Научная статья на тему 'Uchta so‘z turkumi doirasidagi omonimiyani farqlovchi biznes jarayonni modellashtirish'

Uchta so‘z turkumi doirasidagi omonimiyani farqlovchi biznes jarayonni modellashtirish Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
92
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
omonim so‘zlar / matematik model / biznes-jarayon / chekli to‘plam / ot / sifat / fe’l / ravish / taqlid so‘z / undov so‘z / ko‘makchi. / homonymic words / mathematical model / business process limited set / noun / adjective / verb / adverb / imitation word / exclamation word / auxiliary.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Elov Botir Boltayevich, Ahmedova Xolisxon Ilhomovna

Tabiiy tillarni qayta ishlash jarayonlaridan biri matnlarni semantik tahlil qilishdir. Matnlar tarkibidagi omonim so‘zlarni ajratib, ularning ma’nolarini farqlash semantik tahlilning muhim vazifasi sanaladi. Omonim so‘zlarni semantik tahlil qilish maqsadida ular turkumlar doirasida uchrashiga ko‘ra 2 ta so‘z turkumi doirasidagi omonimlar, 3 ta so‘z turkumi doirasidagi omonimlar va 4 ta so‘z turkumi doirasidagi omonimlar kabi guruhlarga ajratiladi. O‘zbek tilidagi 3 ta so‘z turkumi doirasida omonimlik hosil qiluvchi so‘zlar 11 ta guruhga ajratiladi. Maqolada o‘zbek tilidagi sifat ˅ ot ˅ ravish, ot ˅ olmosh ˅ fe’l, ot ˅ sifat ˅ fe’l, ot ˅ fe’l ˅ ravish, ot ˅ sifat ˅ predikativ so‘z, ot ˅ ravish ˅ taqlid so‘z, ot ˅ undov ˅ taqlid so‘z, ot ˅ sifat ˅ ko‘makchi, ot ˅ son ˅ fe’l, ot ˅ fe’l ˅ taqlid so‘z, undov so‘z ˅ fe’l ˅ ravish guruhlarga mansub omonim so‘zlarni farqlovchi lingvistik omillar tahlil qilinib, jami 7 ta matematik model ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Modelling of business processes that distinguish homonymy within three parts of speech

One of the processes of natural language processing is a semantic analysis of texts. An important task of semantic analysis is to distinguish the meanings of words within a text from their meanings. For the purpose of semantic analysis of homonymous words, they are divided into groups such as homonyms within 2 parts of speech, homonyms within 3 parts of speech and homonyms within 4 parts of speech according to their occurrence within categories. In the Uzbek language, words that form a homonym are divided into 11 groups within 3 parts of speech. This article analyzes linguistic factors that differentiate homonymic words in the Uzbek language, such as adjective ˅ noun ˅ adverb, noun ˅ pronoun ˅ verb, noun ˅ adjective ˅ verb, noun ˅ verb ˅ pronoun, noun ˅ adjective ˅ predicate word, noun ˅ adverb ˅ imitation word, noun ˅ exclamation word ˅ imitation word, noun ˅ adjective ˅ auxiliary, noun ˅ number ˅ verb, noun ˅ verb ˅ imitation word, exclamation word ˅ verb ˅ adverb develops a total of 7 mathematical models.

Текст научной работы на тему «Uchta so‘z turkumi doirasidagi omonimiyani farqlovchi biznes jarayonni modellashtirish»

d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2022-1-15 UDC: 519.87

UCHTA SO'Z TURKUMI DOIRASIDAGI OMONIMIYANI FARQLOVCHI BIZNES JARAYONNI MODELLASHTIRISH

Elov Botir Boltayevich,

texnika fanlari nomzodi (PhD), "Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi mudiri, ORCID: 0000-0001-5032-6648, е-mail: [email protected];

Ahmedova Xolisxon Ilhomovna,

tayanch doktorant, ORCID: 0000-0002-9828-1650, e-mail: [email protected]

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya. Tabiiy tillarni qayta ishlash jarayonlaridan bin matnlarni semantik tahlil qilishdir. Matnlar tarkibidagi omonim so'zlarni ajratib, ularning ma'nolarini farqlash semantik tahlilning muhim vazifasi sanaladi. Omonim so'zlarni semantik tahlil qilish maqsadida ular turkumlar doirasida uchrashiga ko'ra 2 ta so'z turkumidoirasidagiomonimlar, 3 ta so'z turkumi doirasidagi omonimlar va 4 ta so'z turkumi doirasidagi omonimlar kabi guruhlarga ajratiladi. O'zbek tilidagi 3 ta so'z turkumi doirasida omonimlik hosilqiluvchiso'zlar 11 ta guruhga ajratiladi. Maqolada o'zbek tilidagi sifat v ot v ravish, ot v olmosh v fe'l, ot v sifat v fe'l, ot v fe'l v ravish, ot v sifat v predikativ so'z, ot v ravish v taqlid so'z, ot v undov v taqlid so'z, ot v sifat v ko'makchi, ot v son v fe'l, ot v fe'l v taqlid so'z, undov so'z v fe'l v ravish guruhlarga mansub omonim so'zlarni farqlovchi lingvistik omillar tahlil qilinib, jami 7 ta matematik model ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: omonim so'zlar, matematik model, biznes-jarayon, chekli to'plam, ot, sifat, fe'l, ravish, taqlid so'z, undov so'z, ko'makchi.

МОДЕЛИРОВАНИЕ БИЗНЕС-ПРОЦЕССОВ С ВЫДЕЛЕНИЕМ ОМОНИМИИ В ПРЕДЕЛАХ ТРЕХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ

Элов Ботир Болтаевич,

доктор философии по техническим наукам (PhD), заведующий кафедрой «Компьютерная лингвистика и цифровые технологии»;

Ахмедова Холисхон Илхомовна,

базовый докторант

Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

Kirish

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex-nologiyalarining ilm-fanning barcha sohala-riga tatbiq etilishi, xususan, filologik fanlarga kirib borishi tilning turli aspektlarini o'rga-nishda lingvistik korpuslardan foydalanish-ni ommalashtirdi. So'nggi yillarda o'quvchi/ talabalar uchun chet tilini turli lingvistik korpuslar vositasida o'qitish masalalari-ga bag'ishlangan uslubiy adabiyotlar paydo bo'ldi. Jahon tilshunosligida omonimiya, si-nonimiya, antonimiya va polisemiya kabi ho-disalar o'zbek tilshunosligi uchun yangi hi-soblangan kompyuter tilshunosligi nuqtayi nazaridan keng doirada o'rganilgan, uning amaliy natijalaridan korpus tuzish va takomil-lashtirish kabi maqsadlarda foydalanilmoqda. Semantik analizator tahlilning asosi bo'lib, u dasturlash tili bilan bog'liq barcha qoidalarni tushunadi. Semantik analizator tilda mavjud bo'lgan omonim, polifunksional, ko'p ma'noli so'zlarning ma'nosini farqlashga xizmat qiladi [1, 967-970-b.]

O'zbek tilining semantik analizatorini yaratish kompyuter lingvistikasi sohasidagi muhim vazifalardan biridir.

Tabiiy tilning semantik analizatorini yaratish jarayonida qator vazifalar amalga oshiriladi:

- lingvistik modellar ishlab chiqiladi;

- matematik modellar ishlab chiqiladi;

- algoritmlar ishlab chiqiladi;

- tizimning ma'lumotlar bazasi tuzilishi ishlab chiqiladi;

- tizim interfeysi ishlab chiqiladi;

- dasturlash tilining imkoniyatlaridan foy-dalangan holda tizim ishlab chiqiladi.

Tizim orqali matnlarni semantik tahlil qilish bir qancha elementlarga ega [2]:

- giponimiya;

- omonimiya;

- polisemiya;

- polifunksionallik;

- sinonimiya;

- antonimiya.

Matnlarning semantik tahlili mukammal bo'lishi ushbu elementlarni modellashtirish-ni talab qiladi. Dastlab elementlar lingvis-tik modellashtiriladi. Lingvistik modellarga asoslangan holda matematik modellar ish-lab chiqiladi. Ushbu maqolada o'zbek tilidagi omonim so'zlarni semantik tahlil qilish jara-yonini modellashtirish haqida so'z yuritiladi.

Material va metodlar

Korpus lingvistikasida omonimlik muam-mosini yechish, omonim birliklarni teglash va matnni avtomatik o'qish jarayonida omonimi-yani bartaraf etish masalasiga oid qator tad-qiqotlar olib borilgan. Jumladan, G.I. Kus-tova, O.N. Lyashevskaya, Ye.V. Paducheva, Ye.V. Raxilina, B.P. Kobrisov, T.I. Reznikova [3, 155-174-b.], B.P. Kobrisov [4, 1-45-b.], V.V. Kukanova [5, 3-22-b.], A.A. Kretov [6, 3-10-b.], A.Ye. Aleksandr [7, 1-60-b.], Y.E. Yermolayeva [8, 3-47-b.]lar tomonidan omonim so'zlarni bartaraf etishga doir lingvistik va matematik modellar ishlab chiqilgan.

O'zbek tili kompyuter lingvistika-si yo'nalishida amalga oshirilgan sanoqli tadqiqotlarda kompyuter xotirasi omonim birliklarni "tanishi" va "o'qiy olishi"ga mo'ljallangan tahlil dasturlarini yaratish borasida harakatlar mavjud. O'zbek tilidagi omonimlarni teglash muammolari bo'yicha ayrim mulohazalar, omonimiyani aniqlash algoritmini tuzish bo'yicha dastlabki harakatlar amalga oshirilgan. Tadqiqotchi-lar M. Abjalova [9, 3-27-b.], D. Ahmedova

Аннотация. Одним из процессов обработки естественного языка является семантический анализ текстов. Важной задачей семантического анализа является различение значений слов в тексте. В целях семантического анализа омонимичных слов они делятся на группы, такие как омонимы в пределах двух частей речи, омонимы в пределах трех частей речи и омонимы в пределах четырех частей речи в зависимости от их встречаемости в пределах категорий. В узбекском языке слова, образующие омонимы, делятся на 11 групп в пределах трех частей речи. В данной статье анализируются лингвистические факторы, дифференцирующие слова-омомонимы в узбекском языке, такие как прилагательное v существительное v наречие, существительное v местоимение v глагол, существительное v прилагательное v глагол, существительное v глагол v местоимение, существительное v прилагательное v сказуемое слово, существительное v наречие v имитационное слово, существительное v восклицательное слово v имитационное слово, существительное v прилагательное v вспомогательное, существительное v число v глагол, существительное v глагол v имитационное слово, восклицательное слово v глагол v наречие, что развивает в общей сложности 7 математических моделей.

Ключевые слова: омоним, математическая модель, бизнес-процесс, ограниченное множество, существительное, прилагательное, глагол, наречие, слово-подражание, восклицательное слово, вспомогательное слово.

MODELING OF BUSINESS PROCESSES THAT

DISTINGUISH HOMONYMY WITHIN THREE PARTS OF SPEECH

Elov Botir Boltaevich,

Candidate of Technical Sciences PhD, Head of the Department of Computer Linguistics and Digital Technologies;

Ahmedova Kholisхon Ilhomovna,

Basic Doctoral Student

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi

Abstract. One of the processes of natural language processing is a semantic analysis of texts. An important task of a semantic analysis is to distinguish meanings of words within a text from their meanings. For the purpose of semantic analysis of homonymous words, they are divided into groups such as homonyms within 2 parts of speech, homonyms within 3 parts of speech and homonyms within 4 parts of speech according to their occurrence

within categories. In the Uzbek language, words that form a homonym are divided into 11 groups within 3 parts of speech. This article analyzes linguistic factors that differentiate homonymic words in the Uzbek language, such as adjective v noun v adverb, noun v pronoun v verb, noun v adjective v verb, noun v verb v pronoun, noun v adjective v predicate word, noun v adverb v imitation word, noun v exclamation word v imitation word, noun v adjective v auxiliary, noun v number v verb, noun v verb v imitation word, exclamation word v verb v adverb develops a total of 7 mathematical models.

Keywords: homonymic words, mathematical model, business process limited set, noun, adjective, verb, adverb, imitation word, exclamation word, auxiliary.

[10, 3-25-b.], Sh. Hamroyeva [11, 3-47-b.], O'. Xolyorov [12, 3-45-b.], Sh. Gulyamova [13, 146-149-b.] kabi qator tadqiqotchilar-ning izlanishlari bunga yaqqol misoldir. Tadqiqotchi Sh. Gulyamova qarashlariga ko'ra, omonim so'zlarni turli turkumlar-

ga ajratgan holda farqlash samarali nati-ja beradi. O'rganilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, butun dunyo tilshunosligida mukammal semantik analizator yaratil-magan. Lekin semantik analizator yara-tish uchun dastlabki qadamlar qo'yil-gan. Jumladan, rus, ingliz, tatar, boshqird tili kabi qator til korpuslarida omonim so'zlarni farqlash amalga oshirilgan. O'zbek tilining milliy korpusi ayni payt-da yaratilmoqda. O'zbek tili semantik ana-lizatorini yaratishdagi muhim qadamlardan biri bu omonim so'zlarni aniqlash va ma'no-larini farqlashdir. Axborot tizimi omonim so'zlarni semantik tahlil qilishi uchun ular so'z turkumlariga ajratilgan holda lingvis-tik va matematik modellashtiriladi.

Tadqiqot natijalari

O'zbek tilidagi uchta so'z turkumi doirasida omonimlik hosil qiluvchi so'zlar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi (1-rasm).

1-rasm. O'zbek tilidagi ba'zi so'zlarning omonimlik hosil qiluvchi so'z turkumlari guruhlari

Navbatda iyerarxiyada keltirilgan gu-ruhlarni hosil qiluvchi omonim so'zlarga na-munalar keltiriladi. Bu kabi omonimlikni hosil qiluvchi so'zlarni farqlash filtri yordamida matematik modellar ishlab chiqiladi.

I. Sifat v ot v ravish so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar

152

Sifat v ot v ravish so'z turkumlari orasidagi omonim so'zga sira so'zi misol bo'ladi. Sira so'zi quyidagi ma'nolarni anglatadi:

1. Sira: ochiq, aniq, to'g'ri (sifat)

2. Sira: hech, aslo (ravish)

3. Sira: olmosh, da'vatni ifodalovchiso'z orasidagi omonimlik (ot).

ИЛМ-ФАН ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ |SSN 2181-9637

НАУКА И ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ

SCIENCE AND INNOVATIVE DEVELOPMENT 1 ' 2022

ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCES

Sifat v ravish v ot so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlarni kontekstda farqlash uchun ularning xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifat v ot so'z turkumlari doirasidagi so'zlar grammatik jihatdan o'xshash. Demak, ot v ravish yoki sifat v ravish so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlarni farqlovchi matematik modelni keltirish kifoya. Sifat v ot so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar Trigramm YMM orqali farqlanadi [3, 46-51-b.]. Sifat va ravish so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlarni qo'shimchalar orqali farqlash aniq natija bermaydi. Quyidagi gaplarda ularning ma'nolari yaqqol namoyon bo'lgan.

1. Ammo mulla nikoh o'qishga sira unamas edi (Said Ahmad, "Ufq" romani, 26-b.).

2. Endi ko'nglingga kelmasin-u, gapning sirasini aytib qo'yganim durust. (Said Ahmad, "Ufq"romani, 327-b.).

Bu so'zni badiiy asarlarda kuzatganimizda, ravish bo'lib kelganda, undan keyin ham, oldin ham turli so'z turkumidagi so'zlar bilan birikishi, gapning boshida ham uchrashi mumkinligi kuzatiladi. Ko'p hollarda o'zak holida uchraydi. Sifat so'z turkumi bo'lib kelganda esa egalik va kelishik qo'shimchalari bilan birikishi va undan oldin qaratqich kelishigini qabul qilgan ot bilan birikishi kuzatiladi. Ushbu statistik ma'lumotlarni inobatga olib, quyidagi matematik formula tavsiya qilinadi:

Wadvbma

rCLdv a

H,

ad j.adv

'adv+l affNe W? \l(Nk + aff^m^i © i(Nk + a///) Had> + affN

(1)

so'z turkumiga mansub omonim so'z ot so'z turkumiga xos qo'shimcha bilan biriksa, u holda Wadv_a - fe'l so'z turkumiga oid so'zlardan iborat chekli to'plam hosil bo'ladi. Bu to'plamlarning qiymatlari badiiy asarlardan tilshunoslar nazorati ostida shakllantiriladi va ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.

II. Ot v olmosh v fe'l so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar

Ot v olmosh v fe'l so'z turkumlari orasida omonimlikni ifodalovchi so'zga misol keltiramiz.

1. Un: donni tegirmonda tortib hosil qilinadigan kukun holatidagi mahsulot (ot).

2. Un: ovoz (eskirgan) (ot).

3. Un: 2 shaxs birlik kishilik olmoshining ba'zi affikslar qo'shiladigan asos (olmosh).

4. Un: o'sib, yuzaga chiqmoq (fe'l).

Un so'zi asarlarda quyidagicha gaplarda uchrashi kuzatildi:

1. Hamma yoq qabriston jimligiday unsiz, vahimali (A. Hakimov, Ilon izidan).

2. Dildor ungayugurgan edi. ("Ufq"romani, 582-b.).

3. Ziyodaxon suprayozib, un elab o'tirar edi (A. Qahhor, "Qo'shchinor chiroqlari").

4. Erta bahor, moychechaklar unib chiqqan payt edi.

Ushbu gaplarda keltirilgan un so'zi quyidagicha tahlil qilinadi: u olmoshiga --ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilganda, n orttiriladi. Demak, bu turdagi omonimlarni farqlash uchun quyidagi modelni tavsiya qilamiz:

Bu yerda H ^ ,, - sifat v ravish orasidagi

J adj,adv °

omonimlik; Hadv - ravish so'z turkumidagi omonim so'zlar to'plami; © - so'zlarning o'zaro birikishini anglatuvchi belgi; aff - ot so'z turkumidagi so'zga qo'shilishi mumkin bo'lgan qo'shimchalar; N - ot so'z turkumiga oid so'zlar to'plami; Wadv_b - ravish omonimga chap (old) tomondan birikuvchi so'zlardan iborat chekli to'plam; Wadv_a - ravish so'z turkumiga mansub omonim so'zga o'ng (orqa) tomondan birikishi mumkin bo'lgan so'zlardan iborat chekli to'plam. Agar ravish

HN

(W;iN ®HN +1 aff^Wf" Hv + afff unga HPr = unda @Wfr undan

(2)

H,„D - ot v fe'l v olmosh so'z turkumlari orasidagi omonimlik; Wf - ot so'z turkumidagi omonim so'z bilan birikuvchi so'zlar to'plami; Wpr - olmosh so'z turkumiga mansub omonim bilan o'ng tomondan birikishi mumkin bo'lgan so'zlar to'plami; Wpr = {aytmoq, ko'rmoq, bor, yo'q, olmoq,...} afj - fe'l so'z turkumidagi so'zlarga qo'shilishi mumkin bo'lgan qo'shimchalar.

ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCES

III. Ot v sifat v fe'l so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar

Ot v sifat v fe'l so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlardan biri oshiq so'zi quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:

1. Oshiq: hayvonning orqa oyog'ida son bilan boldirni tutashtirib turuvchi so'ngakcha (bolalar o'yinida ishlatiladi) (ot).

2. Oshiq: ortiq, keragidan ko'p (sifat).

3. Oshiq: shoshilmoq (fe'l).

Oshiq so'zi korpus ma'lumotlari va badiiy asarlarda kuzatildi hamda quyidagi ko'rinishlarda uchrashi aniqlandi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Bobom bunga parvo ham qilmasdan, haligi odamni kutib olishga oshiqdi (korpus m-t).

2. Umri davomida 40 yildan oshiq faoliyati Sharqshunoslik institutida o'tdi (korpus m-t).

3. Mening yoshligimda birga oshiq o'ynab, yaxmalak otib o'sgan bir og'aynim bor (Oybek. Tanlangan asarlar).

4. Endi oshiqning ikki dunyosi islomiy, oxirati ulug' (korpus m-t).

Kuzatishlar natijasida quyidagi matematik model hosil bo'ladi:

nAd],V -

I (iV¡ + x)®Had> + X ® I (JV¡ + x), xE [affs" U äff/ l W + dan ©Had] + affSlN Hv + affSlv. HN+l x

(3)

Ot v fe'l v ravish so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlardan biri kech so'zi bo'lib, quyidagi ma'nolarni anglatadi:

1. Kech: kechki payt, kechqurun (ot)

2. Kech: belgilangan vaqtdan ancha keyin (ravish)

3. Kech: 1) birin-ketin o'tmoq;

2) suyuqlik, massa bo'lib harakatlanib o'tmoq;

3) bahridan o'tmoq, da'vo qilmaslikka ahd qilmoq (fe'l).

Kech so'zining gaplar tarkibida turli ma'nolarda uchrashi:

1. Ular orasida kech qolgan abituriyentlar ham ko'pchilikni tashkil qilgan. (korpus m-ti).

2. Kechga borib jala quyib, tong otguncha momaqaldiroq guldirab chiqdi. (Said Ahmad, "Ufq" romani).

3. Bunda sinfdagi doskadan butunlay voz kechilad. (korpus m-ti).

Kuzatuvlar natijasida quyidagi matematik model hosil qilinadi:

'HAdv +1 aff\adv Ф N, i=l..n, aff?dv e aff

•adv {

HAdv+i affiadv e V, i = l..n, affiadv E affh i (N + ning) ф HAdv+l i+J nie V HN+1 afff

(4)

Hv+i aff*

Bu yerda N. - sifat so'z turkumidagi omonim so'z bilan birikishi mumkin bo'lgan ot so'z turkumidagi so'zlar to'plami; Hadj - sifat so'z turkumidagi omonim so'zlar to'plami; x - ot so'z turkumidagi so'zlarga qo'shilishi mumkin bo'lgan qo'shimchalar va sifat darajalarini ifodalovchi qo'shimchalar to'plamlarining birlashmasidan iborat to'plam; i (W+dan) - sifat omonimdan oldingi so'zning -dan chiqish kelishigi qo'shimchasi bilan birikishi mumkinligini anglatadi; affsV va affj - fe'l va ot so'z turkumidagi so'zlarga qo'shilishi mumkin bo'lgan qo'shimchalar to'plami; HAdJV - sifat va fe'l so'z turkumlari orasidagi omonimlik hodisasi. Keltirilgan matematik model yordamida ot v sifat v fe'l so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar farqlanadi.

IV. Ot v fe'l v ravish so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar

Bu mulohaza kech so'zining morfologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tavsiya qilindi. Agar bu kabi olmosh so'zlar asos shaklida uchrasa, u holda, omonim birikuvchilaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

- Kech (ot) + kirdi/bo'ldi/tushdi/.

- Kech (ravish)+edi/.

Bu holda omonim so'zlar bilan birika oladigan so'zlar shakllantirilishi va ma'lumotlar bazasiga kiritilishi lozim.

V. Ot v sifat v predikativ so'zlar orasidagi omonim so'zlar

Ot v sifat v predikativ so'zlar orasidagi omonim so'zlarga chog' so'zi misol bo'la oladi va quyidagicha ma'nolarni anglatadi:

1. Chog': vaqt, payt, on (ot).

2. Chog': chama, taxmin (ot).

3. Chog': hajmi kichik (sifat).

4. Chog': yaxshi, ko'tarinki holatda (predikativ so'z).

Chog' so'zi gaplarda quyidagi ko'rinishlar-da uchrashi kuzatildi:

- Beshikdagi qulog'ingga kirgan mungli va ayni chog'da nurli allami?

- Shu chog' masjid darchasidan pir etib bir juft qush uchib kirdi-yu, Husanning xayoli bo'lindi.

- Hammaning dimog'i chog'.

- Darhaqiqat, birinchi qo'ng'iroq — ko'ngillarni chog' aylaguvchi sado.

- O'g'lim, maoshingizning cho'g'i pastmi deyman-a?

Ot v sifat v predikativ so'zlar orasidagi omonimlikni ularning o'ng va chap birikuvchilari yordamida farqlashni tavsiya qilamiz. Sifat va ot so'z turkumidagi so'zlar bir xil lug'aviy va sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha bilan birikishi mumkin. Badiiy asarlarda o'tkazilgan kuzatuvlar natijasi shuni ko'rsatadiki, bu uchala so'z turkumiga mansub so'zlar jumlalarda asos shaklida ham ko'p uchraydi. Xulosa qilib aytganda, bu turdagi omonim so'zlarning O'zbek milliy korpusi ma'lumotlari, badiiy asarlar va Omonim so'zlarning izohli lug'ati yordamida birikuvchilari to'plami aniqlanadi.

Ot v sifat v predikativ so'zlar orasidagi omonim so'zlarni farqlashda quyidagi so'z guruhlarini tuzish talab qilinadi:

1. Ot so'z turkumiga oid bo'lganda: {shu, ayni, masjid,..}

2. Sifat so'z turkumiga oid bo'lganda: {maosh, past, baland,...}

3. Predikativ so'z bo'lganda: {ko'ngil, dimoq, dil, bo'lmoq,..}

kabi so'z guruhlari shakllantirilishi maqsadga muvofiq.

VI. Ot v ravish v taqlid so'zlar orasidagi omonim so'zlar

Ot v ravish v taqlid so'zlar orasidagi omonim so'zlarga varaq-varaq so'zini misol keltiramiz. Bu so'z quyidagi ma'nolarga ega:

1. Varaq-varaq: juda ko'p varaqlardan iborat bo'lgan, varag'i ko'p (ot).

2. Varaq-varaq: ayn. jaraq-jaraq (ravish).

3. Varaq-varaq: qaynayotgan yoki oqayotgan suyuqlik tovushi haqida (taqlid so'z).

Ushbu so'zning kontekstda uchrashiga namunalar keltiramiz:

1. Aziza maktab yillarida varaq-varaq inshoyozar, kitob o'qir edi.

2. Kimyogar qo'shnimiz bor. Labora-toriyasidagi probirkalardan doim varaq-varaq tovush eshitiladi.

Varaq-varaq so'zi ravish so'z turkumiga mansub shaklida hozirgi paytda jaraq-jaraq so'zi bilan almashgan. Taqlid va ravish so'z turkumlari otlashishini inobatga olib, bu turdagi omonim so'zlarni semantik tahlil qilish omonim so'zning birikuvchilari orqali amalga oshiriladi, deb xulosa qilish mumkin.

VII. Ot v undov v taqlid so'z orasidagi omonim so'zlar

Bu guruhdagi omonimlarga chuv so'zi misol bo'ladi.

1. Chuv: arava o'qining g'ildirakni tutib turuvchi qulog'i (ot).

2. Chuv: qimor o'yinida (to'rt oshiq tanlashda) yutqiziqli holat (ot).

3. Chuv: chu, chuh undov; otni harakatlanishga chaqiruvchi xitob (undov).

4. Chuv: shovqin-suron tovushlarini bildiradi (taqlid so'z).

Cho'pon otlarni chuv-chuv deya daraga haydab ketardi.

Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, chuv so'zi, odatda, takror so'zlar ko'rinishida keladi. Morfologik tahlil qiladigan bo'lsak, undov so'zlar hech qanday qo'shimcha qabul qilmaydi. Bunday hollarda so'zning birikuvchilariga tayanamiz. Ya'ni undov omonim so'z bilan birikishi mumkin bo'lgan so'zlar to'plamini shakllantirishga ehtiyoj seziladi. Demak, bu guruhga mansub omonim so'zlarning faqatgina birikuvchilari yordamida farqlanishi maqsadga muvofiq.

VIII. Ot v sifat v ko'makchi orasidagi omonim so'zlar

Ot v sifat v ko'makchi orasidagi omonimga sari so'zini misol keltiramiz.

1. Sari: 1) malum tomonga qarab.

2) (-gan affiksli sfdsh. bilan) ayn. sayin (ko'makchi).

2. Sari: engyaxshi, sara (sifat).

3. Sari: sariq, sariq rangli (sifat).

ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCES

4. Sari: hind ayollarining yubka shaklida belga bir necha bor o'ralib, bir uchi ro'mol qilib boshga tashlab qo'yiladigan kiyimi (ot).

Sifat otlashish xususiyatiga ega. Shuning uchun so'zlarning ot v sifat so'z turkumiga doir ekanligini birikuvchilari, ko'makchi so'z ekanligi ot v ko'makchi orasidagi omonimlikni farqlovchi matematik model orqali aniqlanadi.

IX. Ot v son v fe'l so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar

Uch so'zi ot v son v fe'l so'z turkumlari orasidagi omonim so'zga misol bo'ladi va quyidagi ma'nolarni anglatadi:

1. Uch: biror narsaning boshlanish yoki tugash qismi.

2. Uch: ikki bilan to'rt orasidagi butun son (son).

3. Uch: 1) havo bo'ylab harakatlanmoq

(fe'l).

2) biror qirrasi cho'rt uzilib tushmoq.

3) beixtiyor berilmoq, laqillamoq.

Kuzatuvlar natijasida quyidagi qoidalar

aniqlandi:

- uch+-i/-iga/-ni/-da © bor/ulamoq/ boshlamoq/turmoq/... (ot)

- uch+-inchi/-nchi/-ta/-tacha/-tadan/-larcha/ ©oy nomlari/dars/uy/... (son)

- uch+-ov/-ovlon/..© gaplashmoq/ko'rish-moq/kelmoq/ketmoq/... (son)

- uch+dan © bir/ikki/uch/to'rt/... (son)

- balandga/osmonga/...©uch (fe'l)

- Toshkentdan/shahardan... © uch (fe'l)

- uch+-ib ©kel/ket/...

- uch+-ar © qush/gilam/...

Yuqoridagi morfologik xususiyatlarni

inobatga olib, son so'z turkumidagi omonim farqlovchi modelni quyidagicha keltirish mumkin:

Hnum +1 affi>rde I (yv£ +1 afflord) I Wldec®Hnum +i a//,ordffi Nf Hnum + affdBa®V

Hnum + dan 9Wnum

N + x, xG [affs "}, i = l..n V + x, x e |a//SlJ|, ] = 1..m

(5)

Bu yerda affagg - jamlovchi qo'shimchalar to'plami; affagg = {-ov, -ovlon, -ala, -ovi, -oviga, -ovloni,..}, W™m - sonlarning nomlaridan ibo-rat so'zlar to'plami; W™m = {bir, ikki, uch,

...}, n=1..23, afford - songa qo'shilib, tartib va miqdorni bildiruvchi qo'shimchalar to'plami; afford = {-nchi, -inchi, -ta, -tacha, -cha, ...}, l E Z.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bu turdagi omonimlarni avtomatik farq-lash uchun ularning har biri bilan birikuvchi so'zlar to'plamini shakllantirish talab qilinadi. Ya'ni son so'z turkumi doirasidagi omonim so'z tartibni ifodalovchi qo'shimchalar qo'shilganda u bilan birikuvchi otlar to'plami, sonlarning nomlaridan iborat to'plam, songa qo'shiluvchi qo'shimchalar to'plami kabi ma'lumotlarni to'plab, ma'lumotlar bazasiga kiritish lozim.

X. Ot v fe'l v taqlid so'z orasidagi omonim so'zlar

Ot v fe'l v taqlid so'z orasidagi omonimlikni farqlashda ham ularning morfologik va lug'aviy xususiyatlari inobatga olinadi.

1. Qiy: qo'yning uzoq tepkilanib, qatlanib yotgan go'ngi (ot).

2. Qiy: biror tomongayotiq holda uzunasiga kesmoq (fe'l).

3. Qiy: odatda, bo'lishsiz shaklda keladi (fe'l).

4. Qiy: qiy-chuv (tartibsiz baqiriq-chaqiriqlar) (taqlidiy so'z).

Qiy so'zi 2 ta fe'l, ot v taqlid so'z ko'rinishlarida uchraydi. Bunday so'zlarni kontekstda farqlash uchun badiiy asarlarda namunalar keltiramiz.

1. Ko'chada qizlarning qiy-chuvi eshitildi. (Said Ahmad, "Ufq" romani, 417-b.).

2. Keyin yeyishga ko'zi qiymagandek avaylab og'ziga soldi ("Ufq" romani, 443-b.).

3. Uchiyirtilsa, qiyib chatib oladi-da. ("Ufq" romani, 581-b.).

4. Issiqxonadagi egatlarga qiy to'kib chiqishdi.

Qiy so'zi taqlid so'z bo'lib kelganda, asosan, qiy-chuv birikmasi ko'rinishida uchraydi. Bundan tashqari, tasdiq so'zlarning morfologik xususiyatiga ko'ra otlashadi, demak, ot bilan taqlid so'zlarni bir-biridan birikuvchilari orqali farqlaymiz. Bilamizki, taqlid so'zlarning miqdori otga nisbatan kamroq. Shu sababli taqlid so'zlar bilan birikishi mumkin bo'lgan so'zlarni to'plash nisbatan osonroq. Fe'l so'z turkumidagi omonimlarni esa qo'shimchalar bilan farqlaymiz. Ushbu mulohazalardan kelib

ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCES

chiqib, quyidagi matematik modelni tavsiya qilamiz:

ГHimit - ®chuv + aff^QWj" Hv,N,imit = i HN + affl<®WkN

Hv + affLv

(6)

Bu yerda Wjmit - mana shu turdagi omonim taqlid so'z bo'lib kelganda, u bilan birikishi mumkin bo'lgan so'zlar to'plami; xuddi shunday W^ - shu turdagi omonim ot so'z turkumiga oid bo'lganda, u bilan birikishi mumkin bo'lgan so'zlar to'plami; ot, fe'l va taqlid so'zlar orasidagi omonimlikni mana shu model yordamida farqlash tavsiya qilinadi.

XI. Undov so'z v fe'l v ravish so'z turkumlari orasidagi omonim so'zlar

Bu guruhga mansub omonim so'zlarga ura so'zi misol bo'la oladi va quyidagi ma'nolarni anglatadi:

1. Ura: hujum qilayotgan jangchilarning jangovarnidosi; ko'tarinkiruh bilan ma'qullash yoki xursandchilikni ifodalovchi nido, xitob (undov so'z).

2. Ura: urmoq fl. rvdsh.(fe'l).

3. Ura: epchillik bilan, tezda (ravish).

Ura so'zini farqlovchi model tuzish uchun

uni morfologik tahlil qilish zarur:

1. Qayerdadir pulemyot tarilladi: yakka miltiq tovushlari, ura sadolari yangradi. (A. Qahhor, "Oltinyulduz") (undovso'z).

2. Demak, ishlarni shunchaki "qog'ozda", "ura-ura"chilik asosida bajarish bilan ish bitmaydi. (korpus m-ti) (undovso'z).

3. Ko'chalardan birining nomini eshitgan-da, yigitning tomiri yana tez ura boshlabdi. (korpus m-ti) (fe'l).

4. Bola bilan men qopqon tomon ura qochdik. (N. Safarov, "Olovli izlar") (ravish).

5. Nigora maosh olishi bilan ura solib uyiga jo'naydi. (P. Tursun, "O'qituvchi") (ravish).

Keltirilgan gaplardan quyidagi matematik model hosil bo'ladi:

He,v,a<iv —

,Adv^ solmoq

HAav® ,

qochmoq

Hv @V\{qochmoq, solmoq}

HE+l affN

HE,®HB

(7)

Ushbu matematik model yordamida undov so'z, fe'l va ravish so'z turkumlari orasidagi omonimlik farqlanadi.

Tadqiqot natijalari tahlili O'zbek tilidagi omonim so'zlarni farqlov-chi matematik modellar yordamida algortimlar ishlab chiqildi. Algoritmlar asosida omonim so'zlarni semantik tahlil qiluvchi axborot tizimi yaratiladi. Semantik analizatorning ishlash algoritmi BPMN notatsiyaning [16, 10-22-b.; 17], imko-niyatlaridan foydalangan holda quyidagi 2-rasmdagi kabi loyihalashtirildi.

_

So Matnni gaplarga Gaplarni so'zlarga

Matn kiritish ajratish ajratish

Omonim, polifunksional va omonim so'zlarni bormi

Omonim so'zlarni Polifunksional Polisemantik

aniqlash so'zlarni aniqlash so'zlani aniqlash

a

Natijalacni e'lon

qilish

So'z:

So'zning turi: So'z turkumi: So'zning izohi:

2-rasm. O'zbek tili semantik analizatori jarayonining modeli

Ha

ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCES

Biznes-jarayon modelida keltirilgan omonim so'zlarni aniqlash jarayoni ham, o'z navbatida, bir necha jarayonni o'z ichiga oladi. Tadqiqotchi Sh. Gulyamova o'zbek tilidagi omonimlarni ikkita: bir so'z turkumi doirasidagi omonim so'zlar va turli so'z

turkumlari doirasidagi omonim so'zlar kabi guruhlarga ajratib, lingvistik modellashtirgan [18, 326-334-b.]. Yaratilayotgan axborot tizimi shu lingvistik modellarga asoslanadi. 3-rasmda omonim so'zlarni aniqlovchi biznes-jarayon tasvirlangan.

Omonim

so'zlarni

aniqlash

t

ha-

Omonim so'zni tu rkumini aniqlash

Bitta so'z turkumi doirasidagi omonin so'zni farqlash

a

So'z turkumlari soni bittami

So'z turkumlari soni ikkitami

So'z turkumlari soni uchga tengmi?

ha-

To'rtta so'z

turkumi doirasidagi omonimlikni

aniqlash

niqlas

-ha-

< \ Uchta so'z

turkumi

doirasidagi

omonimlikni

aniqlash , ,

Я-

f > a

Turli so'z turkumi

doirasidagi

omonin so'zni

farqlash ^ ,J

Ikkita so'z turkumi doirasidagi omonimlikni aniqlash

niqlas

Natijani e'lon qilish

6

3-rasm. Omonim so'zlarni aniqlovchi jarayon algoritmi

Axborot tizimining uch so'z turkumi doirasi-da omonimlik hosil qiluvchi so'zlar ma'nolarini farqlash algoritmi 4-rasmda keltirilgan.

4-rasmda keltirilgan jarayonlarning bajarilishi maqolada keltirilgan matematik modellar asosida amalga oshiriladi.

ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCES

ГЬ

Uchta so'z turkumi doirasidagi omonimlikni farqlovchi matematik modellar

Ti=ot T2=sifat T3=fe'l

Ti=ot T2=sifat T3=ravish

Ot v sifat v fe'l

orasidagi omonimlikni aniqlash

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ot v sifat v ravish orasidagi omonimlikni aniqlash

Ti=ot T2=fe'l T3=taqlid so'z

Ti=ot T2=undov T3=taqlid so'z

Ot v undov v taqlid Ot v otoosh v fe'l Undov v fe'l v

omonimlikni omonimlikni orasidagi omonimlikni

Ti=ot T2=sifat T3=predikativa

Ti=ot T2=sifat

T3=ko'makchi

K>

ha ha ha

omonimlikni

Ti=ot T2=olmosh T3=fe'l

Ti=undov Tj=fe'l T3=ravish

Ot v sifat v predikative orasidagi omonimlikni aniqlash

Ot v sifat v ko'makchi orasidagi omonimlikni aniqlash

omonimlikn

Ot v fe'l v olmosh

omonimlikni aniqlash

omonmlikni

Ti=ot Tffe'l

T3=ravish

Ti=ot Tj=fe'l T3=olmosh

Ti=ot T2=son T3=fe'l

Natijalarni e'lon qilish

>0

4-rasm. Uchta so'z turkumi doirasidagi omonimlikni aniqlash algoritmi

Xulosalar

O'zbek tili semantik analizatorida omonim so'zlarni aniqlash va ma'nolarini farqlashda matematik modellarga tayaniladi. Turli so'z turkumi doirasida kuzatiladigan omonimlarni lingvistik yoki matematik modellashtirish ularning aynan qaysi so'z turkumlari doirasida omonimlik hosil qilishini aniqlashni talab qiladi [19, 53-67-b.]. Ba'zan ism tarkibiga kirmaydigan so'z turkumlari ham xuddi ismlarga xos lug'aviy va sintaktik shakllarni qabul qilishi mumkin. Bunday holatlarda sintaktik omil yetakchi o'ringa chiqib, birikuvchanlik tamoyili asosida farqlanadi va shunga muvofiq modellashtiriladi.

Ishlab chiqilgan matematik model va algoritmlar asosida matn tarkibidagi uchta so'z turkumi doirasidagi omonim so'zlarni semantik tahlil qiluvchi dasturlar yoziladi va semantik analizatorning omonimlarni aniqlash moduliga biriktiriladi. Ayni kunlarda yaratilayotgan semantik analizator axborot tizimi nafaqat omonim so'zlar, balki polisemantik va polifunksional so'zlarning ma'nolarini farqlashga xizmat qiladi. O'zbek tili semantik analizatori foydalanuvchilarga matnlardagi omonim, polifunksional va polisemantik so'zlarni ajratib olish, ularning so'z turkumi va ma'nosini aniqlashga yordam beradi.

REFERENCES

1. OndreyP., Miloslav K. UlsaNA [Universal language semantic analyzer]. International Conference Recent Advances in Natural Language Processing. RANLP, 2019. DOI: 10.26615/978-954-452-056-4_112/.

2. Goyal Ch. Part 9: Step by Step Guide to Master NLP - Semantic Analysis. Available at: https://www. analyticsvidhya.com/blog/2021/06/part-9-step-by-step-guide-to-master-nlp-semantic-analysis/.

3. Kustova G.I., Lyashevskaya O.N., Paducheva E.V., Rakhilina E.V. Semanticheskaya razmetka leksiki v Nasionalnom korpuse russkogo yazyka: prinsipy, problemy, perspektivy [Semantic markup of

vocabulary in the National Corpus of the Russian language: principles, problems, prospects]. National Corpus of the Russian Language, 2003-2005. Results and prospects. Moscow, Indrik, 2005, pp. 155-174 .

4. Kobrisov B.P., Kustova G.I., Lyashevskaya O.N., Shemanaeva O.Yu. Rakhilina E.V., Mnogoznachnost kak prikladnaya problema: semanticheskaya razmetka v Nasionalnom korpuse russkogo yazyka [Ambiguity as an applied problem: semantic markup in the National Corpus of the Russian language]. Computational Linguistics and Intelligent Technologies: Proceedings of the International Conference "Dialogue-2006". Moscow, 2006, pp. 445-450 .

5. Kukanova V.V. Prinsipy semanticheskoi razmetki nasionalnogo korpusa kalmyskogo yazyka [Principles of semantic markup of the national corpus of the Kalmyk language]. Available at: http:// kalmcorpora.ru/sites/default/files/kukanova_25.pdf/.

6. Kretov A.A. Analysis of semantic labels in the NKRS. Available at: http://ruscorpora.ru/ sbornik2008/11.pdf/.

7. Аникин А.Е. Opyt semanticheskogo analiza praslavyanskoi omonimii na indoevropeiskom fone [The experience of the semantic analysis of Proto-Slavic homonymy against the Indo-European background]. Abstract of PhD thesis. Moscow, 1983.

8. Ermolaeva I.E. Semanticheskoe varirovanie dialektnogo slova v russkikh govorakh Bashkirii: V svyazi s problemoi razgranicheniya polisemii i omonimii [Semantic variation of the dialect word in the Russian dialects of Bashkiria: In connection with the problem of distinguishing between polysemy and homonymy]. Abstract of PhD thesis. 2000.

9. Abjalova M.A. O'zbek tilidagi matnlarni tahrir va tahlil qiluvchi dasturning lingvistik modullari (Rasmiy va ilmiy uslubdagi matnlar tahriri dasturi uchun) [Linguistic modules of the program for editing and analyzing texts in the Uzbek language (for the program of editing texts in the official and scientific style)]. PhD thesis. Fergana, 2019, 164 p.

10. Ahmedova D. Atov birliklarini o'zbek tili korpuslari uchun leksik-semantik teglashning lingvistik asos va modellari [Linguistic bases and models of lexical-semantic tagging of Atov units for Uzbek language corpora]. PhD thesis. Bukhara, 2020, 163 p.

11. Hamroyeva Sh. O'zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari [Linguistic bases of Uzbek language authorship corps]. PhD thesis. Karshi, 2018, 250 p.

12. Xoliyorov O'. O'zbek tili ta'limiy korpusini tuzishning lingvistik asoslari [Linguistic bases of formation of Uzbek language educational corps]. Abstract of PhD thesis. Termez, 2021, pp. 16-52.

13. Gulyamova Sh.Q., Ahmedova X.I. O'zbek tili semantik analizatori uchun omonim so'zlar ma'lumotlar bazasini shakllantirish masalasi xususida [On the formation of a database of homonymous words for the semantic analyzer of the Uzbek language]. So'z san'ati xalqaro jurnali -International Journal of Word Art, Tashkent, 2021, vol. 4, iss. 3, pp. 326-334. DOI: 10.26739/21819297/.

14. Axmedova X.I. Mathematical models that distinguish homonymy in the framework of a word series. Electronic journal of actual problems of modern science, education and training, 2021, October, no. 10/1. ISSN 2181-9750/.

15. Koptelov A.K. Biznes-trener. BPMN dlya resheniya analiticheskikh zadach [Business coach. BPMN for solving analytical problems]. Available at: https://www.omg.org/spec/BPMN/2.0/PDF/.

16. Object Management Group Business Process Model and Notation. Available at: https://www. bpmn.org/.

17. Gulyamova Sh.Q. Semantik analizatori uchun omonimlikni farqlash omillarining ayrim masalalari xususida [On some issues of homonymous differentiation factors for the semantic analyzer]. Promising youth of Uzbekistan. Republican scientific-practical conference, no. 6.

18. Anastasia M., Vladimir M. Mathematical model of an ontological-semantic analyzer using basic ontological-semantic patterns. Lecture Notes in Computer Science (including subseries Lecture Notes in Artificial Intelligence and Lecture Notes in Bioinformatics), 2017. DOI: 10.1007/978-3-319-62434-1_5/.

19. Rakhilina E.V., Kustova G.I., Lyashevskaya O.N., Reznikova T.I., Shemanova O.Yu. Zadachi i prinsipy semanticheskoi razmetki leksiki v NKRYa [Tasks and principles of semantic markup of vocabulary in the NCRL]. National corpus of Russian language: 2006-2008. New results and perspectives. Ed. V.A. Plungyan. St. Petersburg, Nestor-Istoriya, 2009, pp. 215-239 .

ТЕХНИКА ФАНЛАРИ ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ TECHNICAL SCIENCES

20. Andrey K., Ilona K. Clustering of word contexts as a method of eliminating polysemy of words]. Proceedings of the 2019 IEEE Conference of Russian Young Researchers in Electrical and Electronic Engineering, ElConRus 2019. DOI: 10.1109/EIConRus.2019.8656851/.

21. Bona J.P., Ceusters W. Mismatches between major subhierarchies and semantic tags in SNOMED CT. Journal of Biomedical Informatics, 2018. DOI: 10.1016/j.jbi.2018.02.009/.

22. Lyashevskaya O.N. Topologicheskie klassy imen v semanticheskoi razmetke Nasionalnogo korpusa russkogo yazyka [Topological classes of names in the semantic markup of the National Corpus of the Russian language]. Corpus Linguistics-2008. Trudy mejdunarodnoy konferensii. St. Petersburg, 20086 October 6-10. St. Petersburg State University, 2008, pp. 276-284.

23. Kobrisov B.P., Lyashevskaya O.N., Shemanaeva O.Yu. Poverkhnostnye filtry dlya razresheniya semanticheskoi omonimii v tekstovom korpuse [Surface filters for resolving semantic homonymy in a text corpus].

24. Kobrisov B.P. Modeli mnogoznachnosti russkoi predmetnoi leksiki: globalnye i lokalnye pravila razresheniya omonimii [Models of the ambiguity of Russian subject vocabulary: global and local rules for resolving homonymy]. Abstract of PhD thesis. Moscow, Russian State University for the Humanities,

25. Kusal K. Formal'nye i semanticheskie sblizheniya v sfere russko-pol'skoi mezh"yazykovoi omonimii [Formal and semantic convergence in the field of Russian-Polish interlingual homonymy]. Studia Rossica Posnaniensia, 2021, no. 46 (1), pp. 101-114. DOI: 10.14746/strp.2021.46.1.8/.

26. Kobozeva I.M., Narinyani A.S., Selegei V.P. Kompyuternaya lingvistika i intellektualnye tekhnologii [Computational Linguistics and Intelligent Technologies]. Proceedings of the international conference Dialogue 2005. Moscow, 2005.

Taqrizchi: Aloyev R., f.-m.f.d., "Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari" kafedrasi professori, O'zMU.

2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.