Научная статья на тему 'UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA LABORATORIYA MASHG’ULOTINI TASHKIL ETISHNING TA'LIM SAMARADORLIGIGA TA'SIRI'

UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA LABORATORIYA MASHG’ULOTINI TASHKIL ETISHNING TA'LIM SAMARADORLIGIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
1884
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kimyo fani / tabiiy fanlar / kimyoviy moddalar / laboratoriya / shtativi / probirkalar / shisha tayoqcha / menzurka / voronka.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Matluba Nurillayevna Karimova

Umumta`lim maktablarida kimyo xonasi, laboratoriya mashg’ulotlari o`tkaziladigan xona va reaktivlar saqlanadigan preparatxonadan foydalanishning qonun va qoidalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA LABORATORIYA MASHG’ULOTINI TASHKIL ETISHNING TA'LIM SAMARADORLIGIGA TA'SIRI»

UMUMTA LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA LABORATORIYA MASHG'ULOTINI TASHKIL ETISHNING TA'LIM SAMARADORLIGIGA

TA'SIRI

Matluba Nurillayevna Karimova

Sirdaryo viloyati Guliston shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 5-umumta'lim maktabi

kimyo fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Umumtalim maktablarida kimyo xonasi, laboratoriya mashg'ulotlari o'tkaziladigan xona va reaktivlar saqlanadigan preparatxonadan foydalanishning qonun va qoidalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so'zlar: kimyo fani, tabiiy fanlar, kimyoviy moddalar, laboratoriya, shtativi, probirkalar, shisha tayoqcha, menzurka, voronka.

Ma'lumki kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u kimyoviy moddalar ularning bir-biriga aylanishi va o'zgarishlarni o'rganadigan fan hisoblanadi. Fanni o'zlashtirishda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda amaliy-laboratoriya ishlarini ham o'rni benihoya kattadir. Amaliy ishlar nazariyani to'ldirishga tasavvurlarni yanada kengaytirishga yordam qiladi. Laboratoriya ishlari, amaliy ishlar asosan laboratoriyalarda xususan o'rta umumiy ta'lim muassasasida kimyo xonalarida amalga oshiriladi.

Orta umumiy ta lim maktablarida kimyo kabineti laboratoriya mashg'ulotlari o'tkaziladigan xona va reaktivlar saqlanadigan preparatxonadan iborat bo'ladi. Laboratoriya xonasida turli asbob va reaktivlar saqlanadigan shkaflar, o'quvchilar mashg'ulot o'tkazadigan stollar, turli xil maketlar va stendlar bo'ladi. Oquvchilarning stollar va o'qituvchi tajriba ko'rsatadigan stol xar bir darsning mazmuniga ko'ra jihozlanadi. O'qituvchi tajriba ko'rsatadigan stol yonida vodoprovod jo'mragi va gaz gorelkasi albatta bo'lishi shart. O'quvchilar esa spirt lampasidan foydalanadilar. O'quvchilar stolida laboratoriya shtativi, probirkalar qo'yilgan shtativ, 100 yoki 250 ml li kolba, 2 yoki 5 millilitrli pipetka, 25 sm uzunlikda shisha tayoqcha, menzurka, voronka va chinni stakan quyilgan bo'ladi. Tuz, kislota hamda asoslarning har xil kontsentratsiyali eritmalari laborant xonasida (preparatxonada) turadi va zarur bo'lganda o'quvchilarga laborantning o'zi quyib beradi. Bundan tashqari, laboratoriya xonasida bir chekkada va olish qulay bo'lgan joyda yong'inga qarshi kurash vositalari (qum solingan yashiq, o't o'chirgich va boshqalar) hamda aptechka bo'lishi kerak.

Har qanday laboratoriyada albatta laborant lavozimida ishlovchi mutaxassis shaxs faoliyat yuritadi. Har bir laborantni u faoliyat yuritayotgan muassasaning o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda burch va vazifalari belgilab qo'yilgan.

O'quvchilar laboratoriya ishini bajarayotganlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlarini laborant kuzatib turadi. Laborant o'zining nazariy va amaliy bilimlarini doimo oshira borishi va har yili o' qituvchiga imtihon topshirib turishi lozim. Har kuni ishning oxirida kabinetdagi elektr asboblar o'chirilganligini stollarda reaktivlar qolmasligini, vodoprovod va gaz jo'mraklari bekilganligini tekshirib, so'ngra kabinetni qulflaydi. Xar bir laborantda xalat, ko'zoynak, rezina qo'lqop bo'lishi kerak. Laborant doimo ozoda kiyingan bo'lishi, saranjom-sarishta ishlashi, moddalar bilan ishlagandan so'ng qo'lini albatta sovunlab yuvishi lozim. Laboratoriyada sintetik kiyimlar kiyish tavsiya etilmaydi.

Laborant va o'qituvchi o'zaro birgalikda o'quv laboratoriya tajribasini mashg'ulotdan avval birinchidan yaxshilab tayyorgarlik ko'rishlari kerak, ikkinchidan, o'quvchi ishtirokisiz ya'ni o'zlari muayyan tajribani sinov tarzida bajarib ko'rishlari kerak. Aks holda mabodo o'quvchilarga tajribalarni ko'rsatayotganda biror muhim qismi ko'ngildagidek chiqmasa (masalan gaz chiqmay qolsa yoki cho'kma tushmay qolsa yoki rang o'zgarmay qolsa) tajribani ishonchliligiga putur yetishi mumkin.

Laborant ko'rsatadigan tajriba yoki laboratoriya mashg'ulotiga zaruriy asbob va reaktivlarni o'qituvchi tomonidan tuzilgan kartochka asosida tayyorlaydi. Ayrim hollarda ba'zi zarur narsalar laborantning esidan chiqib qolishi mumkin. Shu sababli tayyorlangan o'quv asbob-reaktivlarini o'qituvchi albatta ko'zdan kechirishi va yetishmagan narsalarni laborantga aytishi lozim.

Kimyo darslarida o'qitishning faol usullaridan foydalanish, darslarning asosi qilib ko'rsatiladigan tajribalarga va laboratoriya mashg'ulotlariga katta e'tibor berib, ularni to'g'ri uyushtirish, qilib ko'rsatiladigan tajribalarga o'quvchilarning butun diqqat e'tiborini jalb qilish, har bir hodisaga o'quvchilarning tadqiqototchi sifatida yondashishlariga erishish kerak.

Amaliy mashg'ulotdan kozda tutilgan asosiy maqsa butun o'tilgan mavzularga oid nazariy bilimlar naqadar puxta o'zlashtirilganligini bilib olishdan iborat. Bunday mashg'ulotni o'tkazishda barcha zaruriy asbob-jihozlar va reaktivlar oldindan taxt qilib qo'yilgan bo'lishi lozim. Shu sababli mashg'ulot o'tkazilishidan bir necha kun oldin o'qituvchi laborantga qanday tayyorgarlik ishlari ko'rish lozimligini aytib, laborantning ish jurnaliga yozib qo'yadi.

Tajribani bajarish paytida o'quvchilarning faoliyati boshqarilishi, kim yaxshi ishlayotganligini ta'kidlash, xavfsizlik texnikasi va natijalarini kuzatib borish kerak.

Ish yakunida avvaldan yig'ishtirish uchun bir necha daqiqa qoldirish kerak. Ish tamom bo'lgandan so'ng, uning natijalari muhokama qilinadi va daftarga yoziladi.

Har bir laboratoriya ishi bajarilgandan keyin o'qituvchi o'quvchilarning laboratoriya mashg'ulotiga oid hisobotlari va tajribani qanday o'tkazganliklarini e'tiborga olib, har qaysi o'quvchiga ball (baho) qo'yib chiqadi.

Ko'pchilik hollarda o'quvchilar hosil bo'lgan moddalarning o'ziga xos xususiyatlariga yaxshi e'tibor bermaydilar. Shu sababli laboratoriya ishini baholagandan keyin, bajarilgan tajriba haqida yana qisqacha izoh berib o'tish mashg'ulotni yaxshi o'zlashtirib olishga yordam beradi.

Kimyo fani va ayniqsa uning laboratoriyalari qiziqarli bo'lishi bilan bir qatorda o'ta mas'uliyatli hisoblanadi. Laboratoriya ishini nasbatan murakkabroqlarini o'qituvchi va laborant ko'rgazmali tajriba sifatida avval o'zi o'quvchilarga ko'rsatib bersa yanada maqsadga muvofiq bo'ladi, qolaversa laboratoriya mashg'ulotiga barcha o'quvchilarni o'z vaqtida yetib kelishlarini ta'minlash ham juda muhimdir. Agar biror o'quvchi mashg'ulotga kech kelsa u tajribani mazmunini, ishlar ketma-ketligin tushunolmaydi natijada yana hammadan orqada qoladi. Tajribani iloji boricha hamma bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatishi yaxshi natija beradi. Tajribalarni bajarishda ishni bajarish tartibiga qat'iy amal qilinishi kerak. Vaqtni avvaldan belgilab qo'yish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tajribalarni bajarishda oddiydan - murakkabga tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. А.Э. Янгибаев, М.Эргашева «Умумий урта таълим мактабларида кимё фанидан лаборатория ишларини ташкил этиш ва утказиш» Кулланма. Тошкент -2010 й. 59 бет.

2. Т.С.Назарова, А.А.Грабетский, В.Н.Лаврова. Мжтабда химиядан тажриба утказиш. Т. "Укитувчи" 1992, 6-11, 104-105 б.

3. Г.Р.Хдмидова Кимё укитиш методикаси умумий курсидан маърузалар матни. Тошкент, 2001й. 45 бет.

4. Нишонов М, Тешабоев С. Мактабда кимёдан лаборатория ишлари Т.Укитувчи. 1995 й 104 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.