Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA FANIDA INNOVATSIYALAR VA O„QUVCHILARNI MUHANDISLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI'

TEXNOLOGIYA FANIDA INNOVATSIYALAR VA O„QUVCHILARNI MUHANDISLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA FANIDA INNOVATSIYALAR VA O„QUVCHILARNI MUHANDISLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI»

TEXNOLOGIYA FANIDA INNOVATSIYALAR VA O'QUVCHILARNI MUHANDISLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TIZIMI

P. Q. Xolmatov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika insituti Pedagogika-psixologiya va boshlangich talim kafedrasi dotsenti, p.f.n., O'zbekiston

Respublikamizning kelajagi bugungi kunda voyaga yetayotgan yosh avlod taqdiri bilan uzviy bog'liqdir. Hozirgi kunda ta'lim tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib, o'quvchilarni jahon andozalariga mos sharoitlarda bilim olishi halqaro talablar asosida kasb-hunar egallashi, jismoniy va ma'naviy jihatdan etuk insonlar bo'lib ulg'ayishini ta'minlash, qobiliyat hamda iqtidorini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish borasida mazmunli ishlar amalga oshirilmoqda.Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda Prezidentimizning 2024-yil 5-fevraldagi videocelektor yigilishida bir qancha vazifalar belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni 7-moddasida ta'lim turlari quyidagilardan iborat ekanligi belgilangan: maktabgacha ta'lim va tarbiya; umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim;professional ta'lim;oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta'lim.

Ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplardan biri - ta'limning uzluksizligi va izchilligidir.

Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi. Uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida amalga oshiriladi.

Uzluksiz ta'limni tashkil etilishi ta'lim tizimining kadrlar salohiyatini yaxshilash, o'qituvchi va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa Texnologiya fani o'qituvchilarining kasbiy mahoratlarini uzluksiz oshirib borishi zarurligini ko'rsatadi.

Texnologiya fani boshqa fanlardan farqli ravishda ta'limning barcha turlarida o'qitiladi. Bu esa Texnologiya ta'limi bo'yicha muhandislik tafakkurini rivojlantirish tizimi bo'yicha amalga oshiriladi. (1-jadval).

436

1-jadval

Texnologiya ta'limi bo'yicha muhandislik tafakkurini rivojlantirish tizimi

(ta'lim turlari bo'yicha)

T /r Ta'lim turlari Yo'nalish va obektlar Maqsadi Jarayon Natija

1. Maktabgach a ta'lim va tarbiya Mashg'ulot va o' yin holatida Bola shaxsini sog'lom va yetuk, ma'naviy, aqliy hamda jismoniy rivojlanishini mustahkamlash orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Bola shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda bola yoshiga mos holda amaliy va o'yin mashg'ulotlarini noan'anaviy usullar orqali tashkil etiladi. Bolaning ijtimoiy moslashuvini va ta'lim olishni davom ettirishga tayyorgarligini ta'minlash orqali umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga erishiladi.

2. Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta lim Texnologiya fani (o'g'il bolalar) Zamonaviy texnika va texnologiyalari, milliy xalq hunarmandchiligi usullarini o'rgatish orqali o' quvchi texnik tafakkuri va ishlab chiqarish mustaqil-ligini rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar orqali o' quvchilarda ijtimoiy hayot uchun zarur bilim, ko'nikma va malakalarni egallash, kompetensiyalarni shakllantirish. Kasb-hunar ko' nikmalarining o'zlashtirilishini ta'minlashga yordam beradigan zarur kompetensiyalar shakllantiriladi.

Texnologiya fani (qiz bolalar)

Texnologiya fani (qishloq xo'jaligi texnologiyasi yo'nalishi)

3. Professional ta'lim (kasbiy ta'lim) Kasb hunar maktablari (umumiy) O'quvchilarning tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishini, amaliy ko'nikma va malakasini chuqur rivojlantirilishini ta'minlash. O'quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o'stirishni, mustaqil tanqidiy fikrlashni, chuqur, shaxsga yo'naltirilgan, tabaqalashtirilgan hamda kasb-hunarga yo'naltirilgan bilim olishni ta'minlash. Kasblar va mutaxassisliklar bo'yicha ishlash hamda oliy ta'lim tashkilotlarida o'qishni davom ettirish huquqiga ega bo'ladi.

4. Oliy ta'lim Texnologiya ta'lim yo'nalishi misolida Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o' z o' rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan texnologiya ta'limi o' quv dasturlarida nazariy bilim olishga Yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

437

tayyorlash. yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimi asosida amalga oshiriladi.

5. Oliy ta'limdan keyingi ta'lim Texnologiya ta'limini rivojlantirish misolida Texnologiya ta'limini modernizatsiyalash. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. Ilmiy-tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanish orqali fanni yanada rivojlantirishga erishiladi.

6. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Texnologiya ta'lim yo'nalishi misolida Kasbiy bilim va amaliy ko'nikmalarni zamonaviy talablar asosida chuqurlashtirish hamda yangilab borish. Ilmiy-texnik taraqqiyoti, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohadagi tarkibiy o'zgarishlarni inobatga olgan holda hamda fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy faoliyatning qo'shimcha turlarini (turdosh yo'nalishlarga mos holda) amalga oshiriladi. Hududlar kesimida oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan ehtiyojni ta'minlashga erishiladi.

Nompedagogi k ta'lim yo'nalishida

7. Maktabdan tashqari ta'lim Ilmiy, texnikaviyva boshqa yo'nalishlarda gi maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari misolida Bolalar va o'smirlarning iste'dodi hamda qobiliyatini rivojlantirish, ularning manfaatlari, ma'naviy ehtiyojlarini qondirish. Bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablarida amaliyotga asoslangan holda ilmiy, texnikaviy to'garaklar tarzida amalga oshiriladi. Bolalarning ma'naviy, aqliy hamda jismoniy rivojlanishini mustahkamlash va saqlash, ularda o'ziga va atrof muhitga ongli munosabatni shakllantirishga erishiladi.

Innovatsion yondashuv asosida o'qitish tizimining vazifasi - o'quvchining individual qobiliyatini hisobga olish va rivojlanishtirishdan iborat.

438

Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida uning yuksalib boruvchi talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o'qitishni jadallashtirish, butun imkoniyatlaridan to'la foydalanish zarur bo'ladi. Bu esa, o'qitish jarayonida axborotlar berishda, o'quv materialini tizimlash va turkumlash usullari, o'qitishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va boshqalarni anglatadi.

Ilmiy-texnik taraqqiyoti jadallashuvi sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ilmtalab, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajralib turadi. Mashina va jihozlar unumdorligi, ular puxtaligining ko'p marotaba oshganligi tufayli mahsulot birligiga sarf qilinadigan energiya ham bir necha marotaba kamayadi. Bu sharoitlar kadrlar tayyorlash tizimiga tegishli talablarni q o'ya boshlaydi.

Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida Texnologiya fanini o'qitishga qo'yiladign talablar:

1. Individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

2. Original va nostandart qarorlar, ishchanlik - qobiliyatlarini rivojlantirish.

3. O'qitishni individuallashtirish (o'quvchilarning turli qobiliyatlariga ko'ra).

4. Harakatchanlik, tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik, ijod, ishlab chiqarish sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarga ta'lim berishning zamonaviy innovatsion uslublarini joriy etish O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot i keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan industrial-texnologik lokomotivlari qatoriga kirishi, ya'ni 2030-yilga kelib iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo'yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan biridir.

Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o'quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta'lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

Shu bois o'quvchilarga sifatli ta'lim-tarbiya berish va ularni kelajakda jamiyat uchun munosib kasb egalari bo'lib kamol topishiga puxta zamin yaratish bosh maqsad sifatida belgilab olindi.

Texnologiya fani Milliy o'quv dasturini innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqishda:

1. Ilg'or tajribaga ega bo'lgan milliy va xorijiy ekspertlarni ta'lim mazmunini takomillashtirishga jalb etildi.

439

2. Ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dastur talablari va spiralsimon o'qitish metodologiyasi asosida "XXI asr ko'nikmalari"ni rivojlantirish:

- savodxonlik(tillarni bilish, raqamli savodxonlik, ilmiy savodxonlik, media (AKT) savodxonlik, moliyaviy savodxonlik, fuqarolik va madaniy savodxonlik kabilar);

- kompetensiyalar (tanqidiy va ijodiy fikrlash, muammoni yecha olish, tadqiqotchilik ko'nikmalari va metodlari, komunikativlik, hamkorlikda ishlay olish kabilar);

- shaxsiy sifatlar(moslashuvchanlik, tashabuskorlik, liderlik, tirishqoqlik, qiziquvchanlik, mas'uliyatlilik, mustaqilik, vatanparvarlik kabilar).

3. O'qitishning zamonaviy aspektdagi metodologiyasini joriy etishga e'tibor qaratildi.

Xususan, sanoatda kutilayotgan yangi texnologik o'zgarishlar sharoitida umumiy o'rta ta'lim maktablarida texnologiya fanini o'qitish o'quvchilarda ijodkorlik qobiliyati va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, ularda maktabdan keyingi ta'lim bosqichi yoki mustaqil hayotga qadam qo'yishda zarur bo'ladigan bazaviy kompetensiyalar va dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim b o'lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, texnologiya fanini o'zlashtirgan umumiy o'rta ta'lim maktablari bitiruvchilari sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bir s o'z bilan aytganda, yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida "drayver" rolini bajaradi.

References / Adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. - Toshkent: O'qituvchi MU MChj, 2021. -184 b.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 3-modda. Asosiy tushunchalar (23.09.2020 y. O'RQ-637).

3. Tohirov O'.O. Texnologiya o'quv fani davlat ta'lim standarti va o'quv dasturini ta'lim amaliyotiga joriy etish metodikasi. // Metodik tavsiyanoma. - Toshkent: RTM, 2017. - 72 b.

4. Tohirov O'.O. Texnologiya fanini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar. // O'quv moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. - Toshkent: Toshkent shahar XTXQTMOHM, 2019.-134 b.

5. Xolmatov P.Q. O'quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirish asoslari. -T.: Monografiya. 2024.

6. Xolmatov P.Q. Fandagi yangiliklar 7-Modul JVPYMOMM. -Jizzax. 2023.

440

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.