Научная статья на тему 'TEXNIKA OLIY TALIM MUASSASALARIDA ENERGOTEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHNINNG INNOVATSIYON METODIKASI'

TEXNIKA OLIY TALIM MUASSASALARIDA ENERGOTEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHNINNG INNOVATSIYON METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vizual materiyallar / pedagogik texnologiya / texnologik jarayon / kompyuter / multimediya / internet. / Visual materials / pedagogical technology / technological process / computer / multimedia / Internet.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Adilov N.X.

“Energotexnologiya” fanini o‘rganishda innovatsion pedagogic texnologiyalardan foydalanish yo‘llari, fanning maqsad vazifalari, fanni oqitishda vizual materiyallardan foydalanish yo‘llari kabi masalalar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE METHODOLOGY OF ENERGY TECHNOLOGY TEACHING IN TECHNICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Issues such as ways of using innovative pedagogical technologies in studying the science of "Energy Technology", goals of science, ways of using visual materials in teaching science are covered.

Текст научной работы на тему «TEXNIKA OLIY TALIM MUASSASALARIDA ENERGOTEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHNINNG INNOVATSIYON METODIKASI»

Adilov N.X.

Jizzaxpolitexnika instituti "Kimyoviy tehnologiya" kafedrasi dotsent v.b, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

TEXNIKA OLIY TALIM MUASSASALARIDA ENERGOTEXNOLOGIYA FANINI O'QITISHNINNG INNOVATSIYON

METODIKASI

Аннотация. "Energotexnologiya" fanini o'rganishda innovatsion pedagogic texnologiyalardan foydalanish yo'llari, fanning maqsad vazifalari, fanni oqitishda vizual materiyallardan foydalanish yo'llari kabi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Vizual materiyallar, pedagogik texnologiya, texnologik jarayon, kompyuter, multimediya, internet.

Adilov N.Kh., doctor of philosophy in pedagogical sciences (PhD)

associate professor Department of "Chemical Technology" Jizzakh Polytechnic Institute

INNOVATIVE METHODOLOGY OF ENERGY TECHNOLOGY TEACHING IN TECHNICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract. Issues such as ways of using innovative pedagogical technologies in studying the science of "Energy Technology", goals of science, ways of using visual materials in teaching science are covered.

Key words: Visual materials, pedagogical technology, technological process, computer, multimedia, Internet.

Texnika oliy talim muassasalarida energotexnologiya fani an'anaviy dars uslublari bugungi talab darajasiga javob bermasdan qoldi. Energotexnologiya ta'limning yangi innovatsiyon uslublarini yaratish va amalda tadbiq etish ehtiyoji yuzaga keldi.

Ushbu fanning yana maqsadlari:

-fanning predmeti va mazmuni haqida ma'lumot berish;

- materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirishni ta'minlaydigan asosiy chora-tadbirlarni o'rganish;

-Kimyo sanoatida energiya tejovchi yangi texnologiyalarni o'rganish.

Ushbu fan texnologik jarayonlarning termodinamik nazariyasi usullarini qo'llab mamlakatimizdagi kimyo sanoatida texnologiya tizimlarini tahlil qilish, optimallashtirish masalalarini echish jarayonini, zamonaviy innovatsiyon pedagogik tadqiqot usullalaridan foydalanib organish amaliy tadqiqot

natijalarining respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijadorligiga ta'siri kabi masalalarni xam qamrab oladi.

Jizzax politexnika institutida labaratoriya mashg'ulotlarini bajarish xozirgi kunda toliq muqobil energiya manbalaridan (yani quyosh panelidan) foydalanib amalga oshirilmoqda yani tarmoqdan olinadigan energiya boshqa turdagi (issiqlik yani silikat materiyallarni tayorlash va boshqalar) energiyaga aylantirish xisobiga amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy talaba - dars jarayonida yangi texnika vositalari, kompyuterlar, EHM va boshqalardan samarali foydalanish malaka va ko'nikmalarini chuqur egallagan bo'lishi shart. Yangi pedagogik texnologiyaga asoslangan dars talabalarni real ishlab chiqarish vaziyatlarini modellashtirish, oyin holatlarini yuzaga keltirishga o'rgatadi.

Har bir o'quv mashg'ulotida o'qitishning elektron vositalari turlarini tanlash - individual ijodiy jarayon. Har bir o'qituvchi uni o'z predmeti mazmunidagi bilimlarni, o'quvchilarning o'ziga hos xusisiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini, o'quv predmetiga munosabatini inobatga olgan holda bajaradi [1].

Energotexnologiya fanini organishda suv bug'i, ikkilamchi energiya resurslari va boshqalarni kamaytirish maqsadida zamonaviy sanoat kimyoviy-texnologik jarayonlarini takomillashtirish yo'nalishlari haqida xam bilim beriladi.

Innovatsiyon pedagogik texnologiyalar noan'anaviy dars uslublari bilan uyg'unlashgan bo'lib dars jarayonida talabaning mustaqil fikrlashi, erkin faoliyat yuritishga o'rganishi bilan bog'liq bo'lib qolmoqda. Yangi pedagogik texnologiya dars mashg'ulotlarida o'qituvchi va talabadan ijodiy fikrlash, topshiriq va vazifalarga tez javob topishni talab etadi.

Ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llashning xozirgi holatining tahlili shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda eng ko'p ishlab chiqilgan soha - bu ma'lum o'quv predmeti, didaktik mavzu yoki savol doirasida aniq o'quv materialini o'zlashtirish yo'lini tasvirlovchi o'qitish texnologiyasi hisoblanadi Danilyuk A.Ya. [ 2].

Energotexnologiya fanini oqitishda pedagogik texnologik ta'lim va tarbiya jarayonini aniq rejalashtirishni, oqitish samaradorligi oxirgi bo'ladigan natijaga etishishni talab etadi. Energotexnologiya fanini oqitishda texnologiya ta'lim jarayoni talabalarning malaka maxorati rivojlanishini talab etadi, ilmiy ijodiy fikrlashga o'rgatishni, mustaqil eksperimental o'qishga o'rgatishni og'zaki va yozma rivojlantirishni, texnika soxasida energetik muammolarga doir zamon talabiga mos bilim olishda faollik ko'rsatishni talab etib qoladi.

Mazkur fanni o'qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o'qitish vositalarini (kompyuter, multimediya va boshqalar) qo'llanilishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga talabalar fanni o'zlashtirish jarayonida:

- ma'ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida elektron-darsliklardan;

- amaliy mashg'ulotlarida kichik guruxlar musobaqalari, guruxli fikrlash innovatsion pedagogik texnologiyalarini uzlkusiz qo'llash nazarda tutiladi.

VIZUAL MATERIYALLAR

1-ilova

ENERGOTEXNOLOGIYA FANI VAVAZIFALARI

Fanning maqsadi - Fanni o'qitishdan maqsad - talabalarga kimyoviy texnologik jarayonlarni termodimakasi, ishlab chiqarish jarayonlarini termodinamik baholash, energiyani tejash, ikkilamchi energiya manbalarini aniqlash va maqsadli foydalanish uchun texnolgik hisoblami o'rgatish hamda amaliyotda tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilishdan iborat

Fanning vazifalari -Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar, yuqori samarali kimyoviy texnologik jarayonlar va ular haqida fundamental bilimlar asosida talabalarda texnologik hisoblarni bajarish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

2-ilova

Texnologik jarayonlarni ularda olib boriladigan jarayonlar bo'yicha sinflash ularni o'rganish bilan birga har bir jihozni kompleks texnologik va mexanik xisoblash

uchun kerak b'oladi.

TEXNOLOGIK JARAYONNI OLIB BORADIGAN JIXOZLARNING

SINFLANISHI

1. Kimyo sanoatidagi mexanik jarayonlar nasoslar, sentrofuga,

aralashtirgich, kompressorlar, tindirgichlar, filtrlar yordamida olib boriladi.

2. Kimyo sanoatida issiqlik jarayonlari uchun - trubali pechlar, olovli isitgichlar, issiqlik almashtirgichlar, kondensatorlar kerak.

3. Kimyo sanoatida massa almashuv jarayonlari asosan colonna turidagi jixozlarda: r ektifikatsiya kolonnalarida, absorber, desorber, ekstraktorda olib boriladi.

4. Kimyo sanoatida mexanik jarayonlar maydalagichlarda, tegirmonlarda, qattiq moddalarni elaklarda saralash (klassifikatorlarda) va dozatorlarda olib boriladi.

5. Kimyoviy jarayonlar - konstruksiyalari har xil bolgan reaksiyon jixozlarda-reaktorlarda olib boriladi.

1. Kimyo sanoati energotexnologiyalari faniniing maqsadi.

2. Kimyo sanoati energotexnologiyalari fanining vazifalari.

3.Texnologik jarayonni olib boradigan jixozlarning sinflanishi.

4.Kimyo sanoatida jixozlar qanday turlarda ishlaydiganlarga bolinadi.

5.Kimyo sanoati energotexnologiya fanini oqitishda innovatsiyton texnologiyalardan foydalanish talabalarga qanday imkoniyatlarni beradi.

6. Kimyo sanoati energotexnologiyalar fanini oqitishda qanday texnik vositalardan foydalaniladi.

7. Jizpida xozirgi kunda tarmoqdan olinadigan energiyani qanday turdagi energiyaga ayl antirilib laboratoriya mashgulotlari bajarilmoqda.

8. Maxsulot tannarxini arzonlashtirish.

Innovatsion pedagogic texnologiyalar aynan ta'lim-tarbiya jarayonida talabalar (tinglovchilar)ga muayyan fan (mavzu) bo'yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o'qitishning zamonaviy uslublari va texnik vositalari majmuidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Adilov N.X. O'quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda didaktik elektron vositalar va qurilmalardan foydalanish/ "Kasb-hunar ta'limi" jurnali. Toshkent. 2015 yil. 25 bet.

2. Данилюк А.Я. Метаморфозы и перспективы интеграции в образовании / А.Я. Данилюк // Педагогика, №2, 1998 г. С. 8 - 12.

3. Adilov N.X. Means of preparing future engineers for orofessional activittes on the basis of an integrative approach spectrum journal of innovation, Reforms and Development ISSN 2751-1731 JIF: 7.255 80-86 B

4. Adilov N.X. Integration of academik disciplines in enginering education as a pedagogikal problem spectrum journal of innovation, Reforms and Development ISSN 2751-1731 JIF: 7.255 92-97B.

5. Adilov N.X. Methodology For Integrating Educational Subjects Based On Electronic Devices Created In Engineering Education Texas Journal of

Engineering and Technology ISSN NO: 2770-4491https://zienjoumals.com Date of Publication: 08-08-2023 20-23 page.

6. Aynakulov, M., Gapparov, B., Soatov, A., Mukhitdinov, A. Cooperative cluster in transport enterprises of Jizzak Region, its application and mutual acceptance AIP Conference Proceedings, 2024, 3045(1), 050018.

7.Qosimov J.A. et al. Development of methods for improving the lessons of information technology on the basis of graphic programs //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2022. - T. 2432. - No. 1.

8. B.N.Gapparov. International scientific and practical journal "Economy and Society" ISSN 2225-1545. Rossiya. 2022. p.264-270.

9. B.N.Gapparov and others. "Education and science in the 21st century" International scientific journal. Russia. 2022. p. 548-553

10. Nematillaevich G.B., Egamkulovich K.I. Professional Training-Main Evaluation and Criteria //JournalNX. - pp. 411-415.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.