Научная статья на тему 'TUZ(0,9% KONSENTRATSIYALIK), OQSIL VA MODEL SUYUQLIKLARNING SUVSIZLANISH KINETIKASI'

TUZ(0,9% KONSENTRATSIYALIK), OQSIL VA MODEL SUYUQLIKLARNING SUVSIZLANISH KINETIKASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
60
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biologik suyuqlik / kristallanish / bug‘lanish. / Биологическая жидкость / кристаллизация / испарение.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ergashev, Erkinjon Abdusattor O‘G‘Li

Biologik suyuqlikning kristallanishi bo‘yicha tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari kristallanishning suyuqlik tarkibida mavjud bo‘lgan moddalar va ularning miqdorlariga bog‘liq holda o‘zgarishini aniqlashdan va biologik suyuqliklarning suvsizlanish jarayonida sodir bo‘ladigan, molekulalararo tarkiblanish jarayonini axborot berish imkonini o‘rganishdan iborat. Ilm-fan sohasida erishilgan ko‘plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so‘lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КИНЕТИКА ДЕГИДРАТАЦИИ СОЛИ (0,9% КОНЦЕНТРАЦИЯ), БЕЛКА И МОДЕЛЬНЫХ ЖИДКОСТЕЙ

Основными направлениями исследований кристаллизации биологических жидкостей являются определение изменений кристаллизации в зависимости от присутствующих в жидкости веществ и их количества, а также изучение процесса межмолекулярного состава, происходящего при обезвоживании биологических жидкостей и дающего информацию. . Многочисленные научные данные позволяют сделать вывод о том, что биологическая жидкость человека (слюна) является уникальным веществом с большим потенциалом для использования в фундаментальных исследованиях и медицинской диагностике.

Текст научной работы на тему «TUZ(0,9% KONSENTRATSIYALIK), OQSIL VA MODEL SUYUQLIKLARNING SUVSIZLANISH KINETIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TUZ(0,9% KONSENTRATSIYALIK), OQSIL VA MODEL SUYUQLIKLARNING SUVSIZLANISH KINETIKASI

Ergashev Erkinjon Abdusattor o'g'li

Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston. +998911233818 E-mail: erkinjonebk@mail.ru

ANNOTATSIYA

Biologik suyuqlikning kristallanishi bo'yicha tadqiqotning asosiy yo'nalishlari kristallanishning suyuqlik tarkibida mavjud bo'lgan moddalar va ularning miqdorlariga bog'liq holda o'zgarishini aniqlashdan va biologik suyuqliklarning suvsizlanish jarayonida sodir bo'ladigan, molekulalararo tarkiblanish jarayonini axborot berish imkonini o'rganishdan iborat.

Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so'lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga yordam beradi.

Kalit so'zlar: Biologik suyuqlik, kristallanish, bug'lanish.

АННОТАЦИЯ

Основными направлениями исследований кристаллизации биологических жидкостей являются определение изменений кристаллизации в зависимости от присутствующих в жидкости веществ и их количества, а также изучение процесса межмолекулярного состава, происходящего при обезвоживании биологических жидкостей и дающего информацию. .

Многочисленные научные данные позволяют сделать вывод о том, что биологическая жидкость человека (слюна) является уникальным веществом с большим потенциалом для использования в фундаментальных исследованиях и медицинской диагностике.

Ключевые слова: Биологическая жидкость, кристаллизация, испарение.

KIRISH

Hozirgi kunda diagnostik maqsadlar uchun biologik suyuqlik (so'lak)ni tahlil qilish istiqbollarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Biologik suyuqlik(so'lak) tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo'lib shu bilan birga, og'iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin va organizm reaktivligining

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 11

educational, natural and social sciences ------- IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor " ASI Factor = 1.7

ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog'liq holda bug'lanish jarayonida bo'ladigan fizikaviy o'zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo'llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o'rganila boshlangan dolzarb muammolardan biridir. Ma'lumki, tuzilish va funktsiya o'rtasidagi munosabatlar tushunchasi fizika, biologiya va tibbiyotda markaziy o'rinni egallaydi. Biroq, zamonaviy biologiya va tibbiyotda morfologik yondashuv asosan hujayra elementlariga qaratilgan bo'lsada, klinik tibbiyot manfaatlari uchun biologik suyuqliklarning strukturaviy tahlili muammosi tadqiqotchilar tomonidan haqiqatda e'tiborga olinmagan.

Tadqiqot Maqsadi. Tadqiqotning maqsadi tomchi shaklidagi suvsizlanish ya'ni qattiq fazaga o'tish jarayonida biologik suyuqliklarni strukturalashtirishning asosiy mexanizmlarini eksperimental va nazariy asoslash, biologik suyuqliklarning qattiq fazasidagi tarkibiy o'zgarishlarning tabiatini aniqlash, avtomatlashtirilgan tahlil algoritmlarini yaratish, biologik suyuqliklarning qattiq fazasining strukturaviy portretida patologik holatlarning morfologik belgilarini aniqlash.

Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlik (so'lak)ning tomchi ko'rmishini oluvchi ma'lum miqdorini bug'lanishi jarayonida bo'ladigan fizik jarayonlar va bug'langanidan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi.

Biologik suyuqlik(so'lak) organizmdagi inson DNKlari va klinik tahlillarini o'rganish uchun manba bo'lishi mumkin chunki so'lakdagi muayyan molekulalarning tarkibi ularning qondagi konsentratsiyasini aks ettiradi. Turli laboratoriya testlari uchun so'lakni qo'llash, ayniqsa, bolalar va qariyalarda sinab ko'rishda qonni ishlatishdan ancha soddaroq, xavfsizroq va arzonroq.

Tadqiqot usuli. Har kuni odamda 1-1,2 litrgacha biologik suyuqlik (so'lak) ajraladi. Biologik suyuqlik (so'lak) tarkibidagi anorganik moddalarda natriy, kaliy, kalsiy, va boshqa mikroelementlar uchraydi. Biologik suyuqlik (so'lak) tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan va tuzlardan iborat. Biologik suyuqliklarning bug'lanishi va qattiq fazasining tuzilishini o'rganish uchun quyidagi uslub ishlab chiqildi. Hajmi 2 mm3-5 mm3 oralig'ida bo'lgan biologik suyuqlik gorizontal ravishda gorizontal holda joylashgan yassi oynaga tomiziladi. Bir tomchisining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

diametri 2-5 mm oralig'ida, temperetaurasi esa 20-25 °C oralig'ida va nisbiy namlikni o'zgartirmagan holda kuzatiladi.

Biologik suyuqlikning shisha oynaga tomchi ko'rinishida joylashtirib (1-rasm, gorizontal holatdan qaralganda ko'rinishi) dastlabki ko'rinishdan boshlab qattiq faza holatiga kelgunigachor bo'lgan oraliqdagi jarayon birinchi marta o'rganildi.

Suyuqlikning bir tomchisi toza shisha oyna sirtiga joylashtirilsa, bug'lanish jarayonida uning balandligi pasayib boradi, asosining diametri quritish paytida o'zgarmaydi bug'lanish jarayonida uning sirtidan suyuqlik chiqib ketishi natijasida qolayotgan suyuqlikning ko'rinishi 2(a)-rasmdagi shaklida emas, balki 2(b)-rasmdagi ko'rinish holatini oladi.

Tekshiruv obyekti. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko'rinishini oluvchi ma'lum miqdorini quritilgandan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi.

Bizning maqsadimiz biologik suyuqliklarning suvsizlanish jarayonida sodir bo'ladigan, uning tarkibiga bog'liq ravishda molekulalararo tarkiblanish jarayonini axborot berish imkonini o'rganishdan iborat.

Tekshirishlarning obyekti bo'lib biologik suyuqlik 0,9%, lik konsentratsiyali NaCl aralashmasi hamda 10%, lik konsentratsiyali albumin(oqsil) suyuqliklari va ular yordamida aralashma hosil qilinib namuna sifatida olindi

Tadqiqot natijalari.

h (mm3)

Bug'lanish jarayonida hajm pasayishi

2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 Í2(nfHn • 75% Albumin(10%)+25% NaCl (0,9%), —•— 50% Albumin(10%)+50% NaCl (0,9%), —•— 25% Albumin(10%)+75% NaCl (0,9%),

- 100% Albumin! 10%)

100 % NaCl (0,9

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Yaqin vaqtgacha biologiya va tibbiyotda morfologiya tushunchasi faqat hujayra to'qimalariga taalluqli edi va biologik suyuqliklar (qon zardobi, ko'z yoshlari, og'iz suyuqligi(so'lak), va boshqalar) morfologik tadqiqotlar doirasidan tashqarida edi. Biroq, so'nggi yillarda ishlab chiqilgan biologik suyuqliklarni o'rganish fizik usullari bu munosabatni o'zgartirishga imkon berdi. Aniqlanishicha, odatda biosuyuqliklarda qattiq fazada tegishli sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan ma'lum tuzilmalar ko'rinishida mustahkamlangan tartib mavjud. Shu bilan birga, tananing patologik sharoitlari ushbu tartibni sezilarli darajada buzilishiga olib keladi. Natijada, tuzilmalar diagnostik belgilar sifatida qaraladigan yangi xususiyatlarga ega bo'ladi.

Biologik suyuqlik tomchisini suvsizlantirish jarayonini o'rganishda uning hajmi va sirti o'zgarishini o'rganish ilk bor tajribada amalga oshirildi va buning natijasida biologik suyuqlik(so'lak) tarkibida mavjud bo'lgan moddalar (0,9% konsentratsiyali NaCl eritmasi va 10% konsentratsiyadagi oqsil)ning miqdori o'zgarishi natijasida uning suvsizlanishda vaqt o'tishi bilan suyuqlik hajmi turlicha kamayishi, suvsizlanish jarayonining vaqti turlicha bo'lishi kuzatildi .

Ushbu ishning fan va amaliyotga qo'shgan muhim hissasi shundaki, u klinik diagnostikada fizik-matematik yondashuvlar tamoyillarini ishlab chiqadi, bu nafaqat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

biokimyoviy tadqiqotlar ma'lumotlarini to'ldiradi, balki tizimli ravishda prinsipial jihatdan yangi diagnostika ma'lumotlarini olish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Камолова, М. (2022). МЕХАНИЗМ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ НОСИТЕЛЕЙ ЗАРЯДА С ЗАРЯЖЕННОЙ ГРАНИЦА КРИСТАЛЛИТОВ В ПОЛИКРИСТАЛЛАХ МЕТОДОМ ИЗУЧЕНИЯ ПОПЕРЕЧНОГО ЭФФЕКТА НЕРНСТА-ЭТТИНГСГАУЗЕНА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 129-134.

2. Qoraboyev, M. Q., Onarqulov, K. E., Ergashev, E. A. O. G. L., & Nazirjonov, S. B. O. G. L. (2022). KICHIK HAJMGA EGA BO 'LGAN SUYUQ MODDALARNING (NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH KINETIKASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 42), 933-941

3. Kamolova, M. M., & Usmonov, I. M. (2022). INVESTIGATION OF PHOTOELECTRIC PROPERTIES OF THIN FILMS BASED ON CDTE. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 1(5), 241-244.

4. Краевой, С. А., & Колтовой, Н. А. (2013). Диагностика по капле крови. Кристаллизация биожидкостей. Книга, 1, 67-71.

5. Karabayevich, K. M., Abdusattor-ugli, E. E., & Muxtorovna, G. N. (2021). Evaluation of the degree of crystallization of biological fluid (Saliva). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1032-1036.

6. Камакин, Н. Ф., & Мартусевич, А. К. (2003). Современные подходы к кристаллоскопической идентификации состава биологических жидкостей организма человека. Экология человека, (5), 23-25.

7. Ugli, O. B. U., Ugli, E. E. A., & Ugli, H. H. A. (2022). Possible for alloying taking and inspection of thermoelectric materials in Quartz cracks.

8. Qoraboyev, M. Q., Onarqulov, K. E., Ergashev, E. A. O. G. L., & Nazirjonov, S. B. O. G. L. (2022). KICHIK HAJMGA EGA BO 'LGAN SUYUQ MODDALARNING (NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH KINETIKASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 42), 933-941.

9. Karabaev, M. K., & Ergashev, E. A. (2019). Effect of Sodium Chloride on Morphology Self-Organization of Saliva During Their Dehydratation.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. Маловская, Е. А., Голованова, О. А., Панова, Т. В., Герк, С. А., & Осинцев, В. А. (2013). Кристаллизация фосфатов кальция из прототипов биологических жидкостей на костных образцах. Бутлеровские сообщения, 36(10), 21-28.

11. Голованова, О. А., & Корольков, В. В. (2018). Математическое моделирование кристаллизации малорастворимых соединений в биожидкости. Вестник Омского университета, 23(4), 87-92.

12. Бельская, Л. В., Голованова, О. А., Шукайло, Е. С., & Турманидзе, В. Г. (2011). Экспериментальное исследование кристаллизации биологических жидкостей. Вестник ОНЗ РАН, 3(6012).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.