Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA TURIZM OID LEKSIKANING DOLZARLIGI'

TILSHUNOSLIKDA TURIZM OID LEKSIKANING DOLZARLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sayyohlik / terminologiya / leksika / manba / xizmat / davr / faoliyat / mamlakat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduxalilova Gulbahor Karabayevna

Turizm industriyasining jadal rivojlanishi turizm nutqining xususiyatlarini faol о‘rganishga turtki bо‘lib xizmat qildi. Tilshunoslar va turizm sohasida faoliyat yuritayotganlarni ushbu soha о‘z “jozibasi” va yetarlicha о‘rganilmagani bilan jalb etmoqda. Jamiyat hayoti va til chambarchas bog‘liq tushunchadir va tilning “tirik” organizm kabi rivojlanishi, о‘zgarishi, xamda insoniyatni qiziquvchanligi va kashfiyotchiligi tilda о‘z aksini topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA TURIZM OID LEKSIKANING DOLZARLIGI»

TILSHUNOSLIKDA TURIZM OID LEKSIKANING DOLZARLIGI Abduxalilova Gulbahor Karabayevna

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-chet tili kafedrasi ingliz tili katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11080586

Annotatsiya. Turizm industriyasining jadal rivojlanishi turizm nutqining xususiyatlarini faol o'rganishga turtki bo'lib xizmat qildi. Tilshunoslar va turizm sohasida faoliyat yuritayotganlarni ushbu soha o'z "jozibasi" va yetarlicha o'rganilmagani bilan jalb etmoqda. Jamiyat hayoti va til chambarchas bog'liq tushunchadir va tilning "tirik" organizm kabi rivojlanishi, o'zgarishi, xamda insoniyatni qiziquvchanligi va kashfiyotchiligi tilda o'z aksini topadi.

Kalit so'zlar: sayyohlik, terminologiya, leksika, manba, xizmat, davr, faoliyat, mamlakat.

Аннотация. Бурное развитие индустрии туризма послужило толчком к активному изучению особенностей туристской речи. Данная отрасль является привлекательной для лингвистов с лингвистической точки зрения, а для людей, работающих в этой отрасли с экономической, в силу своей малоизученности и "интересности". Общественная жизнь и язык-тесно связанные понятия, и в языке отражается развитие, изменение языка как "живого" организма, а также любопытство и изобретательность человечества.

Ключевые слова: туризм, терминология, лексика, источник, услуга, период, деятельность, страна.

Abstract. Nowadays tourism is a sphere where various investigations and development are taking place. It is "attractive "for linguists from a linguistic point of view andfor touristic workers from an economic one, as the mentioned area is appealing and not well- studied yet. The life of the society and the language are closely connected notions, what happens in humans life finds it reflection in the language.

Keywords: tourism, terminology, lexicon, source, service, period, activity, country.

Tilshunoslik tilning paydo bulishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat urtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi urni, ichki tuzilishi tilning tasnifi, uni taxlil silish usullari va shu kabi masalalarni urganadigan fandir. Tilni tilshunoslikdan tashkari falsafa, mantitskabi boshka fanlar xam urganadi. Ma'lumki, tafakkurga daxldor masalalar mantits ilmining mavzusidir. Shu tufayli mantitschilar tafakkur sonuniyatlari bilan birga, fikrning tilda aks etishini urganmasliklari mumkin emas. Undan tashkari, til va tafakkur bir-biri bilan uzviy boglangan, biri - ikkinchisisiz yashay olmaydigan xodisadir, tafakkur tilda yashaydi, xar sanday push asosida esa tafakkur yotadi. Matn tilni ana shu yunalishda urganadi.

Dunyo tajribasidan ma'lumki, turistik nutq sohasidagi lingvistik tadqiqotlar so'nggi yillar mobaynida faol ravishda olib borilmoqda, chunki globallashuv jarayoni jadal rivojlanib boraetgan turizm sohasining o'z tili bor. Biroq, olimlar hali ham batafsil o'rganishni talab qiladigan ko'plab savollarga duch kelishmoqda. Va bunday savollardan biri sayohlik nutqining tipologik maqomidir. Zamonaviy ilm-fanda sayohlik so'zlashuvining lingvistik xususiyatlarini o'rganishga katta e'tibor berilmoqda, bu esa tadqiqot ishining tanlangan yo'nalishining ahamiyati va kengligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga sayohlik nutqining lingvopragmatik xususiyatlarini mustaqil turdagi institusional nutq sifatida o'rganish va tavsiflash.

Turizm o'ziga xos faoliyat bo'lib, unda kishilar o'z muqim yashash joyi, unga yondosh hamda uzoq masofadagi manzillarga borishi, yangi manzara, tabiat, geografik holat, ziyorat va h.k.larni amalga oshirar ekan, kishilarning o'z yashab turgan va ish joylaridan tashqaridagi

joylarda ko'chishi va bo'lishi vaqtida sodir bo'ladigan munosabatlar va hodisalarning majmuasini tashkil etadi. Shu ma'noda ziyorat insonning voqe'likka muayyan munosabatini nazarda tutadi, ziyorat g'oyasi, o'z navbatida, alohida shartlar asosida zimmaga olingan harakatlarni ko'zlaydi, kishining abadiy ma'naviy qadriyatlar o'rnini o'tkinchi moddiy qadriyatlarga qurbon qilishga tayyorligining timsoli bo'lib qoladi.

Malakatimizda turizm sohasiga oid ilmiy adabiyotlarda ham turizm industriyasi tushunchasi har tomonlama tadqiq etilib, ushbu soha mutaxassislari I.S.Tuxliyev, R.Hayitboyev, N.E.Ibodullayev, R.S.Amriddinovalar unga: "Turizm industriyasi - bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, ko'ngil ochish obyektlari va vositalari, bilim orttirish, davolash, sog'lomlashtirish, sportga doir, diniy-marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turistlik-ekskursiya va gidtarjimonlik xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotlar majmuidir" .

O'zbek tilshunos olimlari ham lug'atshunoslikni rivojlantirishga hissa qo'shadigan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni jadallashtirishmoqda. Har bir sohaga oid maxsus so'z va iboralar, termin va nomlar alohida yondoshuvni talab etishi, ularning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash va lug'atlarda ularning talqin etilishida barcha xususiyatlarning e'tiborga olinishi mukammal lug'atlarning yaratilishiga olib keladi. Lug'atlarning barchaga tushunarli, foydalanishga qulay variantda taqdim etilishi, talqin va tavsiflarning mukammaligini ta'minlaydigan masalalar yechimiga qaratilgan tadqiqotlar ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Xozirgi zamonaviy turizm ekstremal, ekzotik va ajoyib turlarni o'z ichiga qamrab oladi. Yorqin va totli ta'mni xoxlovchilar va pazanda oshpaz sohasiga qiziquvchilar uchun esa gastronomik turlari tashkil qilinmoqda. Albatta har bir mamlakatning o'ziga xosligi uning milliy mehmonxonasi orqali aks ettiriladi. Amerikalik olimlar B.Jozef Payn II va Jeymos Gilmor ta'surotlarni to'rtinchi iqtisodiy taklif sifatida o'rganishganda shunday xulosaga kelishdi "ta'surotlar ekonomikasi o'zga hos xususiyatlarga ega".

Shuningdek, bir qator tadqiqotchilar "turizm" tushunchasini "tarmoq" sifatida emas, balki bir-biri bilan bog'langan "tarmoqlararo majmua" sifatida talqin etmoqdalar. Misol uchun, rossiyalik olimlar M.A. Morozov, N. S. Morozova, G.A. Karpova, L.V. Xorevalarning: "Zamonaviy turizm murakkab tarmoqlararo majmua sifatida namoyon bo'ladi", - degan fikrlari, shuningdek, M.N. Dmitriyevning: "Turizm - bu iste'molchilarning maxsus kategoriyasi (turistlarning) ehtiyojlarini qondiruvchi hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish soha tarmoqlari tashkilotlaridan iborat milliy xo'jalikning tarmoqlararo majmuasidir".

O'zbek terminologiyasida ingliz tilidagi atamalarning keng tarqalishi birinchi navbatda ekstralingvistik omillar bilan izohlanadi: O'zbekistonda turizm sohasining rivojlanishi chet el tajribasiga yo'naltirilgan va iqtisodiyot, iqtisodiyotning bir sohasi sifatida turizm ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda yuqori darajada rivojlangan. Shuning uchun unga xizmat ko'rsatadigan ingliz tilidagi atamalar eng universal va turizm sanoatining rivojlanishida hozirgi zamon talablariga javob beradi deb hisoblanadi. Ingliz va o'zbek tillarida "turizm" atamasining shakllanishi inson kasbiy faoliyatining tegishli sohasining rivojlanish darajasi bilan bog'liq. Angliya iqtisodiy faoliyat sifatida asl turizmning vatani hisoblanadi. Ingliz sayyohlik terminologiyasining rivojlanish tarixi. Antik davr, O'rta asrlar davri, Uyg'onish davriga to'g'ri keladi. XVIII asr. - turizmni rivojlantirish; XIX asr. - ommaviy turizmni rivojlantirish; XX asr. -xalqaro ommaviy turizmni rivojlantirish.

Turizm sohasidagi aloqa xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan lingvistik tadqiqotlarda "turizm diskurs" atamasi qo'llaniladi, bu atama turizmning predmetisohasida aloqaning institusional vaziyatlarida amalga oshiriladigan nutqnianglatadi."Turizm diskursi - bu turizm reklamasining turli turlarini birlashtirgan va lingvokognitiv xarakterga ega bo'lgan argumentatsiya strategiyalaridan foydalangan holda turizm xizmatlarini joylashtirish va targ'ib qilishga qaratilgan reklama nutqining maxsus kichik turi" U ma'lum bir lingvistik bo'lmagan parametrlarga ega bo'lgan va bir-biri bilan funksional bog'liq bo'lgan bir yoki undan ko'p matn komponentlarini o'zichiga olishi mumkin. Ushbu turdagi nutqning mavzusi madaniyat, an'analar, turarjoy,mehmonxonalar, hududning geografik tavsifi, ko'ngilochar tadbirlar, ekskursiyalarnio'zichiga olgan turistik sayohatlarni tashkil etishdir. Shunday qilib, ma'lum bir dasturning jozibali tasviri yaratiladi. Turistik nutqning asosiy ishtirokchilari tur operator, qabul qiluvchi davlat vakili, turistik xizmatlar iste'molchisi (turist), gid va boshqalar. Asosan turistik nutq reklama xarakteriga ega. Biroq, reklama va turistik nutqni solishtirganda, og'zaki va og'zaki bo'lmagan xarakterdagi ma'lum farqlarni topish mumkin. Shunday qilib, masalan, standart reklama har doim ham mos kelmaydigan illyustratsiyalarni taklif qilishi mumkin, turistik nutqda ko'pincha vaqt sinovidan o'tgan jozibali obyektlar, masalan, London Bridge ko'prigi yoki O'zbekistondagi Registon maydoni fotosuratlari ishlatiladi. Murojaat qiluvchining e'tiborini og'zaki ravishda jalb qilish, birinchidan, diqqatga sazovor sarlavhalar, turistik dasturning nomi(betakror O'zbekiston, ajoyib Angliya va boshqalar), ikkinchidan, matnlarni tashkil qilish leksik-stilistik va sintaktik vositalari orqali nutqda qo'llashda erishiladi.

Terminologik apparatdagi o'zgarishlarni tahlil qilish va lingvistik va tildan tashqari faktlar o'rtasidagi munosabatni o'rnatish asosida biz ingliz sayyohlik terminologiyasining shakllanishi va rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'ldik. Barcha ingliz tilidan olingan atamalar o'zbek tiliga moslashish darajasiga ko'ra ikkita tendensiyaga ega:

1) Inglizcha atamalarning aksariyati o'zbekcha so'zlarning ko'rinishini egallaydi;

2) Turizm sohasi tilida ko'plab chet tillari qo'shimchalari mavjud bo'lib, ularda so'zning bir qismi yoki butun bir so'zning lotincha yozilishi saqlanib qoladi.

O'zbek tilida turizm terminologiyasining shakllanishi ingliz tiliga qaraganda bir oz boshqacha yo'l tutdi. Bu, avvalambor, mamlakatimizda uning rivojlanishining taniqli tarixiy xususiyatlari tufayli turizmning iqtisodiyot sohasi sifatida shakllanishi birozdan keyin boshlanganligi bilan bog'liq. Tillar, ularning leksik tarkibi, leksik birliklarning shakllanish qoidalari, so'z birikmasi tarkibidagi ushbu leksik birliklarning "xatti-harakatlari" va ularning stilistik ma'lumotlarning xususiyatlari ma'lum bir tillar o'rtasida farq qiladi. Ushbu farqlar tabiiy bo'lishi muqarrar. Axir tillar ham yashaydi. Ma'lum bir madaniy jamiyat a'zolarining hayotida, ularni aks ettirishi, o'zgartirishi va takomillashtirishi ijtimoiy-tarixiy hodisadir. Bu ham turistik atamalar evolyusiyasiga xosdir. Biroq, qachon ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat bitta davlat bilan chegaralanib qolmay, o'z tillararo integratsion faoliyatini boshlaydi. Til chegaralar bo'ylab ushbu birliklarning tarjimasiga alohida ehtiyoj bor. Tarjima jarayonida leksik birliklar endi turli madaniy va etnik jihatlarni o'z ichiga olganligi sababli yanada murakkab ko'p chegaralanishlar va yangi shakllar va yangi ma'nolarga ega bo'ladi. Ingliz turizm terminologiyasi ushbu murakkab jarayonning barchasi bosqichlaridan o'tgan.

Xulosa qilib aytganda turizm nutq so'zlashuvning mustaqil turi bo'lib, u aniq mavzu, aniq adresat, aniq maqsadlar, va aniq til vositalari to'plamiga ega. Ma'lumot oluvchi sayyohlik sohaning mutaxassisi bo'lishi yoki bo'lmasligi mumkin, chunki turistik nutq ma'lum bir ijtimoiy guruh yoki til hamjamiyatiga emas, balki ommaviy auditoriyaga qaratilgan. Shunga qaramay,

sayyohlik muloqot ishtirokchilari turizm nutqning o'ziga xos xususiyatlarini tushunadilar,

shuningdek, axborot almashinuvini tashkil etish usullarini biladilar.

REFERENCES

1. Yakhshieva Z. Ochilov A. Isanova V. Linguistic and Lexicographic features of Touristic vocabulary in Uzbek and English languages. International Journal of Research. Vol.5. Issue 18. New Delhi 2018. 28-29th June. 72-77 P.

2. Saidbakhramovna, A. F. (2020). Linguoculturological aspect of phraseological units as an object of translation. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(1).

3. M.A. Morozov, N. S. Morozova, G. A. Karpova, L. V. Xoreva Ekonomika turizma uchebnik moskva 2014. 303s., S. 253.

4. Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Ibodullayev N.E., Amriddinova R.S. Turizm asoslari. O'quv qo'llanma. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri.- S.: SamISI, 2010. - 284 b.

5. Usmanov M. R.O'zbekisston turizmini rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari.dis.... geogr. fan. nomzodi.- Samarqand.2003.

6. Vinogradova L. Terminologiya turizma angliyskogo i russkogo yazikov v sinxronnom i diaxronnom aspektax: Avtoref. diss. .. .kand.filol.nauk. - Velikiy Novgorod, 2011.

7. Moshnyaga YE. V., Terminosistema mejdunarodnogo turizma kak lingvokulturnoye yavleniye / YE. V. Moshnyaga // Vestnik Moskovskogo gorodskogo pedagogicheskogo universiteta. Ser. «FilologiY. Teoriya yazika. Yazikovoye obrazovaniye». - 2009. - № 1 (3). - S. 67-73.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.