Научная статья на тему '“TEMUR TUZUKLARI”DA IJTIMOIY ISH MASALALARI'

“TEMUR TUZUKLARI”DA IJTIMOIY ISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
456
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy ish / professional faoliyat / inson hayoti / ijtimoiy yordam / ijtimoiy adolat / ijtimoiy tengsizlik / ijtimoiy ta’minot. / social work / professional activity / human life / social assistance / social justice / social inequality / social security.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Nazarova, Nilufar Jо‘rayevna, Abdurahmonova, Saxibaxon Abdusalamovna

Maqolada “Temur tuzuklari” asarida Amir Temur tomonidan ijtimoiy ishga e’tibor, uning kо‘rinishlari, rivojlanishi, xususiyatlari о‘rganilgan va tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL WORK ISSUES IN "TEMUR REGULATIONS".

In the article, Amir Temur's attention to social work, its manifestations, development, and characteristics are studied and analyzed in the work "Temur's Tuzuklari".

Текст научной работы на тему «“TEMUR TUZUKLARI”DA IJTIMOIY ISH MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

"TEMUR TUZUKLART'DA IJTIMOIY ISH MASALALARI

Nazarova Nilufar Jo'rayevna

Toshkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi,

Abdurahmonova Saxibaxon Abdusalamovna

Toshkent davlat transport universiteti

"O'zbek (rus) tili" kafedrasi assistenti

ANNOTATSIYA

Maqolada "Temur tuzuklari" asarida Amir Temur tomonidan ijtimoiy ishga e'tibor, uning ko 'rinishlari, rivojlanishi, xususiyatlari о 'rganilgan va tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy ish, professional faoliyat, inson hayoti, ijtimoiy yordam, ijtimoiy adolat, ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy ta 'minot.

ABSTRACT

In the article, Amir Temur's attention to social work, its manifestations, development, and characteristics are studied and analyzed in the work "Temur's Tuzuklari".

Key words: social work, professional activity, human life, social assistance, social justice, social inequality, social security.

KIRISH

Jamiyatimiz uchun yangi bo'lgan ixtisoslik va professional faoliyat hisoblangan ijtimoiy ishning shakllanishi uni nazariy jihatdan anglashga nisbatan dolzarblikni yanada kuchaytiradi. Professional faoliyatning bir turi sifatida ijtimoiy ish bir asrdan ziyod tarixi davrida ulkan empirik materiallar to'pladi. Uni nazariy tushunish, umumlashtirish va tizimlashtirish uning samarasi, natijaviyligini oshirish nuqtai nazaridan respublikamizda dastlabki amaliy va nazariy say-harakatlar uchun yangi istiqbollarini ochishi shubhasizdir.

Ijtimoiy ish faoliyatining alohida ko'rinishi sifatida - aholining turli guruhlari ehtiyoji va shaxsiy qiziqishlarini qondirish va ijtimoiy kafolatlash, kishilarni ijtimoiy harakatga qobilligini tiklashga va yaxshilashga yordam beruvchi sharoitlarni yaratishdir[5, b.5].

Inson tug'ilgandan boshlab hayotining oxirigacha e'tiborga, g'amxo'rlikka, qo'llab-quvvatlashga, muhabbatga, bir so'z bilan aytganda, mehrga ehtiyoj sezib, hayotguzaronlik qiladi[7, 8, 9, 10]. Shu o'rinda sotsiolog A.Maslouning ehtiyojlar nazariyasiga e'tibor qaratilsa, o'rtamiyona inson hayoti davomida muhabbat (mehr)ga bo'lgan ehtiyojning 50 foizini qondirishi taxmin qilinadi[4, b. 11]. Demak, har qanday inson butun umri davomida u qanday ko'rinishda yoki qay tarzda bo'lmasin mehrga

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ehtiyoj sezib yashaydi. Mehr ko'rsatish bu ijtimoiy xizmatning amaliy ahamiyat kasb etuvchi mazmunini belgilovchi ma'naviy element hisoblanib, ijtimoiy yordam ko'rsatish amaliyotida yorqin ifodalanadi. Shu bilan birga, tadqiqotchi D.Rahmonov "Ijtimoiy xizmat ko'rsatishdan ko'zlangan maqsad - ehtiyojmand insonlarning iqtidori va ko'nikmalarini kamol toptirib, ularning ijtimoiylashuv jarayonini muvozanatli kechishini ta'minlash uchun maishiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy tibbiy, psixologik, jismoniy masalalarda amaliy yordam ko'rsatishdan iborat"[2, b.247], deb ta'kidlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mutaxassislarning e'tirof etishlaricha, ijtimoiy ish sohasining shakllanish tarixi Vavilonda eramizdan oldingi 1750 yildan boshlangan, xususan unda adolatlilik qoidalari, ya'ni kishilarni yaqinlarini sevishga, kambag'allar haqida qayg'urishga undaydigan fuqarolik aktlari tuzilgan[5, b.7]. Ijtimoiy ish sohasining professional, kasbiy faoliyat ko'rinishi sifatida shakllanishi G'arbiy Yevropa va AQSH singari mamlakatlarda XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to'g'ri kelsada, biroq uning noprofessional ko'rinishi esa har qanday jamiyatda, har bir davrda har xil xususiyatda bo'lgan, har xil uslub va shakllarda amalga oshirilgani bilan ijtimoiy ish sohasi masalalari uzoq moziyga ega ekanligini ko'rsatadi. Buni Markaziy Osiyo tarixiy hujjatlarda ulug' mutafakkirlarimizning asarlari orqali yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin. Ana shunday asarlardan biri - bu Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub "Temur tuzuklari"da ham ijtimoiy xizmat masalalari o'z ifodasini topgan.

Ma'lumki, "Temur tuzuklari" nomi bilan atalmish bu asar e'tiborga molik tarixiy manbalar jumlasidan hisoblanadi. Bu asarda nafaqat Amir Temur hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning toju taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlari, balki ijtimoiy ish sohasi masalalariga ham alohida qismlarda yoritilgani ahamiyatga molikdir.

Buyuk ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar davrida hukmronlik qilgan Amir Temur har bir ijtimoiy-siyosiy voqeani o'zicha tushungan va muhim qarorlar qabul qilgan. Temurning faoliyati ko'p qirrali bo'lganligi uchun, ya'ni u bir tomondan davlat podshohi bo'lsa, boshqa tomondan yirik ilohiyotchi, mutasavvuf mutafakkir sifatida maydonga chiqadi. Shuning uchun ham uning faoliyatini o'rganish har bir qirrasi uchun alohida tadqiqot ishlari talab qilinadi[3, b. 37-40]. Aynan ana shu maqsad yo'lida, ya'ni tuzuklarida ijtimoiy xizmat masalalari qay darajada yoritilganini o'rganish maqsadida mazkur mavzu doirasida qisqacha o'z fikrlarimizni bayon etishga harakat qilamiz.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Avvalo, ijtimoiy ishning asosiy qadriyatlari va tamoyillari besh asosiy mezonga tayanadi:

o Inson qadr-qimmati va qadriyati;

o Ijtimoiy adolat;

o Insonparvarlikka xizmat qilish;

o Butunlik;

o Kompetentlik (chuqur bilimga asoslanganlik, omilkorlik).

Ijtimoiy ish amaliyoti insonparvarlikka, halolikka va kompetentlikka xizmat qilish yo'li bilan inson qadr-qimmatini hurmat qilishga ham, ijtimoiy adolatni ta'minlashga ham ko'maklashishi kerak.

Shu nuqtai nazardan yondashadigan bo'lsak, agar biz "Temur tuzuklari"ni qunt bilan mutolaa qilsak, unda yuqorida qayd etib o'tilgan ijtimoiy ish mezonlariga alohida e'tibor bilan qaralganligining guvohi bo'lamiz. "Qaysi mamlakatni zabt etgan bo'lsam, o'sha yerning obro'-e'tiborli kishilarini aziz tutdim, sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixiga ta'zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg'ol, vazifalar berib, maoshlarini belgiladim; o'sha viloyatning ulug'larini og'a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo'lsa, o'z farzandlarimdek ko'rdim. Mazkur mamlakatlarning sipohi uchun dargohim eshigi ochiq edi. Raiyatini o'zimga qaratib oldim. Hammani qo'rquv va umid orasida saqladim. Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim. Nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o'zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda xaddilaridan oshishlariga yo'l qo'ymadim... Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo'lini to'sdim... Shu bilan birga o'g'rilik va talonchilikning barcha yo'llarini bekitishning choralarini ko'rdim...

Yana buyurdimki, har yerning hokimlari g'arazgo'y, tuxmatchi va nafsi buzuq kishilarning tuxmat so'zlari bilan katta va kichik shaharlar aholisidan hech kimga jarima solmasinlar. Faqat birovning gunohi to'rt kishining guvohlik berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jarima solinsin. Va yana buyurdimki, hech bir shahar va qishloq odamlaridan jon boshidan va har bir xonadondan olinadigan soliq olmasinlar. Sipohiylardan biror kishi raiyatning xonadoniga zo'rlik bilan kelib tushmasin, raiyatning ot-ulovlarini tortib olmasin.

Har bir mamlakatning raiyati bilan bo'lgan muomilada, ularga xolislik bilan ish tutsinlar. Qashshoqlikni tugatish maqsadida, har mamlakatni gadolariga vazifa yuklab ish berilgan, toki shu yo'l bilan gadolik rasmi yo'qotilsin"[6, b.94-95], deb yozadi Amir Temur.

Demak, "Temur tuzuklari" ijtimoiy ish sohasi rivoji uchun o'sha davrda asosiy dasturulamal vazifasini bajargan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan tashqari bu

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

asarda Temur o'z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon qilishda avvalo, qonunning ustuvorligiga va uning kuchi, xalq oldidagi hurmati va uni xalq hurmatiga sazovor qilish masalalariga katta e'tibor bergan. Buning uchun uning nazarida, avvalo, qonunlar adolatli va insonparvar bo'lishi kerak va xalq uchun manfaat va foyda keltirishi, uning ijtimoiy ishi muhofazasini, himoyasini ta'minlashi zarur. Buni ijtimoiy ish sohasi rivojiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan biri sifatida qayd etmoq lozim. Biroq, ijtimoiy-siyosiy madaniy tenglikning to'la, hamma odamda bir xilda amalga oshmasligini bilgan Temur bu ishda ma'lum darajada qatiqqo'llikka asoslanishini ta'kidladi. Chunki ijtimoiy tengsizlik mavjud bo'lgan har bir jamiyatda qonun, saltanat, to'ra tuzuk va shariat qoidalarining buzilishini Temur tushungan. Shuning uchun ham aynan "tuzuklar"da u "Men fuqaroni qo'rquv va umid orasida saqladim"[6, b.94], degan gaplarni bekorga aytmagan. Temur nazarida qonun ustuvorligiga amal qilish raiyatni zolimlardan asrash bo'lgan[1, b.274].

Lekin, shuni ham aytib o'tish kerakki, Temur o'z davrining, ya'ni feodal jamiyatning hukmdori bo'lganligi uchun ham ijtimoiy tenglik va uni amalga oshirish uchun harakat qilmagan. Biroq, u boy-kambag'alni saqlab qolgan holda hammaning yaxshi, to'q yashashini ta'minlamoqchi bo'ldi. Shuning uchun ham Temur davlatning asosiy xazina manbai bo'lgan soliqni tartibga solishda katta xizmat qilgan. "Temur tuzuklari"da ta'kidlanishicha, u hatto davlat g'aznasiga zarur bo'lgan vaqtlarda ham xalqning qashshoqlashib qolishiga yo'l qo'ymagan. "Amir etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig'ishdan ularning og'ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag'allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohning tarqoqligi, o'z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi"[6, b.98], deb yozadi.

Ijtimoiy ishda ijtimoiy ta'minot shaklida namoyon bo'luvchi xayr-ehson va sadaqa - odamlarga insonparvarlik bilan qarashni namoyon bo'lishining eng qadimgi shakllaridan biri bo'lib, g'arib va nochorlarga pul yoki biror moddiy narsa ehson qilish orqali ularga bo'lgan rahm-shafqatning belgisi sifatida ifodalanadi. Xayr-ehsonning o'ziga xosligi shundan iboratki, u ko'proq xayr-ehson va sadaqa qiluvchining yoki beruvchining shaxsiy hislatlariga bog'liq bo'lib, o'ta individual xarakterga ega. Xayr-ehsonning birlamchi shakli sifatida sadaqa va xayr-ehson notashkiliy xarakterga ega va mavjud. Xususan, doimiy va saxiylik bilan berilgan sadaqa professional faqirlikning o'sishiga yordam berishi mumkin.

"Temur tuzuklari"da esa aynan professional faqirlikning o'sishiga yordam beruvchi asosiy omillarni oldini olish borasida Temur tomonidan amaliy chora-tadbirlar qo'llanilganligi ta'kidlanadi. Amir Temurning g'oyasida mamlakatning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

biror joyida, hatto zabt etilgan mamlakatlarda ham gado bo'lmasligi kerak. Bularning hammasini to'plab hisobga olib, ularga yeb-ichishlarini ta'minlash va ishga yaroqlilarini ish bilan ta'minlashni o'ylagan. Agarda bunga bo'ysunmasa, ularni uzoq mamlakatlarga sotib yuborishni buyurgan[6, b.98].

Temurning ijtimoiy adolat mezoniga amal qilishining yana bir ko'rinishi shundaki, u zabt etilgan mamlakatning aholisini ham o'z xalqi misoli qabul qilgan. Ularning kayfiyati, hosili, daromadi va boyliklariga qarab ish tutgan. Eng muhimi, "Temur tuzuklari"da ta'kidlanishicha, zabt etgan mamlakatlari xalqlarining azaldan berib kelgan xirojlari miqdorini o'zgartirmagan va ularning roziligi bilan ish ko'rgan. Xirojni ekindan olgan hosiliga va yerning unumdorligiga qarab yiqqanlar. Bundan tashqari kuzgi, bahorgi, qishki va yozgi dehqonchilikdan olingan hosil raiyatning o'ziga qoldirilgan[6, b.99].

Temur o'z ijtimoiy ish sohasi haqidagi qarashlaridan tijoratga, ishbilarmonlikka katta yo'l bergan va ularga imtiyozlar bergan. Lekin u halol, haqiqiy mehnatga asoslangan tijoratni quvvatlagan. U, hatto bunday tadbirkorliklardan uch yilgacha soliq olmaslikni ta'kidlaydi.

Amir Temurning ijtimoiy ish sohasi rivoji haqidagi qarashlarining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, fuqarolarning hech bir qismi, hech bir guruhi uning sahovati va muruvvatidan chetda qolmagan va bu ishlarni uning shaxsan o'zi nazorat qilib turgan. Xalqni haqiqiy ijtimoiy himoya qilishning nazariy tamoyillarini berish bilan birga uni amalga oshirishga ham harakat qilgan. "Yana amir etdimki, katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru, miskinlarga langarxona (yo'lovchilar qo'nib o'tadigan joy, kambag'al, yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy-g'aribxona) solsinlar, kasallar uchun shifoxona qursinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlansinlar. Har bir shaharda dor ul-amorat (hukmdor saroyi) va dor ul-adolat (adolat uyi, qozixona) qursinlar. Va raiyatu ziroatni qo'riqlovchi qo'rchilar (qo'riqchi, posbon) ham tayinlasinlar"[6, b.100], deydi.

Yuqoridagi fikrlardan qisqacha xulosa yasaydigan bo'lsak, Amir Temur faqatgina davlat rahbari sifatidagina emas, balki xalqparvar, millatparvar sifatida ham o'z davrining ilg'or ijtimoiy ish sohasidagi qarashlar tizimining oliy shaklini yaratdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Albatta, o'sha davrda ijtimoiy ish sohasining rivojida Temur asosiy homiy sifatida o'zini namoyon qila oldi. Chunki, u bir g'oyani o'z fikrida ishlaganda masalaning hamma tomonini hisobga olar edi. Unda o'zgalar fikrini eshita olish va qabul qila olish qobiliyati bor edi. Bu esa undagi har bir xalqning avval tabiatini, ruhiyatini bilish qobiliyati kuchli ekanligi bilan belgilanadi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

Vaholanki, bu sifatlar bugungi kundagi ijtimoiy ish xodimining asosiy professional, axloqiy sifatlari hisoblanadi. Demak, biz haqli ravishda Amir Temumi o'sha davr ijtimoiy xizmat sohasi rivojining asosiy homiysi sifatida e'tirof etishimiz mumkin. Ko'rinib turibdiki, Temur dasturi va ijtimoiy-siyosiy qarashlarida mukammal jamiyatni orzu qilishdan ko'ra ko'proq uni amalga oshirish va uning mas'uliyatini o'z zimmasiga olishi yaqqol sezilib turadi. Shuni alohida qayd etish joizki, kelgusida O'zbekistonda ijtimoiy ish tarixini o'rganishda "Temur tuzuklari" asosiy manba bo'lib xizmat qilishi va ijtimoiy ishning asosiy tadqiqot mavzularidan biri bo'lib qolishi shubhasizdir, deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Каримов С. Урта Осиё социологик фикрлар тарихидан. Укув кулланма. Самарканд, 2000. Б.274.

2. Рахмонов Д. Ижтимоий хизмат курсатишнинг касб сифатида шаклланиши.//УзМУ хабарлари илмий журнали. 1/4, 2016, 247-бет.

3. Руи Гонзалис Клавихо де. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-1406 ) -М.: Наука, 1990. - 216 с.

4. Самаров, Р. С., & Бутаев, У. Х. (2014). Тизимли тадкикотларда сиёсий прогноз ва унинг технологияси. Since wars begin in the minds of men, it is in the minds of men that the defences ofpeace must be constructed, 25.

5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Рахмонов, Д. А., & Назарова, Н. Ж. (2022). УЗБЕКИСТОНДА ПЕДАГОГИК ХОДИМЛАРНИНГ ^У^У^ИЙ МАВДМИНИ БЕЛГИЛАШНИНГ ИНСТИТУЦИОНАЛ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 377-384.

8. Jo'rayevna, N. N., & Abdumannapovna, M. D. (2023). MUTAXASSISLIK FANLAR MODULINI О 'QITISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. PEDAGOG, 1(5), 605-609.

9. Beknazarov, A. A., Rakhmonov, D. A., Normuratova, M. K., & Nasirov, K. J. (2020). Psychological-pedagogical classification of the philosophy of social service. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(1 Special Issue), 2759-2762.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

10. Рахмонов, Д. А. (2017). The social-cultural peculiarities of social work (in the model of servicing older people). Theoretical & Applied Science, (11), 285-288.

11. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Валиев, Л. А., & Хасанов, М. Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАВДИЁТ БОС^ИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 606-612.

12. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

13. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the example of Uzbekistan). International journal on orange technologies, 3(3), 128-131.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.