Научная статья на тему 'TURMUSH TARZIDA AHOLINING O‘Z O‘ZINI BAND ETISHINING BA’ZI KO‘RINISHLARI'

TURMUSH TARZIDA AHOLINING O‘Z O‘ZINI BAND ETISHINING BA’ZI KO‘RINISHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
85
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pandemiya / inqiroz / uy xo‘jaligi / oilaviy pudrat / mikro va makroiqtisod / mehnat resurslari / inson kapitali / bozor kon’yukturasi. / pandemic / crisis / household / family contract / micro and macroeconomics / labor resources / human capital / market conditions.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ko‘Chimov Abdujamil Hamraqulovich

Maqolada oilaviy pudratning iqtisodiy tizimlardagi alohida o‘rni uning mikroiqtisod bilan so‘ngra makroiqtisod bilan uyg‘unlashuv asoslari, shuningdek, pandemiya davrida oilaviy sharoitlarda uy mehnatini tashkil etish yo‘nalishlari hamda oilaviy pudratni tashkil qilishning ko‘lamlari va ta’lim-tarbiya jihatidan uning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy jihatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME VIEWS OF THE POPULATION'S SELF-EMPLOYMENT

The article deduces the special role of the family contract in economic systems, the basics of its integration with microeconomics, and then with macroeconomics, as well as the directions of organizing domestic work in the family during a pandemic, its socio-economic and spiritual aspects.

Текст научной работы на тему «TURMUSH TARZIDA AHOLINING O‘Z O‘ZINI BAND ETISHINING BA’ZI KO‘RINISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TURMUSH TARZIDA AHOLINING O'Z O'ZINI BAND ETISHINING

BA'ZI KO'RINISHLARI

Ko'chimov Abdujamil Hamraqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, Jizzax politexnika Instituti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi dotsenti v. b. kuchimov7474@mail.ru

Annotatsiya: Maqolada oilaviy pudratning iqtisodiy tizimlardagi alohida o 'rni uning mikroiqtisod bilan so'ngra makroiqtisod bilan uyg'unlashuv asoslari, shuningdek, pandemiya davrida oilaviy sharoitlarda uy mehnatini tashkil etish yo'nalishlari hamda oilaviy pudratni tashkil qilishning ko 'lamlari va ta 'lim-tarbiya jihatidan uning ijtimoiy-iqtisodiy, ma 'naviy jihatlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Pandemiya, inqiroz, uy xo'jaligi, oilaviy pudrat, mikro va makroiqtisod, mehnat resurslari, inson kapitali, bozor kon 'yukturasi.

Аннотация: В статье приведены особая роль семейного подряда в экономических системах, основы его интеграции с микроэкономикой, а затем с макроэкономикой, а также направления организации домашнего труда в семье во время пандемии, ее социально-экономические и духовные аспекты.

Ключевые слова: пандемия, кризис, домохозяйство, семейный подряд, микро и макроэкономика, трудовые ресурсы, человеческий капитал, рыночная коньюктура.

Abstract: The article deduces the special role of the family contract in economic systems, the basics of its integration with microeconomics, and then with macroeconomics, as well as the directions of organizing domestic work in the family during a pandemic, its socio-economic and spiritual aspects.

Keywords: pandemic, crisis, household, family contract, micro and macroeconomics, labor resources, human capital, market conditions.

KIRISH

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab o'z Harakatlar strategiyasiga asoslanib amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, davlat mulkini xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikga keng yo'l ochish natijasida ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi va faoliyat ko'rsatmoqda. Unda turli tarmoq va sohalarga mansub bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi yirik korxonalar bilan birga aholi tashabbusi bilan barpo etilgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar toifasidagi kichik tadbirkorlik korxonalar xususan, oilaviy pudrat asosidagi xo'jalik sub'yektlari asosiy o'rin tutadi. Mamlakatimizda pandemiya sharoitida karantin qoidalarini saqlagan holda uy mehnatini rivojlantirishga va uning institutsional

786

Scientific Journal Impact Factor

О

asoslarini yaratishga muhim ahamiyat berilmoqda. Bu borada ish beruvchi korxonalar uchun ham, oilaviy pudrat asosidagi ish yurituvchi aholi uchun ham rag'batlantirishning yaxlit va ta'sirchan tizimi yaratilgan. Bugungi bosqichda oilaviy pudrat sohasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo'shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda oilaviy pudrat fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa ko'p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Shularni hisobga olgan holda, oilaviy pudrat asosida xo'jalik yuritadigan faoliyatlar ko'lamini yanada kengaytirish, ular imkoniyatlarini to'liq izga soluvchi yo'nalishlar va usullarni qidirib topish, hamda amalga joriy etish karantin paytlarida mamlakatimizda iqtisodiy inqirozga yuz tutmaslikning yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Hozirgi kunda mamlakatimizda aholi bandligini ta'minlash bo'yicha ko'plab yondashuvlar mavjud. Ayrim olimlar aholi banligini ta'minlash bo'yicha kasanachilikni tavsiya etsalar [Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М. Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой ученый». Международный научный журнал. Спец выпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50], ba'zilari kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali kishilarda motivatsion yo'nalishlarni shakllantirish [Muxitdinov A.B. Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda motivatsiyaning roli. "Xizmat ko 'rsatish sohasini innovatsion va raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallar to 'plami (V-qism) (2021 yil 19-20 fevral). Samarqand -2021.] va shu asosida ularda yangi xo'jalik yuritish sub'yektini tashkil qilish g'oyasini ilgari suradilar. Ba'zi manbalarda [B.B. Berkinov "Uy xo'jaligi iqtisodiyoti". - O'quv qo'llanma. Toshkent.: 2014] uy xo'jaligini yuritishning aholi bandligini ta'minlashdagi o'rni va ahamiyati bo'yicha va unda xo'jalik yuritish turlari bo'yicha eksperimental tavsiyalar keltirilgan bo'lsa, ba'zi uy xo'jaliklarida aynan qurilish tarmog'i bo'yicha [Aynaqulov M.A. "Qurilishda zamonaviy menejer va uning kreativ ta'limi" // "Me'morchilik va qurilish muammolari" ilmiy-texnik jurnali. Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti. 2020. №2 (2-qism) 164-bet] ixtisoslashtirilgan oilaviy pudratni yo'lga qo'yish masalalari ko'tarilgan. Oila iqtisodini rivojlantirish muammosi azaldan ko'plab mahalliy [O'lmasov A. Oila iqtisodi. - Toshkent.: Mehnat, 1998.] va xorijiy olimlarning diqqat e'tiborida bo'lgan

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

va ular tomonidan inson kapitalini shakllantirish va ajratiladigan investitsiyalar va o'z navbatida ularning iqtisodiy samaradorligi hamisha ham dolzarb bo'lib kelgan.

Iqtisodiy jihatdan qaraganda, uy xo'jaligi bu oilada yuritilib faoliyatini olib boradi, lekin buni ro'zg'ordagi xo'jalik ishlari deb tushunish noto'g'ri, chunki bu tushuncha iqtisodiy faoliyat yurituvchi oilaviy mehnat sub'yektini anglatadi. Uy xo'jaligining aksariyat qismini oilaviy pudrat asosida ishlovchilar tashkil etadi.

Oilaviy pudratning iqtisodiy mazmuni shundan iboratki, u pirovard mahsulot ishlab chiqarish jarayonida oilaviy pudrat a'zolari bilan yirik xo'jalik sub'yekti o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, ya'ni kooperatsiya shakllaridir. Oilaviy pudrat mikro (kichik doiradagi) iqtisodning bir ko'rinishi deb qaraladi. O'z navbatida esa mikroiqtisodga makroiqtisod, ya'ni mamlakatning milliy iqtisodi bog'liq bo'ladi. Shu sababdan ham oilaviy pudratning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta va buni uning mehnat resurslarini yetkazib berish, ya'ni inson kapitalini shakllantirish, iste'mol etish va uy xo'jaligini yuritish, shuningdek, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish kabi funksiyalarini bajarishida ko'rish mumkin (1-chizma).

Inson kapitali va uning kelajak yo'nalishlari [muallif tomonidan ishlab

chiqilgan].

Mamlakatimizda oilaviy pudratni yo'lga qo'yishning imkoniyatlari juda keng, chunki istiqomat qilayotgan aholi tarkibida mehnat yoshidagilar 50 % dan ko'proqni tashkil qiladi. Har yili oilalardan 120 ming nafar mehnat yoshiga yetgan kishilar mehnat resurslari safiga qo'shilib boradi [Aynaqulov M.A. "Qurilishda zamonaviy menejer va uning kreativ ta 'limi" // "Me'morchilik va qurilish muammolari" ilmiy-texnik jurnali. Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti. 2020. №2 (2-qism) 164-bet]. Qiyosiy ilmiy tadqiqot natijalaridan va usullaridan shu narsa aniqlanganki, oilaviy pudrat usulida ular kam salmoqqa ega bo'lganligi uchun, qolaversa bozor talablariga, bozor kon'yukturasiga tez moslasha olishi bilan eng yaxshi natijalarga erishadi. Shu bois, oilaviy pudrat a'zolari soni 8-12 kishi atrofida bo'lishi kerak. Bu esa o'z navbatida, mustaqillik, mas'uliyat va manfaatdorlik kabi menejment tamoyillarining uyg'unlashuvini keltirib chiqaradi. Oilaviy pudrat azaldan O'rta Osiyo respublikalarida sabzavotchilikda, ipak qurti boqishda, shuningdek, kartoshka

Scientific Journal Impact Factor

о

yetishtirishda keng qo'llanilib kelingan va mavjud mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'paytirish usullaridan bin sifatida o'zini oqlagan.

Bugungi kunda O'zbekistonda oilaviy pudratni yo'lga qo'yish uchun iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridan qishloq xo'jaligida (xususan, dehqonchilikda, chorvachilikda), qurilishda, sanoatda, agrosanoatda, shuningdek, xizmatlar ko'rsatishda keng miqyosdagi imkoniyatlar mavjud. Chunki mazkur tarmoqlarga qarashli xo'jalik yurituvchi sub'yektlar iqtisodiyotning asosiy negizini tashkil etadi. Xususan, 2020 yilda yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi sanoat tarmog'ida 11,3 %, qishloq xo'jaligida 56,1 %, qurilishda 7,2 %, xizmatlar ko'rsatish sohasida 43,4 % ni tashkil etdi.

Ma'naviy-marifiy jihatdan, oilaviy pudratda inson kapitali shakllanadi. Ya'ni, bu jarayonda oila tarbiyasidan chetda qolmagan holda kelajak yosh avlodning aqliy va jismoniy qobiliyatlari kamol topadi, o'z kasbining ustasi sifatida mehnat resurslari safiga kelib qo'shiladi. O'z navbatida moddiy ne'matlar yaratishda qatnashadi hamda jamiyatning iqtisodiy salohiyati va uning taraqqiyoti uchun hissa qo'shadi. Shu jihati bilan inson kapitali o'z mohiyatiga ko'ra, insonning aqliy va jismoniy qobiliyatini o'zida namoyon qiladi.

Aqliy va jismoniy qobiliyatga asoslangan oilaviy pudratning aholi yashash tarzini oshirishda, ayniqsa pandemiya sharoitida iqtisodiy inqirozga yuz tutmaslikda juda ko'plab qulay tomonlari borki, buning uchun uni rivojlantirishga ko'maklashishning quyidagi potensial imkoniyatlariga e'tibor qaratilishi kerak:

- mintaqalarning potensial imkoniyatlariga qarab tarmoqlar ichida yoki tarmoqlararo oilaviy pudrat yo'lga qo'yilishi va bu jarayon davlat boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshirilishi kerak;

-xo'jalik yuritishning bozor mexanizmlarini kengaytirish;

- oilaviy pudratchilarning innovatsion faoliyatini kengaytirish uchun moliyaviy mexanizmlar va rag'batlardan foydalanish;

- kasbga oid yo'nalishlar bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi maxsus kurslarni tashkil etish [Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М. Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой ученый». Международный научный журнал. Спец выпуск Джизакский политехнический институт. 2016. №7.2 (111.2) С. 48-50].

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

MUHOKAMA

Jizzax viloyatida qishloq xo'jaligining paxtachilik, chorvachilik va kartoshka yetishtirish, poliz ekinlarini yetishtirish kabi turlari keng rivojlangan. Xususan, viloyatning sug'oriladigan cho'l hududlari (Mirzacho'l, Paxtakor, Do'stlik, Arnasoy, Zafarobod, Zarbdor va h.) asosan paxtachilik va poliz mahsulotlari yetishtirishga, viloyatning lalmikor hududlari esa asosan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan. Chunki, sug'oriladigan hududlarda yerning zaxligi sababli chorvachilikning ko'p kasalliklarga chalinishi oqibatida undan chorvachilik tarmog'i bo'yicha samarali xo'jalik yuritishda foydalanib bo'lmaydi. Aksincha, lalmikor xududlarda chorvachilik tarmog'ini xo'jalik yuritishda rivojlantirishning imkoniyatlari mavjud bo'lib, biroq dehqonchilikni yo'lga qo'yib bo'lmaydi. Shularni hisobga olib, sug'oriladigan yerlarda o'z faoliyatini yuritayotgan dehqon-fermer xo'jaliklari chorva mollarini rivojlantirish uchun lalmikor dasht sharoitida o'z faoliyatini yuritayotgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaligi bilan chorva mollarini boqib berish sharti bilan pudratchi sifatida oilaviy pudrat asosida, lalmikor dasht sharoitida o'z faoliyatini yuritayotgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaligi esa cho'l sug'oriladigan hududlarda chorva mollari uchun ozuqa yetishtirib berish sharti bilan pudratchi sifatida oilaviy pudrat asosida kooperatsiya shartnomasining ikki tomonlama imzolashi mumkinki, [Muxitdinov A.B. Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda motivatsiyaning roli. "Xizmat ko 'rsatish sohasini innovatsion va raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallar to 'plami (V-qism) (2021 yil 19-20 fevral). Samarqand -2021.] bu esa o'z navbatida xalqimizning bandligini ta'minlashda, shuningdek, oilaviy daromadlarining o'sishi oqibatida pandemiya sharoitida iqtisodiy inqirozga yuz tutmaslikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Oilaviy pudratning yalpi ichki mahsulot sur'atini oshrishdan tashqari, uning ham ijtimoiy-iqtisodiy ham ma'naviy-ma'rifiy tomonlari mavjud.

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan, oilaviy pudrat asosidagi qilingan ishlar natijasida olingan daromaddan ulushbaychilik qoidalariga binoan, oila mulki shakllanadi, so'ngra umumiy daromadning jamg'arilishi asosida ko'payib boradi. O'z navbatida, oilaviy pudrat mehnatlarining hosilasi sifatida shakllangan oila mulki - mamlakat milliy boyligining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Oilaviy pudratning ijobiy jihatlaridan yana biri shundaki, ish kuchiga bo'lgan mavsumiy talabni qondiradi, ishga qo'shimcha ishchi kuchlari - maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o'quvchilarini, shuningdek, oliy ta'lim

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

muassasalarining talabalarini, ijtimoiy ishlab chiqarishda muntazam ishtirok etmaydigan fuqarolarni jalb etish imkoniyatida namoyon bo'ladi. Bu esa dehqonchilik mahsulotlarini yig'ishtirib olishda asosan qo'l keladi. Xizmat ko'rsatish sohasida ham oilaviy pudratni keng qo'yish mumkin, masalan umumiy ovqatlanish shaxobchalarida, texnik xizmat ko'rsatishda, savdo shaxobchalarida ijaradagi yo'lovchi transportlarida oilaviy pudratning afzallik tomonlari borki, bu jarayon odatda, ularning qarindoshlik rishtalari, o'zaro bir-birini qo'llashga tayanganliklari bilan izohlanadi.

REFERENCES

1. O'lmasov A. Oila iqtisodi. - Toshkent.: Mehnat, 1998.

2. Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М. Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой ученый». Международный научный журнал. Спец выпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50.

3. Muxitdinov A.B. Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda motivatsiyaning roli. "Xizmat ko'rsatish sohasini innovatsion va raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallar to'plami (V-qism) (2021 yil 19-20 fevral). Samarqand -2021.

4. Berkinov B.B. "Uy xo'jaligi iqtisodiyoti" - O'quv qo'llanma. Toshkent.: 2014

5. Aynaqulov M.A. "Qurilishda zamonaviy menejer va uning kreativ ta'limi" // "Me'morchilik va qurilish muammolari" ilmiy-texnik jurnali. Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti. 2020. №2 (2-qism) 164-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.