Филологические науки
UDС 003.8
OMONIM VA SINONIMIK SO'ZLARNING TAHLILI
E.M. Soliyev1, M.T. Soliyeva2
Anatatsiya
Maqolaning dolzarbligi shundan iboratki, chet tildagi bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlash.
Tayanch so'zlar: fraziologizm, bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar. Sinonimik va omonimik qatorlar.
Frazeoligik turg'un birikmalar til egasi bo'lgan xalqning ma'naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash sharoiti, intilishi voqelikka munosabati bilan uzviy bog'liqdir. Frazeologik birlik bu - to'liq yoki qisman ko'chma ma'nodagi leksemalarning turg'un birikmasidir.
Frazeologik turg'un birliklarning til lug'at sostavida alohida o'rin tutadi.
Til so'ziga tilshunoslikda turlicha ta'rif beriladi. Keng ma'noda til deganda xotirada mavjud ijtimoiy boylik ham, bu boylikdan foydalanish jarayoni ham, shu jarayon natijasida yuzaga keladigan matn ham tushuniladi. Til deganda asli xotirada saqlanuvchi ijtimoiy boyligi, matn hosil etish uchun xizmat qiladigan hodisalarni, shulardan foydalanish qoidalarini tushunish to'g'ri bo'lib, bunda til bilan matn o'zaro chegaralanadi, tilga mansub birliklarni til birligi deb, farqlash mumkin.
Til birliklarining ayni bir ma'noni anglatishi asosida guruhlanishi sinonimiya deyiladi. (yunoncha syynonimon - birgalikda ismlilik).
Sinonimiya ikki va undan ortiq til birligining o'zaro ma'no munosabati asosida tug'iladi. Bunday munosabatda qatnashuvchi birliklarning miqdorini cheklab bo'lmaydi. Ikkinchidan, bu til birliklari o'z ichida muntazam bir sistemani tashkil etadi. Shu xususiyatlarni hisobga olib, sinonimiya munosabati hosil etuvchi til birliklari bin ikkinchisiga nisbatan sinonim deyiladi. Sinonimlar jamlangan holda sinonimiya qatori deb yuritiladi.
Shunga ko'ra sinonimiya ikki xil:
1.Lug'aviy sinonimiya - lug'aviy birliklarning o'zaro sinonim bo'lishi: masalan, Heaven, future state, eternal blessedness, eternity, Paradise, Eden, promised land, Golden Age, Utoriya, Millennium.
2.Grammatik sinonimiya - grammatik birliklarning sinonim bo'lishi: - yap, - yotir, (o'qiyapman, o'qiyotirman) kabi.
Lug'aviy sinonimiya uch xil bo'ladi:
1.Leksik sinonimiya - leksik birliklarning o'zaro sinonim bo'lishi: sky cunning crafty deceitful, underhand, roguish, mischievous.....
2.Frazeologik sinonimiya - frazeologik birliklarning o'zaro sinonim bo'lishi: Between a rock and a hardplase. Between the devil and the deep Blue. Sea, in a bind.
3.Leksik frazeologik sinonimiya - leksiya birlik bilan frazeologik birlikning o'zaro sinonim bo'lishi:
Osongina, xamirdan qil sug 'organday kabi.
Leksik sinonimiya.
Leksemalarning (leksemalarning ayni bir ma'no anglatishi) asosida guruhlanishi leksik sinonimiya deyiladi. Masalan, ridiculous, laughable, preposterous leksemalari ayni bir ma'noni anglatadi.
Masalan, wrong, bad, sinful, grievous, wicked, vicious, reprehensible, hurtful leksemalari sinonim, ayni bir ma'noni anglatadi, ma'no o'zani keng, ammo bu leksemalar o'zaro leksik ma'no qirrasida farqli. Masalan, wrong idea, bad idea, sinful idea, hurtful idea bog'lanishlarining har birida fikrning chin, to'g'ri emasligi anglatiladi, ammo wrong idea ga nisbatan sinful idea deyish bilan ayb, gunoh kuchaytiriladi.
Sinonimlar o'zaro uslubiy baho jihatidan farqlansa, uslubiy sinonim deyiladi. Har bir sinonimiya qatori, odatda: a) uslubiy baho semasi betaraf leksik birlikni va; b) uslubiy baho semasi bartaraf bo'lmagan leksik birlikni o'z ichiga oladi. Masalan: to laugh, guffaw,
1Soliyev Erkin Mamatkarimovich - assistant of foreign language faculty, Djizak Polytechnic Institute, Uzbekistan).
2Soliyeva Muhayyo Tairovna - assistant of foreign language faculty, Djizak Polytechnic Institute, Uzbekistan).
Ученый XXI века • 2016 • № 5-2 (18)
giggle, titter, chuckle sinonimiya qatorida Laugh leksemasi betaraf, qolganlarida esa uslubiy baho bo'rtib turadi.
Sinonimlarda uslubiy baho ikki xil bo'ladi:
1.Ijobiy: to smile, to grin, to simper leksemalaridagi kabi
2.Salbiy: to laugh, chuckle kabi.
Leksemalarni tanlab ishlatishda sinonimlarning faqat ma'no xususiyatlarigina emas, balki uslubiy baho semasiga ham e'tibor beriladi. Chunki uslubiy baho shu leksema (sema) anglatayotgan voqeaga so'zlovchining munosabatini bildirib turadi. Sinonimlar o'zaro matniy hosilani belgisi jihatidan farqlansa, matniy sinonimlar deyiladi.
Matniy sinonimlar quyidagicha munosabatlarda voqe bo'ladi:
1)Umum matn leksemasi (matnning barcha ko'rinishlarida anglatilaveradigan leksema) matn leksemasi orasida: light - umummatn leksemasi, bean, ray - badiiy matn leksemasi.
2)Umummatn leksemasi bilan so'zlashuv matn leksemasi orasida: to begin, bring about, get off, Child - kid.
5)Umummatn leksemasi bilan rasmiy matn leksemasi orasida: food - provision, money - cash notes.
4)So'zlashuv matni leksemasi bilan badiiy matn leksemasi orasida: kid - infant, jail - penitentiary.
Yuqorida sinonimiya qatoriga uch jihatdan yondashiladi: 1) ma'no qirrasi jihatidan; 2) uslubiy baho jihatidan; 3) matniy xoslanish jihatidan. Shu tavsiflar asosida sinonimiya qatorining vakili belgilaniladi. Sinonimiya qatoridagi bosh vakilga dominant deyiladi. (yunoncha dominaumis - kyumron).
Dominant deb, odatda sinonimiya qatoridagi leksik mundarijasi barcha sinonimlari uchun umumiy, uslubiy bahosi betaraf, umummatnga xoslangan birlik tanlanadi. Masalan, to laugh, giggle, tittler, chuckle sinonimiya qatorida laugh leksemasi dominant. Dominantani belgilab olish sinonimiya lug'atini tuzish, ishda kata ahamiyatga ega. Chunki: sinonimiya qatori anglatgan ma'no shu dominant asosida ta'riflanadi, so'ngra shu sinonimiya qatoridagi har bir sinonimning o'ziga xos ma'no qirrasi, uslubiy baho semasi, matniy xoslanish belgisi kabi xususiyatlari bayon qilinadi.
AdaSuemAap pyuxamu:
1. Mamatov.A.E. "Hozirgi o'zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari".T., 2001.
2. Muhammedjonova G. "O'zbek tili leksikasi taraqqiyotining ba'zi masalalari" Toshkent. "Fan", 1982.
3. Rahmatullayev Sh. Frazeologik birliklarning asosiy ma'no turlari" Toshkent. 1955.
4. O'zbek adabiyotida janrlar tipologiyasi va uslublar rang-barangligi. Toshkent. "Fan", 1983.
5. Qilichev E. Badiiy tasvirning leksik vositalari. Toshkent 1982.
© E.M. Soliyev, M.T. Soliyeva, 2016
UDC 003.8
THE ANALYSIS OF HOMONYMS AND SYNONYMS
E.M. Soliyev, M.T. Soliyeva
Abstract. The actuality of the article is to find out the similarities and differences of homonyms and synonyms in English.
Keywords: phraseological unit, homonymic and synonymic rows, lexicology.
© E.M. Soliyev, M.T. Soliyeva, 2016
УДК 003.8
АНАЛИЗ ОМОНИМОВ И СИНОНИМОВ
Э.М. Солиев, М.Т. Солиева
Аннотация. Актуальность статьи состоит в том, чтобы выяснить общие черты и отличия омонимов и синонимов в английском языке.
Ключевые слова: фразеологизм, омоним, синоним, лексикология.
© Э.М. Солиев, М.Т. Солиева, 2016