Научная статья на тему 'USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGY IN LEARNING MATHEMATICS SUBJECTS'

USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGY IN LEARNING MATHEMATICS SUBJECTS Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
24
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
МАТЕМАТИКА / КОМПЬЮТЕР / ИНФОРМАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Имомова Ш.М., Орзиева М.С.

В статье проанализировано использование современных информационных технологий при обучении математике.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ОБУЧЕНИЕ МАТЕМАТИКЕ

The article analyzes the use of modern information technologies in teaching mathematics subjects.

Текст научной работы на тему «USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGY IN LEARNING MATHEMATICS SUBJECTS»

Педагогические науки

UDC 002:001.4

MATEMATIKA FANLARINI O'QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

M.M. HMOMOBa1, M.C. Op3HeBa2

Annotasiya

Maqoladamatematikafanlarinio'qitishdazamonaviyaxborottexnologiyalaridanfo ydalanishaytilgan.

Kalit so'zlar: matematika, kompyuter, axborot texnologiyalari, Excel, Maple.

Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari ta'lim tizimiga innovasion texnologiyalarning zamonaviy metodlarini, usullarini va dasturiy vositalarini tatbiq etish bo'yicha yanada kengroq imkoniyatlarni yaratib berdi. Uzluksiz ta'lim tizimida bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o'qituvchilarning bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, iqtidori, iste'dodi va madaniyatiga hamda dars jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olish faolligiga bog'liqdir.

Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizda yangi zamonaviy ta'lim texnologiyalari tizimi yaratilib, uning asosiy vazifasi ta'lim tizimidagi ta'lim mazmuni uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash, fanlarni o'qitish uslubiyatini takomillashtirish, o'quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdan iborat bo'ladi.

Bugungi kunda barcha ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan barcha o'quvchilar kompyuter va axborot texnologiyalarini mukammal o'rgangan, o'zlashtirgan va amaliyotga tatbiq eta oladigan bo'lishi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, dars jarayonida fanlarni bir-biri bilan bog'lab o'tish, o'tilgan mavzuni osonroq tushunishga va ularni o'zlashtirishga olib keladi.

Fan sohasining har qanday yangiligi, loyihasi va ishlab chiqarish tarmog'i murakkab matematik hisoblashlarsiz amalga oshirilmaydi. Bunday hisoblashlarni yengillashtirish maqsadida ko'plab zamonaviy va universal integrallashgan tizimlar, ya'ni amaliy dasturlar paketi yaratilmoqda. Amaliy dasturlar paketi amaliy va tizimli dasturlar bilan birgalikda foydalanish orqali kompyuterlarning amaliy darajasini oshirishga qaratilgan dasturiy ishlanmalarning keng doirasini o'z ichiga oladi.

Ana shunday zamonaviy dasturlar majmuasidan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish uchun matematika darslarini tashkil etishda ular bilan ko'proq muloqot qilish kerak bo'ladi. Matematika darslarini axborot texnologiyalari yordamidatashkil etish etish, bir tomondan dars sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan o'quvchilarda shu vositalarni chuqur o'rganish bilim va ko'nikmalarini hosil qiladi.

Bizga ma'lumki, matematika fani ta'lim tizimida o'quvchilarning bilim doirasi, dunyoqarashini, tasavvurlash qobiliyatini shakllantirishda alohida o'rin tutadi. Chunki matematika fani boshqa ko'plab predmetlarni o'rganishda, yangi texnika va texnologiyalarni, axborot vositalarini o'zlashtirishda keng qo'llaniladi.

Hozirgi vaqtda matematika darslarida kompyuter va axborot texno-logiyalari vositalaridan keng qo'llanilmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari o'quv materiallarini yaxshi o'zlashtirish va egallashga, ular mazmunini uzoq vaqt esda saqlab qolishga, bilimlarni mustahkamlashga imkon beradi, o'quvchilarning predmetga bo'lgan qiziqishini yanada orttiradi.

Matematika fanlarini o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish keng tarqalganlardan asosiylari MS Excel dasturi hamda Maple matematik paketi hisoblanib, ular o'zining keng imkoniyatliligi va foydalanishning oddiyligi bilan boshqa vositalardan farq qiladi.

Excel dasturi matematika darslarida oddiy hisoblashlardan tartib murakkab hisoblashlarni bajarish, oddiy ifodalarni qiymatlarini hisoblash, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarga doir masalalarni yechish, funksiyalarning qiymatlar jadvali va grafigini hosil qilish, tenglama va tenglamalar sistemasini sonli va grafik

1Имомова Шафоат Махмудовна - преподаватель, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

2Орзиева Мукаддас Саидовна - преподаватель, Бухарский политехнический профессиональный колледж, Узбекистан.

Ученый XXI века • 2016 • № 12 (25)

usullarda yechish, tekisliklar va fazoviy sirtlarni hosil qilish kabi ko'plab imkoniyatlarni yaratadi.

Kasb-hunar kollejlarida matematika fanlarini o'qitishda Excel dasturidan foydalanish bir tomondanfanlararo integrasiyani amalga oshirsa, boshqa tomondan mavzularni o'zlashtirishda o'quvchilarning bilim darajasini, faolligini va ularni darsga bo'lgan qiziqishini hamda darsning ko'rgazmaligini oshiradi.

Maple muhitida matematik formula va ifodalarni analitik almashtirishlarni o'tkazish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarga ifodalarni soddalashtirish, qisqartirish, ko'paytuvchilarga ajratish, qavslarni ochish, rasional kasrlarni normal ko'rinishga keltirish va hokazo shunga o'xshash ko'plab ayniy almashtirishga doir amallarni keltirish mumkin. Maple muhitining ushbu imkoniyatlaridan matematika darslarida ifodalarni ayniy almashtirishga doir mavzularni o'tishda kengroq foydalanish mumkin. Bu esa o'quvchilarni matematika darslarida ifodalarni soddalashtirish va qisqartirishga oid bilim va malakalarini shakllantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Maple muhitining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish o'quvchilar, qolaversa, barcha foydalanuvchilarning amaliy masalalarni yechish ko'nikma-larini shakllanishtirish samaradorligini oshiradi, hamda matematika darslarini tashkil qilish va yangi mavzularni bayon qilishda matematik va texnik ta'limning fundamentalligini oshirishni ta'minlaydi. O'quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga qo'llash bilim, malaka vako'nikmalarini oshiradi.

Matematika fanini o'rganish jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan bevosita muloqot qilishda o'quvchilar kompyuter texnologiyalarining amaliy masalalarni yechish vositasi ekanligini ko'radi, anglab yetadi va kelgusida o'zining amaliy faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo'ladilar. Shu bilan birga o'quvchilarda yangi axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo'lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy o'zgaradi. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarning nafaqat matematika bo'yicha, balki kompyuter va axborot texnologiyalari bo'yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo'lishlariga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-T.: Ma'naviyat», 2008 y.

2. G'ulomov S. Axborottizimlarivatexnologiyalari - T.: «Shark», 2000 y.

3. MaraximovA.R. Raxmankulova SI. Internet vaundanfoydalanish, - Toshkent, 2001 y.

4. Oripov M., Haydarov A. Informatikaasoslari. - T.: «O'qituvchi», 2002 y.

© m.M. HMOMOBa, M.C. Op3ueBa, 2016

УДК 002:001.4

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

ПРИ ОБУЧЕНИЕ МАТЕМАТИКЕ

Ш.М. Имомова, М.С. Орзиева

Аннотация. В статье проанализировано использование современных информационных технологий при обучении математике.

Ключевые слова: математика, компьютер, информационная технология, Excel,

Maple.

© Ш.М. Имомова, М.С. Орзиева, 2016

UDK 002:001.4

USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGY IN LEARNING

MATHEMATICS SUBJECTS

Sh.M. Imomova, M.S. Orzieva

Abstract. The article analyzes the use of modern information technologies in teaching mathematics subjects.

Keywords: mathematics, a computer, information technology, Excel, Maple.

© Sh.M. Imomova, M.S. Orzieva, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.