Научная статья на тему 'MAKTABDA BIOLOGIYA XONASINI VA TIRIK TABIAT BURCHAGINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

MAKTABDA BIOLOGIYA XONASINI VA TIRIK TABIAT BURCHAGINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
3007
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tirik tabiat burchagi / laboratoriya mashg’ulotlari / malaka / ko’nikma / DTS / pedagogik talablar / xavfsizlik va gigiyena talablari / estetik talablar.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Dildora Ibrohimovna Rahimova, Mavluda Bekchanovna Xayitboyeva

Ushbu maqola bugungi zamonaviy ta’limdagi ba’zi muhim masalalarga bag’ishlangan bo’lib, unda maktabda biologiya xonasini va tirik tabiat burchagini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA BIOLOGIYA XONASINI VA TIRIK TABIAT BURCHAGINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

MAKTABDA BIOLOGIYA XONASINI VA TIRIK TABIAT BURCHAGINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Dildora Ibrohimovna Rahimova Mavluda Bekchanovna Xayitboyeva

Xorazm viloyat Qo'shkopir tumani 27-son Xorazm viloyat Qo'shkopir tumani 18-son

umumiy o'rta ta'lim maktabining umumiy o'rta ta'lim maktabining

biologiya fani o'qituvchisi biologiya fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola bugungi zamonaviy ta'limdagi ba'zi muhim masalalarga bag'ishlangan bo'lib, unda maktabda biologiya xonasini va tirik tabiat burchagini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tirik tabiat burchagi, laboratoriya mashg'ulotlari, malaka, ko'nikma, DTS, pedagogik talablar, xavfsizlik va gigiyena talablari, estetik talablar.

Tabiiy fanlar fanning olamni "u biror tabiiy qonunlarga bo'ysunadi", deb qarovchi va uni ratsional o'rganuvchi bo'limlaridir. Tabiiy fanlar uslubiyati ijtimoiy va aniq fanlar uslubiyatidan farq qiladi. Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kiradi.

Bugungi zamonaviy ta'limda maktablarni o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o'quv uslubiy materiallar bilan ta'minlash zarurati har qachongidan ham dolzarb masaladir. Umumiy o'rta ta'lim maktablamning moddiy texnika bazasini mustahkamlash orqali o'quvchilarda DTS talablariga mo s holda bilimlarni shakllantirish, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam ko'rsatish uchun biologiya xonasini zamon talablari asosida tashkil etish zarur.

Biologiya xonasi uchun yo'lakka yaqin joylashgan oxirgi xonani tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi, ko'rgazmalar tashkil etish mumkin. Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan o'quv xonasi, laboratoriya hamda tirik tabiat burchagi xonalaridan iborat bo'lishi kerak.

Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya o'qituvchisi zimmasiga yuklatiladi.

Biologiya xonasi quyidagi asosiy vazizfalarni bajarishga yo'naltirilgan:

- ta'limning samaradorligi oshirish maqsadida o'quv jarayonini tashkil etishda kerak bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash; dars va o'quv jarayonining boshqa shakllarida o'qitishning texnik vositalaridan foydalanish;

- o' quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EHMning nazorat dasturlaridan foydalanish;

- biologiya bo'yicha sinf va maktabdan tashqari mashg'ulotlarni olib borishda kerak bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash;

Biologiya o'quv xonasi quyidagilar zarur bo'lgan mebel va maxsus jihozlar bilan jihozlanadi: doska, o'qituvchi stoli va stuli, namoyish stoli, o'quvchilar uchun parta va stul, preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda predmetining etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada o'simlik va hayvonot dunyosining evolyutsion rivojlanish tarixini, ko'zga ko'ringan biologlarning portretlari qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va kuzatishlar o'tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini o'z vaqtida namoyish etish, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig ib olishga moslashgan bo'lishi kerak. Bu o'z navbatida o'quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o'quvchilarda o'quv mehnatini tashkil qilish madaniyatini tarbiyalaydi.

Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan o'quv ko'rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya'ni o'qitish jarayonini tashkil etishga kerak bo'lgan barcha qo'llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar, videodisklar, didaktik materiallar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar olib borish uchun yo'riqnoma berish hamda ko'rsatmalarni hammasi malum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga kiritiladi. Bulardan tashqari, laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar o'tkazish uchun zarur materiallar tayyorlanadi, ko'rgazmalar ta'mirlanadi. Stolda jo'mrakli suv krani bo'ladi. Undan idishlarni yuvishda foydalaniladi.

Biologiya o'qitish xonasi, laboratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat burchagini tashkil qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik o'simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida tajribalar o'tkazish hamda darslarda namoyish etish uchungina emas, balki darslardan va sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon darajasida biologiya xonasining yaqinidagi tashkil qilish mumkin.

Umumta'lim maktablarida biologik ta'limning samaradorligi ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari bo'lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab darajasida o'tkazishga bog'liq. Mazkur mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo biologiya o'quv xonasi, laboratoriya, tirik tabiat burchaklarini to'liq jihozlashga bog'liqdir.

Biologiya o'quv fani asosan tirik organizmlar to'g'risida bilim beruvchi fan. Biologiya o'quv fanini DTS talablari asosida o'qitish, tirik organizmlar ustida ko'rgazmali va amaliy usullarni qo'llash asosida mashg'ulotlar o'tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi

Biologiya darsida o'quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo'lgan umumiy talablar mavjud.

1. Pedagogik talablar:

2. Biologiya xonasiga qo'yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari:

3. Estetik talablar:

Xonaga qo'yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy ko'rinishi go'zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o'quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o'quvchida ham, o'qituvchida ham qoniqish hissini hosil qilishi kerak.

Biologiya o'qitishning moddiy bazasini asosiy qismini tirik tabiat burchagi tashkil etadi. Unda o'quvchilarning biologiyaga bo'lgan qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy imkoniyatlar bor.

Tirik tabiat burchagi dastlab, o'quvchilar kuchi bilan biologiya kabinetida, sinf derazalarida tashkil etiladi

Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib borishini va tajribalar qo'yishni talab qiluvchi yovvoyi o'simliklar ham bo'lishi zarur. Bunday o'simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog'i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga o'tqaziladi.

Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda yosh tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar, hayvonlar uchun oziq tayerlaydilar,turli moslama yasaydilar va tamirlaydilar.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarning biologiya fanini a'lo darajada o'zlashtirishlariga nafaqat dars jarayonlari, balki ularning qiziqishlarini ortishiga sabab bo'luvchi laboratoriya mashg'ulotlari va tirik tabiat burchagi ham muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Tolipova J, Gofurov , Biologiya talimi texnologiyalari.

2. N.N.Azizxo'jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Toshkent-2006.

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tabiiy fanlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.