Научная статья на тему 'TAVBA IRODAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA'

TAVBA IRODAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

142
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAVBA IRODAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA»

TAVBAIRODAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Sojidaxon Sobirova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Din psixologiyasi yo'nalishi

1-kurs magistranti

Taraqqiyot bilan birga unga qarshi kuchlar ham to'xtovsiz o'sib borayotgan, ijtimoiy tarmoqlar shaxs xulq-atvoriga uzluksiz ta'sir etayotgan globallashuv sharoitida davlatimiz kelajagini barpo etuvchi yoshlarda kuchli bilim bilan birga mustaxkam irodaning tarkib topganligi ham muhim ahamiyatga ega.

O'zbekiston 1-prezidenti Islom Karimovning irodaga taalluqli fikrlariga tayanib, insonning ma'naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi, desak, yanglishmagan bo'lamiz. Iroda - bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o'ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o'z zimmasiga olishdan qo'rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo'lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo'lidan kelganicha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi.

Shaxsning irodasi mavjudligi uning uchun ahamiyatli bo'lgan maqsad va vazifalarning mavjudligi bilan bog'liq. Inson uchun bu maqsadlar qanchalik ahamiyatli va jozibador bo'lsa, uning irodasi shunchalik kuchli bo'ladi, istak kuchli bo'ladi, teng sharoitlarda ularga erishish mustahkam bo'ladi. Shaxs uchun muhim maqsad uning ehtiyojlari va manfaatlariga bog'liq bo'lgan sohadir. Irodaning paydo bo'lishi, shaxsning o'zini-o'zi anglashi, subyekt sifatida shakllanishi bilan bog'liq, shu bilan birga u shaxsning xulq-atvorini belgilaydi.

Iroda erkinligi tushunchasining mavjudligining o'zi insonning cheksiz erkinlikka ega emasligini anglatadi, chunki u bir qator tashqi va ichki sharoitlarga bog'liq, lekin bu shartlarga va o'ziga qanday munosabatda bo'lishni tanlash erkinligini anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda iroda" "intilish" tushunchasi bilan sinonimdir, deyish mumkin.

Islom dinida (tasavvufda) shaxsning irodasini quvvatlovchi, uning kuchi va davomiyligini belgilovchi tushuncha sifatida "tavba" ni keltiradilar.

Tavba so'zi arab tilidan 2 xil ma'noni beradi:

1. Pushaymon bo'lish.

2. O'zini tuzatish, to'g'rilash.

May 21

231

Tavba bir tomondan insonning hissiy jihatdan Robbisiga o'z gunohlari yuzasidan o'tinib murojaat qilishi bo'lsa, ikkinchi tomondan keyingi faoliyatida bu holatni takrorlamaslik uchun irodaviy zo'r berishi ham tushuniladi. Tavba amalga oshish jarayonida shaxs 3 bosqichni bosib o'tadi:

1. Kognitiv - xatolarini anglab yetish. Uning dindagi mazmuni, inson hayotini tartiblashtiruvchi funksiyasi, mumkin va mumkin bo'lmagan amallarni anglab yetishi, bu haqidagi ma'lumotlarni islom manbalari (Qur'on va Hadis)dan o'zlashtirishi.

2. Emotsional - pushaymonlik. Amalga oshirgan faoliyatining buyruqlarga zid ekanligini anglab yetgandan so'ng, buning oqibati haqidagi tasavvur natijasida hissiy zo'riqishi yoki qisqa muddatli stresni boshqan kechirishi.

3. Irodaviy - gunohiga qaytmaslik uchun jiddu jahd qilish, nafs va shayton bilan kurash. Bu jarayon davomida shaxsning kognitiv, emotsional bosqichlarida boshdan kechigan tajribasi muhim rol o'ynaydi. Bu jarayonlarning oqbati o'laroq faoliyatini qayta tizimlashitirishi, maqsadga olib boradigan yo'lning vositalarini yana ham mukammalroq ishlab chiqishi yoki tanlashi tushuniladi. Aynan shu jarayonda shaxs faoliyatining sifati, davomiyligi va uzluksizligini

ta'minlash uchun unga muhabbat, ayniqsa, Allohga muhabbat kuchli ijobiy ta'sir qiladi. Ushbu bosqichdan qaysi birigacha yetib kela olishini yoki har bir bosqichni qanday sifatda bajarishi shaxsning ma'naviy yuksalishini ta'minlaydi. Shuningdek, bu orqali shaxsning tasavvuf maqom va hollarida qaysi darajasigacha bora olishini oydinlashtiradi.

Shaxsning tavba qilish jarayoni gunohlar bois paydo bo'lib, banda bilan uning suyukli narsalari orasini to'sadigan ulkan zararni anglash ilmidir. Bu ulkan zararni to'la anglagan kishi illatlar ustidan o'z qalbiga g'olib bo'ladi. Bu anglash jarayoni murakkab ruhiy holat bo'lib, suyukli narsasini boy bergan qalbda alam-og'riq paydo qiladi. Qalbda yo'qotish hissi ortgani sayin alamning shiddati ham kuchayadi. Mahbubini o'zining bir yomon fe'li sabab boy bergani uchun qalb afsus chekadi. Qalbning bu og'rig'i nadomat deyiladi. Og'riq ichkarini butunlay egallab olganidan so'ng, qalbda qasd deb atalgan o'zgacha bir holat namoyon bo'ladi (qasd - gunohni tark etishni maqsad qilish, shu maqsad tomon qadam tashlash).

"Tavba" so'zining qaytmoq, pushaymon bo'lmoq, gunohlarni tark etib Haqqa yuz burmoq, kelajakda gunohni takrorlamaslikka azm etmoq kabi ma'nolari bor.

Imom G'azzoliyga ko'ra, tavba ilm, hol, va fe'l kabi navbati bilan bir-birini taqozo etuvchi uch narsaning

May 21

232

birlashuvidan paydo bo'ladigan o'zgarmas ilohiy sunnatdir. Bu bosq ichlarning har biri o'zidan keyingi bosqich uchun zaruratdir.

Tavbaning shartlari:

Olimlar bunday deganlar: "Tavbaning uchta sharti bor: Gunohdan to'xtash, pushaymon bo'lish va unga qaytmaslikka ahd qilish" Ba'zi olimlar esa: "Tavbada sodir etilgan gunohdan pushaymon bo'lishning o'zi yetarlidir. Zero, bu pushaymonlik gunohdan uzilishni va qaytib uni qilmaslikka ahd qilishni taqozo etadi. Bu ikkisi pushaymonlikdan paydo bo'ladi, shuning uchun ham: "Pushaymonlik tavbadir", deyishgan. Bunda shaxs kognitiv jihatdan uning salbiy oqibatlarini anglab yetish davomida u haqida, uning oqibatlari haqida bilimga ega bo'lish alohida e'tiborga molik.

Faxriddin Roziy "Mafotihul g'ayb" nomli tafsirida tavba uchun lozim bo'lgan narsalarni sanab o'tgan: "1. Qilgan gunoh yo nojo'ya harakatini bas qilish. Bas qilish nega kerak? Agar banda gunoh yo nojo'ya ishini tashlamasa, qilishda davom etsa, bu tavba bo'lmaydi; 2.O'tmishda qilgan shu gunohlarini ham bas qilish. Pushaymonlik nega kerak? Agar banda qilgan gunohidan pushaymon bo'lmasa, qilgan ishidan rozi, o'sha ishga ko'ngli bor demak. Bir ishga ko'ngli bo'lgan inson o'shani qilish ehtimoli borligi uchun ham tavba qilgan bo'lmaydi; 3. Shu gunoh yo nojo'ya harakatga o'xshash ishni aslo qilmaslikka ahd qilish. Qilgan gunohiga o'xshash gunohdan ham uzoq bo'lishga ahd qilish nega kerak? Zero, gunoh ishni qilib bo'ldi. Gunohni yana niyat qilish ham gunoh!; 4. Yuqoridagilarning barchasini yana qilishdan qo'rqish. Qo'rquv insonga tavba qilishni, so'ng bu ishni bas qilishdan o'zga yo'l yo'qligini xotirlatadi. Haqiqiy tavba uchun ana shularning barchasi kerakdir" (1.384.)

Bular esa insonda juda irodaviy kuch talab qiladi. Shaxs ichki va tashqi to'siqlarni yengib o'tishi zarur. Ichki to'siqlar shaxsning o'z ehtiyojlari, manfaatlarini maqsadi yo'lida yengib o'ta olishi, boshqa tomondan olib qaraganda esa, insonning nafsi ham uning axloqiy yuksalisi, ma'naviy o'sishiga qarshilik qilishi ham unga jiddiy to'siq deyish mumkin. Tashqi to'siqni yengish deganda esa bir tomondan atrof-muhitdagi voqea-hodisalarning shaxs faoliyatidagi ta'siriga yo'l qo'ymaslik bo'lsa, ikkinchi tomondan, shaytonning makr-xiylalariga qaramasdan o'z maqsadidan og'ishmasdan harakat qilishidir.

Bir kishi Hasan Basriydan: "shayton uxlaydimi?, deb so'radi. U kishi kulib javob berdi: qaniydi shayton uxlasa, biz ham dam olardik. Shunday ekan, mo'min uchun undan qutulish yo'q. Faqat uni daf qilish va xiylasini ta'sirsiz holatga keltirish bor. Inson shayton ta'siriga tushib qolmaslik uchun irodasini yaxshi tarbiyalagan bo'lishi lozim. Bu

May 21

233

orqali o'zida gunohdan forig'lanish uchun kuch topa olishi zarur. Bunga esa doimiy uning ichki va tashqi to'siqlari harakatda ekanligi haqidagi qo'rquv ham yordam beradi.

P.A.Rudik, P.V.Simonov tomonidann iroda tashqi va ichki to'siqlar va qiyinchiliklarni yengish mexanizmi sifatida va maqsadga erishish yo'lida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish qobiliyati sifatida ta'riflanadi.

Xuddi shu jarayon insonning tavba qilish mobaynida ham davom etadi va irodaviy jarayonning unga ta'siri ko'zga tashlanadi. Ichki to'siq sifatida nafs, tashqi to'siq sifatida shaytonni misol keltirish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, shaxsning irodaviy sifatlarining yuksalishiga uning kognitiv tomoni bilan birga e'tiqod darajasi ham ta'sir qiladi. Bunda shaxs o'zining faoliyatidagi to'g'ri yoki noto'g'ri amallarni ajratib olishi va bu tanlovni muttasil amalga oshirishi uchun unga juda katta irodaviy kuch zarur. Buni shaxs Allohga muhabbat va unga chin yolvorish orqali ham olishi mumkin. Bu orqali jamiyatdagi shaxslarning birligi, hamjihatligi, va albatta, faqat ezgu faoliyat bilan shug'ullanishi, o'z ishiga vijdonan yondoshishini ta'minlash mumkin. Bu har bir kasb doirasidagi faoliyatning samarali, muvaffaqiyatli bo'lishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Abdivalievna, A. N. (2022). Psychological Characteristics of Children with Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 295-298.

2. Abu Homid G'azzoliy. Mukoshafatul qulub. -Toshkent: "Munir" nashriyoti,

3. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

4. E. G'oziyev. Umumiy psixologiya. -Toshkent: Mirzo Ulug'bek nomidagi milliy universitet, 2002.

5. Girma Lemma. General psychology. -Ethiopia: EPHI, 2005

6. Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE AND ITS FEATURES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(6).

7. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI. Oriental

2021.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2),

8. Rasulova, N. T. PSYCHOSOMATIC FEATURES OF THE REPRODUCTIVE SPHERE. Mеждународный научно-практический электронный журнал «^ОЯ ПPОФЕССИОHАЛЬHАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.

9. Rustamovich A. M. The moral consciousness dynamics of students is the position in the process of high education //European journal of education and applied psychology. - 2016. - №. 1.

10. Sottarovich, N. A., & Zilola, K. (2022). PSYCHOLOGICAL MECHANISMS FOR MAKING MANAGERIAL DECISIONS IN MANAGEMENT ACTIVITIES. Science Time, (2 (98)), 27-33.

11. X. Abdulvohid qizi. Nafs tarbiyasi. -Toshkent: "Munir" nashriyoti, 2021.

12. Абдуганиева, Д. А. К. (2021). KОПИHГ-СТPАТЕГИЯЛАPHИ АMАЛГА ОШИРИШДА Дт ОMИЛИHИHГ HАMОЁH БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

13. Аскарова, H. А. (2022). ВЛИШИЕ РОДИТЕЛЬСКОГО ОТHОШЕHИЯ ^ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗДОРОВЬЕ ДЕТЕЙ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(1), 92-97.

14. Ганиева, Г. В. К. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ДИАГHОСТИKИ KОMПЕТЕHЦИИ MАГИСТPА. International scientific review, (LXXIV), 58-60.

15. Дусмухамедова, Ш. А. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ З^ЧЕЖЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ОЦЕЖИ В РАЗВИТИИ ЛИЧГОСТИ ДЕТЕЙ ДОШKОЛЬHОГО ВОЗРАСТА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 355-361.

16. Исаева, M. А. К. (2022). HАKАЗАHИЕ С ТОЧКИ ЗРЕЖЯ ЕГО ЭФФЕKТИВHОСТИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 378-384.

17. Радеев А.Е. Кластерный подход к искусству: за и против. Вестник УДК 7.01 СПГУ. Сер. 15. 2014.

is. Расулова, Ф. Ф. (2016). Агрессивное поведение и

342-348.

агрессивность личности. Путь науки, (7), 29.

^_May 21» ©

Republican Scientific and Practical Conference V i

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.