Научная статья на тему 'ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКЕ'

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКЕ Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
33
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ / АППАРАТНОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ / МАТЕМАТИЧЕСКИЕ ПАКЕТЫ / ЭЛЕКТРОННЫЕ УЧЕБНИКИ / ЭЛЕКТРОННЫЕ ДАННЫЕ / ЭНЦИКЛОПЕДИИ / ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ПРОГРАММЫ / СРЕДСТВА АВТОМАТИЧЕСКОГО КОНТРОЛЯ ЗНАНИЙ / ТРЕНАЖЕРЫ / ВИРТУАЛЬНЫЙ СТЕНД

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Джалилова М.А., Шукурова М.З.

В этой статье рассматривается использование современных информационных технологий в обучении математике.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКЕ»

УДК 378

М.А. Джалилова, М.З. Шукурова

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

В ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКЕ

В этой статье рассматривается использование современных информационных технологий в обучении математике.

Ключевые слова: информационные технологии, аппаратное обеспечение, математические пакеты, электронные учебники, электронные данные, энциклопедии, образовательные программы, средства автоматического контроля знаний, электронные учебники, тренажеры, виртуальный стенд.

Pedagogik, kompyuter va axborot texnologiyalar ta'lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini amalga oshirish, ta'lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo'lgan yaxlit tizimda o'z ifodasini topadi. Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni taminlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.

Exceldagi avtomatik to'ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi. Exceldagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo'llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to'gri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o'rganishlariga juda katta yordam beradi.

Matematika darslarida foydalanish juda qulay bo'lgan turli matematik paketlar mavjud. Axborot texnologiyalarining matematik paketlaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilardan iborat: talabalarning mashg'ulotlardagi faollashuvi va bundan kelib chiqib bilim olish samarasining oshishi; talabalar o'qituvchi bilan bevosita muloqotga kirishi, hamkorlik yuzaga kelishi; o'qituvchining nazorati barcha talabalar uchun motivatsiya ishtiyoqini vujudga keltirishi; geometrik jismlarni kompyuter yordamida tasvirni aniq koordinatalar o'qida ko'rish mumkinligi; o'qituvchi va talaba vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishi; barcha darslar qo'shimcha adabiyotlar bilan ta'minlanadi va ular asosida bilim olish imkoniyati yaratiladi; kompyuter yordamida dars jarayoni davomida nazariyani amaliyotga bog'lab olib borishiga sharoit yaratilishi; yangi mavzuning keng hajmda o'rganilishi va o'zlashtirish samaradorligining oshishi; axborotning tez-tez yangilanib turishi; talabalarning bilim darajalarini har tomonlama va majmuali tekshirib ko'rishi imkoni mavjudligi; o'quvchilarning faolligi oshib, geometriya kursiga, ilmga bo'lgan e'tibori va qiziqishining kuchayishi; amaliy ish topshiriqlariini ilmiy-amaliy tekshirib ko'rishi va vazifani bajarishga ijodiy yondashishi; o'quvchining o'zini qiziqtirgan savollarga javob topishga harakat qilishi, ilmiy izlanishi va ijodiy yondashishi; guruhlarda jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasining shakllanishi; bilimi past o'quvchilarning bilimdon o'quvchilarga ergashishi; o'qituvchining o'zining ham fikrlash qobiliyatiga va muam-molarni yechish ko'nikmalariga, vaziyatni tezda baholay olish, hoziijavob bo'lish ko'nikmalariga ega bo'lishni talab etishi; mustaqil fikrlay oladigan o'quvchilarning shakllanishiga yordam berishi.

Zamonaviy matematika darslarida elektron darsliklardan foydalanish juda keng imkoniyatlarni ochib beradi. Elektron ma'lumotlar, ensiklopediyalar, ta'lim beruvchi dasturlar, ta'lim oluvchilar bilimlarini avtomatik nazorat qilish vositalari, elektron darsliklar, trenajyorlar va virtual stendlar kabi elektron vositalarni yaratishga zarurat tug'dirdi. Respublikamiz ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta'lim tizimi uchun elektron darsliklar yaratishga keng yo'l ochib berdi.

Elektron darsliklar to'g'risida fikr yuritishdan oldin ularning bosma darsliklardan farqli xususiyatlari to'g'risida to'xtalamiz. Darslik bu o'quvchilar uchun o'quv kitobi bo'lib, unda o'quv materiali fan, texnika va texnologiya hamda madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida tizimli bayon qilinadi.

Elektron darslikda ko'rgazmalilik bosma darslikdagidan ko'ra yuqori bo'ladi. Elektron darsliklarda ko'rgazmalilik, animatsiyalar, tovushlar, giperjo'natishlar, videolavhalar va boshqalar kabi multimediali texnologiyaladan foydalanish orqali ta'minlanadi. Elektron darslik sinov topshiriqlari va testlarining ko'p variant-liligi, ko'p darajaliligi hamda hilma-hilligini ta'minlaydi. Noaniq javob paytida tushuntirishlar va izohlar orqali aniq javob berishga erishish mumkin.

© Джалилoва М.А., :myKypoBa М.З., 2021.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, matematika darslarida matematik paketlardan foydalanilgan holda mashg'ulotlarni o'tkazish o'quvchilarda quyidagi ko'nikmalarni hosil qiladi: kompyuter savodxonligini rivojla-nadi, darsda bilim olshga bo'lgan qiziqishini oshiradi, axborot madaniyatini shakllanishi, o'quvchilarni bilim savi-yasini oshishi, darsni ikki tomonlama olib borilishi buning natijasida narotini oshishi,bilimi past o'quvchilarni darsga qiziqishini oshishi,o'quvchilarni baholash osonlashishi hamda bularning natijasida o'quvchilarni kelgusi kasbiy faoliyatiga yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlariga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Yunusova D.I. Matematikani o'qitishning zamonaviy texnologiyalari, (darslik) T.: 2007-258 b.

2.Xodjayev B.X. Innovatsion ta'lim texnologiyalari modulidan ma'ruza matnlari. -T.:2015.

ДЖАЛИЛОВА МАТЛЮБА АХМЕДОВНА - преподаватель, школа №17 города Бухары, Узбекистан.

ШУКУРОВА МАХЛИЁ ЗОКИРОВНА - преподаватель, школа №6 Ромитанского района, Бухарская область, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.