Научная статья на тему 'TURLI JISMONIY YUKLAMALARNI BAJARISHDA METABOLIK ADAPTIV O’ZGARISHLARNING XUSUSIYATLARI'

TURLI JISMONIY YUKLAMALARNI BAJARISHDA METABOLIK ADAPTIV O’ZGARISHLARNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
341
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sportchilar / metabolizm / energiya almashinuvi / moslashish / Firstbeat-monitoring / athletes / metabolism / energy metabolism / adaptation / Firstbeat-monitoring

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Raxmatovna Xasanova

Ushbu maqolada malakali sportchilar va sportga endi kirib kelgan sportchilar organizmda yuklamaga nisbatan yuzaga keladigan adaptiv o’zgarishlar o’rganilgan. Ko'rsatkichlarni o'lchash va baholash uchun mashg'ulotlar jarayonida sportchilarning harakat faoliyatini energiya bilan ta'minlash mexanizmlarini tavsiflovchi Firstbeat-bodyguard kuzatuvidan foydalanilgan. Mashqlanganlik darajasiga qarab kislorodni iste'mol qilish va energiya almashinuvi xususiyatlari aniqlandi. Olingan natijalar sportchining mashqlanganlik darajasi moslashish jarayonlarini borishiga, shuningdek, sportchining funktsional holatini doimiy ravishda nazorat qilish imkon beradigan invaziv bo'lmagan monitoring tekshiruvlarining samaradorligiga ta'sir ko’rsatishini tasdiqlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF METABOLIC ADAPTIVE CHANGES IN PERFORMANCE OF DIFFERENT PHYSICAL EXERCISES

The aim of the study was to assess metabolic changes in different strategies of adaptation to physical activity. Athletes were divided into two groups: highly qualified athletes (main group) and athletes who play football in the recreational program (control group). Firstbeat-bodyguard observation was used to measure and evaluate performance, describing the energy supply mechanisms of athletes ’movement activities during training. Depending on the level of exercise, oxygen consumption and energy exchange characteristics were determined. The results confirm that the level of exercise of the athlete affects the course of adaptation processes, as well as the effectiveness of non-invasive monitoring tests that allow continuous monitoring of the functional state of the athlete.

Текст научной работы на тему «TURLI JISMONIY YUKLAMALARNI BAJARISHDA METABOLIK ADAPTIV O’ZGARISHLARNING XUSUSIYATLARI»

TURLI JISMONIY YUKLAMALARNI BAJARISHDA METABOLIK ADAPTIV

O'ZGARISHLARNING XUSUSIYATLARI

Nilufar Raxmatovna Xasanova

Katta o'qituvchi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada malakali sportchilar va sportga endi kirib kelgan sportchilar organizmda yuklamaga nisbatan yuzaga keladigan adaptiv o'zgarishlar o'rganilgan. Ko'rsatkichlarni o'lchash va baholash uchun mashg'ulotlar jarayonida sportchilarning harakat faoliyatini energiya bilan ta'minlash mexanizmlarini tavsiflovchi Firstbeatbodyguard kuzatuvidan foydalanilgan. Mashqlanganlik darajasiga qarab kislorodni iste'mol qilish va energiya almashinuvi xususiyatlari aniqlandi. Olingan natijalar sportchining mashqlanganlik darajasi moslashish jarayonlarini borishiga, shuningdek, sportchining funktsional holatini doimiy ravishda nazorat qilish imkon beradigan invaziv bo'lmagan monitoring tekshiruvlarining samaradorligiga ta'sir ko'rsatishini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: sportchilar, metabolizm, energiya almashinuvi, moslashish, Firstbeat-monitoring

CHARACTERISTICS OF METABOLIC ADAPTIVE CHANGES IN PERFORMANCE OF DIFFERENT PHYSICAL EXERCISES

ABSTRACT

The aim of the study was to assess metabolic changes in different strategies of adaptation to physical activity. Athletes were divided into two groups: highly qualified athletes (main group) and athletes who play football in the recreational program (control group). Firstbeat-bodyguard observation was used to measure and evaluate performance, describing the energy supply mechanisms of athletes 'movement activities during training. Depending on the level of exercise, oxygen consumption and energy exchange characteristics were determined. The results confirm that the level of exercise of the athlete affects the course of adaptation processes, as well as the effectiveness of non-invasive monitoring tests that allow continuous monitoring of the functional state of the athlete.

Keywords: athletes, metabolism, energy metabolism, adaptation, Firstbeatmonitoring

KIRISH

Sport faoliyati samaradorligining oshishi va o'ta mashqlanishni keltirib chiqarish ehtimolini kamaytirish, avvalambor, mashg'ulotlar jarayonini to'g'ri tashkil etish bilan bog'liqdir. Jismoniy yuklamalarga moslashish xususiyati muskulning tizimli ishi jarayonida yuzaga keladigan biokimyoviy va funktsional o'zgarishlarning o'ziga xosligi, yo'nalishi va chuqurligi bilan bog'liq [9, 10, 11].

ASOSIY QISM

Neyroendokrin boshqaruv sportchilar tayyorgarligining turli bosqichlarida metabolik moslashuv jarayonlarni o'zgartirib, har bir aniq holatda moslashishning borishini belgilab beradi. Shu bilan birga metabolizmni baholash uchun an'anaviy ravishda turli xil biokimyoviy va gormonal parametrlarni baholash qo'llaniladi [8]. Bunday tadqiqotlarning murakkabligi invazivlik, ushbu ko'rsatkichlarni turli vaqtlarda ro'yxatdan o'tkazish, maxsus uskunalar va qimmat reaktivlardan foydalanish va boshqalar bilan bog'liq.

Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar e'tiborini doimiy ravishda (har bir soniyada) hayot faoliyatini asosiy tizimlaridagi funktsional o'zgarishlarni nafaqat mashg'ulotlar paytida, balki tiklanish paytida ham qayd etish imkonini beradigan qo'shimcha (invaziv bo'lmagan) nazorat qurilmalar orqali o'tkazishga qaratmoqda. Sutkali kuzatuv asosida ma'lum bir muskul ishiga moslashish xarakteri baholanadi, sportchining "zaif tomonlari" aniqlanadi, uning faoliyati muvaffaqiyati bashorat qilinadi va mashg'ulotlar jarayoni hamda tiklanish dasturiga zudlik bilan tuzatishlar kiritiladi [2, 3]. Ushbu holatlar tadqiqotning dolzarbligi va yangiligini belgilaydi.

Tadqiqotning maqsadi biokimyoviy va fiziologik parametrlarni kuzatish asosida futbolchilarda turli xil muskul yuklamalari paytidagi metabolik moslashuv o'zgarishlarning xususiyatlarini baholashdan iborat edi.

Tadqiqotni tashkil etish va tadqiqot usullari

Jismoniy faollikka turli xil moslashish strategiyalari bilan metabolik o'zgarishlarni baholash uchun sportchilarning, yoshi va antropometrik ko'rsatkichlari bir-biriga yaqin ikki guruhi shakllantirildi. Yoshning o'rtacha ko'rsatkichlari 19,7 ± 0,81 yosh, tana uzunligining o'rtacha ko'rsatkichlari - 177,3 ± 6,2, tana vaznining o'rtacha ko'rsatkichlari - 66,1 ± 2,11 kg.

Asosiy guruhga yuqori malakali sportchilar (14 kishi) birlashtirilgan. Nazorat guruhi rekreatsion dastur bo'yicha futbol bilan shug'ullanadigan 14 nafar sportchidan iborat.

Tadqiqot protokoli [6] ertalabki va kechki jismoniy mashg'ulotlar davomida maxsus jismoniy yuklamalarni bajarishda kechadigan metabolik adaptiv o'zgarishlarni ro'yxatdan o'tkazish (60 daqiqa) uchun mo'ljallangan.

Monitoring Firstbeat-bodygyard qurilmasi yordamida amalga oshirildi. Olingan ma'lumotlar tegishli "Firstbeat-sport" dasturiy ta'minoti yordamida tahlil qilindi.

Gipoksiya(kislorod iste'mol qilish darajasi)ga chidamliligi, metabolizmning tabiati va darajasi (metabolik ekvivalenti, umumiy energiya almashinuvi, shu jumladan alohida - uglevodlar va yog'lar hisobiga).

Olingan ma'lumotlar an'anaviy statistik qayta ishlashdan o'tkazildi: o'rtacha qiymatlarni hisoblash, xatoliklar, Styudent mezoniga ko'ra o'rtacha guruh qiymatlarini taqqoslash [1]. T> 1.96 (farq darajasi - 95%) da farqlar statistik jihatdan ahamiyatli hisoblanadi.

Natija va uning munozarasi

Tadqiqot natijalari 1-jadvalda keltirilgan. Ushbu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, asosiy guruhdagi sportchilarning maksimal kislorod istemoli nazorat guruhidagilarga nisbatan sezilarli darajada past bo'lgan: 68 ± 1,26 ml/kg/daq va 79 ± 1,38 ml/kg/daq. (t= 5.89). Ushbu holat, malakali sportchilarning mashqlanganlik darajasi rekratsion xarakterdagi mashg'ulotlar o'tkazadigan sportchilarga nisbatan ancha yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Muskullar yuklamalariga moslashishning borishi metabolizm darajasi bilan aniqlanishi sababli, metabolik ekvivalent (moddalar almashinuvi ekvivalenti), umumiy energiya almashinuvi (shu jumladan uglevodlar va yog'lar hisobiga) kabi ko'rsatkichlar tahlil qilindi.

Ml/kg/daq/3.5 da hisoblangan metabolik ekvivalenti darajasi (1-jadval) asosiy guruhda 19,9 ± 0,21 va nazorat guruhida 21,1 ± 1,12 (t = 1.40) sezilarli darajada farq qilmadi, ya'ni har ikkala guruh sportchilari muskul ishini bajarishda uning turigan qat'iy nazar, jismoniy imkoniyatlarni deyarli bir xil darajada amalga oshirdilar.

Bundan tashqari, umumiy energiya almashinuvi ko'rsatkichlari va alohida uglevodlar va yog'lar hisobiga boradigan energiya almashinuvi kabi muhim xususiyatlar ham ko'rib chiqildi (1-jadval). Asosiy guruhda umumiy energiya almashinuvi 366 ± 9,9 kkal nazorat guruhidagiga (mashg'ulotning rekreatsion xarakteri) 578 ± 11,2 kkal (t = 14,18) qaraganda ancha past bo'lib chiqdi, bu ham malakali sportchilarni mashg'ulot jarayonidagi turli jismoniy yuklamalarga yaxshi moslashganlngini bildiradi.

1-jadval

Tadqiqotda qatnashayotgan sportchilarning metabolik mashg'ulot ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar Guruhlar, M ± m, Styudent mezoni qiymati

Nazorat Asosiy t*

Kislorodning maksimal istemoli, ml/kg/daq 62 ± 1,26 79 ± 1,38 5,89

Metabolik ekvivalent, ml/kg/daq/3.5 21,1 ± 1,12 19,9 ± 0,21 1,40

Umumiy energiya almashinuvi, kkal 578 ± 11,2 366 ± 9,9 14,18

Shu jumladan:

Uglevodlar hisobiga, 68,9 ± 1,76 55,7 ± 0,99 6,54

umumiy energiya almashinuvining %larida

Yog'lar hisobiga, umumiy energiya almashinuvining %larida 31,1 ± 1,25 44,3 ± 0,63 9,43

- t> 1.96 bo'yicha farqlar statistik jihatdan ahamiyatli (95% ahamiyat darajasi)

1-rasm. Tadqiqot guruhlaridagi sportchilarning almashinuv jarayonidagi

"uglevodlar/yog'lar" nisbati.

Garchi har ikkala guruhda uglevodlar va yog'lar hisobiga energiya almashinuvi ko'rsatkichlari bir tomonlama bo'lsa-da, rekreatsion dasturga kirgan sportchilar guruhi

va malakali sportchilar guruhi o'rtasida statistik jihatdan muhim farqlar aniqlandi. Shunday qilib. asosiy guruhdagi sportchilar uglevodlar hisobiga umumiy energiya almashinuvining 55,7 i 0,99% ni, nazorat guruhida esa bu ko'reatkich 68,9 i 1,76% ni tashkil etdi (t = 6,54). Asosiy guruhda yog'lar hisobiga energiya almashinuvi nazorat gumhiga nisbatan sezilarii darajada yuqori bo'ldi: 44,3 i 0,63% va 31,1 i 1,25 va (t =

Ushbu xususiyatlar tufayli metabolik jarayonlarning "uglevodlar / yog'lar" nisbati asosiy guruhda 2,21 ga, nazoratda esa 1,25 ga teng bo'ldi (rasm 1). Belgilangan farqlar tekshirilayotgan sportchilarda jismoniy yuklamalarga moslashishining turlicha borishini ko'rsatadi.

Ma'lumki, atrof-muhit omillariga nisbatan moslashishga ikkita strategik mexanizmlaridan foydalanish orqali erishish mumkin: chidamli va bardoshli [4].

Chidamlilik strategiyasi organizm tomonidan haddan ortiq ta'sirini faol ravishda yengishga qaratilgan bo'lib, bu funktsiyalarni maksimal darajaga ko'tarish, asosiy almashinuv va katabolik jarayonlarni kuchaytirish orqali ta'minlanadi. Bu esa organizmdagi zaxiralarining kamayishiga va moslashish jarayonining buzilishiga olib keladi.

Bardoshlilik strategiyasi bo'yicha moslashish mexanizmini amalga oshirishda gipoksiyaning stress keltirib chiqaruvchi omillariga qarshiligi kuchayadi va barcha darajalaridagi asosiy funktsiyalarni tejash kuzatiladi [5, 10].

Yuklamalarga moslashishning bardoshli strategiyasi odamning fiziologik xususiyatlarining o'zgarishi, ya'ni yuklamalarning bir xildagi metabolik ekvivalentida kislorod iste'molining kamayishi va energiya sarfining pasayishi bilan boradi. Shunday qilib, tadqiqot davomida olingan natijalar sportchilarning tayyorlik darajasini moslashish jarayonlarining kechishiga ta'sir ko^satishini tasdiqlaydi.

Mashg'ulot jarayonini tashkil etish pirovardida sport faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, bu o'z navbatida jismoniy yuklamalarga moslashishning optimal stsenariysini ta'minlaydigan fiziologik o'zgarishlar majmuasi bilan bog'liq. Ushbu stsenariyni amalga oshirish fiziologik transformatsiyalar va biokimyoviy reaktsiyalar yo'nalishi va chuqurligi bilan belgilanadi [V, 13].

Jismoniy yuklamalarni bajarishda maksimal kislorod istemoli va metabolik ekvivalent sportchining maksimal aerob imkoniyatlarini va shunga mos ravishda jismoniy imkoniyatlar darajasini maksimal darajada amalga oshirilishini aks ettiradi

Doimiy nazorat jarayonida qayd etilgan metabolik adaptiv o'zgarishlarning xususiyatlarini baholashda biz jismoniy yuklamalarning o'ziga xosligi bilan bog'liq ba'zi xususiyatlarini aniqladik.

9,43).

[12].

Ushbu farqlar asosan maksimal kislorod iste'moli, umumiy energiya almashinuvi darajasi va alohida ravishda uglevodlar va yog'lar hisobiga energiya almashinuvi kabi ko'rsatkichlarga tegishli. Bunda, malakali sportchilar va rekratsion dastur asosida shug'ullanadigan sportchilar uchun hisoblangan metabolik ekvivalent darajalari orasida sezilarli darajada farq bo'lmadi. Ushbu dalillar mashqulot jarayonining maxsusligi jismoniy yuklamalarga moslashish xususiyatlariga ta'siri ko'rsatishini tasdiqlaydi.

Asosiy guruhdagi umumiy energiya almashinuvining sezilarli darajada oshishi va unga ko'proq yog'larning sarflanishi orqali hissa qo'shishi faktiga e'tibor qaratish zarur, bu esa visseral tizimlarni tartibga solish xususiyatlari va shunga mos ravishda moslashish stsenariysi bilan izohlanadi.

Ilgari, tiklanish choralar [3] ta'siri ostida sportchilarning uyqu paytidagi metabolizm xususiyatlarini o'rganilayotganda, nafaqat tiklanish jarayonlarining ustunligi, balki uyquni yaxshilanishi ham aniqlangan. Ushbu ilmiy ishda qayd etilgan uyqu vaqtidagi vagal ta'sir yuqori tiklanishning yuqoti ko'rsatkichi, minimal va maksimal yurak urish tezligining past ko'rsatkichlari, shuningdek kislorod iste'mol qilish ko'rsatkichlari va uyqu vaqtida qayd etilgan energiya almashinuvi xususiyatlari orqali tasdiqlangan.

Jismoniy faollik paytida maksimal kislorod iste'moli va metabolik ekvivalent sportchining maksimal aerob imkoniyatlarini va shunga mos ravishda jismoniy imkoniyatlarning maksimal darajasini aks ettiradi, biz ushbu ko'rsatkichlarni tungi tiklanish ko'rsatkichlarini baholashni kam ma'lumot ega deb hisobladik. Tasdiqlangan tiklanish dasturi yog'lar hisobiga boradigan energiya almashinuvining yuqori darajasini namoyon etdi.

Ushbu ma'lumotlar, shuningdek ushbu tadqiqotda olingan natijalardan ko'rinadiki; musobaqadan oldingi va musobaqa davridagi tayyorgarlik mashg'ulotlari o'kazilishida sportchilarning "vaznini kamaytirish" usullarini ishlab chiqishda qo'shimcha ravishda bizning ko'rsatkichlarimizdan foydalanishlari mumkin deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, fiziologik va metabolik ko'rsatkichlarni baholash tana vaznini yo'qotish miqdori bilan, shuningdek sport formasi va musobaqa samaradorligini saqlab qolish bilan taqqoslanadi.

Tadqiqot davomida aniqlangan o'rganilgan ko'rsatkichlarning farqlari tadqiqot olib borilayotgan yuqori malakali sportchilar va rekreatsion dastur bo'yicha futbol bilan shug'ullanadigan sportchilarning jismoniy yuklamalarga moslashishini borishini turlicha ekanligini ko'rsatadi.

1. Asosiy guruhdagi yuqori malakali sportchilarning mashqlanganligining yuqori darajasi kislorodni maksimal darajada iste'mol qilish ko'rsatkichining sezilarli

XULOSA

darajada past ko'rsatkichga ega ekanligi tasdiqlanadi, bu esa jismoniy yuklamalarga yaxshiroq moslashishini bildiradi.

2. Guruhlar o'rtasida muskul ishini bajarish paytida qayd etilgan metabolik ekvivalent darajasida sezilarli farqlarning yo'qligi, har ikki guruhning sportchilarini mashgulotlarni olib borilishi tartibidan qat'i nazar, jismoniy imkoniyatlarini bir xil darajada amalga oshirganligini ko'rsatadi.

3. Energiya almashinuvinig o'ziga xos xususiyatlari (umumiy energiya almashinuvi, alohida - uglevodlar va yog'lar hisobiga va metabolizm jarayonlarining "uglevodlar/yog'lar" nisbati) ham malakali sportchilarning mashg'ulotlar davomida bajarilgan jismoniy yuklamalarga yaxshi moslashishini tasdiqladi.

4. Tadqiqot natijalari sportchining funktsional holatini (nafaqat mashg'ulotlar paytida, balki undan keyingi turli davrlarda ham) doimiy ravishda kuzatib borish imkonini beradigan invaziv bo'lmagan monitoring tadqiqotlari samaradorligini isbotlaydi. Ushbu holatda olingan ma'lumotlar mashg'ulot jarayonlari va tiklanish tadbirlari dasturiga tuzatish kiritish uchun, so'ngra ushbu tuzatishlarning samaradorligini baholash uchun ishlatilishi mumkin.

REFERENCES

1. Кененбаев, Е. Т. (2021). Коммуникация и правомерность использования некоторых терминов, связанных с этим понятием. Вестник Челябинского государственного университета, №1 (447), 73-82.

2. Saodat, Z. (2020). Teaching Foreign Languages with Interactive Methods. International Engineering Journal for Research and Development, 5(1), 222-226.

3. Krivosheyeva, G., Zuparova, S., & Shodiyeva, N. (2020). Interactive way to further improve teaching listening skills. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3),

4. Zuparova, S., Shegay, A., & Orazova, F. (2020). Approaches to Learning English as the Source of All. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(5).

5. Zuparova, S. (2021). Modern methods and problems of teaching English. Экономика и социум, 11, 135-145.

6. Зупарова, С. Ш., Каюмова, Г. А. (2021). Из истории методов обучения иностранным языкам. Экономика и социум, 7, 272-284.

7. Zuparova, S. S. (2021). Using Didactic Games in Teaching Foreign Languages. Academic research in educational sciences, 2(3), 909-913.

8. Zuparova, S., Shegay, A. (2021). Methods of Teaching Foreign Languages. Eastern European Scientific Journal, 7(7), 141-143.

520- 525.

9. Djurayeva, Y. (2020). The Role of Phonetics in Languages Teaching. International Engineering Journal for Research and Development, 5(1), 44-49.

10. Djurayeva, Y., Orazova, F. & Kayumova, G. (2020). Applying independent education in foreign language classes and its problems. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), 195-199.

11. Djurayeva, Y., Ayatov, R., & Shegay, A. (2020). Current Problems and Resolutions of Teaching English Grammar. Academic research in educational sciences, 1(3).

12. Djurayeva, Y. A. (2021). Aesthetic Culture of a Translator. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 210-212.

13. Djurayeva, Y. A. (2021). Using innovative methods in learning English. Экономика и социум, 11, 145-157.

14. Djuraeva, Yu. A., Ayatov, R. I. (2021). Development of independent creative activity in the teaching process. Экономика и социум, 6-1, 85-88.

15. Djurayeva, Y. A. (2021). Teaching mixed -ability student in classroom. Academic research in educational sciences, 2(2), 1071-1075.

16. Djurayeva, Y. A. (2021). Enhancing English pronunciation in learning process. Academic research in educational sciences, 2, 302-306.

17. Arislanovna, Y. S., Bakhtiyorvich, G. B. (2021). Marketing And Information Support In Public Sector. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(1), 940-947.

18. Arislanovna, Y. S., Nematjanovna, K. M. (2021). Specifics Of Corporate Governance In Road Transport. Psychology and Education Journal, 58(2), 8027-8030.

19. Yuldaheva, S. A., Malenkikh, D. A. (2018). Unctad methodology in globalization of the direct investment market. Актуальные проблемы экономики и управления на предприятиях машиностроения, нефтяной и газовой промышленности в условиях инновационно-ориентированной экономики, 1, 149-154.

20. Mukhitdinova, K., Yuldasheva, S. (2020). Development of transport and logistics services market. EPRA International Journal of Research and Development, 5(5), 464-

466.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.