Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TEXNOLOGIK MADANIYATNI TASHKIL ETUVCHI KOMPONENTLAR VA ULARNING MUTAXASSISLIK FANLARNI O'QITISHDAGI O'RNI VA
MAZMUNI
G'ulomova Muxarram Nurkamol qizi
Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti "Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi" (texnologik ta'lim) yo'nalishi 1-kurs magistranti
Mazkur maqolada texnologiya darslari jarayonida texnologik madaniyatni tashkil etuvchi komponentlar va ularning mutaxassislik fanlarni o'qitishdagi mazmun-mohiyati va nazariy asoslari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: texnologiya fani, texnologik madaniyat, ta'lim tizimi, mutaxassislikfanlari, metodika.
COMPONENTS ORGANIZING TECHNOLOGICAL CULTURE AND THEIR ROLE AND CONTENT IN THE TEACHING OF SPECIALTIES
ABSTRACT
This article describes the components of technological culture in the process of technological lessons and their content and theoretical basis in the teaching of special subjects.
Keywords: technological science, technological culture, education system, specialty sciences, methodology.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 29 - apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712 - sonli farmoni, 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli va 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmonlari, 2025 yilgacha O'zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojatnomasida belgilangan vazifalardagi asosiy g'oyalar tashkil etadi.
Yuqorida keltirilgan hujjatlarda Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida uzviyligini takomillashtirish, yuqori malakali, yuksak kasbiy, manaviy va axloqiy
ANNOTATSIYA
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
talablarga javob beruvchi - zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini yaratish ko'zda tutilgan.
Mamlakatimizda talim sohasida bo'layotgan tub burilishlar, ta'limga oid qabul qilingan qonun va farmoyishlar jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta'sir qilishi shubhasizdir. Ayniqsa, mamlakat yoshlarining intellektual salohiyatini oshirishni, etuk, jahon standarti talablariga javob bera oladigan kadrlar yetkazib berishda muhim omil xisoblanadi.
Mamlatimizda jismonan sog'lom, ma'naviy yetuk, har tomonlama uyg'un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yosh avlodni tarbiyalash bosh maqsadimiz. Texnologiya fanining umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilishiga keyingi vaqtda alohida e'tibor qaratilmoqdaki, aynan shu fan bo'yicha mashg'ulotlarda shaxsni jamiyatda o'rnini topishga qaratilgan faoliyatga tayyorlash amalga oshiriladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Texnologiya fanini o'qitilishining sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator hal etilishi muhim bo'lgan muammolar mavjud. Umumiy o'rta talim maktablarida Texnologiya fani bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil etishda o'qituvchilar oldida xam muammolar talaygina. Umumiy o'rta talim maktablarida o'quvchilar uchun darsliklar Texnologiya fani o'qituvchilari uchun ta'lim jarayonini tashkil etishga texnologik yondashuvga oid metodik qo'llanmalar etarli darajada taminlanmagan. Natijada Texnologiya fanini o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llash tajribalari ancha past ekanligini kuzatishimiz mumkin.
Oliy ta'limda bo'lajak Texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlashda ularda pedagogik texnologiyalar haqida chuqur bilim, ta'lim jarayonini tashkil etishga texnologik yondashuv ko'nikmalarini shakllantirilishi uchun bo'lajak o'qituvchilarda texnologik madaniyat shakllantirilishi lozim. Biroq oliy o'quv yurtlari bo'lajak Texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlashda ularda kasbiy faoliyatga tegishli fanlar bilan bir qatorda ta'lim texnologiyalari va ularni qo'llash metodikasiga oid mavzularga judayam kam vaqt ajratilganligi bo'lajak o'qituvchilarda texnologik madaniyatni shakllantirishga etarli emasligi, bu muammo alohida tadqiq etilishini talab etadi.
Bo'lajak Texnologiya o'qituvchilarini tayyorlashda texnologik madaniyatni shakllantirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, agarda
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bo'lajak Texnologiya talimi o'qituvchilarini kasbiy muhim sifatlari
shakllantirish jarayoni maqsadli yo'naltirilsa;
- oliy talimda Texnologiya talimi yo'nalishida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash o'quv me'yoriy xujjatlari tahlil etilsa va ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan ishlar amalga oshirilsa.
- talim jarayonida zamonaviy ta'lim texnologiyalar metodlaridan samarali foydalanilsa.
- Ta'lim jarayonida mutaxassislik fanlarni o'qitishda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda umummehnat bilim va ko'nikmalarini shakllantirish jarayonida ta'lim texnologiyalardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilib amaliyotga keng tadbiq etilsa.
- bo'lajak texnologiya ta'limi o'qituvchilarini texnologik yondashuv asosida mashg'ulotlarni tashkil etish orqali texnologik madaniyatni shakllantirishga oid uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilsa.
Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash sifati asosan ta'lim tizimining samaradorlik ko'rsatkichiga bog'liq bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- ta'limga tizimli yondashish ko'lami va muqobilligi;
- ta'limning ko'rgazmaliligi, o'qituvchi tushuntirishlarining aniq va maqsadga yo'naltirilganligi;
- hamkorlikda o'qitish texnologiyasining sifati (ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi).
Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining texnologik madaniyatining nazariy asoslar negizidagi metodologik bilim hamda kasbiy-amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta'lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarining texnologik madaniyat ko'nikmalarini yaxlit tizimni tashkil etadi va katta tizimlarga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlarni o'zida saqlaydi: yaxlitlilik, tuzilmaviylik, boshqa tizimlar bilan o'zaro bog'langanlik, poydevoriylik. Shu bilan birgalikda, o'quv-tarbiyaviy faoliyat ko'p qirrali o'ziga xos dinamik xususiyatlarga ega bo'lgan, murakkab jarayon ekanligini inobatga olgan holda bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlashda har bir bo'g'in alohida tizim sifatida o'rganilishi, har bir bo'g'inga o'ziga xos yondashuvni joriy etish zaruriyatini tug'diradi. Demak, tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo'nalishi sifatida universal tavsifga ega bo'lib, pedagogikada keng qo'llaniladi. Ta'lim jarayoniga tizimli yondashuvni qo'llash ta'limtarbiya jarayonining har bir bo'g'ini alohida
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
pedagogik tizim sifatida qarash imkoniyatini beradi va ular orasida bog'liqliklar umumiy ta'lim samaradorligiga olib keladi.
O'qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o'z ixtisoslig bo'yicha maxsus ma'lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy, ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdir. O'qituvchi ta'lim jarayonida o'qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Hozirgi kunda O'qituvchining pedagogik mahoratida "Bilish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish baholash" kabi didaktik qonuniyatlar taiim berishning muhim katego-riyalari sifatida e'tirof etilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g'oyasi - milliy va umumbashariy mohiyatga ega bo'lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy ezgulikka undaydigan olijanob g'oya sifatida ulug'langan.
Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta'lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari bu avvalo, o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi, ya'ni uning savodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasi va bilimini tushunarli tilda ta'sirchan bayon qilishi, his-tuyg'usini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma'noli qarash rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta'sir o'tkazishi, hozir javoblik psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lil o'rganiladi: Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo'ladi:
• ta'lim-tarbiya jarayonida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi, (miraika, pantomimika);
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
• ta'lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyolini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo'ya ta'sirlarga berilmaslik;
• mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish. nutq tempi) bilishi va o'z o'rnida qo'llay olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta'sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta'lim-tarbiya jarayomning texnologik tomonini qamrab oladi.
REFERENCES
1. Azizxo'jayeva N.N "Pedagogik texnologiyava pedagogic mahorat" T.: 2003.
2. Tolipov O'.,Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T.: «Fan», 2005.
3. Ahmedova M " Pedagogika nazariyasi va tarixi" T.: "Tafakkur bo'stoni" 2011 yil;
4. Muslimov N., Usmonboyeva M. "Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari" Toshkent - 2015;
5. Кулиева Ш.Х. Методологические основы системного подхода к подготовке учителей // TheWayofScience. № 5 (39) ,2017. - S.66-67.