business in the regulation of women's labor, its essence, benefits for this process, as well as socio-economic its spiritual aspects are described along with its aspects.

Текст научной работы на тему «UY XO’JALIGI VA UNING JIZZAX VILOYATIDA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI»

Nazarov O. T.

Jizzax politexnika institute "Umumtexnika fanlari" kafedrasi assistenti

UY XO'JALIGI VA UNING JIZZAX VILOYATIDA RIVOJLANISH

MEXANIZMLARI

Annotatsiya: Maqolada vaqtincha cheklovlar (karantin) tadbirlari davrida uy sharoitidagi oilaviy tadbirkorlikning oddiy shakllari, shuningdek, uni yuritishda ayollarning o'rni va roli, ayollar mehnatini tartibga solishda oilaviy tadbirkorlikning ahamiyati, uning mohiyati, bu jarayonga berilayotgan imtiyozlar, hamda oilaviy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan birga uning ma'naviy jihatlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: klaster, oilaviy tadbirkorlik, inson kapitali, mehnat resurslari, ish beruvchi, mehnat shartnomasi, shaxsiy tomorqa xo'jaligi.

Nazarov O. T. assistant

department "General technical sciences" Jizzakh Polytechnic Institute

HOUSEHOLD AND ITS DEVELOPMENT MECHANISMS IN JIZAK

REGION

Annotation: The article discusses simple forms offamily business at home during temporary quarantine measures, as well as the role and place of women in its conduct, the importance of family business in the regulation of women's labor, its essence, benefits for this process, as well as socio-economic its spiritual aspects are described along with its aspects.

Keywords: cluster, family business, human capital, labor resources, employer, employment contract, private farm.

O'zbekiston Respublikasida uy xo'jaliklari mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektlar qatoriga kirib bormoqda. Uni tartibga soluvchi institutsional asoslar yaratilmoqda.

O'z mohiyatiga ko'ra uy xo'jaliklari negizidagi oilaviy tadbirkorlik oila a'zolari tomonidan tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati bo'lib [1], u quyidagi tamoyillarga asoslanadi va bu bilan ta'sischilarga bir qator afzalliklar keltiradi:

- oilaviy tadbirkorlik o'z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi;

-oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin;

-yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir;

- yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

- oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi va u o'z faoliyatini faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin;

- oilaviy korxona tadbirkorlik sub'yektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri hisoblanadi.

Uy xo'jaliklari negizidagi oilaviy tadbirkorlikni faollashtirish bilan jamiyat rivojining kompleks muammolarini hal etish mumkin, xususan:

- u bir qator harajatlarni tejaydi, masalan yo'l (borish va qaytish) xarajatlari, ijara va binolarni saqlash, bolalar bog'chasi yoki bolalar tarbiyasiga mas'ul shaxsni yollash kabilar;

- turar-joylar yashash uchun mo'ljallanmagan joyga aylantirilmaydi, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta'minoti, kanalizatsiya, gaz ta'minoti va issiqlik ta'minoti) haqini to'lash aholi uchun belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi, farrosh va qorovullar xizmatidan foydalanmaslik mumkin;

- mehnatga layoqatli oila a'zolarining barchasi ish bilan ta'minlanadi, foydali mehnat bilan band bo'ladi. Oiladagi kattalarning ibrat ko'rsatishi tufayli ish tajribasi farzandlarga o'rgatiladi va tadbirkorlikda oilaviy an'analar davom ettirilishiga zamin yaratiladi;

- tadbirkor o'z uyida ishlaganida o'zini haqiqiy xo'jayindek his qiladi, vaqtni o'zi belgilaydi, hech kim nima qilish kerakligi to'g'risida buyruq bermaydi va ish tartibining davomiyligi faqat o'ziga bog'liq bo'ladi. [2]

Bundan tashqari uy xo'jaliklari negizidagi oilaviy tadbirkorlik yana bir qancha muhim iqtisodiy va ijtimoiy funktsiyani bajaradi: u uydan tashqarida ishlash imkoniga ega bo'lmagan kishilarning bandligini ta'minlashga, ya'ni kasanachilikning rivojlanishiga yordam beradi, masalan, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar, nafaqa yoshidagilar, yolg'iz onalar, yosh bolali ayollar va h.k.

Mamlakatimizning barcha viloyatlari qatori Jizzax viloyatida ham iqtisodiy inqirozlar sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar asosiy diqqat e'tiborda turibdi.

Jizzax viloyati O'zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan bo'lib, shu tufayli har taraflama keng ko'lamli xo'jalik yuritish imkoniyatiga egadir. Uzunligi sharqdan g'arbga, ya'ni Yangiobod tumanidan Forish tumanigacha 180 km, janubdan shimolga, ya'ni Baxmal tumanidan Mirzacho'l tumanigacha 175 km. Ni tashkil etadi. Maydoni 21,1 mingkv.km. Shundan 4,8 mingkv.km. (22,7 %) qishloq xo'jaligida foydalanishda bo'lgan yerlardir. O'rmon va o'rmonchilik bilan bog'liq ekinlar ekiladigan maydon 1,8 ming (8,5 %) kv.km dan iboratdir. Maydonining katta qismini sharqdan g'arbga va qisman shimoli-g'arb tomonga

cho'zilgan Chimqortog' va Molguzar, g'arbdan sharqqa, sharqi-janubga va janubga tomon cho'zilgan Nurota tizma tog'lari, shimol tomondan Qozog'istondagi Chordora to'g'onidan viloyatning shimoli-g'arbidan Navoiy viloyati hududiga qadar cho'zilgan Aydarko'l tashkil etadi.

Viloyat aholisi 2021yil yanvar oyi holatiga 1401060 kishini tashkil etib, yil boshidan 29700 kishiga yoki 102,2 foizga ko'paydi. Shundan 647900 kis hi -shahar joylarida (46,8%) va 747618 kishi qishloq joylarida (53,2 foiz) istiqomat qiladi.Tarkibiga ko'ra 70 dan ortiq millat vakillari bor. Umumiy aholisining 83 foizini o'zbeklar tashkil qiladi. O'rtacha zichligi bir kv.km. ga 65,5 kishi.

Viloyatda 2021 yil yanvar-dekabr oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi joriy narxlarda 17445,9 mlrd. so'mni, ya'ni mazkur ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 101,6 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblanganYaHM miqdori 12494,3ming so'mdan iborat bo'lib, bu ko'rsatkich ham o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 % ga yuqoridir.

Viloyatda korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ro'yxatga olingan yuridik shaxslar soni 22027 taga yetdi, shundan 4384 tasi, ya'ni 19,9 foizi yangi tashkil topgan xo'jalik subyektlaridir. Faoliyat ko'rsatayotganlari esa 21624 ta yoki jami ro'yxatga olingan yuridik shaxslarning 98,1foizini tashkil qiladi.

Viloyatda 2020 yil davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo'jalik mahsulotlarining tarkibiy tuzilishida uy xo'jaliklarining ulushi 70,6foizni tashkil qildi. Mazkur ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan bug'doy yetishtirishning 93,4 % ga past ko'rsatkichi tufayli 99,5 foizni tashkil qildi.

Yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tgan uy xo'jaliklari negizidagi oilaviy korxonalar soni 2021yilning 1 yanvar holatiga 779 tani tashkil etdi, ulardan 733 tasi yoki 94,1 foizi faoliyat yuritmoqda.Iqtisodiy faoliyat turiga ko'ra nisbatan olib qaralganda ularning 312 tasiyoki 42,6 foizi sanoatda, 153 tasi yoki 20,9 foizi umumiy ovqatlanish xizmatlarida, 106 tasi yoki 14,5 foizi o'rmon va baliq xo'jaligida, 100 tasi, ya'ni 13,6 foizi savdo sohasida, 0,7 foizi, ya'ni 5 tasi qurilishda, 2 tasi, ya'ni 0,3 foizi axborot va aloqa da, xuddi shunday 2 tasi, ya'ni 0,3 foizi sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda, 1 tasi, ya'ni 0,1 foizi logistika xizmatlarida, 52 tasi, ya'ni 7,0 foizi boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri keladi [3]. Shuningdek, viloyatda uy mexmonxonalari infratuzilmasini faollashtirish bilan turizm va uning zaminidagi rekreatsiya klasterlar ini rivojlantirish uchun ham birmuncha sezilarli imkoniyatlar mavjud, ya'ni viloyat tabiatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri tog'lar va tog' yon bag'irlarida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqorli termo-minerallar bo'lgan birqa tor mavjud shifobaxsh suv manbalari bor. Darhaqiqat, ayni paytda viloyatning G'allaorol, Forish, Mirzacho'l tumanlarida ana shunday balneologik suvlar bilan davolovchi "Marjonsuv", "Birlashgan", "Gagarin" nomli sanatoriylar va bir nechta profilaktoriylar ishlab turibdi. Viloyat relefi shimol, shimoli-g'arb tomondagi pasttekisliklar, cho'l va dashtlardan qirlar, tog'lar sari balandlab bor ishi bilan

bog'liq ravishda hayvonlar turlari ham ko'payib boradi [4]. Viloyatda baliqchilik sanoatini rivojlantirish uchun ham keng ko'lamli imkoniyatlar mavjud, xususan, Aydarko'l-Tuzkon Arnasoy ko'llarida baliqlarning zog'ora, laqqa, suzak va ilon baliq kabi turlari bor. Aydarko'l-Tuzkon Arnasoy ko'llari viloyatda baliqchiliq sanoatini rivojlantirish bilan birpaytda rekreatsiyani rivojlantirishga ham xizmat qiladi [5].

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Jizzax viloyatida uy xo'jaligi negizidagi oilaviy tadbirkorlik o'zining ustun jihatlari bilan o'z navbatida doimo hokimiyatlar, vakolatli yuqori tashkilotlar nazarida bo'lishi, shuningdek, viloyatlar, tumanlar o'zlarining yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda potentsial imkoniyat sifatida quyidagilarga e'tibor qaratishi kerak:

- munitsipial hokimiyatlar tomonidan o'zlarining hududiy rivojlantirish dasturlarida oilaviy tadbirkorlikni tashkil etishda mahalliy imkoniyatlarni hisobga olgan holda yondashish;

- xo'jalik yuritishning bozor mexanizmlarini kengaytirish, ya'ni mazkur sohaning rivojlanishiga ko'maklashuvchi infratuzilma imkoniyatlarini takomillashtirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

l.O'zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida" gi Qonuni. 26- aprel 2012 yil № O'RQ-327.

2.B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi". Jizzax., 2004.

3.B.B.Berkinov "Kooperatsiyaga asoslangan kasanachilik". Toshkent., 2008.

4.Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М.Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50.

5. Jizzax viloyatining statistik axborotnomasi, Jizzax-2021 y, 130 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.