Научная статья на тему '“TURKISTON LEGIONI” TO‘G‘RISIDA XORIJIY MANBALAR'

“TURKISTON LEGIONI” TO‘G‘RISIDA XORIJIY MANBALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
264
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Serik Shakiboyev / “Katta Turkistonning qulashi” / “Molotov-Ribbentrop” shartnomasi / Mustafo Cho‘qay / Gennadiy Kolbin / Anvar Alimjonov / “Nemis svastikasi va sovet yulduzi o‘rtasida” / “Kollaboratsionizm. Ikkinchi jahon urushi tabiati / tipologiyasi va ko‘rinishlari”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Zohidjon Xoldorov

Maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida asir tushgan turkistonlik sovet askarlaridan tuzilgan «Turkiston legioni» tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu legionni tashkil etgan asli turkistonlik bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ham fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“TURKISTON LEGIONI” TO‘G‘RISIDA XORIJIY MANBALAR»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

"TURKISTON LEGIONI" TO'G'RISIDA XORIJIY MANBALAR

*

>

i j> > :> j>

Zohidjon Xoldorov

Namangan davlat universiteti

tarix yo'nalishi 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7271053

' t xi

1> TlP*

Annotatsiya: Maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida asir tushgan turkistonlik sovet askarlaridan tuzilgan «Turkiston legioni» tarixi to'g'risida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Shuningdek, ushbu legionni tashkil etgan asli turkistonlik bo'lgan shaxslar to'g'risida ham fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Serik Shakiboyev, "Katta Turkistonning qulashi", "Molotov-Ribbentrop" shartnomasi, Mustafo Cho'qay, Gennadiy Kolbin, Anvar Alimjonov, "Nemis svastikasi va sovet yulduzi o'rtasida", "Kollaboratsionizm. Ikkinchi jahon urushi tabiati, tipologiyasi va ko'rinishlari"

; )>>■ ! J>

Gitler Germaniyasi 1941-yil 22-iyun kuni SSSR hududiga bostirib kiradi6. SSSR "Molotov-Ribbentrop" shartnomasiga ishonib Germaniya bizga hujum qilmaydi

»

degan fikr bilan hech qanday harbiy tayyorgarlikni amalga oshirmagandi. I. Stalin boshchiligida Mudofaa qo'mitasi tashkil etilgandan so'ng, butun davlat bo'ylab harbiy safarbarlik e'lon qilinadi. Fashislarga qarshi o'z vatanlarini himoya qilish uchun turkistonlik jangchilar ham frontga yo'l oladilar.

Germaniya hukumati asir tushgan Sobiq Sovet davlati askarlaridan o'z manfaatlari yo'lida foydalanish uchun bir qator harbiy legionlarni tuzadi. Shunday harbiy birlashmalardan biri bo'lgan «Turkiston legioni» 1941-yilning oxiri, 1942-yilning boshlarida shakllandi. Uning asosini urushda asir olingan turkistonliklar tashkil qildilar7. «Turkiston legioni» rasman 1941-yil 15-noyabrda tashkil etilgan edi8. Urushning dastlabki davrlarida turkistonlik askarlardan asirga tushish holatining ko'plab bo'lishining o'ziga xos sabablari mavjud bo'lgan. Bu sabablardan biri buyuk o'zbek yozuvchilaridan biri O'tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» asarida ham keltirib o'tiladi. Ya'ni, frontning oldingi chizig'iga asosan turkistonlik J-jt askarlar qo'yilgan va ularning har uchtasiga bitta miltiq qolgan ikkitasiga patronlar berilgan. Bundan tashqari ba'zi bir turkistonliklar yog'och "miltiq"lar bilan ham jangga kirganlar.

Urushdan keyingi davrda "Turkiston legioni" masalasida bir qator olimlar ilmiy

izlanishlarni olib bordilar. Bu olimlar qatorida qozoq, turk, rus, nemis olimlari yirik -

6 https://goaravetisyan.ru/uz/prichiny-2-i-mirovoi-voiny-predposylki-vtoroi-mirovoi-voiny/

7 Jo'rayev N, Karimov Sh., O'zbekiston tarixi O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida Ikkinchi kitob. - T.: «Sharq nashriyoti», 2011. - B. 494.

8 https://deutschesoldaten.fandom.com/ wiki/Category:Turkestan_Legion.

SP^J ^ ' J^Sp^

^-w-isr88- a ^ 'i

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

ishlarni amalga oshirdilar. Tadqiqotchilar orasida nafaqat tarixchilar, balki boshqa

soha vakillari ham bo'lishgan. Misol uchun, urushdan keyin Olmaotada 600 nafar legionerning namoyishi bo'lib o'tadi. Keyinchalik Kustanay shahar KGB raisi o'rinbosari Serik Shakiboyevning "Katta Turkistonning qulashi" kitobi nashr etiladi. Ushbu asarda Mustafo Cho'qay va uning safdoshlari o'z xalqining xoinlari sifatida yaqqol ko'rsatilgan9.

1986-yil dekabr voqealaridan keyin Qozog'iston SSRning yangi rahbari Gennadiy Kolbin qozoq ziyolilariga e'tiborni kuchaytirishga qaror qiladi. Shuning uchun respublika ziyolilar elitasi vakillari bilan tez-tez uchrashuvlar tashkil etiladi. Shunday uchrashuvlarning birida 1987-yilda yozuvchi Anvar Alimjonov "Turkiston legioni" muammosiga yangicha yondashish va uning asoschisi Mustafo Cho'qayni reabilitatsiya qilish masalasini ko'tarib chiqadi. Ammo o'sha vaqtda Sovet Qozog'istonining rahbarlari bu masalani o'ylamasdan va muhokama qilmasdan kechroqqa qoldirishga qaror qilishadi.

Shuningdek, qozog'istonlik tadqiqotchi Baxit Sodiqova uzoq izlanishlardan

m i

*

so'ng "Turkiston legioni tarixiy hujjatlarda" nomli ilmiy asarini chop etadi. Ushbu asarda "Turkiston legion" bilan bog'liq bo'lgan muhim ma'lumotlar keltirilgan.

Nemis tarixchisi Patrik fon Syun Mulen o'zining "Nemis svastikasi va sovet

yulduzi o'rtasida" nomli kitobida bugungi kunda omon qolgan sanoqli turkistonlik legionerlar bir umid bilan - hech bo'lmaganda o'lim oldidan o'z vatanini ko'rish uchun yashaydi, deb yozadi.

Yevropalik olimlardan Ronald Cohn va Jesse Russell hamkorlikda "Turkiston

10

legioni" nomli asarni ingliz tilida chop etishadi . Ushbu kitobda "Turkiston legioni" Gitler Germaniyasi tomonidan tashkil etilishi, SSSRga qarshi janga kirishi bilan P j> bog'liq ma'lumotlar keltirib o'tiladi.

Yozuvchilar Finnin va Rorylar tomonidan 2022-yilda Toronto universitetida "Boshqalarning qoni: Stalinning Qrim vaxshiyligi va birodarlik poeziyasi" nomli asari chop etiladi11. Bu asarda Stalin tomonidan Qrimda uyushtirilgan vaxshiyliklar hikoya qilinadi. Shuningdek, Germaniyaning SSSRga hujum uyushtirishi, ko'plab Sovet askarlarining Germaniya tomoniga asir tushib qolishi bilan bog'liq qimmatli ma'lumotlar ham keltiriladi. Asarning biz uchun qimmatli jihati shundan iboratki,

J-jt

A W 1 111 /-J n I \ Tfln fl-f/MI 1 rr 1 11 1 ' ' 1 rr» ' I n -fV» 1 7-4-1 r\-t" lr/A-fl-fl1 n/4 1

unda "Turkiston legioni" to'g'risida ko'plab faktlar ketiriladi.

Turkiyalik tadqiqotchilar ham "Turkiston legioni" bilan bog'liq ko'plab ilmiy

asarlar yozganlar. Shunday tadqiqotchilardan biri Anvar Altayli tomonidan yozilgan _

-

9 https://tarikh.kz/sovetskiv-period-istorii-kazahstana/kazahstan-v-godv-vtorov-mirovov-vovnv/turkestanskiv-legion/

10 https://www.betterworldbooks.com/product/detail/turkestan-legion-9785511142906

11https://books.google.co.uz/books?id=RTRjEAAAQBAJ&pg=PT266&lpg=PT266&dq=novels+about+Turkestan+legi on& soiirce=h1&ots=R s3ySPkTTW&sip=ACfT T3U001 CtgV7v7Z72faGfiNh79n-

>

on&source=bl&ots=Rs3ySPkJTW&sig=ACfU3U001 CtgVzvzZ72faG6Nh79n-

_8dPA&hl=ru&sa=X&ved=2ahUKEwiD97G9pqL3AhXslYsKHe0lDnkQ6AF6BAgTEAM#v=onepage&q=novels%20 about%20Turkestan%20legion&f=false

Sp^J ^ ' J^Sp^""

——-»s- «¿su :>

OAS ÖRfftl

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

] Ъ

"Ozodlik tomon qora yo'l - Ro'zi Nazar, Qizil Armiyadan MRBgacha" nomli asarida

>

"Turkiston legioni"ning tuzilishi va uning faoliyati to'g'risida ma'lumotlar

-12 CU,, UJ«^«

keltiriladi . Shu bilan birga "Turkiston legioni"ning a'zolaridan biri bo'lgan Ro'zi Nazar hayot faoliyati haqida qimmatli ma'lumotlar ham keltiriladi.

Rus tarixchilaridan biri Mixail Ivanovich Semiryaga 2000-yilda "Kollaboratsionizm. Ikkinchi jahon urushi tabiati, tipologiyasi va ko'rinishlari" nomli kitobni chop etadi13. Taniqli rus harbiy tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor, Harbiy fanlar akademiyasi akademigi M.I. Semiryaga hisob kitoblariga ko'ra,

J J О J о о

Yevropaning bosqinchi mamlakatlarida dushman bilan hamkorlik qilgan fuqarolar soni anchayin ko'p bo'lgan. Ushbu asarda Germaniya tomonidan SSSRning asir tushgan askarlaridan tuzilgan bir qator legionlar haqida ma'lumot keltiriladi. Shunday legionlar orasida "Turkiston legioni" to'g'risida ham ma'lumotlar keltiriladi.

> >i Щ>

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://goaravetisyan.ru/uz/prichiny-2-i-mirovoi-voiny-predposylki-vtoroi-mirovoi-voiny/

2. Jo'rayev N, Karimov Sh., O'zbekiston tarixi O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida Ikkinchi kitob. - T.: «Sharq nashriyoti», 2011. - B. 494.

»

3. Shamsutdinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi (O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida) uchinchi kitob to'ldirilgan, qayta ishlangan ikkinchi nashri. - T.: «Sharq nashriyoti», 2010. - B. 367-368.

4. https : //deutschesoldaten.fandom.com/ wiki/Category : Turkestan_Legion.

5. https://tarikh.kz/sovetskiy-period-istorii-kazahstana/kazahstan-v-gody-vtoroy-mirovoy-voyny/turkestanskiy-legion/

6. https://www.betterworldbooks.com/product/detail/turkestan-legion-9785511142906

7. https://books.google.co.uz/books?id=RTRjEAAAQBAJ&pg=PT266&lp

g=PT266&dq=novels+about+Turkestan+legion&source=bl&ots=Rs3ySPkJIW&sig= ACfU3U001 CtgVzvzZ72faG6Nh79n-

_8dPA&hl=ru&sa=X&ved=2ahUKEwiD97G9pqL3AhXslYsKHe0lDnkQ6AF6BAg TEAM#v=onepage&q=novels%20about%20Turkestan%20legion&f=false

8. https://www.scotsman.com/arts-and-culture/books/book-review-dark-path-freedom-ruzi-nazar-red-army-cia-enver-altayli-1448350

9. http://militera.lib.ru/research/semiryaga_mi02/index.html

j

H> Ы r> --

https://www.scotsman.com/arts-and-culture/books/book-review-dark-path-freedom-ruzi-nazar-red-army-cia-enver-altayli-1448350

13 http://militera.lib.ru/research/semiryaga_mi02/index.html

-f-о ^ О

*

is* ч

56

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.