Научная статья на тему 'TUGUNAK VA ILDIZMEVALAR TARKIBIDAGI VITAMINLAR MIQDORINI OʻRGANISH'

TUGUNAK VA ILDIZMEVALAR TARKIBIDAGI VITAMINLAR MIQDORINI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUGUNAK VA ILDIZMEVALAR TARKIBIDAGI VITAMINLAR MIQDORINI OʻRGANISH»

TUGUNAK VA ILDIZMEVALAR TARKIBIDAGI VITAMINLAR MIQDORINI

O'RGANISH

Roziya Ernazarova, Zilola G'afforova, Shaxzoda Shosalimova, Nigora Ernazarova

Toshkent kimyo-texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10848313 Kirish. Vitaminlar ovqatlanishning almashtirilmas omillariga kiradi hamda ovqat bilan birga muayyan miqdorda muntazam organizmga tushib turishi kerak. Barcha vitaminlar ularning organizmdagi va almashinuvining miqdoriy tavsifnomalaridan kelib chiqqan holda, shartli ravishda suvda eruvchi va yog'da eruvchi vitaminlarga bo'linadi. [1] Vitaminlar quyidagi hususiyatlarga ega:

> ular asosiy almashinuv jarayonlarida muayyan o'rin tutadi;

> inson organizmida kerakli miqdorda hosil bo'lmaydi va ovqat bilan birga tushib turishi kerak;

> mikronutriyentlarga kiradi, ya'ni ularga bo'lgan kundalik ehtiyoj mikromiqdor (milligramm yoki mikrogramm)da ifodalanadi;

> ularning ovqat bilan birga tushgandagi gipovitaminoz (vitamin yetishmovchiligi) holatlari klinik va (yoki) laboratoriya alomatlariga ega bo'ladi. [2]

Vitaminlar asosan meva va sabzavotlar tarkibida ko'pmiqdorda uchraydi. Xususan tugunak va ildizmevalar tarkibidagi vitaminlar miqdori haqida so'z yuritamiz. [3] Tajriba qismi

Xalqimizning ko'pni ko'rgan, katta yoshli vakillari kartoshkani "ikkinchi non",- deya ta'riflashlari bejiz emas. Sababi, kundalik hayotda ham, ro'zg'orda ham talab yuqori bo'lgan kartoshka oilaviy ehtiyojlar uchun nondan so'ng eng ko'p iste'mol qilinadigan mahsulotlardan biri sanaladi.

Sabzi ham boshqa ildiz mevalarga nisbatan respublikamizda xalqimiz tarafidan sevib iste'mol qilinadigan sabzavot hisoblanadi. Shu boisdan ham tugunak va ildiz mevalar tarkibidagi vitaminlar miqdorini o'rgandik va quyidagi 1-jadvalda keltirilgan nazariy ma'lumotlarga ega bo'ldik. [4]

1-jadaval

TUGUNAK VA ILDIZ MEVALAR TARKIBIDA QUYIDAGI VITAMINLARNI

O'Z ICHIGA OLADI

№ Vitaminlar nomi va belgilanishi Kartoshka tarkibidagi miqdori Sabzi tarkibidagi miqdori Inson organizmida bajaradigan vazifasi

1. A vitamini (retinol) - 835 mkg Ko'rish va terining holatini yaxshilaydi

2. Vitamin B1 (tiamin) 0,033-0,12 mg 0,025-0,083 mg Uglevod almashinuvini tartibga soladi, asab tizimini mustahkamlaydi

3. Vitamin B2 (riboflavin) 0,023-0,122 mg 0,031-0,068 mg Gormonal darajasini va qon tarkibini tartibga soladi.

4. Vitamin B5 (pantotenik kislota) 0,30-0,38 mg 0,27 mg Miya faoliyatini yaxshilaydi

5. Vitamin B6 (piridoksin) 0,14-0,30 mg 0,098-0,146 mg Oqsillar, uglevodlar va yog' hujayralarini parchalash orqali tanani energiya bilan to'yintirishga yordam beradi.

6. Vitamin B9 (foliy kislotasi) 19-57 mkg 19-47 mkg Tananing o'sishi va rivojlanishiga ta'sir qiladi

8. C vitamini (askorbin kislotasi) 20,0-26,4 mg 3,5-5,9 mg Immunitet himoyasini oshiradi

9. E vitamini (alfa tokoferol) 0,050-0,190 mg 0,320-0,950 mg Reproduktiv tizimning faoliyatini tartibga soladi, ko'rishni yaxshilaydi

10. Beta tokoferol - 0,01 mg Reproduktiv tizimning faoliyatini tartibga soladi, ko'rishni yaxshilaydi

11. Vitamin B3 (PP, nikotin kislotasi) 1,16-2,36 mg 0,560-1,46 mg Metabolizm, nafas olish, oksidlanish, ishtaxani yaxshilashda ishtirok etadi

12. K vitamini 16 mkg 10,0-20,2 mkg Qon ivishining normal darajasini ta'minlash va oqsillarni sintez qilishda ishtirok etadi

13. Vitamin B7 (biotin) 0,1 mkg 2,9-4,1 mkg Biotin eng ko'p soch va tirnoqlar mustaxkamligi uchundir.

14. Beta-karotin 4-20 mkg 5650-16300 mkg Teri hujayralarini erkin radikallar ta'siridan va erta qarishdan himoya qiladi. Saraton rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Ko'z sog'lig'iga foydali ta'sir qiladi. Miya faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi, xotirani yaxshilaydi. Immunitet tizimining faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi -

15. Alfa karotin 3477 mkg Alfa-karotin kuchli antioksidant, saraton, yurak kasalliklari va diabet kabi turli kasalliklarni oldini olishda. A vitaminining muhim manbai hisoblanadi.

16. Lutein + zeaksantin - 256 mkg Ko'rish organlarini oziqlanishi uchun

17. Likopen - 1 mkg Erkin radikallarni bog'laydi va hujayralarni yo'q qilinishini oldini oladi.

18. Vitamin B4 (xolin) 11 mg 8,8 mg Immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi.

19. Metilmetionin sulfoniy (U vitamini) 0,17 mg 0,12 mg Yara kasalliklariga qarshi faol modda, me'da shirasining kislotaliligini normallantiradi.

Xulosa

Xulosa o'rnida shuni ayta olamizki, ovqatlanish ratsionida meva va sabzavotlarni alohida

o'rni bo'lishi lozim. Chunki barcha vitaminlarning past molekulyar og'irligi - ularning inson organizmidagi roli barcha asosiy jarayonlarni tashkil qilishda ishtirok etadi. Garchi vitaminlar inson organizmiga kichik miqdorda kerak bo'lsa-da, ammo ular metabolizmda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun organizmdagi kimyoviy reaksiyalarning borishida eng muhim moddalar vitaminlar hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Сыровая, Анна Оленовна, Татьяна Станиславовна Тишакова, and Лариса Владимировна Лукьянова. Аминокислоты, витамины и препараты, их содержащие. Diss. ХНМУ, 2013.

2. Канюков, В. Н., А. Д. Стрекаловская, and Т. А. Санеева. "Витамины: учебное пособие." (2012).

3. Дроздова, Т. М. "Физиология питания: учебное пособие." Кемерово: КемТИПП (2004): 144. Mirzaali o'g'li, Asfandiyorov Javodbek. "VITAMINLAR. VITAMIN HAQIDA TUSHUNCHA. VITAMINLARNING HOZIRGI KUNDA INSON HAYOTIDAGI

AHAMIYATI." INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION 1.11 (2022): 13-16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.