Научная статья на тему 'KIMYO FANI O‘QITUVCHILARI FAOLIYATIDA HAYOTIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

KIMYO FANI O‘QITUVCHILARI FAOLIYATIDA HAYOTIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
148
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kimyo fani / mantiqiy fikrlash / amaliy ko‘nikma / kimyoviy modda / kimyoviy hodisa / fizik hodisa / eritma. / химия / логическое мышление / практические навыки / химическое вещество / химическое явление / физическое явление / раствор.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarimova Dildora Soataliyevna

Kimyo fani yo‘nalishida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ ЖИЗНЕННЫХ НАВЫКОВ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЕЙ ХИМИИ

Проведение учебных исследований, проведение экспериментов, развитие проектноориентированного творчества на занятиях и во внеклассной деятельности с целью демонстрации значимости полученных знаний, умений и навыков учащихся в области химии для повседневной жизни, направленное на развитие у них интереса к творчеству.

Текст научной работы на тему «KIMYO FANI O‘QITUVCHILARI FAOLIYATIDA HAYOTIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

Sarimova Dildora Soataliyevna,

Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi O'quv va metodik ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

KIMYO FANI O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA HAYOTIY KO NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH YOLLARI

UO'K: 372.854 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_9_6

SARIMOVA D.S. KIMYO FANI OQITUVCHILARI FAOLIYATIDA HAYOTIY KO NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH YOLLARI

Kimyo fani yo'nalishida o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: kimyo fani, mantiqiy fikrlash, amaliy ko'nikma, kimyoviy modda, kimyoviy hodisa, fizik hodisa, eritma.

САРИМОВА Д.С. ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ ЖИЗНЕННЫХ НАВЫКОВ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЕЙ ХИМИИ

Проведение учебных исследований, проведение экспериментов, развитие проектно-ориентированного творчества на занятиях и во внеклассной деятельности с целью демонстрации значимости полученных знаний, умений и навыков учащихся в области химии для повседневной жизни, направленное на развитие у них интереса к творчеству.

Ключевые слова и понятия: химия, логическое мышление, практические навыки, химическое вещество, химическое явление, физическое явление, раствор.

SARIMOVA D.S. WAYS OF FORMING LIFE SKILLS IN THE ACTIVITY OF CHEMISTRY TEACHERS

Conducting educational research, carrying out experiments, and developing design-oriented creativity in classes and extracurricular activities to demonstrate the relevance of the acquired knowledge, skills, and abilities of students in the field of chemistry to everyday life. aimed at developing their interest in creating news.

Key words and concepts: chemistry, logical thinking, practical skills, chemical substance, chemical phenomenon, physical phenomenon, solution.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

Kirish. Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti umumta'lim maktablarida kimyo fanini o'qitishga yangicha yondashuvni, o'quvchilarning bu fandan o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalarining mazmuni va darajasiga yuqori talablarni qo'ymoqda. Bugungi kunga kelib, o'quv axborotlari hajmining haddan tashqari ko'payib ketganligi o'quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularni "o'qish va o'rganishga o'rgatish"ni talab qilayapti. Jadallik bilan o'zgarib va rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko'rsatish va yashash o'quvchilardan nafaqat shunchaki tayyor bilimlarni o'zlashtirishni, balki turfa ko'rinishdagi ma'lumotlarni mustaqil izlab topish va qayta ishlashni hamda ulardan turli hayotiy vaziyatlarda samarali foydalanishni taqozo etmoqda.

Shuningdek, oxirgi paytlarda maktabda kimyo fani bo'yicha o'quvchilar o'zlashtirishi nisbatan past bo'lib kelmoqda. Bu qaysidir ma'noda kimyo fani mazmunining bir muncha nazariy, ilmiy, mantiqiy va amaliy tuzilishga ega ekanligi, kimyo fani mazmunining hayotiy masalalarga kamroq bog'langan holda o'qitilishi hamda kimyo fanini o'qitish metodikasining takomillashmagani bilan ham izohlash mumkin.

Tadqiqotning dolzarbligi. Bugungi kunda STEAM ta'limi asosida kimyo fani yo'nalishida o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan1.

Shuningdek, o'quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo'ljallangan amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari hamda mustaqil bajarishga va ijodiy, kreativ fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish dolzarb muammo sanaladi.

1 Azamatova D. Fandagi yangiliklar va fanni o'qitishning dolzarb masalalari-moduli, o'quv-uslubiy majmua. -Toshkent: 2023.

Tadqiqotning maqsadi. Uchinchi Renessans va yangi O'zbekistonning mustahkam poydevorini yaratishda bugungi kun ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, kimyo fanini o'qitishning yangi sifat bosqichiga ko'tarish, ta'lim-tarbiya jarayonida fan mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan-texnika va zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti bilan bog'lash, o'quvchini kreativ, ijodiy fikrlashga yo'naltirish, o'quvchilarda tayanch va kimyo o'quv faniga oid kompententsiyalarni shakllantirish orqali, ularning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, o'z-o'zini anglash salohiyatini rivojlantirish, mazkur fanni o'rganishda boshqa fanlarga tayangan holda eng muhim kimyoviy tushunchalar, kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, ularning xilma-xilligi, orasidagi bog'liqlik hamda tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, olingan nazariy bilimlari asosida amaliy ko'nikmalarni shakllantirish o'quvchilarning dunyoqarashi tafakkurini rivojlantirishni taqozo etadi.

Biz o'quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta'lim amaliy hayot bilan bog'lanishi kerak. Hozirgi paytda nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsiri alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, uni ta'lim-tarbiya ishining hamma yo'nalishlarida amalga oshirish zarur. Forobiy har qanday fanni ikki qismga, amaliy va nazariy qismlarga ajratgan. Mana shu qismlarni qisqacha sharhlashda ulardan hayotda foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan. Uning amaliy va nazariy qismlarga bergan ta'riflaridan ta'limni amaliy yo'nalishda olib borish va hayotga, kishilarning kundalik faoliyatiga bog'lash fikri tug'iladi. Nazariyani amaliy hayot bilan bog'lab ro'yobga chiqarish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:

a) o'rganiladigan materialni o'quvchilarning shaxsiy ko'nikmalari bilan, quyi sinflarda esa ularning o'yinlari bilan bog'lash darkor, chunki kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda samarali o'qitish albatta o'yin faoliyatini talab qiladi;

b) ta'limni atrofdagi hayot bilan, yangi jamiyatni qurish amaliyoti bilan bog'lash;

d) nazariyani amaliyot bilan fanning rivojlanishi jamiyatning ehtiyojlariga bog'liqligini yoritadigan qadamjolarga sayohatlar shaklida

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

1-jadval. Kimyo fanini o'qitishda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishga oid dars ishlanmasining tuzilmasi

Mavzu Fizik va kimyoviy hodisalar

Ta'lim Standartlari Kimyoviy hodisa va jarayonlarni biladi, taniydi, farqlaydi. Kimyoviy moddalar va ularning xossalarini, izohlaydi, talqin qiladi. Kimyoviy moddalar va ularning xossalari ajratadi, xossalari orasidagi munosabat va umumiy qonuniyatlarni aniqlaydi, taqqoslaydi, tahlil qiladi. Kimyoviy hodisa va jarayonlarni baholaydi, tahliliy-tanqidiy fikr bildiradi, xulosa chiqaradi.

Ta'lim Natijalari Kimyoviy moddalar va ularning xossalarini biladi, taniydi, farqlaydi. Kimyoviy moddalar va ularning xossalarining mohiyati va ahamiyatini izohlaydi, talqin qiladi. Kimyoviy moddalar va ularning xossalarini, vazifalari va hayotiy jarayonlarning orasidagi munosabat va umumiy qonuniyatlarni aniqlaydi, taqqoslaydi, tahlil qiladi.

Fanlararo integratsiya Biologiya, fizika.

bog'lash;e) nazariy va amaliy yo'sindagi turli masalalarni hal qilish va topshiriqlarni bajarish, va ishlab chiqarishga doir mavjud bilimlar asosida amaliyotlar o'tkazish hamda ularning natijalarini albatta tekshirish. O'quvchilarning unumli mehnati, ya'ni ijtimoiy-foydali ishlarni o'zlariga mos shakllarda yo'lga qo'yish. Mazkur prinsip, xususan, mehnat tarbiyasi va ta'limi jarayonida yaqqolroq namoyon bo'ladi1.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Kimyoviy moddalarning xossalari, eng muhim kimyoviy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoati, tabiat va jamiyatda kimyoviy jarayonlarning o'rni, ta'siri haqidagi bilimlarni berish va amalda qo'llash layoqatini shakllantirish.

Izlanish ob'yekti. Xalqaro miqyosda o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda umumta'lim fanlari bo'yicha fanlararo bog'liqlik va amaliy yondashuvni kuchaytirish2.

Tadqiqot ob'yekti. Kimyoviy moddalardan kundalik turmushda foydalana olish hamda ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini bilish va amal qilishga o'rgatish, ta'lim va tarbiyani uyg'un olib borish, o'quvchilarni nafaqat bilimli, balki ma'naviy, axloqiy yetuk shaxs sifatlarini rivojlantirish, kimyoviy ishlab

1 Umaraliyev H.A. O'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishdaamaliy dars va badiiy adabiyotning o'rni. // Yosh tadqiqotchi jurnali. 2022 - № 4.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni. - https://lex.uz/ docs/4312785

chiqarishning ekologiyaga ta'sirini, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo'lish fazilatlarini singdirish nazarda tutilgan.

Tadqiqot predmeti. Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarga o'quv mashg'ulotini fanlarning o'zaro integratsiyasi asosida o'quvchilarni tabiatni butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo'naltirish, inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta'siri, zamon va makon miqyosidagi global ekologik muammolar, tabiat oldida javobgarlik hisini tushunish, sog'lom turmush tarziga amal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'sha oladigan kompetent shaxsni tarbiyalash zarurligi o'rgatiladi.

Qo'llaniladigan uslub. Kimyo fanini fanl araro aloqadorlikda o'qitish jarayonida tanlangan ta'lim mazmuni maqsadga

muvofiqlik darajasiga ko'ra interfaol ta'lim metodlari, muammoli vaziyatlar, modulli ta'lim, kichik guruhlarda ishlash.

Olinadigan natijalar. O'quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta'minlashda kimyo fani bo'yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta'limning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini joriy etish, kimyo fani bo'yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olish, kundalik hayotiy jarayonlarda duch kelgan muammolarni hal qilishda foydalana olishga yo'naltirish lozim.

Asosiy qism. Quyida kimyo fanini o'qitishda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishga oid dars ishlanma keltirilmoqda (1-jadval).

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

2-jadval. Bosqichlar tarkibi

1 -bosqich O'quv materiallari yuzasidan topshiriqlar

1. Gaz ajralish jarayonini tushuntirib bering? Ular qanday ahamiyatga ega?

2. Erish nima va u qanday jarayon? Misollar bilan tushuntirib bering?

3. Yonish jarayoni qanday hodisa hisoblanadi?

4. Issiqlik ajralish jarayonini tushuntirib bering? Ular qanday ahamiyatga ega?

2-bosqich O'quv materiallari yuzasidan topshiriqlar

1. Moddalarning agregat holatining o'zgarishi qanday jarayon hisoblanadi? misollar keltiring ?

2. Temir nima uchun zanglaydi?

3. Yorug'lik ajralish jarayonini tushuntirib bering? Ular qanday ahamiyatga ega?

4. Issiqlik yutilish jarayonini tushuntirib bering? Ular qanday ahamiyatga ega?

3-bosqich O'quv materiallari yuzasidan topshiriqlar

1. Rang o'zgarishi jarayonini tushuntirib bering? Ular qanday ahamiyatga ega?

2. Sublimatsiyalanish jarayoni qanday hodisa hisoblanadi? Misollar bilan tushuntirib bering?

3. Kondensatsiya jarayoni qanday hodisa hisoblanadi? Misollar bilan tushuntirib bering?

4. Hid ajraladi jarayonini tushuntirib bering? Ular qanday ahamiyatga ega?

I bosqich. Bilimlarni faollashtirish (motivatsiya).

O'quvchilar 3 ta guruhga ajratiladi. O'qituvchi birinchi guruhga fizikaviy hodisalar , ikkinchi guruhga kimyoviy hodisalar, uchinchi guruhga fizik va kimyoviy hodisalarning birgalikda sodir bo'lishiga asoslangan rasmlarini tarqatadi. O'quvchilar topshiriqlar varaqasiga yozadilar. Javoblarni guruhlar o'rtasida muhokama qiladilar.

I

Topshiriqlar varaqasi

Topshiriqlar

Fizik hodisalarning belgilari.

Kimyoviy hodisalarning belgilari.

Moddalar qanday o'zgarishlarga uchrashi mumkin?

Guruh javobi

II bosqich. Yangi bilimlarni kashf etish.

Pedagogik texnologiya va metodlar Modulli ta'lim texnologiyasi (o'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturi)

Resurslar Darslik, topshiriqlar varaqasi

Baholash Shakl: og'zaki rag'batlantirish

O'qituvchi mavzu mazmunini quyidagi tugallangan mantiqiy mazmunga ega modul (qism)ga ajratadi.

1. Moddalar qanday o'zgarishlarga uchrashi haqida ma'lumotga ega bo'lish.

2. Kimyoviy hodisalar sodir bo'lishi uchun zarur sharoitlar.

3. Fizik hodisalar sodir bo'lishi uchun zarur sharoitlar.

4. Fizik va kimyoviy hodisalarni qanday ajratish mumkin.

Shu modul asosida modul dastur tuziladi. O'quvchilarga mavzuga oid o'quv filmi namoyish etiladi yoki darslikdagi mavzu matni bilan tanishib chiqadilar.

V bosqich. Uyga vazifa.

1. Kimyoviy tajribalar natijasida ishlab chiqarilgan kundalik hayotda foydalaniladigan moddalarga

kamida 5 ta misol yozing.

2. Havoning ifloslanishi haqida nimalarni bilasiz?

3. Kimyo fani hududingiz aholisiga toza suv yetkazishda qanday yordam berishi mumkin?

Olingan natijalar. Kimyo fanini o'qitishda ta'limning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini joriy etish, kimyo fani bo'yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olish, kundalik hayotiy jarayonlarda duch kelgan muammolarni hal qilishda foydalana olishga yo'naltirildi.

Xulosalar.

1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo fanidan ta'lim berish, uning ilmfan taraqqiyotida, ishlab chiqarish, kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy mahsulotlardan foydalanish sohalari, ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi.

2. O'quvchilarga eng muhim kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, ularning xilma-xilligi, orasidagi

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

bog'liqlikni bilish, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, hamda olgan nazariy bilimlari asosida amaliy ko'nikmalarni shakllantirish, ta'lim va tarbiyani uyg'un olib borish, o'quvchilarni nafaqat bilimli, balki ma'naviy, axloqiy yetuk shaxs sifatlarini rivojlantirish muhim.

Tavsiyalar.

1. Ta'lim va tarbiyani uyg'un olib borish, o'quvchilarni nafaqat bilimli, balki ma'naviy, axloqiy yetuk shaxs sifatlarini rivojlantirish.

2. Xalqaro baholash dasturi (PISA) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashini rivojlantirishga va ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish.

3. Ta'lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyoti bilan bog'lash, kreativ, ijodiy fikrlashga yo'naltirish.

4. Kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta'sirini, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo'lish fazilatlarini singdirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni. - https://lex.uz/docs/4312785

2. Azamatova D. Fandagi yangiliklar va fanni o'qitishning dolzarb masalalari-moduli, o'quv-uslubiy majmua. - Toshkent: 2023.

3. Umaraliyev H.A. O'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishdaamaliy dars va badiiy adabiyotning o'rni. // Yosh tadqiqotchi jurnali. 2022-№ 4.

3AM0HABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OBPA3OBAHME 2023, 9 (130)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.