Научная статья на тему 'TURLI XILDAGI ENERGIYA MANBALARI XAVFSIZLIK VA ISTIQBOL DARAJALARINI TAQQOSLASH ORQALI O‘RGANISH USULLARI'

TURLI XILDAGI ENERGIYA MANBALARI XAVFSIZLIK VA ISTIQBOL DARAJALARINI TAQQOSLASH ORQALI O‘RGANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
494
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zangori energetika / muqobil manbalar / qazilmali yonilg’i energetikasi / yadro reaktorlari / shamol / quyosh / gidroenergetik manbalar / xavfsizlik darajalari / ekologiya / barqaror ta‘minot / kelajak energetikasi. / Зеленая энергетика / альтернативные источники / энергия ископаемых топлив / ядерные реакторы / ветряные / солнечные / гидроэнергетические источники / степень безопасности / экология / стабильное обеспечение / энергетика будущего.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Yusupov Dilmurod Abdurashidovich, Qo‘Chqorov Xoshimjon Ortiqovich

Ushbu ishda barcha turdagi energiya manbalarini afzal va zaif tomonlarini tahlili asosida qanday turdagi energiya manbalari iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishda ustuvor yo‘nalishga egaligini ko‘rsatish orqali o‘quvchi talabalarda yadroviy energetika manbalarini yuqori darajada xavfsizligi ta‘minlangan zamonaviy tasavvurini shakllantirish usullari ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДЫ ИЗУЧЕНИЯ СТЕПЕНИ БЕЗОПАСНОСТИ И ПЕРСПЕКТИВНОСТИ РАЗЛИЧНЫХ ВИДОВ ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ ПУТЕМ ИХ СРАВНЕНИЯ

В данной работе показано на основе анализа преимуществ и недостатков различных источников энергии указано, какие виды источников энергии имеют приоритетное направление для социально-экономического развития. Показаны методы формирования представлений о современных источников ядерной энергии с высокой степенью безопасности.

Текст научной работы на тему «TURLI XILDAGI ENERGIYA MANBALARI XAVFSIZLIK VA ISTIQBOL DARAJALARINI TAQQOSLASH ORQALI O‘RGANISH USULLARI»

Yusupov Dilmurod Abdurashidovich,

Namangan davlat universiteti Fizika kafedrasi katta o'qituvchisi

Qochqorov Xoshimjon Ortiqovich,

Namangan davlat universiteti Fizika kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi

TURLIXILDAGIENERGIYA MANBA'LARI XAVFSIZLIK VA ISTIQBOL DARAJALARINI TAQQOSLASH ORQALI O RGANISH USULLARI

UO'K: 004.9:539.1

YUSUPOV D.A., QOCHQOROVX.O. TURLI XILDAGI ENERGIYA MANBALARI XAVFSIZLIK VA ISTIQBOL DARAJALARINI TAQQOSLASH ORQALI ORGANISH USULLARI

Ushbu ishda barcha turdagi energiya manbalarini afzal va zaif tomonlarini tahlili asosida qanday turdagi energiya manbalari iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishda ustuvor yo'nalishga egaligini ko'rsatish orqali o'quvchi talabalarda yadroviy energetika manbalarini yuqori darajada xavfsizligi ta'minlangan zamonaviy tasavvurini shakllantirish usullari ko'rsatib o'tilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: Zangori energetika, muqobil manbalar, qazilmali yonilg'i energetikasi, yadro reaktorlari, shamol, quyosh, gidroenergetik manbalar, xavfsizlik darajalari, ekologiya, barqaror ta'minot, kelajak energetikasi.

ЮСУПОВ Д.А., KY4KOPOB Х.О. МЕТОДЫ ИЗУЧЕНИЯ СТЕПЕНИ БЕЗОПАСНОСТИ И ПЕРСПЕКТИВНОСТИ РАЗЛИЧНЫХ ВИДОВ ИСТОЧНИКОВ ЭНЕРГИИ ПУТЕМ ИХ СРАВНЕНИЯ

В данной работе показано на основе анализа преимуществ и недостатков различных источников энергии указано, какие виды источников энергии имеют приоритетное направление для социально-экономического развития. Показаны методы формирования представлений о современных источников ядерной энергии с высокой степенью безопасности.

Ключевые слова и понятия: Зеленая энергетика, альтернативные источники, энергия ископаемых топлив, ядерные реакторы, ветряные, солнечные, гидроэнергетические источники, степень безопасности, экология, стабильное обеспечение, энергетика будущего.

YUSUPOV D.A., QOCHQOROV X.O. METHODS FOR STUDYING THE DEGREE OF SAFETY AND THE PERSPECTIVE OF DIFFERENT TYPES OF ENERGY SOURCES FROM COMPARISONS

Based on the analysis of the advantages and disadvantages of various energy sources, it is indicated which types of energy sources have a priority direction in socio-economic development. The methods of forming an idea of modern sources of nuclear energy with a high degree of safety are shown.

Key words and concepts: Green energy, alternative sources, fossil fuel energy, nuclear reactors, wind, solar, hydropower sources, degree of safety, ecology, stable supply, energy of the future.

Kirish. Mal'lumki, jahon hamjamiyat-ini bugungi rivojlanish bosqichida energiya iste'moliga bo'lgan talab, uni ishlab chiqarish sur'atiga nisbatan anchayin tez ortmoqda. Indus-triyani, iqtisodiy o'sishni va XXI asrda aholin-ing qariyb ikki marta ortishini e'tiborga olganda insoniyatni kelgusi ellik yil ichida iste'mol qiladi-gan energiyasi uning butun tarixida foydalan-gan energiyasidan ko'proq bo'lishi haqida hiso-blashlar mavjud1. Shuning uchun ham energiya ta'minoti masalasini keskinligi kuchayib, turli xil energiya manbalaridan foydalanish samarador-ligini orttirishga bo'lgan intilish butun dunyoda raqobat kurashiga aylanib bormoqda. Haqiqa-tan ham Moskva davlat universiteti professori V.I.Fistul ta'kidlaganidek, kelgusida davlatning rivojlanish darajasini ko'rsatuvchi eng to'g'ri mezon bu vaqt birligida kishi boshiga to'g'ri kel-gan energiya miqdori bo'lib boradi2. Jamiyatni zamonaviy rivojidagi barcha talablarni e'tiborga olgan xolda qanday usulda olinayotgan elekr energiyani roli ortib boradi degan savol hali o'z javobini topganicha yo'q va turli davlatlar o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqqan xolda u yoki bu turdagi manbalarni ustuvor deb baholamo-qdalar. Bu borada energiya ishlab chiqarishdagi barcha foydali va zararli tomonlarni hisobga olgan xolda o'zi uchun qulay va yuqoriroq ehti-mollik bilan tanlanadigan energiya manbalari turini aniqlash bilan o'z iqtisodiyotini rivojlan-tirishga erishish barcha mamlakatlar oldidagi muxim masalalardan sanaladi. Aytish kerakki, geografik joylashuvga, taraqqiyot darajasiga, tabiiy imkoniyatlariga qarab hamma mamlakat-lar uchun bir turdagi energiya manbalari ustuvor bulavermasligi mumkin. Shu ma'noda hozirgi kunda o'z energetikasini rivojlantirishda barcha turdagi energiya manbalarini kelajagi qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi haqida to'la amaliy tahliliy bilimlarga ega bo'lish o'ta muhim. Bunda inson foydalanayotgan energiya manbalari imkoniyatlari va to'siqlarni solishtirish

1 Парамонов Д.В., Тутунина Е.В. Влияние возобновляемых источников энергии на перспективы атомной энергетики. Учебное пособие.

2 Фистул В.И. Введение в физики полупроводников. -М: Высшая школа, 1975.

orqali baholanishi lozim. Quyidagi 1- jadvalda barcha turdagi energiya manbalari keltirilgan3.

Bu energiya manbalaridan traditsion tar-zda foydalanib kelinayotgan qazilmali neft, gaz, ko'mir kabi qayta tiklanmaydigan yonilg'i elek-trostantsiyalarining bugungi kunda kuchayib borayotgan muammosi bu ularning cheklangan-ligi, foydalanishni qiymatligi va atrof muhitga ulkan zarar yetkazishidir. Shuning uchun hozirda bu vaziyatdan chiqish uchun alternativ turdagi zangori (zelenaya) energetikaga o'tish hara-katlari tobora keng avj olib bormoqda. Zang-ori energiyani boshqacha, qayta tiklanuvchan energiya deb ham nomlanadi. Xalqaro agent-lik ma'lumotlariga ko'ra, umumiy energiya ko'lamida zangori energetikaning ulushi tobora ortib borishi kuzatilmoqda. Alternativ turdagi manbalarga quyosh, shamol, geotermal elek-trostantsiyalar, kichik gidroelektr stantsiyalar, bioenergetik qurilmalar, chiqindilarni qayta ish-lovchi komplekslar, dengiz va okeanlar yuqori to'lqinlari oqimini kelishi va qaytishi energiyalari kiradi. Bunda qayta tiklanuvchi energiyalarni to'rtdan uch qismi quyosh va shamol energiya-siga to'g'ri keladi. Bulardan ko'rinadiki, hamma energiya manbalari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ulardan foydalanishda barcha sabab va oqibatlarni xar tomonlama baholash orqaligina eng optimal variantlari tanlanishi kerak. Shuning uchun xar bir energiya manbaini ijtimoiy, iqtisodiy va kelajak imkoniyatlarini tahlil etib taqqo-slash bilan energiya manbalari turlari haqida fikrlarni oydinlashuviga va ularga bo'lgan muno-sabatni to'g'ri shakllanishiga erishish bugungi eng zarur masalalardan sanaladi.

Ishning o'rganilganlik darajasi. Turli hildagi energiya manbalari ish tamoyillari, ularning energiya ta'minotiga qo'sha olishi mumkin bo'lgan ulushlari, barqaror ishlashdagi o'ziga xos tomonlari va tabiiy joylashuvdagi imkoniyat darajalarini adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan4. Su bilan birga ularni ekologiyaga ta'siri, xavfsizlik darajalari va energiyani qanday narx bilan olini-

3 Nuclear power reactors in the world. 2016 Edition., IAEA, Vienna, 2016. - 86 p.

4 Виктор М. Мурогов. Развитие ядерной энергетики: глобалъные проблемы и стратегии. Основные материалы. Бюллетенъ МАГАТЭ, 39/2/1997.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

V__

1-jadval. Barcha turdagi elektr energiyasi manbalarini yaratilish zaminida yotgan birlamchi tabiiy manbalar1

Foydalanish usullari Inson foydalanuvchi energiya Dastlabki tabiiy manbalar

Quyosh elektrostantsiyalari Quyoshning elektromagnit nurlanishi Quyoshli yadro sintezlari

Shamol elektrostantsiyasi Shamolning kinetik energiyasi Yer va oyning harakatida quyoshli yadro sintezlari

Gidro elektrstantsiyasi Daryolardagi suv harakati Quyoshli yadro sintezlari

Okeanlar suv sathi oqimi elektrostantsiyalari Dengiz va Okeanlardagi suv harakati Yer va oyning harakati

Suv to'lqini elektrostantsiyalari Dengiz va okeanlardagi suv to'lqini energiyasi Yer va oyning harakatida quyoshli yadro sintezlari

Yer osti issiqligi elektrostantsiyalari Issiq manbalarning issiqlik energiyasi Yerning ichki energiyasi

Qazilma yoqilg'ilar elektrstantsiyalari Qazilma yoqilg'ilarning kimyoviy energiyasi Qadimda Quyoshli yadro sintezlari

Qayta tiklanuvchi yonilg'i elektroenergiya stantsiyalari Qayta tiklanuvchi yonilg'ilarning kimyoviy energiyasi Quyoshli yadro sintezlari

Atom elektr stantsiyalari Yadro bo'linishidan ajralgan issiqlik Yadro bo'linishi

shi haqida ham ma'lumotlar mavjud2. Lekin, barcha ma'lumotlar bo'lishiga qaramay jahon ham-jamiyatida yadro energetikasini kelajakdagi o'rni haqida hali yagona fikrga kelinmaganligi ham adabiyotlarda uchraydi. Aytish kerakki, qayta tiklanuvchan energiya manba'lari ham, qazilma yonilg'ili energiya manbalari ham, yadroviy energiya manba'lari ham ekologik muhit va insonga ta'sir etadigan o'ziga xos jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Aholining yadro energetika-siga nisbatan bir oz hayiqish bilan munosabatda bo'lishi tabiiy bo'lib, uni dastlabki shakllan-ishida turli xil avariyalar, portlashlar, chiqindilar radioaktivligini yo'qotish kabi muammolar o'z ta'sirini ko'rsatgan. Hozirgi kunda yonilg'ili energiya manbalarini kamayib borishi, ularni iqlim o'zgarishi bilan bog'liq atrof muhitga va inson salomatligiga yetkazadigan barcha zararlarini zamonaviy o'ta takomillashtirilgan AESlar xavf-sizligi bilan taqqoslab, hamda zangori energe-tika imkoniyatlarini tahlil etib, O'zbekiston sha-roitida AESlar nisbatan eng xavfsiz va muhim energetika manbalaridan biri bo'lishini ishonarli tarzda o'quvchi talabalarga ko'rsatib beradigan adabiyotlar yetishmaydi. Mavjudlari esa, yadro energetikasiga daxldor avtorlar tomonidan baja-

1 Возобновляемые источники энергии: учеб. посбие / С.Н.Удалов. - 3-е. изд., перераб и доп. - Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2014. - 459 с.

2 Today in Energy. Monthly generator capacity factor data now available by fuel and technology [Электронный ресурс]// U.S. Energy Information Administration: [сайт].

[January 15, 2014] URL:http://www.eia.gov/todayinenergy/ detail.php?id =14611#/ (дата обращения 18.01.2016).

rilgan bo'lib, ularda asosan AESlar afzalliklari ko'rsatib o'tilgan3. Aytish kerakki, AESlarni yangi avlodlari texnologik jihatdan mutlaqo xavfsiz va inson faktori minimumga keltirilganligini ilmiy asosda o'qitish orqali jamiyatni AES ga to'g'ri munosabat bilan yondashishiga yordam beradigan adabiyotlar deyarli yo'q.

Mavzuning dolzarbligi. Hozirda ayrim mam-lakatlar zangori energiya kelajagiga katta umid bildirsalar, boshqalari iqtisodiyotni rivojida yadro energetikasini ustuvor deb qaramoqda-lar. Rivojlanish bosqichiga o'tayotgan bizning respublikamizda ham energiya ta'minotida zangori energiya manbalari bilan bir qatorda yadro energetikasini rivojlantirishga ham katta e'tibor berilmoqda.

Bunday turdagi energiya manba'lariga katta e'tibor berilayotgani sabablari qanday, ularning iqtisodiy rivojlanish uchun imkoniyatlari yetar-limi, xar bir mamlakat o'z tabiiy joylashuviga ko'ra qanday turdagi energiya manba yarat-ish uchun qulay sharoitga ega kabi masalalarni chuqur o'rganish bilan birga, davlatning barqa-ror va yetarlicha energiya ta'minotiga erish-ish yo'lidagi intilishlariga jamiyat ongli ravishda xayrxohlik bilan birgalikda harakat qilishiga erishish lozim.

Shu ma'noda jamiyatni energiya manbalariga nisbatan adekvat munosabatini shakllantirishga

3 Sodiqov I. Tinchlik yo'lidagi atom energetikasi iqtisodiyot tarmoqlarida misli ko'rilmagan yutuqlar omili bo'ladi. // «Xalq so'zi» onlayn gazetasi. 16.06.2018.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

erishish yo'lidagi harakatlar bugungi kunda o'ta dolzarb masala sanaladi.

Tadqiqot maqsadi. Barcha turdagi energiya manbalarini afzal va zaif tomonlarini tahlili aso-sida qanday turdagi energiya manbalari iqti-sodiy ijtimoiy rivojlanishda ustuvor yo'nalishga egaligini ko'rsatish orqali o'quvchi talabalarda yadroviy energetika manbalarini zamonaviy tasavvurlarini shakllintirishda samarali nati-jalarga erishadigan innovatsion o'quv metodika-sini ishlab chiqishdan iborat.

Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi.

• yadro energetikasini kelajagi ustuvor ekanini ko'rsatuvchi barcha parametrlar: energiya bilan ta'minlashdagi barqarorlik, uzoq muddatlilik, xom ashyo zaxirasini tugamasligi, ekologik tozaligi, yetarlicha quvvatga egaligi, kichik joy egallashi, o'ta yuqori darajadagi xavf-sizlikni ta'minlangani, rivojlangan va rivojlan-ish yo'lidagi mamlakatlarda ularning soni ortib borayotgani, kichik quvvatli mobil manba sifa-tida yaratilishi mumkinligi, yuqori foydali ish koeffitsientga egaligi va tashqi muhitga bog'liq bo'lmay ishonchli ishlashi kabi ko'rsatgichlarni xar birini barcha boshqa turdagi energiya manbalarini xuddi shunday ko'rsatgichli parametr-lari bilan solishtirish orqali o'quvchi talabalarda manbalar haqida umumiy tasavvurni oydinlashti-rish natijasida yadro energetikasidan cho'chimay to'g'ri xayrxohlik munosabatini shakllanishiga yordam beruvchi mavzularni keng yoritadigan adabiyotlar yaratish.

• barcha turdagi energiya manbalari xara-kteristikalari va ularni o'zaro taqqoslash uchun zarur bo'lgan barcha parametrlarini xar tomon-lama puxta o'rganish asosida olingan afzallik va xavfsizlik darajalari haqidagi muhim xulosalarni o'quv jarayoniga tatbiq etish metodikasini ishlab chiqish.

Tadqiqot metodlari asosini didaktikani asosiy tamoyillari, ta'limni zamonaviy kontseptsi-yasi asosida yotuvchi shaxsga yo'naltirilgan o'qitish usullari, pedagogik tadqiqotni met-odologiyasi bo'yicha ta'limotlar va o'quv jaray-onida informatsion texnologiyalardan foydalan-ishga bag'ishlangan g'oyalar tashkil etadi.

Asosiy qism. Jahon hamjamiyatining bugungi rivojlanish bosqichida elekr energiyasi ishlab chiqarishni qanday usullari ustuvor sanaladi degan savol oldingi marraga chiqib qoldi. Gap shundaki, dunyo bo'yicha bir yilda ishga tushiril-gan barcha energiya manbalari quvvatini 55 foizi qayta tiklanuvchan energiya manbalari hisobiga to'g'ri kelganligi malum bo'lgach, atom ener-getikasi kelajagini global masshtabda qanday bo'lishini o'rganish va zangori energetika bilan raqobati natijasida umumiy energetikadagi o'rni qanday o'zgarib borishini aniqlashga e'tibor kuchaydi1.

Hozirda dunyo elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini umumiy energiyaga qo'shadigan ulushini ko'radigan bo'lsak, issiqlik energetikasi - ko'mir 39%, gaz 22%, gidroener-getika - suv oqimi energiyasi 17%, yadro energetikasi 11%, boshqa turlardagi manbalar 11 % ni tashkil etadi2. Bulardan ko'rinadiki, hozirda asosiy manba qazilma yonilg'i hisobiga to'g'ri kelmoqda. Lekin, yuqorida aytgan sabablarga ko'ra, ularning kelajak imkoniyati keskin kamayib bormoqda. Qayta tiklanuvchi energiyalar ichida eng ommalashgani gidroenergetika bo'lib, ular kichik va global masshtablarda yaratiladi. Global masshtabdagi gidroelektr energiya manbalari qayta tiklanuvchan manba'lar turiga kirsada, ular o'ziga xos ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular asosan daryolarni quyi oqimlarida katta dambalar loyihalari asosida quriladi. Shuning uchun ular katta mablag' talab etishidan tashqari geografik joylashuviga qarab turlicha tortishuvlarga ham sabab bo'ladi. Masalan, suv yuzasi katta maydonni egallashi bilan bog'liq ekologik xavf, aholini yashash joyidan boshqa yerga ko'chirish muammolari, dambani urib ketish xavfi va agar tropik maydonlarda bo'lsa parnik effektiga olib keluvchi gazlarni chiqishi kabi masalalarni yal etishni talab etadi.

1 Степанов (Дзагуто) В. «К 2020 году господдержка строителъства АЭС исчезнет совсем» [Электронный ресурс]// Коммерсантъ [сайт]. [26.12.2016]. URL: http:// www.kommersant.ru/doc/3181691/ (дата обращения 23.01.2016).

2 Breakdown of Electricity Generation by Energy Source [Электронный ресурс]// The shift project data portal: [сайт]. [2013]. URL: http://www.tsp-data-portal. org/Breakdown-of-Electricity-Generation-byEnergy-Source#tspQvChart/ (дата обращения 18.01.2016).

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

Bulardan tashqari ular uchun investitsiyani jalb etish anchayin murakkablik tug'diradi. Xuddi shunday qolgan zangori energetika manbalari ham o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.

Barcha turdagi manba'lar parametrlarini aniqlashtirishda okeanlar suv sathi oqimi elek-trostantsiyalari, suv to'lqini elektrostantsiyalari, yer osti issiqligi elektrostantsiyalari, bioenergetik qurilmalar va chiqindilarni qayta ishlash-dan olinadigan energiyalarni hozirgi kundagi umumiy ulushi bir foizdan kamligi uchun ularni hisobga olmaymiz. Zangori energetikani eng asosiy turlari sifatida shamol, quyosh, kichik va ulkan gidro elektr stansiyalarini barcha harakter-istikalarini tahlil etib, ularni afzal va kamchiliklarini bizningcha quyidagilarga ajratish mumkin.

Zangorí energetíkaníng asosíy afzaiiíkiarí:

• Shamol va quyosh energiya manbalari ekologik toza va eng arzon. Global isishga olib keluvchi karbon gazini va turli zaharli komponen-talarni chiqarmaydi.

• Zangori energiyani olish davomiyligini tugamasligi. Ularni bir marta qurib qo'yilgach, qo'shimcha yonilg'i yoki boshqa xom ashyo sarflanmay tekinga energiya olinaveradi.

• Texnologik rivojlanish doimo ularni tan-narxini pasayishi va samaradorligini ortishiga olib kelib, investorlarni o'ziga jalb etib boraveradi.

• Quyosh batareyalari uchun mam-lakatimizni serquyoshligi.

• Kichik gidrostantsiyalari, quyosh va shamol energetik manbalarini yaratilishida ijti-moiy xayrxohlik yuqori bo'lib jamiyatni olqish-lamaydigan kayfiyatiga uchramaydi va energiya importini kamayishiga ulush qo'shadi.

• Kichik gidrostantsiyalar uchun butun dunyodagi suv oqimlari yashirin quvvat imkoni-yatlarini ko'pligi.

• Kichik gidrostantsiyalarni katta mablag' sarflamasdan tezda yaratish imkoniyatini mavjudligi.

• Zangori energiyalar ichida gidrostantsiyalarni energiya mustaqilligiga erishishda salmoqli ulush qo'sha olishi.

• Ulkan gidrostantsiyalar sanoat ishlab chiqarish ehtiyojlarini barqarorlikda ta'minlay olishi.

• Ulkan gidrostantsiyalar dambalari favqulodda suv toshqinlari oqim kuchini kamay-tiradi.

Zangori energetikaning kamchiliklari:

• Shamol va quyosh energiya manbalarini tabiiy sharoitga, ya'ni shamol va quyoshni bo'lishiga bog'liqligi va foydali ish koeffitsientini pastligi.

• Barqaror energiya bilan ta'minlash imkoniyati yaratilmagani.

• Ular uchun energiya akkumulyatorlarini yaratish vazifasi hali oldinda ekani.

• Og'ir industriya rivoji uchun energiya quvvatini yetarlicha ishlab chiqara olmasligi.

• Katta gidrostantsiyalar qurilishida dam-balarni ekologiyaga negativ ta'siri va oqim suvi temperaturasini farq kilishi evaziga o'simlik va hayvonlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi.

• Gidrostantsiyalarni potentsial imkoni-yatiga nisbatan foydali ish koeffitsientini pastligi -50% atrofida.

• Ulkan gidrostantsiyalarni loyihalash va qurilishini qiymatligi evaziga investitsiyalashni susayishi.

• Ulkan gidrostantsiyalar qurilishiga ijti-moiy munosabat ta'sirini kuchliligi evaziga ular qurilishi loyihalari tastiqiga erishishni qiyinligi.

• Gidrostantsiyalardan boshqa turdagi zangori energetika manbalarini umumlashtir-ganda ham ularni barqaror energiya bilan ta'minlay olmasligi evaziga hozirda odatiy man-balar bilan birgalikda ishlashga majburligi.

Ko'ramizki, xar bir turdagi energiya manbalarini o'zigagini tegishli afzallik va kamchiliklari mavjud. Shuningdek, barcha turdagi energiya mabalaridan foydalanishda ularga qo'yiladigan asosiy talablarni tahlillari asosida va farqlardagi keskinlikni yumshatish maqsadida biz zarur parametrlarni beshta shartli ko'rsatgichlar bilan baholab natijalarni quyidagi 2-jadvalda keltirdik.

2-jadvaldan ko'rinadiki, energiya ta'minoti bo'yicha eng muhim ko'rsatgichlar: barqarorlik, uzoq muddatlilik, yetarli quvvat bilan ta'minlay olish, ekologik xavfsizlik, qurilishni o'rtacha xara-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ / ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ 21

ч_У

2- jadval. Yadro va boshqa turdagi energiya manbalarini ijtimoiy iqtisodiy hayotdagi muhim xarakteristikalari

№ Energiya manbai Barqaror ta'minot darajasi Zaxira bo'yicha uzoq muddatlilik Ekologik tozaligi Quvvatni yetarliligi Egallagan joyi kattaligi Xavfsizlikni ta'minlanganlik darajasi Qurulishga xayrxohlik Mobillik imkoniyati Foydali ish koeffitsyenti Uzoq vaqt ishlay olish darajasi

1 Yadro energetikasi + + V + - + □ + + +

2 Kichik gidrostantsiyalar V + + □ A + + - □ +

3 Yirik gidrostantsiyalar + + V + + A A - □ +

4 Quyosh energiyasi A + + - - + + + - □

5 Shamol energiyasi A + + - - + + + - □

6 Geotermal issiqlik energiya manbalar - - + - - + + - - □

7 Bioenergetik qurilmalar - - + - - + + + - -

8 Okeanlar suv sathi oqimi elektrostantsiyalari - + + - + - + - - +

9 Suv to'lqini elektrostantsiyalari - + + - + + + - - A

10 Chiqindilarni qayta ishlashdan olinadigan energiyalar - - + - - + + - - -

Belgilashlar: "+" -yuqori; 'V - o'rtachadan yuqori; "a" - o'rtacha; "A" o'rtachadan past; "-" past.

jati kabilar orasida yadro, gidro, shamol, quyosh energiyalari manbalarini boshqalariga nisbatan afzalligi bor. Shu manbalarni rivojlantirilishini dunyo miqyosida ko'rilganda quyosh va shamol energiya manbalari tannarxi yil sayin tushib borishi va foydali ish koeffitsientini ortib bori-shi evaziga ularni soni keskin ortmoqda. Shamol va quyosh energetikasi rivojlangan mamlakatlar qatoriga Xitoy, AQSH, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya va Frantsiyani kiritish mum-kin. Bu mamlakatlarda qayta tiklanuvchan energiya manbalarini har tomonlama qo'llab quvvat-lash va shamol generatorlari bilan quyosh batar-eyalari tayyorlash texnologiyasini mukammal-lashuvi va tannarxini pasayishi hisobiga ularning umumiy energiyadagi ulushi keyingi to'rt yilda ikki martaga oshdi1. Shamol energiyasini kam-chiligi esa, shamol tezligiga bog'liqligi bo'lib, dengiz va okean yaqinidagi davlatlarda poten-tsial imkoniyat katta bo'ladi. Quyosh elektro-statsiyalarini kamchiligi kunlar, fasllar davomi-dagi o'zgarishlarga va ob-havoga bog'liqligi

1 World Nuclear Power Reactors & Uranium Requirements [Электронный ресурс]// World Nuclear Association: [сайт]. [January 2017]. URL: http://www.world-nuclear.org/ information-library/facts-andfigures/world-nuclearpower-reactors-and-uranium-requireme.aspx/ (дата обращения 18.01.2016).

sanaladi. Shuning uchun serquyosh o'lkalarda ularning potentsial imkoniyatlari katta.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Gidroenergetika istiqbollari o'z-o'zidan ma'lumki, qayerda suvning harakat energiyasi katta bo'lsa, shu joylarda ulardan yuqori quvvatli manbalar olish mumkin. Shuning uchun sokin-likda oqadigan daryolarda potentsial imkoniyat-lar kam bo'ladi.

Ko'ramizki, zangori energetikani rivojida mamlakatning tabiiy joylashuvi, energiyaga bo'lgan talab va taklif, aholi soni va rivojlanish darajasi katta ahamiyatga ega. Shulardan kelib chiqqan holda O'zbekiston sharoitida zangori va mavjud qayta tiklanmaydigan energiyalar-dan eng maqsadga muvofiq keladigani qaysi ekanini tahlil etilganda, rivojlanish bosqichi-dagi O'zbekiston uchun katta quvvatli barqaror ta'minotga ega manbalar bugungi kun va kelajak uchun o'ta zarurligini e'tiborga olib aytiladigan bo'lsa, davlatimiz tomonidan zangori energetika bilan birgalikda yadro energetikasini rivojlantiril-ishiga katta e'tibor berilishi ilmiy asoslangan va eng to'g'ri tanlangan yo'l ekanligi hech kimda shubha uyg'otmasligi kerak.

Haqiqatan ham, O'zbekiston uchun zarur umumiy energiyada shamol energiyasini ulushi katta bo'la olmasligi sabablaridan biri dengiz

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

1-rasm. Atom energetikasi qurilmalari soni va quvvati bo'yicha ilg'or mamlakatlar ketma-ketligi1.

va okeanlardan uzoqligi uchun katta tezlikdagi shamollarni doimiy bo'lavermasligi va shamol-siz kunlar xam bo'lib turishi hisobiga barqaror va katta quvvatli energiyaga ega bo'lish qiyin. Ularni Orol bo'yi sarhadlarida qurilishi maqsadga muvofiq keladi.

Quyosh energetikasini ulushi, garchi O'zbekiston serquyosh bo'lsada, katta bo'la olmaydi, chunki hozir ularni foydali ish koef-fitsientini pastligi katta yuzani talab etishi bilan birga yuzani toza saqlashni talab etadi. Degra-datsiya tufayli uzoq muddat bir hilda energiya bilan ta'minlashi o'zgarib boradi va yangilab turishni talab etadi. Ularda energiya barqaror-ligi ta'minlanmaydi. Gidroenergetikani ulushi esa, yuqoridagilarga nisbatan salmoqli bo'lsada, bunday turdagi energiyani rivojlantirish imkoni-yatlari tabiiy joylashuvga ko'ra O'zbekistonda yuqori darajada emas. Daryolar oqim tezligini yetarlicha emasligi, to'g'onlarni qurilishi foydali maydonlarda katta yuzali suv havzala-rini hosil qilishi, to'g'onlar xavfsizligi muammo-larini yuzaga chiqishi yetarlicha quvvatga ega yirik gidroenergetika manbalari qurilishida o'z ta'sirini ko'rsatadi.

O'rtacha va kichik quvvatli gidrostantsiya-lar qurilishi imkoniyatlari yiriklariga nisbatan

ancha katta bo'lsada, suv hajmini o'zgarib turishi barqarorlikka ta'sir etadi. Yadro energetikasi manbalarini yuqoridagilardan afzal tomon-lari shundaki, ularni keraklicha quvvatga ega qilib tayyorlash orqali barqaror va qazilmali yonilg'ilarga nisbatan ekologik toza energiya ta'minotiga erishish mumkin. Aytish kerakki, "Rosatom"ni Finlandiyaga qurishni loyihalashti-rayotgan "Xinxikivi" AES larini muvaffaqiyatli yakunidan so'ng ularni bozori rivojlangan mam-lakatlarda ham avj olishi aytilmoqda2.

Umuman Rossiyani turli mamlakatlarda qur-gan AES larining texnik va ekologik xavfsizligi juda yuqori ta'minlangan bo'lib, qariyb 30 yildan ortiq vaqt mobaynida hamon bir hilda ishlab kelmokda.

O'zbekistonda quriladigan yangi "3 + " avlod-lari mukammallashtirilgan, turli zilzila va texno-gen ta'sirlarga chidamli, ikki qavat bloklangan xolda yuqori texnologik avtomatika asosida radiatsiyani atmosferaga chiqish xavfi ehtimoli

1 Countries with highest electricity generation [Электронный ресурс]// The shift project data portal: [сайт]. [2013]. URL: http://www.tsp-dataportal.org/T0P-20-Capacity#tspQvChart/ (дата обращения 18.01.2016).

2 Голуб П. Лондон разрешил Китаю построитъ

в Англии оченъ дорогую АЭС [Электронный ресурс]// BFM [сайт]. [15 сентября 2016]. URL: https://www.bfm.ru/ news/333691/ (дата обращения 18.01.2016).

nolga yaqinlashtirilgan, ya'ni AES lar xavfsizligi to'la ta'minlangan1. Shuning uchun ulardan yuqori va barqaror energiya olishda foydalan-ishni afzalligi bor. Ularni kamchiligi esa, loy-iha qurilishini qiymatligida. Shu o'rinda eslatib o'tamiz, dunyoda yaqin kelajakda 164 ta reak-torlarni qurish rejalashtirilgan bo'lib, o'zlarida mavjudlaridan tashqari yana 40 ta Xitoyda, 25 ta Rossiyada, 20 ta Xindistonda, 18 ta AQSHda, 9 ta Yaponiyada, 8 ta Janubiy Koreyada AESlar qurilishiga kirishilmoqda, hozirda 60 tasini qurilishi boshlangan2. Quyidagi 1-rasmda bugungi kunga qadar ishga tushirilgan atom energiyasi manba'lari soni va quvvatlari bo'yicha 20 ta dav-latlar ketma-ketligi keltirilgan.

Shuningdek, Turkiya, Polsha, Vyetnam, Indoneziya va boshqalar o'zlarida birinchi marta yadro energetikasini rivojlantirishga kirishmoqda-lar3.

Bularning barchasi energetika manba'lari ichida yadro energetikasining o'rni naqadar yuk-sakligini ko'rsatadi. Barcha energiya manba'larini taqqoslash va ularning mamlakatimizdagi imkoniyatlarini baholab, ekologiyaga va salomat-likka zarari katta bo'lgan tabiiy qazilmali yonilg'i manbalardan foydalanmay, zangori energetika va yadro energetikasidan foydalanish eng optimal yo'l ekanini o'quvchi talabalarga turli innovatsion o'quv texnologiyalari yordamida yuqorida keltirilgan holatlarni va yangi avlod energetik qurilma-lari ish tamoyillarini namoyishli tarzda o'qitishni yo'lga qo'yish lozim. Ayniqsa, bir birlik energiya ishlab chiqarish uchun turli manbalar qancha xom ashyo talab etishi va atmosferaga qancha zara-rli gaz chiqarishini solishtirish ham yadro ener-getikasi foydasi tomon bo'lishini turli masalalar yechish orqali ko'rsatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, yuqoridagi ma'lumotlar va qo'shimcha adabiyotlar bilan tanishishdan keyin Venn diagrammasi va Keys usullari yordamida mavzuni o'rganilsa, samarasi yuqori bo'ladi

1 G'.Primov. Atom energiyasi to'g'risidagi qonun: 10 ta afsona va haqiqat. Xalq so'zi onlayn gazetasi. 13.09.2019

2 International Energy Outlook 2016 DOE/EIA-0484(2016)// U.S. Energy Information Administration (EIA) / Ed. by Conti J., Holtberg P., Diefenderfer J., LaRose A., James T. Turnure, Westfall L. Washington DC, [May 2016]. P. 86 /URL: http://www.eia.gov/outlooks/ieo/ pdf/0484(2016).pdf

3 Мухаметов, Т.Р. Терегулов Ролъ ядерной энергетики в современном мире. Евразийский научный журнал, 2016 - 77.246.158.243. 484-485 ст.

chunki, Venn diagrammasi asosan 2 va 3 farqlov-chi jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo'yish uchun qo'llaniladi. Keys usulida esa, ob'ektning muayyan davrdagi bayoni ifodalangach, muho-kama uchun keysga doir savollar to'ldiriladi. Natijada o'quvchi talabalarni energiya manbalari haqida real tasavvurga ega bo'lishlaridan tashqari tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

Bunday mavzuni to'la o'zlashtirishni amaliy ahamiyati shundaki, o'quvchi talabalar:

1) O'zbekistonning kelajak energetikasi riv-ojida zangori energetika bilan birgalikda yadro energetikasini istiqboli yuqoriligi, ularning xavfsizligi, yuqori darajada ta'minlangani, muhimi iqtisodiy rivojlanishda barqaror va yetarlicha energiya quvvatiga ega bo'lishini anglagan xolda yaratuvchanlik yo'lida dadil qadam tashlay oladi-lar.

2) Har bir mamlakat tabiiy sharoiti va imkoniyatidan kelib chiqib energiya man-baini eng optimal turini tanlashda keltirilgan ma'lumotlardan foydalanishi mumkin.

Xulosalar.

1) Barcha turdagi elektr energiyasi man-balarini tahlillar asosida o'rganilib ularni afzal va zaif tomonlarini solishtirib o'rganish uchun ma'lumotlar aniqlandi.

2) Yadro va boshqa turdagi energiya man-balarini ijtimoiy iqtisodiy hayotdagi muhim xarak-teristikalarini o'zaro taqqoslashga imkon beruvchi jadval yaratildi. Bu jadvalni tahlili o'quvchi talabalarni energiya manbalarini mamlakatimizdagi imkoniyatlarni baholab ekologiya va salomatlikka zararli qazilmali yonilg'i manbalari o'rniga zangori va yadro energetikasidan foydalanish zarura-tini idrok etishlariga yordam beradi.

3) Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar aso-sida o'quvchi talabalar AESlarni yangi avlodi va istiqbollari haqida zamonaviy tushunchalarga ega bo'lib, alternativ turdagi energiya manbalari bilan solishtirish orqali yadro energetikasini barcha parametrlar bo'yicha ustuvorligini va hech qan-day xavotirsiz uni O'zbekiston rivoji va kelajagi uchun rivojlantirilishi zarurligini idrok etib soha tashabbuskoriga aylanadilar.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

с 24 ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ / ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ у

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Парамонов Д.В., Тутунина Е.В. Влияние возобновляемых источников энергии на перспективы атомной энергетики. Учебное пособие.

2. Фистул В.Л. Введение в физику полупроводников. - М: ВШ, 1975.

3. Виктор М. Мурогов. Развитие ядерной энергетики: глобальные проблемы и стратегии. Основные материалы. // Бюллетенъ МАГАТЭ, 39/2/1997.

4. Возобновляемые источники энергии: учеб. посбие / С.Н.Удалов. - 3-е. изд., пере-раб и доп. - Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2014. - 459 с.

5. Today in Energy. Monthly generator capacity factor data now available by fuel and technology [Электронный ресурс]// U.S. Energy Information Administration: [сайт]. [January 15, 2014] URL:http://www.eia.gov/todayinenergy/detail.php?id = 14611 #/ (дата обращения 18.01.2016).

6. Nuclear power reactors in the world. 2016 Edition., IAEA, Vienna, 2016.- 86 p.

7. I. Sodiqov. Tinchlik yo'lidagi atom energetikasi iqtisodiyot tarmoqlarida misli ko'rilmagan yutuqlar omili bo'ladi. Xalq so'zi onlayn gazetasi. 16.06.2018

8. Степанов (Дзагуто) В. «К 2020 году господдержка строителъства АЭС исчезнет совсем» [Электронный ресурс]// Коммерсантъ [сайт]. [26.12.2016]. URL: http://www. kommersant.ru/doc/3181691/ (дата обращения 23.01.2016).

9. Breakdown of Electricity Generation by Energy Source [Электронный ресурс]// The shift project data portal: [сайт]. [2013]. URL: http://www.tsp-data-portal.org/Breakdown-of-Electricity-Generation-byEnergy-Source#tspQvChart/ (дата обращения 18.01.2016).

10. World Nuclear Power Reactors & Uranium Requirements [Электронный ресурс]// World Nuclear Association: [сайт]. [January 2017]. URL: http://www.world-nuclear.org/ information-library/facts-andfigures/world-nuclear-power-reactors-and-uranium-requireme.aspx/ (дата обращения 18.01.2016).

11. Голуб П. Лондон разрешил Китаю построитъ в Англии оченъ дорогую АЭС [Электронный ресурс]// BFM [сайт]. [15 сентября 2016]. URL: https://www.bfm.ru/ news/333691/ (дата обращения 18.01.2016).

12. G'.Primov. Atom energiyasi to'g'risidagi qonun: 10 ta afsona va haqiqat. Xalq so'zi onlayn gazetasi. 13.09.2019

13. International Energy Outlook 2016 DOE/EIA-0484(2016)// U.S. Energy Information Administration (EIA) / Ed. by Conti J., Holtberg P., Diefenderfer J., LaRose A., James T. Turnure, Westfall L. Washington DC, [May 2016]. P. 86 /URL: http://www.eia.gov/outlooks/ ieo/pdf/0484(2016).pdf

14. Countries with highest electricity generation [Электронный ресурс]// The shift project data portal: [сайт]. [2013]. URL: http://www.tsp-dataportal.org/T0P-20-Capacity#tspQvChart/ (дата обращения 18.01.2016).

15. А.З.Мухаметов, Т.Р.Терегулов. Ролъ ядерной энергетики в современном мире. // Евразийский научный журнал, 2016 - 77.246.158.243. 484-485 ст.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.