Научная статья на тему 'TUTASH TOMIRLARDA OQQAN NAVOLAR (OZARİY, TURK DİVANİYLARİ VA BAXSHİ KUY-NOMALARİ MİSOLİDA)'

TUTASH TOMIRLARDA OQQAN NAVOLAR (OZARİY, TURK DİVANİYLARİ VA BAXSHİ KUY-NOMALARİ MİSOLİDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
51
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Oshiq / epos / Divani / Baxshi / kuy-noma / sinkretik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Botir Jumaniyazovich Matyoqubov

Maqolada Oshiqlar ijodi qadimiy an’analarga boy ekanligi haqida hikoya qilinadi. Bugungi kunda Ozarbayjon va Turkiyada turli oshiqlik maktablari mavjud bo’lib, ularda shogirdlar tayyorlash ishi muntazam yo’lga qo’yilganligi, musiqashunos olimlar tomonidan oshiqlarning doston divaniylari kuy va nag’malari tadqiq qilinayotganligi e’tirof etiladi. Shuningdek, Turk dostonlarining divaniylari ro’yxati keltiriladi va ularni Surxon-Sherobod, Samarkand-Bulung’ur, Xorazm va Qaraqolpoq doston kuy-nomalari bilan taqqoslab, oshiq qo’ltuq sazi hamda dutor pardalari tizimi ila qiyosiy solishtiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUTASH TOMIRLARDA OQQAN NAVOLAR (OZARİY, TURK DİVANİYLARİ VA BAXSHİ KUY-NOMALARİ MİSOLİDA)»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022

TUTASH TOMIRLARDA OQQAN NAVOLAR (OZARiY, TURK DiVANiYLARi VA BAXSHi KUY-NOMALARl MiSOLiDA)

Botir Jumaniyazovich Matyoqubov shavkat7821 @mail.ru O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotasiya: Maqolada Oshiqlar ijodi qadimiy an'analarga boy ekanligi haqida hikoya qilinadi. Bugungi kunda Ozarbayjon va Turkiyada turli oshiqlik maktablari mavjud bo'lib, ularda shogirdlar tayyorlash ishi muntazam yo'lga qo'yilganligi, musiqashunos olimlar tomonidan oshiqlarning doston divaniylari kuy va nag'malari tadqiq qilinayotganligi e'tirof etiladi. Shuningdek, Turk dostonlarining divaniylari ro'yxati keltiriladi va ularni Surxon-Sherobod, Samarkand-Bulung'ur, Xorazm va Qaraqolpoq doston kuy-nomalari bilan taqqoslab, oshiq qo'ltuq sazi hamda dutor pardalari tizimi ila qiyosiy solishtiriladi.

Kalit so'zlar: Oshiq, epos, Divani, Baxshi, kuy-noma, sinkretik

FLOWING MELODIES IN ADJACENT VESSELS (IN THE EXAMPLE OF DIVANI AND KUY-NAME AZERS AND TURKS BAKHSHI)

Batir Jumaniyazovich Matyakubov shavkat7821 @mail.ru Uzbekistan State Conservatory

Abstract: The article tells that the work of ashiks is rich in ancient traditions, that currently there are schools in Azerbaijan and Turkey that train ashiks, research is being conducted by musicologists in the field of ashiks' divanies, and melodies and nagmas are being studied. There is also a list of divanies of the Turkish epic, their relative comparison with the melodies of Surkhan-Sherabad, Samarkand-Bulungur, Khorezm and Karakalpak epics, as well as the similarity of the music of ashiks and Dutar notes.

Keywords: Ashik, epic, Divaniy, Bakhshi, melody, syncretic

Bugungi kunda har bir xalqning qadimiy an'analarini qayta tiklash, milliy qadriyatlariga qaytish dolzab mavzulardandir. Bir xalqning boshqa xalqlar bilan munosabatlarida tili, dini, madaniyati, san'ati o'ziga xos xususiyatlarini ko'z qorachig'iday asrash va rivojiga hissa qo'shish zamonimizning asosiy masalalaridan bo'lib qolmoqda. Ayniqsa 2021 yil 16-dekabrda UNESKOning nomoddiy madaniy merosni asra§ hukumatlararo komitasi tomonidan baxshichilik san'ati insoniyatning

nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilganligi bu masalaning naqadar muhim ekanligini yanada tasdiqlaydi.

Ushbu maqolani sarlavhada ko'rsatilganidek ozariy hamda turk oshiqlari divaniylari va baxshi kuy-nomalariga bir nazar tashlash bilan boshlamoqchimiz.

Oshiqlar ijodi qadimiy an'analarga boy, keng qamrovga va milliy o'zligiga ega bo'lgan san'atdir. Qadim davrlardan beri oshiq musiqashunosligi Ozarbayjon xalqining hayot tarzi va kundalik turmushida, to'ylarida, xursandchilik kunlari va bayramlarida, xalqqa xizmat qilib ma'naviy dastak bo'lib kelgan.

Bugungi kunida oshiqlik san'ati va oshiqlarining, ustoz-shogird an'analarini asrab kelinishi, targ'iboti va kelajak avlodlarga qoldirish yo'lidagi izlanishlar Turk va Ozarbayjon folklorshunos va musiqashunos olimlarining doim diqqat markazidadir. Hozirgi davrda oshiqlarning maxsus maktablarda yetishtirilishi, boy madaniy yo'nalishining o'ziga xos, tarixiy-geografik mahalliy uslublarining o'rganilishiga katta imkon yaratilgan. Ozarbayjon oshiqlik san'ati bugungi kunda xonandalik va sozandalik yo'nalishida ustoz-shogird an'analarining kuy va nazm bog'liqligi an'analarini amaliy shaklda davom ettirmoqda.

Oshiqlik san'atining bir qancha ijtimoiy ilm sohalari tarafidan obyektiv shaklda o'rganilishi tasodif emas. Chunki, tarixiy va boy an'analarga ega bo'lgan oshiqlik sinkretik - aralash san'atdir. Ayni paytda, bu xususiyat oshiqlik san'ati xalqning badiiy tafakkuri, tili, folklori, nazariy va amaliy she'riyati, kuy va maqom tafakkuri, qo'shiqchilik va raqs san'ati, marosimlari, odatlari va xalq teatri bilan birlikda yetib kelgan deyishga asos bo'ladi. Boshqa tarafdan, sinkretik san'at bo'lishi bilan birga, o'zida badiiy ijodkorlik, musiqa, til va she'riyatning mazmuni, shakli va ritm-usuli aloqalarini bo'linmas shaklda o'z ichiga oladi. Oshiqlik san'ati musiqashunoslarning doimiy diqqat markazida bo'lib kelgan va ularning kuzatishi, tahlili borasida muayyan yutuqlar va tajribaga erishganlar. Bulardan, Ozarbayjon musiqasining zabardast san'atkorlari Uzeyir Hojibeyli "Go'ro'g'li" operasida oshiqlar san'ati divaniylaridan unumli foydalangan. Qara Qarayev 3-simfoniyaning ikkinchi qismida "Tajnis" soz shakllariga novatorloik bilan yondashgan.

Oshiqlikning musiqashunoslikga oid ilk ilmiy - tadqiqoti va tahlili borasida mashhur olum Omina Eldorova dissertatsiya himoyasini amalga oshirgan. Uning maqolalari, monografiyalari oshiqlik musiqasining ilmiy o'rganilishi yo'lid a muhim ahamiyatga egadir.

San'at sohasida o'z xizmatlari bilan elga tanilgan, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Tariel Mammedovning oshiqlik musiqasining nazariy tahlilidagi tadqiqotlarini o'ziga xos tarzda qayd etish joiz. Tariel Mammedovning an'anaviy oshiq kuylarining notaga solinishi, nashri, tadqiqoti va tashviqoti yo'nalishida muvaffaqiyatli faoliyati oshiqlik musiqasining ilmiy jihatdan o'rganilishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Muallifning oshiqlik san'atiga bag'ishlagan "Go'ro'g'li kuylari" nomli ilmiy

monografiyasi an'anaviy oshiq kuylarining nazariy-tahliliy metodini yaratishga muvaffaq bo'lgan.

Ozarbayjon oshiqlik kuylarining ilmiy tamoyillari bilan o'rgatish uslubiyatini san'atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Komila Dadashzada tomonidan tatbiq etilgan. Shu jumladan, san'atshunoslik doktori îlg'or Imomverdiyevning maqola, monografiya, dissertatsiya va nota to'plamlari oshqlik musiqasining o'rganilishida navbatdagi ilmiy yutuqlardandir.

Chapdan o 'ngga: Ardahan universiteti dosenti Tamila Aliyeva, Gaziantep konservatoriyasi tor sinfi professori doktor Ilg 'or Imomverdi va satrlar muallifi Botir Matyoqubov (2019 yil Ardahan (Turkiya) universiteti)

Musiqashunos olim N.Rahimbeylining 2009-yilda yozgan "Ozarbayjon dostonlarining melo-poetikasi" nomli asari ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu tadqiqotchi olimlar bastakor va oshiqlik musiqasining ichki xususiyatlari, dostonlardagi kuy repertuari, dolzarb ilmiy masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib borganlar. Shu bilan birgalikda, kuylarni notaga ko'chirish orqali nashr ettirgan olimlardir.

Bugungi kunida Ozarbayjon xalq professional musiqasining o'rganilishi musiqashunoslik fanining asosiy maqsad va vazifalaridan biridir. Xususan, so'nggi davrda oshiqlik san'ati bilan bog'liq qiziqarli tadqiqotlar xalqaro musiqashunoslarning ham diqqatini jalb etmoqda. Ozarbayjon oshiqlik san'ati 2009-yilda UNESCOning ma'naviy me'ros ro'yxatiga kiritilganligi milliy musiqiy madaniyatining katta yutug'i bo'ldi albatta.

Fikrimizni dalillagan holda, shuni ham qayd etish joizki, Ozarbayjon xalq musiqasining o'rganilishida, musiqiy-nazariy xususiyatlari va matn shakllarining ochilishida, maqom san'ati bilan yonma-yon oshiqlik musiqasining o'rganilishi ham muhim jabhalardan biri hisoblanadi. Ozariylarda doston kuylari divaniy, mag'ni kabi kalimalar bilan ifodalanadi. Doston kuylari ba'zi manbalarda 193 ta va undanda ortiq ekanligi ta'riflanadi. Shuningdek, oshiqlik san'atining yana bir qiziq jihati haqida Baku

konservatoriyasining dosenti, san'atshoslik bo'yicha falsafa doktori, oshiq va saz bo'limi mudiri Nukus shahrida 2021 yili o'tkazilgan dostonchilik festivalining II-o'rin g'olibi, Mubariz Aliev "Oshiq san'atida deyishmalaring matn duzilishi" nomli maqolasida qisqacha ma'lumot berib o'tadi.

Oshiq ijodkorligida mavjud bo'lgan juda ko'p sonli soz-so'z nomalari folklorshunos olimlar tarafidan tadqiq etilgan. Ammo musiqashunoslar tomonidan bu xususiy mavzu tadqiqot ob'ekti sifatida qaralmaganligiga keng urg'u beradi va bu borada folklorshunoslar va musiqashoslar teng ish olib bormoqlari lozim deyiladi. Shuning uchun ham Mubariz bey yosh oshiqlarni tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatmoqda. Bu talab O'zbekistonlik musiqashunoslarga ham tegishli albatta.

Turk dostonlarida ham kuy-nomalar ozariylar kabi divaniy deb yuritilishini aytib o'tdik. Ularning nomlanishi quyidagicha: Tacnis, Guzallama, Karaci, Atusti, Shikaste, Gereyli, Yanik Kerem, Zarinji, Civan o'lduran, Uch qo'llu, Hijraniy, Mardano'glu, Cho'bankere, Dilgam, Keshisho'g'lu, Leylim-leyli, Gulebayli, Xo'shdamak, Gavxari, Xo'shdamak Go'zallama, Bala Mamed shikasti, Bala Mamed yo'dekli, Usmanli davreleri, Darbaber, Karami, Mamed Bag'ir, Irvan Chuquri, Garibi, Batxmani, Susanbari, Summani makami Erli yanag'i, Gugcha Guzallamasi, Gugcha makami, Mansuri Kuba karami, Terekme urfani, Azariy guzallama, Kechajiog'li, Turkmani, Lalam xushlamagi, Karabag'i, Agbaba, Atusti shikast, Azer seygahi, Chinsali goxche, Erli havasi, Ko'ro'gli, Ko'ro'gli go'zallama, Ko'ro'gli Ali havasi, Kuchaklama, Belabet Keremi, Sultani, Meshhedi Rustem, Gurbet el, Sivas Havasi, Arzinjan havasi, Segah, Kayramani kabi oltmishta divani shular jumlasidandir.

Shuningdek Childirli Oshiq Mamet Oktay-Ergoniyning takidlashicha Childir doston divaniylari quyidagicha: Atusti, Azabli havasi, Bala Mamed, Bash muhammas, Bash Saritel, Bayramo'gli, Bo'zlak, Jaliliy, Jig'ali Tajnis, Jivan o'ldurgan, Childir

Mubariz Aliev

divani, Childir Guzallamasi, Chubankara, Darbadar, Dil kasik, Dilgam, Dushama, Dudak deymas, Ashrafiy, Kahramaniy, Garabag' shikastesi, Garahi, Gazel, Gerayli, Gavhari, Go'jorbashi, Go'kche guli, Go'kche guzallamasi, Guba Kerem, Gurat el, Gulbeyli, Gulgezi, Gulli karaji, Gurjistan gazali, Hasta Hasan havasi, Hijraniy havasi, Xushdamaq, Irvan chuquri, Qachaq Nabi, Kazimanli hifizi ag'zi, Kassabugli divaniy, Kechejugli havasi, Kerem guzallamesi, Keremi, Kesik Kerem, Keshishog'lu, Ko'rog'lu, Ko'rog'lu go'zellemesi, Ko'rog'lu ko'chaklamasi, Ko'rog'lu tekerlemesi, Lale, Mansiri, Memet Bagir, Merdano'lu, Mereke divaniy, Meshti Rustem, Mugam, Muxannes, Naxchivaniy, O'rte muxannes, O'rte Saritel, O'rtali guzellemesi, Posov ag'zi, Saritel, Ser suxara, Siberek, Sijelleme, Sultani, Summani divaniy, Summani havasi, Susanbari, Shaxnazi divaniy, Sharabaniy, Sheki sijallamasi, Shenlik qujaqlamasi, Sher xatayin, Shikasta, Tajnis, Turkman guzallavasi, Ummaniy havasi, Vaysel havasi, Yaniq Kerem, Yerli divaniy, Yerli havasi, Yerli yanig'i, Yulduzli, Yuruk guzallamfsi, Xo'ja dag'lar, Zarinji kabi 89 divaniy kuy-nomalari qayd etiladi. Aslida Childirli Oshiq Mamet Oktay-Ergoniyning ustozi Dursun Durdog'iy ijodidagi divaniylar bilan solishtirib ko'rilganda 21ta kuylarning nomlanishi bir xilda. Qolgan 59 tasida farq bor.

Turklarda doston divaniylarining turk maqomlari bilan bogliqligini "Görögli" dostononing turkça namunasida ham köramiz. Ya'ni doston bo§lani§ida "Hey-hey" degan Göröglining hayqirigi bilan boçlanadigan va "Bendan salom olsun Bolu Beyina" divaniysi "Gardoniya" maqomida kuylansa, undan keyingi aytimlar "Çorgoh", "Muxayyar", "U§§oq" va "Rost" maqomlarida aytiladi. Bu dostonning köpgina joylarida "Mehtar" kuylaridan ham foydalaniladi.

Yuqorida ko'rganimizdek Turk va Ozarbayjon divaniylarining ba'zilari o'zbek dostonlarining Xorazm Shirvoniy-Eroniy, Surxon-Sherobod-Qamay, Samarqand-Nurota-Qo'rg'on qishloq va xatto Qoraqalpoq doston nomalari bilan nomdosh va dostonlarda qo'llaniladigan o'rinlarining qiyosiy tahlili, baxshilar va oshiqlarga jo'rnavoz cholg'ularga tarixiy munosabatlari to'g'risida "Kara deniz" jurnalida satrlar muallifi maqola e'lon qilgan edi. (Qaralsin 4. 90 s) Unda O'zbek dostonlarining "baxshi kuy" yoki doston nomalari nomlari bilan o'xshashligi, voqealar rivojining mos keladigan joylarida qo'llanilishi va boshqa jihatlari bilan aynanligi ham ahamiyatlidir. Fikrimizning dalili sifatida ozarbayjon "saz kuylari" va turk "Divaniy"lari, Shirvoniy nomalar, Surxon-Sherobod va Nurota baxshi kuylari hamda Qoraqolpoq doston nomalarini qisqacha taqqoslab ko'ramiz: Divaniylardan "Cho'bankere" Surxon-Sherobod baxshlarining "Cho'poni", "Ot usti" asarlari, xorazmcha "Ilg'or" qoraqolpoqcha "Ilgal" va baxshi kuylaridan "Ot haydash" nomalariga to'g'ri keladi. Divaniylarning "Bosh muhammas"i, Xorazm va o'zbekcha "Bosh muxammas" va "Muxammasi Baxshi", qoraqolpoqcha "Muxalles"ga, Divaniylarning "G'aribi"si, baxshi-shoirlarning "G'aribnoma"siga, 'Zorinji' kuyi, xorazmcha va qoraqolpoqcha

"Oqsoq zorinji" va "Mungli zorinji"ga, Divaniylarning "Pashsha ko'chdi" si Xorazmcha "Sho ko'chdi" lariga hamohangligini kuzatamiz. Bundan tashqari dutor va saz pardalarining bir xilda nomlanishdagilari ham uchraydi. Saz tovushqatorida (yarim va chorak ton)17 dona parda bo'lib, shulardan 3 tasi dutor pardalari bilan bir xil nomlanadi. Bular saz tovushqatorida Bash parda, Bash divani, Shah xatayin deb yuritilsa, dutor tovushqatorida Bosh parda, Besh parda, Sar parda deyiladi. Saz tovushqatorining "lal parda" si 4 xil ko'rinishda mavjud bo'lsa, dutor tovushqatoridagi "Lol parda" 3 xil ko'rinishdadir. Saz tovushqatoridagi "Sag'ir parda" deb nomlanadigan tovushlar dutorda "Miskin parda" deb yuritiladi. Dutor bilan oshiqlarning "Go'ltuq saz" yoki hozirda oshq sazini o'xshashligini pardalarining nomlanishida ham ko'rish mumkin.

Shuni eslatib o'tish joizdurkim, doston aytuvchilar birinchi navbatda xonanda -baxshi, undan keyin esa cholg'uchi sozandadir. Lekin shunga qaramasdan, baxshilar dutor yasash va chalish mahoratiga katta e'tibor bilan qaraganlar. Quyidagi she'rda: -Safar Mahram Shirvon mamlakatiga ketayotgan Go'ro'g'liga qarab aytib turgan so'zidan ham bilish mumkin (bunda «soz» atamasi ramziy bo'lib, dutor ma'nosida aks etgan):

Bizdan salom ayting usta Bodoma, Biza bir soz atsin, balli soz atsin. Mevali og'ochdan bo 'lsin mudomi, Sopi manaq-manaq xolli soz atsin. Dastasina doqsin o 'n ikki parda, Ovozasi chiqsin qishloq shaharda. Chirtilg 'anda bulbul yig 'lab saharda, Gulningpanjasidin qonli soz atsin. Pardanijoyinnan bilib bog'lasin, Cho 'kma qopqog 'ini yaxshi dog 'lasin. Dardlashganda bizning bilan yig 'lasin, Odamdin so 'ylovchi jonli soz atsin. Yangraganda jumla jahon ingrag 'ay, Odam tugul qurt-qumursqa tinglag'ay. Har bir jonzot jon sasini anglag 'ay, Sulaymondin uch ming tilli soz atsin. Bir tog' o'ssin chirtqan odam ko 'kragi, Dol eshilsin ikki tori ipagi. Zarli ipday ko 'zni olsin papagi, Beyish tovusinday rangli soz atsin. Har bir oshiq ola bilmas qo 'lina, Har bir nodon tushina bilmas tilina.

Summatin o 'xshatib Aqcha galina, Shohsanamday inja belli soz atsin. Ovoz barsa zor titrasin er Alplar, Faryod cheksin Majnun, Tohir, G 'ariblar. Maqtovina tovulmasin tariplar, Xorazmda yakka sonli soz atsin. Go 'ro 'g 'libek havolansin G'ir bilan, Zuhm yulduz im qoqishsin yer bilan. Baxshilardan Oshiq Oydin Pir bilan, Qujoqlashib go 'risharli soz atsin1

Ushbu she'rda dutorga bo'lgan mehr va muhabbat chuqur aks etgan bo'lib, Xirmondali dostonida qo'llanilgan.

Dostonlarga nisbatan «yopiq tizim» tushunchasini ko'llash mumkin. Ya'ni, yangi bir mavzuni, kuyni dostonda ishlatilishi kamdan-kam hollarda uchraydi. Ammo dostonlarning nomalari qotib qolgan narsa emas. Ular doston mazmunini ifoda etish bilan birgalikda mustaqil qo'shiq shaklida ham o'rin tutadi. Badiiy ijod namunasi sifatida uning nimalaridir o'zgarib boradi. Bu narsa ko'proq tashqi omillarda ham namoyon bo'ladi. Masalan, ansambl tarkibining turli cholg'ular bilan boyib borishi, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish, televidenie, radiopostanovka, sahnaga olib chiqish, kuy yo'llari kabi sifatlarida uning magzi saqlanib kelinmoqda. Bundan kelib chiqadigan xulosa, doston an'analarining o'zida yangilanishga, rivojlanishga va badihago'ylikka moyillik bor, shu boisdan ham u hayotbaxshdir. Istiqlol sharofati ila milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanib xalq dostonlari, doston musikasiga va ijrochiligiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Dostonlarning badiiy namunalari hozirgi davrimizda ham o'z ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ularni kundalik turmushimizda radio to'lqinlari, «oynayi jahon» orqali xonadonimizda yangrab turadigan ko'rkam va umri boqiy ijodiyot durdonalari ekanligi barchaga ayon. Bu meros yoshlarimiz ma'naviyatini shakllantirishda, ularni har tomonlama komil inson qilib voyaga etkazishda salmoqdi ma'naviy ozuqa bera oladigan g'oyaviy va ruhy bitmas-tuganmas manba ekanligiga shubha yo'q. Ushbu ma'naviy merosni ko'z qorachigidek avaylab asrash, boyitish, ravnaq toptirish, tarixiy-nazariy-amaliy asoslarini yanada kengroq va chuqurroq o'rganish, ijodiy o'zlashtirish va ayniqsa hozirgi kunda dolzarb masala bo'lib turgan, zamonavi qahramon obrazini yaratishda sarchashma sifatida foydalanish - muhim vazifalar qatorida turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

1 Bola baxshining ilk shogirdi Otaxon baxshi Matyoqubovdan yozib olindi. Muallifning dala yozuvlari 1996 y. V7¿Ywz^^m 823

2. Matyoqubov B. Doston navolari / Mas'ul muharrir: san.f.n. prof. R.Yunusov. -Toshkent, 2009. - 344 b. (CD ilovasi b-n).

3. Matyoqubov B. "Xorazm doston ijrochiligming zarxat sahifalari" - "Xorazm", 1999. - 51 b.

4. Matyakubov B.«Kültürel damarlarimizdan akan melodiler» (Tutash tomirlarda oqqan navolar) "Kara deniz" 2014 y.

5. Mubariz Aliev "Ashiq senetinde deyishmelerin metin qurulushi" 2020 y.to1lam.

6. Mubariz Aliyev "Zamonaviy davrda oshiq va ashulachilar an'analarining asrab qolinishi va davom ettirilishi" Ozarbayjon Milliy Konservatoriyasi dotsenti, san'atshunoslik falsafasi fanlari PhD doktori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.