Научная статья на тему 'TURIZMNI TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI'

TURIZMNI TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

597
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sayohat / madaniy meros sohalari / turistlar sayohati / jismoniy tarbiya / zamonaviy boshqaruv / barkamol avlod tarbiyasi / jamoa sog’lig’ini mustahkamlash / rivojlanish. / Travel / cultural heritage / tourism / physical education / modern management / harmoniously developed generation / strengthening public health / development.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Zafar Abdurahimovich Namazov

Turizm o’zining osonligi va qiziqarligi bilan xalq ommasini o’ziga jalb qladi. Ushbu maqolada turizmni tashkil qilishning afzalliklari va mazmuni xaqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Tourism has attracted the masses with its ease and fun. This article discusses the benefits and content of tourism.

Текст научной работы на тему «TURIZMNI TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI»

TURIZMNI TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI

Zafar Abdurahimovich Namazov

Jizzax davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Turizm o'zining osonligi va qiziqarligi bilan xalq ommasini o'ziga jalb qladi. Ushbu maqolada turizmni tashkil qilishning afzalliklari va mazmuni xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: Sayohat, madaniy meros sohalari, turistlar sayohati, jismoniy tarbiya, zamonaviy boshqaruv, barkamol avlod tarbiyasi, jamoa sog'lig'ini mustahkamlash, rivojlanish.

Tourism has attracted the masses with its ease and fun. This article discusses the benefits and content of tourism.

Keywords: Travel, cultural heritage, tourism, physical education, modern management, harmoniously developed generation, strengthening public health, development.

Xozirgi kunda o'quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish va har tomonlama barkamol avlod tarbiyasida jismoniy tarbiyaning o'rni hamda turizmni amalga oshirish tobora oshib bormoqda. Qadimdan ma'lumki sayohat (sayr) nafaqat oliy darajada dam olish emas balki bo'sh vaqtdan unumli foydalanish, jamoa sog'lig'ini mustahkamlash shaxsni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashdan iboratdir. Sayohat o'quvchilarni tabiat bilan munosabatda bo'lishi va estetik zavqlanish o'quvchilar bir -birlari bilan mehr -oqibatda bo'lish, do'stlik, birodarlik bir -biriga qiyin sharoitlarda yordam berish, bir -birini qo'llab quvvatlash kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Milliy qadriyatlarni -tiklash, ma'naviy, ma'rifiy madaniyatimiz tarixini chukur o'rganish -milliy iftixorimiz hamda hozirgi davr mafkurasini yoshlarga o'quvchilarga o'rgatishda sayohatlarning o'ziga yarasha oni va mohiyati bor. Bu jarayonda O'zbekiston Turizm kompaniyasi va turli xalqaro jamg'arma uyushmalarining faollari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sayohatlarning jismoniy va ma'naviy jihatidan o'ziga xos bo'lgan tarbiyaviy jihatlari mavjud. Mahalliy davlat hokimiyati organlari,

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta'lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlariga keng jalb qilish borasida keng ko'lamli ishlarni tashkillashtirish asosiy vazifalarimizdan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

So'nggi yillarda mamalakatimizda turizm va sport sohalarini yanada rivojlantirish, aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, infratuzilmani yaxshilash, turizm salohiyati yuqori bo'lgan hududlarning o'zaro bog'liqligini ta'minlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy merosimizni muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda, yaratilgan barcha imkoniyatlarga qaramasdan turizm, sport va madaniy meros sohalarini rivojlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan, raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan xususiy sektorning ushbu yo'nalishlardagi rolini oshirish bo'yicha o'z yechimini topmagan masalalarni hal qilishga bo'lgan talab oshib bormoqda. Aholining keng qatlamlarini sport bilan shug'ullanishga va sog'lom turmush tarzini yuritishga jalb etish, jismonan sog'lom o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, oliy sport mahorati sohasida mamlakatimizning xalqaro sport maydonida munosib ishtirokini ta'minlashga qaratilgan yagona siyosatni amalga oshirish muhim amaliy axamiyatga ega.

NATIJALAR

Turizm, sport va madaniy meros sohalarida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ilg'or xorijiy tajribaga tayanib ushbu yo'nalishlarda infratuzilmani jadal rivojlantirish, ob'ektlardan samarali foydalanish, aholiga yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qancha tarmoqlarda tzimili yondashuv asosida amaliy ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Jumladan, jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi negizida Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining tegishli hududiy bo'linmalari negizida Turizm va sport vazirligining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar)

bo'limlari tashkil etilayotgani fikrimizning dalilidir. Turizm

February, 2022

o'zining osonligi va qiziqarligi bilan xalq ommasini o'ziga jalb qladi, ya'ni turizm bilan shug'ullanishlari uchun kishilar o'zining yoshini, jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda u yoki bu sport turi bilan shug'ullanishlari mumkin. Jismoniy tarbiya asosan uchta vazifani hal qiladi: (1-rasm)

sog'lomlashtirish bilim berish tarbiyalash

1-rasm. Jismoniy tarbiyaning vazifalari.

Turizm esa to'rtinchi -sport vazifasini hal qiladi, ya'ni turizm hamma sport turlari uchun shug'ullanuvchilarni, umum -jismoniy tayyorgarligini ta'minlabgina qolmay balki, turizm turlari barcha sportchi razryadlarini ham tayyorlaydi. Turizm-reja asosida oldindan mo'ljallangan sayohat, ekskursiya, poxod, tog'ga chiqish va sayrlardan iboratki, bunda biror neomat yaratilmay, jismoniy qobiliyat va jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olishga yo'naltirilgan omil deb qaraladi. Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo'yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilab qo'yilgan.

MUHOKAMA

Barchamizga ma'lumki, Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Turizm va sport vazirligi o'z vakolatlari doirasida umummajburiy bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli hisoblanadi. Barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Turizm va sport vazirligining murojaatiga ko'ra tegishli ma'lumotlarni o'rnatilgan tartibda taqdim etib boradi. Bu jarayonda O'zbekiston Turizm kompaniyasi va turli xalqaro jamg'arma uyushmalarining faollari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sayohatlarning jismoniy va ma'naviy jihatidan o'ziga xos bo'lgan tarbiyaviy jihatlari mavjud. Ularning ilmiy pedagogik jihatidan o'rganish hozirgi kunning muhim tomonlaridan biridir desak mubolag'a bo'lmaydi.

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

721

XULOSA

Shuni ta'kidlashimiz lozimki, turizm tarixi, uning asosiy yo'nalishlari, turlari, kategoriyalari, turistik xizmatlar, umuman turizm ilmi bilan bog'liq barcha masalalar haqida bilim berish, hatto turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini ta'rifu tasniflash katta ahamiyatga ega. Turizm alohida predmet darajasidagi masala hisoblanadi va aynan jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish jarayoni bilan bevosita bog'liqligi bilan ajralib turadi.

REFERENCES

1. Aliyeva M.T., Umarjonov A. Turistik mamlakatlar iqtisodiyoti: Darslik. -T.: Moliya, 2005. - 339 b.

2. Aliyeva M.T., Xo'jayev O'.X., Norchayev A.N. Turizm rivojlanishini prognozlash: O'quv qo'llanma. -T.: 2006. -214 b.

3. Irmatov M.M., Aliyeva M.T. va boshqalar. Turizmni rejalashtirish: O'quv qo'llanma. -Т.: 2005. -167 b.

4. Aliyeva M., Mirzayev M. va boshqalar. Turizm huquqi: O'quv qo'llanma. -Т.: Talqin, 2003. -245 b.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.