Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARIDA LIKVIDLILIK RISKINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

TIJORAT BANKLARIDA LIKVIDLILIK RISKINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
687
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TIJORAT BANKLARI / LIKVIDLILIK / RISK / RISKLARNI BOSHQARISH / RISKNI BAHOLASH

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Akbarov M.A.

Maqolada tijorat banklarida likvidlilik riskini boshqarishning zarurligi hamda ahamiyati va ularning baholash usullari nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tijorat banklari faoliyatida likvidlilik riskini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan va mamlakatimiz bank tizimida ularni qo‘shimcha ravishda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF LIQUIDITY RISK MANAGEMENT IN COMMERCIAL BANKS

The article discusses the theoretical and practical aspects of the necessity and importance of liquidity risk management in commercial banks and methods for their assessment. Conclusions and proposals for improving liquidity risk management in the activities of commercial banks and recommendations for their additional application in the banking system of the country are developed.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARIDA LIKVIDLILIK RISKINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

Akbarov M.A.

"Ipoteka-bank" ATIB Olmaliq filiali, bo'lim boshlig'i

TIJORAT BANKLARIDA LIKVIDLILIK RISKINI BOSHQARISHNI

TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya: maqolada tijorat banklarida likvidlilik riskini boshqarishning zarurligi hamda ahamiyati va ularning baholash usullari nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tijorat banklari faoliyatida likvidlilik riskini boshqarishni takomillashtirish bo'yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan va mamlakatimiz bank tizimida ularni qo'shimcha ravishda qo'llash bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: tijorat banklari, likvidlilik, risk, risklarni boshqarish, riskni baholash.

Akbarov M.A. head of department "Ipoteka-bank"

ATIB Almalyk branch

IMPROVEMENT OF LIQUIDITY RISK MANAGEMENT IN

COMMERCIAL BANKS

Annotation: The article discusses the theoretical and practical aspects of the necessity and importance of liquidity risk management in commercial banks and methods for their assessment. Conclusions and proposals for improving liquidity risk management in the activities of commercial banks and recommendations for their additional application in the banking system of the country are developed.

Keywords: liquidity of commercial banks, liquidity risk, management of risks, risk assessment.

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlovchi eng muhim ko'rsatkich bu - likvidlilikdir. Banklar vujudga kelgandan buyon ularda likvidlilik muammosi mavjud. Ya'ni banklar faoliyatining samaradorligi -mijozlar oldidagi majburiyatlarni o'z vaqtida bajara olishi bilan belgilanadi.

Likvidlilik tijorat banklari faoliyatida eng asosiy tushunchalardan biridir. Likvidlilik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va ularning to'lovga qobiliyatli bo'lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidliligi ularning to'lov qobiliyati va ishonchli bo'lishini ta'minlashda zarur kategoriya hisoblanadi.

Iqtisodiyotda harakatsizlik yuzaga kelishi hamda pandemiya davrida tijorat banklarining likvidliligini ta'minlash va uni saqlab turish bank

operatsiyalari riskliligini oshiradi, bu esa inqirozga olib kelishi mumkin. Bank likvidliligi bo'yicha risklarning ortishiga ta'sir qiluvchi bir qancha omillar mavjudki, bu omillar bank likvidliligiga alohida ahamiyat berishni va bank likvidliligi bo'yicha riskni doimiy ravishda kuzatib borishni talab qiladi. Shu sababli banklar o'z daromadidan voz kechib bo'lsa ham, likvidlilikni saqlab turishga majbur.

O'z navbatida, resurslar banklarning daromadliligini oshirish maqsadiga yo'naltirilsa, unda bu bankning likvidliligiga ta'sir ko'rsatadi. Demak, banklarning likvidliligi va daromadliligi o'zaro teskari muta nosiblikda namoyon bo'ladi.

Demak, bank likvidliligi uning o'z majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq bajarish hamda mijozlarning kreditga bo'lgan ehtiyojini o'z vaqtida qondira olish qobiliyatini bildiradi.

Banklar likvidliligini boshqarish, uni hisob-kitob qilishning naqadar muhimligi tarixda bank likvidliligi muammosi bilan bir qancha banklar bankrotlikka yuz tutganligi bilan izohlash mumkin. Masalan, "Lehman Brothers" investitsiya biznesi bo'yicha dunyodagi yetakchilardan biri bo'lgan. Shu tariqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish va investitsiyalarni boshqarish bo'yicha ixtisoslashgan investitsion bank tashkil etilgan. Bankning mintaqaviy shtab- kvartirasi London va Tokioda, shuningdek dunyoning ko'plab mamlakatlarida vakolatxonalariga ega bo'lgan.

Vaqtlar o'tib bank ipoteka kreditlash bozorining birinchi yirik ishtirokchilaridan biriga aylangan. 1997 yilda Lehman Kolorado shtatidan ipoteka vositachisi "Aurora Loan Services"ni sotib olgan. 2000 yilda bank o'zining ishtirokini G'arbiy Sohildan "BNC Mortgage LLC"ni sotib olish bilan kengaytirib, tezkorlik bilan ipoteka bozoridagi eng yirik o'yinchiga aylangan. 2003 yilga kelib bank tomonidan berilgan ipoteka kreditlari hajmi 18,3 milliard dollarga baholangan va bu unga AQSH reytingida uchinchi o'rinni egallashga imkon bergan. 2004 yilda bu ko'rsatkich 40 milliard dollarga o'sgan va 2006 yilda "Aurora Loan Services" va "BNC Mortgage LLC" oyiga 50 milliard dollar miqdorida ipoteka kreditlari ajratishgan. 2008 yilga kelib, Lehman ushbu kreditlarning 680 milliard dollarini o'zlashtirgan, uning kapitali atigi 22,5 milliard dollarni tashkil etgan bo'lib, bozor nuqtai nazaridan qaraganda, bu xavf ostida bo'lgan ko'chmas mulk bozorida Lehman 30 baravar kapitalga ega bo'lgan. Bank o'z likvidlilik riskini samarali boshqarish maqsadida o'z aktivlarini diversifikatsiya qilib bormaganligi natijasida bankning asosiy aktivlari ko'chmas mulklarga aylanib borgan. Natijada, uy-joy bozori qiymatining 3-5 foizga pasayishi bilan bankni birdaniga barcha kapitaldan mahrum qilgan. Bu ipoteka inqirozi boshlanishi bilan, bankning bankrotlikka yuz tutishi bir kechada, ya'ni 2008 yil 15 sentyabrda sodir bo'lgan.

Likvidlilik riskini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda bank mablag'larni samarali diversifikatsiyalashga va joylashtirish shartlariga yordam beradigan moliyalashtirish rejasini belgilashi kerak.

Bank balansi tuzilmasini diversifikatsiya qilish:

- bank operatsiyalari turlari bo'yicha mablag'lar konsentratsiyasini kamaytirish hisobiga eng yaxshi balans tuzilmasini saqlash;

- jalb qilish manbalarini diversifikatsiya qilish;

- bankning aktiv va passiv operatsiyalarini doimiy nazorat qilish deya ta'kidlagan.

Bank tizimi barqarorligini saqlab turish, bank omonatchilari va kreditorlari hamda aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklarda likvidlilik riskini boshqarish dolzarb va muhim masalalardan biri bo'lib hisoblanadi.

Keling, tijorat banklarida likvidlilik riski bilan bog'liq salbiy holatlarni ko'rib chiqamiz. Shu orqali tijorat banklarida likvidlilik riskini boshqarish nechog'lik dolzarbligi, iqtisodiyot va jamiyat uchun ahamiyatli ekanligini tushunishga harakat qilamiz.

Tasavvur qilaylik, tijorat banki o'z likvidlilik riskini samarasiz boshqarishligi oqibatida bir nechta omonatchisi oldidagi qarzdorliklarini o'z vaqtida qaytara olmadi. Ushbu holat ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa aloqa xizmatlari orqali xalq orasiga rasmiy yoki norasmiy tarzda tarqalib ketti. Natijada shu tijorat bankining mijozlarida ushbu tijorat banki bankrotlikka yuz tutmoqda degan fikir uyg'onib, barcha minglab omonatchilar o'z mablag'larini talab qila boshlashdi. Xorijiy amaliyotda "bank run" deb atalmish ushbu holat tijorat bankini juda jiddiy qiyin ahvolga solib, bankrotlikka yuz tutishini tezlashtiradi.

Tijorat banklarida likvidlilik riskini boshqarish orqali yuqorida misol tariqasida keltirilgan salbiy holatlarni oldini olish, xalqaro bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan bank likvidliligi yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlar va ushbu qo'mita qarorlariga asosan O'zbekistonda ham tegishli tartib va nizomlarga kiritilib kelinayotgan o'zgartirishlar ushbu mavzuning dolzarbligini bildiradi.

Tahlillarga ko'ra tijorat banklarida likvidlilik riskiga ta'sir qiluvchi omillarni tashqi va ichki holatlarga bo'lgan holda o'rganadigan bo'lsak quyidagicha ko'rishimiz mumkin:

Bankning likvidlilik riski asosan aktiv va majburiyatlarning so'ndirilish muddatlarining o'zaro nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladi. Bunda, tijorat banklarining jalb qilingan depozit mablag'lari muddati va ular hisobidan joylashtirilgan aktivlar muddati nomuvofiqligini tushunishimiz mumkin bo'ladi.

Tijorat banklarida jalb qilingan depozit mablag'lari muddati va ular hisobidan joylashtirilgan aktivlar muddati mosligini aniq hisob-kitoblar asosida yuritilmasligi kelgusida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ya'ni, jalb qilingan tegishli resurslar bank elektron bazasiga kiritilmasligi, resurslar muddatlari va ular hisobidan ajratilayotgan kreditlar muddatlari o'rtasidagi bog'liqlikni elektron nazoratga olinmasligi kabi holatlarni misol keltirishimiz mumkin. Bu esa o'z navbatida, likvidlilik riskini aniqlashda, baholashda, uni

minimallashtirish va boshqarishda bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltirib, natijada o'z salbiy ta'sirini ko'rsatishiga olib kelishi mumkin.

Bank tizimi regulyatori bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Adliya vazirligida 2015 yil 13 avgustda 2709-son bilan ro'yhatga olingan "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi nizomga asosan tijorat banklarining likvidliligi nazorat qilib boriladi.

Ushbu nizomda tijorat banklarida likvidlilikni baholash bo'yicha bank majburiyatlarining o'z vaqtida va to'liq bajarilishini ta'minlash maqsadida lahzali likvidlilik, likvidlilikni qoplash, sof barqaror moliyalashtirish bo'yicha me'yorlar belgilangan. Ushbu nizomga qo'shimcha tariqasida tijorat banklarida likvidlilik riskini boshqarish bo'yicha jalb qilingan tegishli resurslar bank elektron bazasiga o'z vaqtida kiritilishi, resurslar muddatlari va ular hisobidan ajratilayotgan kreditlar muddatlari o'rtasidagi bog'liqlikni elektron nazoratga olinishi kabi tavsiyalar kiritilishi foydadan xoli emas albatta.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan pandemiya davrida tijorat banklarining likvidliligini oshirish borasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- tijorat banklarining resurs bazasini ko'paytirish;

- bank aktivlari sifatini yaxshilash;

- omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish va bank tizimiga aholi hamda

xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash;

- yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish,

- ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko'lamini kengaytirish yo'li bilan aholi hamda xo'jalik sub'ektlarining bo'sh mablag'larini bank aylanmasiga keng jalb etish.

Belgilab olingan yo'nalishlar, amalga oshirilgan aniq chora-tadbirlar natijasida respublikamiz bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko'rsatkichlarni namoyon etib kelayotganligining yaqqol guvohi bo'lishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasida majburiy zaxiralar me'yori 4% qilib belgilangan. Majburiy zaxira stavkalarining yuqori bo'lganligi sababli Markaziy bankning majburiy zaxirasida deponentlangan mablag'lar hajmi ham yuqoriligicha qolmoqda. Respublikamizda monetar siyosatning ushbu vositasi banklarni likvidliligiga kuchli ta'sir qiladi. O'zbekiston Respublikasi M arkaziy banki pandemiya davrida tijorat banklarining likvidliligiga ijobiy ta'sir ko'rsatish maqsadida 2020 yil 1 apreldan boshlab tijorat banklarining Markaziy bankka depozitga o'tkazadigan majburiy zaxira miqdoriga nisbatan o'rtachalash koeffitsientini oshirish bo'yicha qaror qabul qildi.

Ya'ni, banklarning likvidligini qo'llab-quvvatlash va to'lov tizimining barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida majburiy zaxiralar miqdoriga nisbatan

amaldagi 0,25 o'rtachalash koeffitsienti 0,35 koeffitsientiga 2020 yil 1 iyuldan boshlab esa 0,35 dan 0,75gacha oshirdi.

Bunda tijorat banklarining Markaziy bankka o'tkazilishi lozim bo'lgan majburiy zaxiralari miqdorining 75 foizini banklarning vakillik hisob varag'ida qoldirishga ruxsat etildi. Bu o'z navbatida, tijorat banklarining likvidliligini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib tijorat banklarida likvidlilik riskini samarali boshqarishda quyidagi qo'shimcha takliflarni keltirishimiz mumkin:

- O'zbekiston aholisining musurmon diniga e'tiqod qilishligini hisobga olgan holda tijorat banklarida Islom banki depozitlari xizmatini ham joriy qilish orqali aholining bo'sh mablag'larini jalb qilish hisobiga mustahkam resurs bazasini shakllantirish;

- Yirik mijozlarga tegishli bo'lgan depozitlarning muddatidan oldin chiqib ketishi yuzasidan doimiy stress-test o'tkazib borish;

- Depozit portfeli va aktivlarni diversifikatsiya qilib borish;

- Tijorat banklarida imkon qadar daromad keltirmaydigan aktivlarni qisqartirish;

- Jalb qilingan mablag'lar va ularni joylashtirilishida elektron mexanizmlarni joriy qilish.

Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda bank tizimini va uni zamonaviy tizimlar asosida nazorat qilish orqali kelgusida bank-moliya tizimi barqarorligini mustahkamlash va iqtisodiyotni rivojlantirishda eng yuksak natijalarga erishiladi.

Adabiyotlar:

1. Berdiyarov B. (2020) Impact of the monetary policy of the central bank on the banking system liquidity. International Journal of Economics, Business and Management Research. www.ijebmr.com, Volume 4, Issue 1, ISSN 2456-7760.

2. Nizom (2015) "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi № 2709;

3.Nurgalieva A. (2016), "Politika upravleniya riskom likvidnosti v bankax vtorogo urovnya RK", №6 nauchnbiy jurnal "Universum: ekonomika i yurisprudensiya"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.