Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINING BOSHLANGICH SINFLARIDA SHAXMATNI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINING BOSHLANGICH SINFLARIDA SHAXMATNI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Shaxmat / pedagogika / o`qitish texnologiyalari / o`quv jarayonididaktik vosita / ta’lim sifati / mantiqiy fikrlash / psixologik jarayon / bilim / ko‘nikma / qobiliyat / aql

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.T.Axunjonov, N.K.Xamrakulova

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida shaxmatni o‘qitish texnologiasi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINING BOSHLANGICH SINFLARIDA SHAXMATNI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARINING BOSHLANGICH SINFLARIDA SHAXMATNI O'QITISH TEXNOLOGIYASI 1A.T.Axunjonov, 2N.K.Xamrakulova

1T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi, 2Mirzo Ulug'bek tumani 286-son umumiy o'rta ta'lim maktabining oliy toifali

boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10982355

Annotatsiya. Maqolada umumiy o'rta ta'lim muassasalarining boshlang'ich sinflarida shaxmatni o'qitish texnologiasi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Shaxmat, pedagogika, o 'qitish texnologiyalari, oquv jarayonididaktik vosita, ta'lim sifati, mantiqiy fikrlash, psixologikjarayon, bilim, ko'nikma, qobiliyat, aql

Uzluksiz ta'lim tizimida o'quv jarayoniga joriy etiladigan har qanday o'qitish texnologiyalari ta'lim sifatini takomillashtirish barobarida o'quvchilarning shaxsiy sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.

Bir qator olim va mutaxassislar "Texnologiya" tushunchasini quidagicha talqin qilganlar.

A.Ya.Gabbazova dissertatsiyasida "Texnologiya" so'zi pedagogikaga sanoat ishlab chiqarishdan kirib kelgan bo'lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini samarali va tejamkor yo'li sifatida ifodalangan. "Pedagogik texnologiya" tushunchasi 1950-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan va o'quv jarayonida texnik vositalardan keng foydalanishga yo'naltirilgan-deya ta'kidlaydi[2].

V.I.Zagvyazinskiy, A.F.Zakirovalar "Texnologiya grekcha so'zdan olingan bo'lib "techne" - san'at, mohirlik, mahorat va "logos"-tushuncha, fan, fikr, aql ma'nosini bildiradi. Texnologiyalar asosida tashkil qilingan o'quv mashg'ulotlari ta'limning an'anaviy usullariga qaraganda ko'proq darajada kerakli natijalarni berishini e'tirof etadilar[3].

G.K. Slevkoning ilmiy manbasida "Texnologiya metodologiyadan o'zining takrorlanuvchanligi, natijalarning barqarorligi faqrq qilishi keltiriladi"[4].

N.G.Dilovani fikricha - avvallari ta'lim tizimida "Hayotga tayyorgarlikni" ta'minlanishi lozim bo'lgan ko'nikma va bilimlarni shakllantirish kabi jihatlar asosiy yo'nalish bo'lgan. Bugungi kunda zamonaviy ta'lim shaxsga ta'sir etuvchi texnologiyalar va usullarga qaratilgan bo'lib, buning yordamida shaxsning individual va ijtimoiy ehtiyojlari o'rtasidagi muvozanatni, shuningdek, shaxsning jamiyatdagi o'zgarishlarga yuqori darajada tayyorligini ta'minlash nazarda tutilgan[5].

Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda ta'kidlash joizki, bugungi kunda ta'lim berish texnologiyasi shaklan va mazmunan o'quvchining ehtiyojlaridan hamda jamiyat talablaridan kelib chiqib egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va kompetensiyalarga asoslangan. Shunday qilib pedagogik texnologiyaning sifat va samardorligi dars mashg'ulotlari davomoida o'quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko'nikma va kompetensiyalarning darajasi bilan belgilanadi. Ta'lim jarayonidagi sifat va samaradorlik o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi.

Ta'kidlashimiz kerakki, ijodiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning psixologik-pedagogik mexanizmalari o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv jarayonini tashkil qilish bilan belgilanadi. Shaxmat o'yinida insonning ijodiy faoliyati keng doiradagi turli xil g'oyalar, taktika va strategiyalar, yuqori darajadagi muvaffaqiyatga olib boruvchi oddiy va aniq yurishlar hisoblangan chiroyli va ajoyib kombinatsiyalarda ifodalanadi.

Inson ijodiy faoliyatining boshqa turlari bilan taqqoslaganda shaxmat o'yinida bu holat ko'proq darajadagi xususiyatga ega, ya'ni o'yinchi har bir yurishida ijodiy masalalarni yechishiga to'g'ri keladi. Shaxmat o'yinida vazifalarni ijodiy va ijodiy bo'lmagan (reproduktiv) qismlarga bo'lish nisbiydir, chunki har qanday haqiqiy vazifalar ijodiy elementlarni o'z ichiga oladi(ularni hal qilishda har doim ma'lumot yetishmaydi).

Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni, yondoshuvlarni joriy etish orqali ta'lim sifatini ta'minlash vazifalari yuklatilgan. Jahon tajribasi tasdiqlamoqdaki, shaxmatni o'quv jarayoniga joriy etilishi ham ana shunday yondoshuvlardan biri hisoblanadi. Olim va mutaxassislarni olib borgan ilmiy tadqiqotlari maktabda shaxmatni o'qitish o'quvchilarning psixologik jaraoynlari rivojlantirishini tasdiqlamoqda.

N.V.Krogius o'zining ilmiy manbasida shaxmat "..... insonning ijodiy mantiqiy fikrlashini

rivojlantiruvchi didaktik vosita sifatida qaralmoqda. Shaxmat sirlarini insonlar o'zlarining ijodiy faoliyatida muammolarni anglash va yechish yo'llarini bilishida ko'radilar"-deya ta'kidlagan[6].

S.G.Pogasyan, R.V.Aguzumytsyan ilmiy manbasida V.A.Suhomlinskiyning "Shaxmatsiz xotira va aqliy qobiliyat to'liq tarbiya topishini tasavvur qilishimiz mumkin emas. Shaxmat o'yini aqliy madaniyat elementlaridan biri sifatida boshlang'ich maktablarning hayotiga kirib borishi kerak"-degan so'zlarini keltiradi[7].

R.X.Djurayev, A.X.Maxmudov, A.V.Kamilovalar quyidagi fikrni ta'kidlaganlar: "Shaxmat- Shaxmat mantiqiy fikrlash qobiliyatini faol shakllantiradi[8].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4954-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida "Yosh avlodning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida 2021-2022 o'quv yilidan boshlab tajriba tariqasida respublikamizdagi 1000 ta umumiy o'rta ta'lim maktabida 2-, 3-, 4-sinf o'quvchilariga "Jismoniy tarbiya" fani tarkibida 18-

soatlik reja asosida shaxmatni o'qitish yo'lga qo'yildi[1].

Shu bois, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida oquvchilarga shaxmatning sir asrorlarini o'rgatayotgan o'qituvchilarga quyidagi jadvalda keltirilgan shaxmatni o'qitish texnologiyasini tavsiya etamiz(l-jadval).

Shaxniatga^ o^lHsJh

Bilitii K^uikma Malaka

J.(v, , w IAW. ■. ^r ~ -Z- - - 3-.111113. -1 il II =-

shaxmat deskasida

Shaxmat o'ynash jarayonida, shaxmatdagi ma\jud muammoli vaziyatlainmg topsliiiiqlari va mashqlarim bajarislida

egallaiiaan bilnulami qo'llash. Taktik va strategik usullami amaliyotga joriy eta

olish_Amaliy o'yinlaida yangi vaziyatlai yaratishda olingan bilimlaini qo'llash. Shaxmatda oddiydan murakabga qaïab muamniolari vaziyatlar bilan îshlash o'quvchining

ko'nikmasuii nvojlantiradi.

Shaxmat partiyalaridagi aniq noaniq vaziyatlaida. taktik \-a Etartegik usullardan samaïali fbydalanish. Shaxmatda

muammoli vaziyatlarni ko'ra bilish, mazkui muammolarni yecliimiiii topa olish o'quvchilarm hayotïy

mos las huvchanl îgim Ehakllanttradi. Bu esa shaxmat o'yinida ijobiy natijalarsa olib keladigan malakalarni

rivojlantirib boradi.

Ushbu ishlab chiqilgan texnologiya o'quvchilarning yosh va psixologik holati va tayyorgarlik jarayonlaridan kelib chiqib hamda 2-,3-,4- sinflarda olib boriladigan o'quv mashg'ulotlarining ketma-ketligi va o'quv mashg'ulotlarining murakkablik darajasidan kelib chiqib olib boriladi.

Bunda quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

-2 sinfda shaxmat o'yinini boshlang'ich asoslari (shaxmat taxtasi bilan tanishuv, shaxmat donalarini joylashuvi, shaxmat taxtasida sipoh(dona)larini qanday harakatlanishi, shaxmat notatsiyasi), debyut, mittelshpil, endshpil tushunchalari, shuningdek shaxmat o'yinidagi avvaldan tayyorlangan vaziyatlar (sodda mashq va topshiriqlar) bilan ishlashni o'rganadilar.

-3 sinfda debyut, mittelshpil, endshpil, mashq va topshiriqlar kabi shaxmat o'yinini vaziyatlari bilan bir necha yurishlar asosida tanishadilar. Ushbu mashg'ulotlar darajalaridan kelib chiqib mashq va topshiriqlarni bajaradilar.

-4 sinfda debyut, mittelshpil, endshpil yurishlar asosida taktik vaziyatlar yaratishni o'rganadilar. Ushbu mashg'ulotlar darajalaridan kelib chiqib mashq va topshiriqlarni bajaradilar.

Har bir mashg'ulot o'qituvchi hamda o'quvchining sub'ekt-sub'ekt tamoyili asosida tashkil qilinadi. Shaxmat o'yini partiyalarida o'quvchilar juftlikda ishlaydilar. Murakkab muammoli vaziyatlar esa o'qituvchi bilan hamkorlikda yechiladi. Shuningdek, shaxmat topshiriqlarini bajarishda o'quvchilar mustaqil ishlaydilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4954-son qarori

2. A.Ya.Gabbazova Интеллектуальное развитие детей младшего школьного возраста в процессе обучения шахматной игре. Дисс. Ульяновск-2008 г.

3. V.I.Zagvyazinskiy, A.F.Zakirova "Педагогический словарь" Москва-2008 г. Издателский центр "Академия". 343 стр.

4. G.K.Slevko Современные образовательные технологии. Журнал: Народное образование, 1998. 256 стр.

5. N.G.Dilova Узбекистан Вестник интегративной психологии 2021. Выпуск 22. 252 стр. uniwork. Buxdu.uz./resurs/13591. Журнал для психологов. "Использование интерактивных методов в школьном обучении" 51 стр. Г.Бухара.

6. N.V.Krogius "О психологии шахматного творчества" / N.V.Krogius. М: Физкультура и спорт, 1969. 96 стр.

7. S.G.Pogasyan, R.V.Aguzumytsyan "Влияние шахмат на развитие креативности и интеллекта в младшем школьном возрасте". Научные статья. кафедра психологии управления Республики Армения, Ереван.

8. R.X.Djurayev, A.X.Maxmudov, A.B.Kamilova "Шахматы-как эффективного средство непрерывного формирования и развития творческих способностей детей//Uzluksiz ta'lim. 3/2019.53-64 s

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.