Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI IQLIMI SHAROITIDA GOLUBIKA O‘SIMLIGI NAVLARINING ISSIQLIKKA CHIDAMLILIGI ANIQLASH'

TOSHKENT VILOYATI IQLIMI SHAROITIDA GOLUBIKA O‘SIMLIGI NAVLARINING ISSIQLIKKA CHIDAMLILIGI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
golubika / nav / ko‘chat / issiqlik shoki / barg / harorat / suvsizlanish / og‘irlik / to‘r / termostat.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Qurbonmurodov Akbar Choriyevich, Normatov Mirzohid Abdurahmon O‘G‘Li

Maqolada golubika o‘simligini Sun’iy issiqlik «shoki» (50 ℃) ta’siridan so‘ng yo‘qotilganga nisbatan tiklangan suvning eng yuqori miqdori Avrora, Dyuk va Blyukrop navlarida 57,9-59,1 %, eng kam tiklanishi Toro navida 51,4 %, qolgan navlarda esa o‘rtacha 52,8-54,9 % ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich me’yor talabidan (≥ 60,1 %) dan past bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ochiq maydonlarda golubika yеtishtirishda ularning issiqlikka chidamasligini tavsiflaydi. Shu sababli mamlakatimiz sharoitida golubikani harorat sun’iy ravishda birmuncha yumshatilgan sharoitlarda (yarim soyalovchi to‘r ostida zichlashtirilgan sxemada) еtishtirish taqozo etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI IQLIMI SHAROITIDA GOLUBIKA O‘SIMLIGI NAVLARINING ISSIQLIKKA CHIDAMLILIGI ANIQLASH»

UO'K: 634.739.1

TOSHKENT VILOYATI IQLIMI SHAROITIDA GOLUBIKA O'SIMLIGI NAVLARINING ISSIQLIKKA CHIDAMLILIGI ANIQLASH

1Qurbonmurodov Akbar Choriyevich, 2Normatov Mirzohid Abdurahmon o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti, q.x.f.f.d., (PhD) 2Toshkent davlat agrar universiteti, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11443904

Annotatsiya. Maqolada golubika o'simligini Sun'iy issiqlik «shoki» (50 °C) ta'siridan so'ng yo'qotilganga nisbatan tiklangan suvning engyuqori miqdori Avrora, Dyuk va Blyukrop navlarida 57,9-59,1 %, eng kam tiklanishi Toro navida 51,4 %, qolgan navlarda esa o'rtacha 52,8-54,9 % ni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkich me 'yor talabidan (> 60,1 %) dan past bo'lib, O'zbekiston sharoitida ochiq maydonlarda golubika yetishtirishda ularning issiqlikka chidamasligini tavsiflaydi. Shu sababli mamlakatimiz sharoitida golubikani harorat sun'iy ravishda birmuncha yumshatilgan sharoitlarda (yarim soyalovchi to'r ostida zichlashtirilgan sxemada) etishtirish taqozo etiladi.

Kalit so'zlar: golubika, nav, ko'chat, issiqlik shoki, barg, harorat, suvsizlanish, og'irlik, to'r, termostat.

Аннотация. В статье наибольшее количество восстановленной воды по сравнению с потерей после воздействия искусственного теплового «шока» (50 °С) растения голубица составило 57,9-59,1% у сортов Аврора, Дьюк и Блюкроп, а наименьшее восстановление было у сортов Аврора, Дьюк и Блюкроп. Торо составляла у сорта 51,4%, у остальных сортов - в среднем 52,8-54,9%. Этот показатель ниже нормативного требования (>60,1%) и характеризует их жароустойчивость при выращивании голубика в открытом грунте в условиях Узбекистана. Поэтому в условиях нашей страны выращивать голубику необходимо в условиях искусственно смягченной температуры (в уплотненной схеме под полузатеняющей сеткой).

Ключевые слова: голубика, сорт, рассада, тепловой шок, лист, температура, обезвоживание, масса, сетка, термостат.

Abstract. In the article, the largest amount of recovered water compared to the loss after exposure to an artificial heat "shock" (50 °C) of the blueberry plant was 57.9-59.1% in the varieties Aurora, Duke andBluecrop, and the smallest recovery was in the varieties Aurora, Duke and Bluecrop. Toro was 51.4% for the variety, for other varieties it averaged 52.8-54.9%. This indicator is lower than the regulatory requirement (>60.1%) and characterizes their heat resistance when growing blueberries in open ground in the conditions of Uzbekistan. Therefore, in the conditions of our country, it is necessary to grow blueberries under conditions of artificially moderated temperatures (in a compacted pattern under a semi-shading mesh).

Keywords: blueberries, variety, seedlings, heat shock, leaf, temperature, dehydration, mass, mesh, thermostat.

Kirish. Dunyo bo'yicha juda tez ommalashayotgan qimmatli rezavor mevalardan biri golubika hisoblanadi. Buning boisi - uning beqiyos ta'mi, vitaminga boyligi va shifobaxshligi. Ushbu rezavor meva o'simligining bugungi kundagi yalpi etishtirilish xajmi

qariyb 1 mln. tonnadan ortmoqda. Dunyo ekspertlarining fikricha, keyingi 2 yil ichida uning maydoni yanada ortib, eksport salohiyati 2025 yilna borib qariyb 3 mlrd dollarga etishi bashorat qilinmoqda. Bunda etakchi davlatlar AQSh, Kanada va Chili bo'lib, dunyo yalpi golubika etishtirish xajmining 70% qismi ushbu davlatlar ulushiga to'g'ri kelmoqda. So'nggi yillarda Xitoy, Fransiya, MDH, JAR va boshqa davlatlarda ham golubika etishtirish xajmi ortmoqda. Ushbu davlatlarda golubikaning yuqori hosildor, sovuqqa chidamli navlarini yaratish, o'simlikni ko'paytirishning samarali usullarini ishlab chiqish va sanoat asosida etishtirish texnologiyasining muhim elementlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Dunyoda golubikani ko'paytirish va etishtirish bilan bog'liq ilmiy-tadqiqotlar asosan uni yangi areallarga introduksiya qilish, qimmatli yovvoyi turlarini madaniylashtirish, uning yuqori hosildor yangi navlarini yaratish, ko'chat va hosil etishtirishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish yo'nalishlarida olib borilmoqda.

Ko'pgina adabiy manbalarda keltirilishicha, golubika va uning juda yaqin qarindoshi bo'lgan chernikaning tabiiy tarqalish areali Shimoliy Yarim sharning mo'tadil iqlimli, bahor, yoz va kuz fasllarining yumshoq va yomg'irli o'tishi bilan ajralib turadigan o'rmon yalangliklari hisoblanadi. Bizning respublikamiz sharoitlarida esa kech bahor, yoz va erta kuz davrlari o'zining jazirama issiqligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun respublikamiz sharoitiga introduksiya qilingan golubika navlarining issiqqlikka chidamliligi muhim fiziologik ko'rsatkich bo'lib, uni aniqlash bo'yicha alohida tajriba olib bordik.

Buning uchun tajriba metodologiyasiga muvofiq, o'simlik bargida 50 °C haroratli sun'iy issiqlik «shoki» ta'sirida yo'qotilgan suv miqdori va ushbu barglarning sun'iy issiqlik «shoki» ta'sir ettirilgandan so'ng suvga 24 soat botirib qo'yilganda tiklangan suv miqdori bo'yicha aniqlandi. Golubika barglarining maydaligini hisobga olib, tajribada o'rtacha kattalikdagi 50 donadan barg olindi.

Kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, sun'iy issiqlik «shoki» ta'sirida eng ko'p suv yo'qotish Legasi va Darrou navlarida kuzatildi. Ushbu navlarda sun'iy issiqlik «shoki» ta'sir ettirilgandan so'ng yo'qotilgan suv miqdori 35,6 va 34,7 % ni tashkil etdi. Eng kam suv yo'qotish Avrora, Dyuk va Blyukrop navlarida aniqlandi. Ushbu navlarda barglardan sun'iy issiqlik «shoki» ta'sirida chiqib ketgan suv miqdori 27,4-28,2 % atrofida bo'ldi. Qolgan navlarning suv yo'qotish darajasi 31,334,6 % atrofida bo'ldi.

Ushbu tajribada ham avvalgi tajribada qo'llanilgan golubikaning 8 ta, ya'ni Avrora, Chandler, Dyuk, Patriot, Toro, Legasi, Darrou va Blyukrop navlari xizmat qildi.

Golubika navlari o'simliklarining issiqlikka chidamliligi ularning sun'iy issiqlik shoki ta'sirida suv yo'qotishi va suvsizlanishning tiklanish qobiliyati bo'yicha aniqlanadi.

Issiqlikka chidamlilikni sun'iy issiqlik "shoki" ta'sirida aniqlash metodikasi. Ushbu fiziologik ko'rsatkich P.S.Prudnikov, Z.E.Ojereleva hamda V.G.Leonchenko, R.P.Evseeva, Ye.V.Jbanova, T.A.Cherenkova kabi olimlar tavsiya etgan uslub bo'yicha aniqlandi.

Issiqlik «shoki» ta'sirida yo'qotiladigan suv miqdorini aniqlash uchun o'simliklardan olingan barg namunalari termostatda +50°C haroratda 30 daqiqa mobaynida saqlanadi. Shundan so'ng yo'qotiladigan suv miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi: PV = (ml - m2) * 100 %

bu erda: m1 - barglarning tajriba avvalidagi og'irligi, g;

m2 - barglarning tajriba so'ngidagi og'irligi, g; v0 - tajriba avvalidagi suvning og'irligi, g;

PV - yo'qotilgan suv miqdori, %.

Suvsizlanishning tiklanish darajasi issiqlik «shoki» ta'sirida so'ligan barglarni 24 soat mobaynida sovuq suvda to'yingandan keyingi og'irligini aniqlash yo'li bilan topiladi. Suvsizlanishning tiklanish darajasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

(M3 - M1) * 100

VN = ----

bu erda: M3 - barglarning to'yintirilgandan keyingi og'irligi, g; M1 - barglarning tajriba avvalidagi og'irligi, g; vo - tajriba avvalidagi suvning og'irligi, g; VN - yo'qotilganga nisbatan tiklangan suv miqdori, %.

Ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha issiqlikka chidamlilik quyidagi qiyosiy qiymatlar bo'yicha baholanadi.

1-jadval. Rezavor meva o'simliklarining issiqlikka chidamliligini aniqlash bo'yicha qiyosiy jadval

Issiqlikka chidamlilik ko'rsatkichlari Chidamliilk darajasi

yuqori o'rtacha past

50 °C harorat «shok»i ta'sirida suv yo'qotilishi, % 10 va undan kam 10,1-20,0 20,1 va undan ortiq

50 °C harorat «shok»i ta'siridan so'ng suvning tiklanishi, % 70,1 va undan ortiq 60,1-70,0 60,0 va undan kam

Rezavor mevalarning issiqlikka chidam iligini aniqlashda barglarning 50 °C haroratli

sun'iy issiqlik «shoki» ta'sirida yo'qotilgan suv miqdorini tiklay olish qobiliyati ham muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Buning uchun sun'iy issiqlik «shoki» ta'siridan so'ng barglar xona haroratidagi suvga 24 soat solib qo'yildi.

2-jadval. Golubika navlari barglarining sun'iy issiqlik «shoki» ta'sirida suv yo'qotish

ko'rsatkichlari, 2020-2022 yillar

№ Golubika navlari Barglarning tajriba avvalidagi og'irligi (ml), g; Barglarning tajriba so'ngidagi og'irligi (m2), g; Tajriba avvalidagi suvning og'irligi (v0), g Yo'qotilgan suv miqdori (PV), %

1 Avrora 5,71 2,90 2,81 28,1

2 Chandler 7,52 4,30 3,22 32,2

3 Dyuk 8,03 5,29 2,74 27,4

4 Patriot 7,11 4,13 2,98 29,8

5 Toro 6,95 3,82 3,13 31,3

6 Legasi 7,39 3,83 3,56 35,6

7 Darrou 7,21 3,74 3,47 34,7

8 Blyukrop 7,49 4,67 2,82 28,2

EKF05 0,2 0,12 0,09 -

Sx 0,03 0,02 0,01 -

adval ma'lumotlari shuni ham aniqlash imkonini berc iki, o'rganilgan golubika navlarinin

sun'iy issiqlik «shoki» ta'sirida suv yo'qotish o'zaro farqlansa ham, ammo ushbu rezavor mevali o'simlik uchun olimlar tomonidan tavsiflangan ko'rsatkichlardan, ya'ni 20,1 % dan ancha yuqori bo'ldi. Bu esa O'zbekiston sharoitida ochiq maydonlarda golubika etishtirishda ularning issiqlikka chidamasligidan dalolat beradi. Shuning uchun mamlakatimiz sharoitida golubikani ochiq maydonlarda keng ekish sxemalarida emas, balki zichlashtirilgan sxemalarda hamda yarim soyalovchi to'rlar ostida etishtirish tavsiya etiladi. Zichlashtirilgan sxemalarda ekilganda golubika o'simliklari bir-birini o'zaro soyalaydi va bu ham haroratning birmuncha yumshashiga olib keladi.

Tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, sun'iy issiqlik «shoki» ta'siridan so'ng suv bilan to'yinish darajasi navlar bo'yicha farqlandi. Bunda yo'qotilganga nisbatan tiklangan suvning eng

yuqori miqdori Avrora, Dyuk va Blyukrop navlarida kuzatildi. Ushbu navlarda sun'iy issiqlik «shoki» ta'sirida yo'qotilgan suvga nisbatan suvga to'yinish miqdori 57,9-59,1 % atrofida bo'ldi. 3-jadval. Golubika navlari barglarining sun'iy issiqlik «shoki» ta'siridan so'ng yo'qotilgan suvni

tiklash ko'rsatkichlari, 2020-2022 yillar

№ Golubika navlari Barglarning tajriba avvalidagi og'irligi (M1), g; Barglarning to'yintirilgan-dan keyingi og'irligi (M3), g; Tajriba avvalidagi suvning og'irligi (v0), g Yo'qotilganga nisbatan tiklangan suv miqdori (VN), %

1 Avrora 2,90 4,53 2,81 58,2

2 Chandler 4,30 6,00 3,22 52,8

3 Dyuk 5,29 6,87 2,74 57,9

4 Patriot 4,13 5,71 2,98 53,3

5 Toro 3,82 5,42 3,13 51,4

6 Legasi 3,83 5,78 3,56 54,9

7 Darrou 3,74 5,61 3,47 53,9

8 Blyukrop 4,67 6,33 2,82 59,1

EKF05 0,12 0,16 0,09

Sx 0,02 0,03 0,01

Yo'qotilgan suvning eng kam tiklanishi Toro navida aniqlandi. Ushbu navda barglarning sun'iy issiqlik «shoki» ta'siridan so'ng chiqib ketgan suvga nisbatan to'yingan suv miqdori 51,4 % atrofida bo'ldi. Qolgan navlarning suv yo'qotilganga nisbatan suvni tiklash qobiliyati 52,8-54,9 % atrofida bo'lganligi kuzatildi.

Ushbu 3-jadvalda keltirilgan tajriba ma'lumotlari shuni ham aniqlash imkonini berdiki, o'rganilgan golubika navlarining sun'iy issiqlik «shoki» ta'siridan so'ng yo'qotilgan suvga nisbatan tiklangan suv miqdori bo'yicha o'zaro farqlansa ham, ammo ushbu rezavor mevali o'simlik uchun olimlar tomonidan tavsiflangan ko'rsatkichlardan, ya'ni 60,1 % dan past bo'ldi. Bu esa O'zbekiston sharoitida ochiq maydonlarda golubika o'simligini etishtirishda ularning issiqlikka chidamasligini yana bir bor tasdiqladi. Shu sababli mamlakatimiz sharoitida golubikani harorat sun'iy ravishda birmuncha yumshatilgan sharoitda etishtirishni taqozo etadi.

Xulosa. Sun'iy issiqlik «shoki» (50 °C) ta'siridan so'ng yo'qotilganga nisbatan tiklangan suvning eng yuqori miqdori Avrora, Dyuk va Blyukrop navlarida 57,9-59,1 %, eng kam tiklanishi Toro navida 51,4 %, qolgan navlarda esa o'rtacha 52,8-54,9 % ni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkich me'yor talabidan (> 60,1 %) dan past bo'lib, O'zbekiston sharoitida ochiq maydonlarda golubika yetishtirishda ularning issiqlikka chidamasligini tavsiflaydi. Shu sababli mamlakatimiz sharoitida golubikani harorat sun'iy ravishda birmuncha yumshatilgan sharoitlarda (yarim soyalovchi to'r ostida zichlashtirilgan sxemada) etishtirish taqozo etiladi.

Горбунов А.Б. Ускоренное Алтайсикий государственный

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Вечернина Н.А., Таварткиладзе О.К., Эрст А.А. размножение голубики топяной in vitro // Вестн. аграрный университета. - 2008. - №6 (44). - С. 21-25.

2. Снакина Т.И. Интродукция голубики топяной (Vaccinium uliginosum L.) в Западной Сибири: автореф. дис. канд. биол. наук. - Новосибирск, 2007. - 16 с.

3. Яковлев А.П., Ходасевич Л.В. Опытное выращивание Vaccinium uliginosum L. на выработанных торфяниках севера Белоруссии // Раст. ресурсы. - 1998. - Т. 34, вып. 2.

- С. 23-29.

4. Normuratov Ilkhom, Namozov Ikhtiyor, and Dilnoza Ergasheva. E3SWeb of Conferences 284, 03022 (2021).

5. Khasanov Ozod Saidvalievich, Enileev Nazhdat Shavkatovich, Namozov Ikhtiyor Chorievich. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 11, Issue 5, May 2021. 1214-1220 p.

6. Vater G., Arena M. In vitro propagation of Rubus geoides // N. Z. J. Crop Hort. Sci. - 2005.

- V. 33. - P. 277-281.

7. http://prodgid.ru/poleznye-svoystva/yagody/golubika/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.