Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA O’QUVCHILARNING AXBOROTNI SARALASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USLUBLARI'

UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA O’QUVCHILARNING AXBOROTNI SARALASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborotni saralash ko'nikmalari / raqamli savodxonlik / tanqidiy fikrlash / hamkorlikda o'rganish / loyihaga asoslangan ta'lim / ta'lim texnologiyasi / axborot boshqaruvi / pedagogik usullar / akademik samaradorlik / umumjahon ta'lim muassasalari / классическая музыка / художественный вкус / нравственная культура / музыкальное образование / историческая перспектива / педагогические подходы / эстетическое развитие.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.X. Rajabov

axborot asrida talabalar uchun ma'lumotlarni samarali saralash va baholash qobiliyati juda muhimdir. Foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlar hajmi eksponent ravishda o'sib borayotganligi sababli, talabalar ishonchsiz manbalardan tegishli, ishonchli va aniq ma'lumotlarni ajratib olish uchun tanqidiy ko'nikmalarni rivojlantirishlari kerak

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN METHODS OF FORMING INFORMATION SORTING SKILLS OF STUDENTS IN UNIVERSAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

развитие художественного вкуса и нравственной культуры у будущих музыкантов является важной составляющей их общего образования и профессионального роста.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA O’QUVCHILARNING AXBOROTNI SARALASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USLUBLARI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

UMUMTA'LIM MUASSASALARIDA O'QUVCHILARNING AXBOROTNI SARALASH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USLUBLARI

© A.X. Rajabov

1H

1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filiali, Farg'ona, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: axborot asrida talabalar uchun ma'lumotlarni samarali saralash va baholash qobiliyati juda muhimdir. Foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlar hajmi eksponent ravishda o'sib borayotganligi sababli, talabalar ishonchsiz manbalardan tegishli, ishonchli va aniq ma'lumotlarni ajratib olish uchun tanqidiy ko'nikmalarni rivojlantirishlari kerak.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi talabalarda axborotni saralash ko'nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy usullarini aniqlash va baholashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot miqdoriy so'rovlar va sifatli amaliy tadqiqotlarni o'z ichiga olgan aralash usullardan foydalanadi. Ishtirokchilar orasida turli universal ta'lim muassasalari talabalari va o'qituvchilari bor.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'qituvchilarning ta'kidlashicha, bu usullar nafaqat ma'lumotni saralash ko'nikmalarini yaxshilaydi, balki umumiy akademik samaradorlikni va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini ham oshiradi. Talabalar ma'lumotni boshqarish va ishonchli manbalarni aniqlash qobiliyatiga ko'proq ishonch bildirdilar. Aniqlangan qiyinchiliklar talabalarning raqamli savodxonligining turli darajalarini va o'qituvchilarning doimiy kasbiy rivojlanishiga bo'lgan ehtiyojni o'z ichiga oladi.

XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirishning zamonaviy usullari ta'lim o'quv dasturiga kiritilganda yuqori samara beradi.

Kalit so'zlar: axborotni saralash ko'nikmalari, raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda o'rganish, loyihaga asoslangan ta'lim, ta'lim texnologiyasi, axborot boshqaruvi, pedagogik usullar,akademik samaradorlik, umumjahon ta'lim muassasalari

Iqtibos uchun: Rajabov A.X. Umumta'lim muassasalarida o'quvchilarning axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirishning zamonaviy uslublari // Inter education & global study. 2024. №6. B.244-249.

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ НАВЫКОВ СОРТИРОВКИ ИНФОРМАЦИИ У СТУДЕНТОВ В УНИВЕРСАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ_

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© А.Х.Ражабов1Н

1 Ферганский областной филиал Государственного института искусства и культуры Узбекистана, Фергана, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: развитие художественного вкуса и нравственной культуры у будущих музыкантов является важной составляющей их общего образования и профессионального роста.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение роли классической музыки в развитии художественного вкуса и нравственной культуры у будущих музыкантов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные опросы и качественные тематические исследования. Среди участников - студенты музыкальных консерваторий и музыкальных школ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что изучение и занятие классической музыкой значительно повышает художественный вкус и моральную культуру учащихся.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: согласно заключению исследования, классическая музыка является эффективным средством развития художественного вкуса и нравственной культуры у будущих музыкантов. Включая исторический контекст, активное слушание, практику исполнения, этические дискуссии и рефлексивную практику в музыкальное образование, преподаватели могут значительно улучшить эстетические и этические чувства учащихся.

Ключевые слова: классическая музыка, художественный вкус, нравственная культура, музыкальное образование, историческая перспектива, педагогические подходы, эстетическое развитие.

Для цитирования: Ражабов А.Х.Современные методы формирования навыков сортировки информации у студентов в универсальных образовательных заведениях // Inter education & global study. 2024. №6. С. 244-249.

MODERN METHODS OF FORMING INFORMATION SORTING SKILLS OF STUDENTS IN UNIVERSAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS_

© Aziz X. Rajabov

1 Fergana Regional Branch of the State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Fergana, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in the information age, the ability to effectively sort and evaluate information is essential for students. As the amount of available information grows

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

exponentially, students must develop critical skills to extract relevant, reliable, and accurate information from unreliable sources.

AIM: the purpose of this study is to identify and evaluate modern methods of developing students' information sorting skills.

MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods including quantitative surveys and qualitative case studies. Among the participants are students and teachers of various universal educational institutions.

DISCUSSION AND RESULTS: teachers report that these techniques not only improve information-sorting skills, but also improve overall academic performance and critical thinking skills. Students expressed greater confidence in their ability to manage information and identify reliable sources. Challenges identified include varying levels of digital literacy among students and the need for ongoing professional development for teachers.

CONCLUSION: research shows that modern methods of information processing skills are highly effective when included in the educational curriculum.

Key words: information sorting skills, digital literacy, critical thinking, collaborative learning, project-based learning, educational technology, information management, pedagogical methods, academic performance, global educational institutions

Axborot orqali insonlarning ongini, mafkurasini o'zgartirish mumkin. Axborot orqali insonlarning dunyoqarashini boshqarish mumkinligi yaqqol ayon bo'lmoqda. Dunyon axborot boshqaradi degan gap haqiqatga aylanib bormoqda. Axborotga egalik qilish va uni yetkazish talabga aylanib borayotgan bir pallada axborot maydoni tobora kengayib bormoqda. Axborot turlari orti borishi natijasida axborotning ko'rinishlari ham tubdan o'zgarmoqda. Axborot tarqatish manbayi sifatida foydalaniladigan internet tizimi turli xil tasdiqlangan va tasdiqlanmagan axborotlar bilan to'la. Aynan bu vaziyatda axborot qabul qiluvchilarda axborot olish madaniyati va tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirish muhim o'rin tutadi. Buning uchun jamiyat axborotlashgan bo'lishi talab etiladi.

Axborotlashgan jamiyat qanday bo'ladi?Jamiyatning axborotlashuvi-bu ma'lum bir davlat yoki jamiyatda axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi natijasida sodir bo'ladigan holat. Jamiyatning axborotlashgan bo'lishi uchun avvalo jamiyatda axborot texnologialari rivojlanishi va talablarga javob berishi lozim. Axborotlashgan jamiyatda axborotning kirib kelish oqimi erkin bo'ladi. Bu esa milliy mafkuraga ta'sir etish barobarida birqancha ma'naviy tahdidlarni ham tug'diradi. Har qanday qurolli urushlarning boshlanishida axborot jarayonining ta'siri mavjud. Axborotning xuruji esa

For citation: Aziz X. Rajabov. (2024) Modern methods of forming information sorting skills of students in universal educational institutions. Inter education & global study, (6), pp. 244-249. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

urushlarning birinchi qadamidir.AxborotxavfsizIigini ta'minlashning bugungi kunda dolzarbligi shu holat bilan belgilanadi. Insoniyat

"Axboriy jamiyat" deb atalmish yangi bir davrga qadam qo'yayotgan ekan, axborot xavfsizligini ta'minlash har doimgidan ham zarur .Axborot iste'moli madaniyatinishakllanishi davomida odamlarda axborotnisaralab olishda bilim va qobiliyatni qo'llanishi tushuniladi. Mazkur jarayonda axborotlaar kerakli va keraksiz kabi turlarga bo'linib tahlil qilinadi. Tasdiqlangan ma'lumotlarni qabul qilish jarayoni tezlashadi. Axborotning iste'mol madaniyati bo'lmagan jamiyatda esa turli tahdidlar va notinchliklar vujudga keladi. Chunki axborot -bu kuch. Undan yaxshilik va yomonlik maqsadlarida foydalanish mumkin.

O'quvchilarda axborot saralash qobiliyatini shakllantirish ko'p tarmoqli ilmiy jurnal faktlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bu bo'yicha bir nechta tavsiyalar mavjud:

1. Ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchining sahifasi qachon ochilganligini tekshiring.

2. Foydalanvchining faolligini o'rganing.

3. Foydalanuvchining boshqa ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini izlang.

4. Yangiliklarni yuklab olgan, nashr qilgan inson bilan bog'laning.

5. Foydalanuvchining siz bilganlar bilan gaplashayotganini solishtiring

6. Qayerda joylashgani haqidagi ma'lumotlarni solishtiring.

7. Tasvir bo'yicha qayta qidiruvdan foydalaning

8. EXIF fotosurat ma'lumotlarini tekshiring.

Zamon ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta'lim maktablari ta'lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun dunyo bo'ylab axborot tarmog'i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat'iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimedia va Internet texnologiyalarining paydo bo'lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta'lim maktablari ta'lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo'l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o'stirishda tutayotgan o'rni va ta'siri ortib borayotganligini inkor etib bo'lmaydi. Umumiy ta'lim maktablaridagi ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o'qituvchi va o'quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:

■ axborot yig'ishning yangi usullarini va ularni qo'llashni bilib oladilar;

■ bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;

■ mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;

■ bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi.

Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'lim sohasida, o'quv faoliyatida va o'quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta'limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg'unlashtirishga imkon beradi. O'qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog'lash

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

imkoniyati paydo bo'ladi. Axborot texnologiyalarini qo'llashda o'quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o'quvchi shaxsini rivojlantirishning to'laqonli vositasiga aylantirish uchun o'qituvchining o'zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo'lishi kerak.

Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova Toporkova va boshqalar o'qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar: zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik; shaxsiy ijodiy va itellektual sifatlarini rivojlantirishga intilish; umumiy komunikativ madaniyatining yuqori darajada bo'lishi; axborot vositasida o'zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo'lishi; o'zini refleksiyalash (o'z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo'lishi; axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o'zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o'zlashtirish.

Kompyuter vositalari o'quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida: o'quvchilarga o'quv materiallarini taqdim etish bosqichida; kompyuter bilan interfaol o'zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o'quv materialini o'zlashtirishda; o'zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni takrorlash va mustahkamlashda; o'qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o'zo'zini nazorat qilish bosqichida; o'quv materialini qismlarga bo'lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o'qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin.

Zamonaviy tuzilgan kompyuterli o'qitish dasturlari axborotni o'quvchi tomonidan o'zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e'tiborga olingan taqdirda o'qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va o'qishdagi mustaqil faoliyatini rag'batlantirishga imkon beradi.

Maktab pedagogik jarayonida kompyuter o'qituvchi, ishchi qurol, o'qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo'sh vaqt (o'yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin (G. K. Selefko). Kompyuter o'qituvchi sifatida o'qituvchini va kitobni qisman yoki to'liq o'rnini bosadigan o'quv axboroti manbai; multimediya va telekomunikatsiya imkoniyatlari bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko'rgazmali vosita; individual va axborot muhiti; trenajyor; o'quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi vazifalarini bajaradi. Ishchi qurol sifatida kompyuter matnlarni tayyorlash va ularni saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega hisoblash mashinasi vazifalarini bajaradi. O'qitish obyekti sifatidagi xizmatini kompyuter-dasturlashtirish; Dasturli mahsulotlarni tayyorlash;

Har turli axborot muhitlarini qo'llash moboynida bajaradi.Hozirgi kunda kompyuter o'qitishning qudratli vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o'qituvchinng ishi, V. K. Selefko ta'kidlaganidek, quyidagilardan iborat: butun sinf o'quv predmeti darajasida o'quv jarayonini tashkillashtirish (o'quv jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat);

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

sinf ichida o'quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish, ish o'rinlarini joylashtirish, yo'riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni boshqarish kabilar; o'quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko'rsatish, bolalar bilan individual «insoniy» munosabat. Kompyuter yordamida individual o'qitishning ko'rish va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal variantiga erishiladi; axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma'lum bir o'quv fani mazmuni bilan bog'liqligidan iborat. Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o'tkazish yaxshi samara beradi.

Odatdagi darsda o'qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, o'quvchilar esa tinglab, ko'rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma'lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o'quvchilarga o'qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o'z fikrlarini bildiradilar, o'quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o'zlari to'g'risida xulosalarga va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o'qituvchi ham, o'quvchilar ham faollik ko'rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo'yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o'quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi.

Hamma o'qiydi, hamma bir — birini o'qitadi. Interfaol dars o'qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an'anaviy o'qitish usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o'qitishning yaxshi tomonlarini birlashtiradi. Kompyuter o'qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot mazmuni bilan birga, ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda o'qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz jo'rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o'qituvchining izohlari bilan beriladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Amirov D.M., Atajonov A.Y. Axborot-kommunikatsiya tehnologiyalari izohli lug'ati.

Qayta ishlangan, ikkinchi nashr. O'zbekistondagi vakolatxonasi, 2010. —178-b.

2. Muitov D. Geosiyosat vajurnalistika T.:Toshkent "Turon-Iqbol" nashriyoti, 2014. -97-b.

3. Xavfsizlikning metadologik asoslari. R.Samarov. T.: 2010. -221-222-betlar.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Rajabov Azizjon Xusanovich, o'qituvchi [Ражабов Азизжон Хусанович, преподаватель], [Azizjon X. Rajabov, teacher] manzil: O'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Movarounnahr ko'chasi, 3A-uy [адрес: Республика Узбекистан, Ферганская область, город Коканд, улица Мовароуннахр дом 3А], [address: Republic of Uzbekistan, Fergana region, Kokand city, Movarounnahr street, house 3A]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.