Научная статья на тему 'TIBBIY FAOLLIK VA UNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TA’SIRI'

TIBBIY FAOLLIK VA UNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

97
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bolalar salomatligi / tibbiy faollik / sog’lom turmush tarzi / kasallanish / jismoniy faollik / Children's health / medical activity / healthy lifestyle / illness / physical activity

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Feruza Imomiddinovna Sharipova, Surayyo Axatovna Murodova, Guloyim Sattarovna Avezova

Oilalarda sog’lom turmush tarzi ko„nikmalarini shakllantirish, oila a’zolarining tibbiy va jismoniy faolligini oshirish bolalar salomatligini saqlash va muhofaza qilishning asosiy mezonlaridan biridir. Tibbiy faollik insonlarning o’z salomatligiga, o’zgalar salomatligiga bo’lgan munosabati, vrachlar, tibbiyot xodimlari tavsiya etgan, buyurgan muolaja, davolash ishlarini o’z vaqtida bajarishi, davolash-profilaktika muassasalariga murojati tushuniladi. Shu va shunga o’xshash tibbiy faollikning ko’rinishlari ko’p jihatdan, aholining umummadaniyat darajasiga, ma’lumotiga, ruhiyatiga, turmush sharoitiga va boshka omillarga bog’liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Formation of healthy lifestyle skills in families, increasing medical and physical activity of family members is one of the main criteria for maintaining and protecting children's health. Medical activity is understood as the attitude of people to their own health and the health of others, treatment recommended and ordered by doctors, medical workers, timely completion of treatment works, and referral to treatment and prevention institutions. Manifestations of this and similar medical activity largely depend on the level of general culture, education, mentality, living conditions and other factors of the population

Текст научной работы на тему «TIBBIY FAOLLIK VA UNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TA’SIRI»

TIBBIY FAOLLIK VA UNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TA'SIRI

Feruza Imomiddinovna Sharipova Surayyo Axatovna Murodova

Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi,

Guloyim Sattarovna Avezova Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bolalar propedevtikasi kafedrasi

Oilalarda sog'lom turmush tarzi ko„nikmalarini shakllantirish, oila a'zolarining tibbiy va jismoniy faolligini oshirish bolalar salomatligini saqlash va muhofaza qilishning asosiy mezonlaridan biridir. Tibbiy faollik insonlarning o'z salomatligiga, o'zgalar salomatligiga bo'lgan munosabati, vrachlar, tibbiyot xodimlari tavsiya etgan, buyurgan muolaja, davolash ishlarini o'z vaqtida bajarishi, davolash-profilaktika muassasalariga murojati tushuniladi. Shu va shunga o'xshash tibbiy faollikning ko'rinishlari ko'p jihatdan, aholining umummadaniyat darajasiga, ma'lumotiga, ruhiyatiga, turmush sharoitiga va boshka omillarga bog'liq.

Kalit so'zlar: Bolalar salomatligi, tibbiy faollik, sog'lom turmush tarzi, kasallanish, jismoniy faollik

Formation of healthy lifestyle skills in families, increasing medical and physical activity of family members is one of the main criteria for maintaining and protecting children's health. Medical activity is understood as the attitude of people to their own health and the health of others, treatment recommended and ordered by doctors, medical workers, timely completion of treatment works, and referral to treatment and prevention institutions. Manifestations of this and similar medical activity largely depend on the level of general culture, education, mentality, living conditions and other factors of the population.

Keywords: Children's health, medical activity, healthy lifestyle, illness, physical activity

Tibbiy faollik deb, - anik olingan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlarga, jamiyat munosabatlariga, jamiyatdagi ishlab chiqarish usullariga, shaxs va jamiyat salomatligiga bog'lik holda namoyon

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

bo'ladigan insonlar faoliyati ko'rinishlarining eng tipik xarakterli

tomonlariga

January, 2023

aytiladi. U ayrim shaxslar, guruhlar, umumaholi faoliyati, sog'liqni saqlash muassasalarining aholini davolash va aholi orasida profilaktik maqsadda olib borayotgan ishlarini o'z ichiga oladi. Buning asosiy elementlaridan biri sifatida insonlarning o'z salomatligiga, o'zgalar salomatligiga bo'lgan munosabati, vrachlar, tibbiyot xodimlari tavsiya etgan, buyurgan muolaja, davolash ishlarini o'z vaqtida bajarishi, davolash-profilaktika muassasalariga murojati tushuniladi. Shu va shunga o'xshash tibbiy faollikning ko'rinishlari ko'p jihatdan, aholining umummadaniyat darajasiga, ma'lumotiga, ruhiyatiga, turmush sharoitiga va boshqa omillarga bog'liq.

Tibbiy faollik - yangi tushuncha bo'lib, uni faqat sog'liqni saqlash tashkilotlari, tibbiyot muassasalari faoliyatigagina bog'liq bo'lmay balki aniq, sistematik tarzda tashkil etilgan-tibbiy ko'rik, dispanserizatsiya, tibbiyot muassasalariga murojatlar nafaqat tibbiyot muassasalarining ishi, balki odamlarning shaxsiy faolligi, tibbiy faolligining samarasi sifatida ko'rinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Prof. B.Mamatkulovning ilmiy tadqiqotlari (1994-1997, 2008-2011yy) orqali bolalarning kasallanishlari, ularda uchrayotgan o'lim xollari, ko'p jixatdan profilaktik ko'riklarni o„z vaqtida o„tkazilishi, tibbiyot muassasalariga ota-onalarning o„z vaktida murojati, vrachlar bergan tavsiyalarni bajarishiga, ota-onalarning bolalarga birinchi tibbiy yordam ko'rsata olishiga, ularning gigienik va tibbiy bilim saviyasiga bog'liq ekanligi aniqlandi.

Ayniqsa, bolalar qancha yosh, ota-onalarning tibbiy faolligi qancha past bo'lsa, bolalarning salomatligi shuncha yomon bo'lishligi aniqlandi. Ota-onalarning bolalar kasallanishi bo'yicha tibbiyot muassasalariga o'z vaqtida murojat etmasliklari tufayli bolalardagi kasalliklarning kechishi og'irlashib, oxir oqibatda ular surunkali formalarga, og'ir oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Bolalarda u yoki bu kasalliklar, shaharlardagi oilalarda 28,3%, qishloqlarda esa 40,5% ota-ona vrachga o'z vaqtida yoki har doim xam murojat etmasliklari kuzatilgan. Barcha kuzatilgan oilalardan shaharda 8,1%, qishloqlarda 14,7% oilalar bolalari kasallikka chalinganda ularni davolash bo'yicha maslahat uchun qarindosh urug'larga va tanish bilishlarga murojat qilishligi kayd etilgan. Shaharda 12,7%, qishloqda 18,4% ota-ona vrachga murojat qilmasdan bolalar kasal bo'lganda o'z bilganlaricha ularni davolamoqdalar. Bularning barchasi kasallikning og'irlashuviga, ularning surunkali formalarga o'tishligiga sabab bo'lmoqda. Bizning tadqiqotlarimizdan aniqlanishicha agar ota-ona vrachga o'z vaqtida murojaat etmasa, vrach tavsiyasini to'g'ri va ma"suliyat bilan bajarmasa, ushbu oiladagi bolalar boshqa bolalarga nisbatan 3 marotaba ko„p kasallanar ekan

(Avezova G.S., 2012).

January, 20231 ©

Oila tibbiy faolligining shakllanishida, aholi orasida Sog„lom turmush tarzini targ„ibot qilish, asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ota-onalarning bola tarbiyasi bo„yicha tibbiy, gigienik bilimlarini yetishmasligi tufayli bolalarning kasalliklarini profilaktikasi, oldini olish bo„yicha chora-tadbirlar o„tkazmasliklari natijasida bunday oilalarda tarbiya topayotgan bolalar 2,0-2,5 barobar ko„p kasallanayotganligi aniqlandi. Bizning olgan ma"lumotlarimizga karaganda shaxarda 48,7% oilalarda, qishlokda 67,7%, oilalarda ota-onalar tibiyotga, bolalar tarbiyasiga oid adabiyotlarni yo„qligini sabab qilib ularning o„qimasliklarini kayd etishdi.

Hozirgi kungacha qishloq bolalari chiniqqan, ular shahar bolalariga nisbatan kam kasallikka chalinadi degan fikr mavjud edi. Ammo bizning maxsus kuzatishlarimiz va tibbiy ko„rik o„tkazishimiz natijasida olgan ma"lumotlarga karaganda, 7 yoshgacha bo„lgan shahar (2277,8%o) va qishloq (2043,9%) bolalari orasida kasallanish ko„rsatkichlari orasida deyarli fark yo„qligi 1 yoshgacha bo„lgan kishlok bolalarining kasallanish kursatkichlari (3181,0%), shaxar bolalarinikiga (2949,5%) nisbatan ko„p ekanligi aniqlandi. Buning asosiy sababi qishloq aholisining tibbiy faolligini pastligi tibbiy muassasalarga murojaatining yomonligi, ularning gigienik madaniyatining pastligi, qishloklarni, shaxarlarga nisbatan tibbiyot muassasalari va xodimlari bilan kam taminlanganligida deb qarash mumkin. Tibbiy faollik, turmush tarzining boshqa tomonlari kabi, kasalliklar profilaktikasi, ayniqsa birlamchi profilaktikani asosi bulgan Sog„lom turmush tarzini shakllantirishga karatilgan bo„lishi kerak.

Sog„lom turmush tarzi-bu odamlarni o„z salomatliklarini saqlash va yaxshilashga qaratilgan faoliyatidir. Sog„lom turmush tarzini shakllantirish respublikamiz sog„liqni saqlash tizimining bosh yo„nalishi bulgan profilaktik yunalishning bosh richagi xisoblanadi. Sog„lom turmush tarzi sog„liqni saqlashning muhim muammolaridan biri bulgan-yurak, qon-tomir, onkologik, ayrim asab, oshkozon-ichak,upkaning nospesifik kasalliklarini oldini olishda va ular sababli kelib chikadigan o„lim hollarini kamaytirishda yetakchi rol o„ynaydi. Sog„lom turmush tarzini shakillantirish, xususan birlamchi profilaktikani amalga oshirish, davlat, jamoat tashkilotlari tibbiyot muassasalari xamda ko„p jihatdan aholining o„ziga bog„liq.

Sog„lom turmush tarzini shakillantirish va profilaktik yo„nalishini taraqqiy ettirish, xozircha kasalliklar tibbiyotiga, patologiya ilm faniga aylanib qolgan tibbiyotni qayta shakillantirishning asosiy yo„li hisoblanadi. Shu bilan bir katorda bemorlarga bo„lgan diqqat e"tiborni kamaytirmagan xolda tibbiyotni potologiyalar tibbiyotidan, sanalogiya tibbiyotiga, sog„lom shaxslar salomatligini saqlashga mustaxkamlashga karatilgan. Ilmiy va amaliy faoliyatga aylantirish lozim. Poliklanikalar,

ambulatoriyalar, dispanserlar, profilaktoriyalar, konsultatsiya berish muassasalari, sog„liqni saqlashning birlamchi zvenosidagi tibbiyot

muassasalari profilaktikani, tibbiy faollikni, Sog„lom turmush

January, 2023

tarzini shakillantiruvchilar sanalogiyani amalga oshiruvchilar sifatida amaliy faoliyat ko„rsatishlari zarur. Tibbiyotning birinchi vazifasi - salomatlikni saqlash, ikkinchisi - kasalliklarni davolash.

Jismoniy faollik inson salomatligi uchun muhim jihatlardan biridir. Oxirgi yillarda ishlab chiqarishda intensiv jismoniy mashqlar deyarli 90%ga kamaygan. Hozirgi vaqtda kam xarakatlilik, ya"ni gipodinamiya yuzaga kelganligi sababli turli kasalliklar rivojlanishi kuchaygan. Shu sabab gipodinamiyani kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo„ladigan havf omili sifatida qaralishiga sabab bo„lmoqda. Jismoniy faollik turli jismoniy mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Bunda ertalab va kechqurungi sayrlar, o„zoq masofaga yurish, yugurish, suzish, turli jismoniy mashqlarni bajarish, fitnes, aerobika, tennis va xokazolar kiradi. Jismoniy mashqlarda ertalabki gimnastika muxim axamiyatga ega.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, oilalarda sog„lom turmush tarzi ko„nikmalarini shakllantirish, oila a"zolarining tibbiy va jismoniy faolligini oshirish bolalar salomatligini saqlash va muhofaza qilishning asosiy mezonlaridan biridir.

REFERENCES

1. Ermatov, N., Guli, S., Feruza, S., Feruza, A., & Bakhtiyor, R. (2019). The effectiveness of red palm oil in patients with gastrointestinal diseases.

2. Шайхова, Г. И., Пономарева, Л. А., Азизова, Ф. Л., & Салихова, Н. С. (2008). Комплексная гигиеническая оценка условий воспитания и обучения детей и подростков: Метод. рекомендации.

3. Азизова, Ф. Л. (2016). Решение проблемы создания благоприятных гигиенических условий обучения и воспитания детей с ограниченными возможностями. Автореферат докторской диссертации. Ташкент, 25.

4. Шеркузиева, Г. Ф., Хегай, Л. Н., Самигова, Н. Р., Азизова, Ф. Л., & Курбанова, Ш. И. (2020). Результаты изучения острой токсичности пищевойсмеси "Мелла Круассан". Журнал//Вестник, (1), 188-189.

5. Шайхова, Г. И., Отажонов, И. О., & Азизова, Ф. Л. (2018). Эрма тов НЖ Пищевая и биологическая ценность соевой муки.

6. Азизова, Ф. Л. (2014). Анализ изучения вопросов физического развития и состояния здоровья детей с ограниченными возможностями на современном этапе. Медицинский журнал Узбекистана, (2), 117.

© О

® ©

ф<

January, 20231 Multidisciplinary Scientific Journal д

4

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.