Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH (MUAMMOLARI)'

TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH (MUAMMOLARI) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
45
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
tasviriy san’at / olam ranglari / portret / naturmort / manzara maishiy tarixiy / tabiiy iqtisodiy imkoniyatlar / botal janrlari / grafika rangtasvir / inson nutqi / madaniyati / haykaltaroshlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev

Ma’lumki, gumanitar fanlarni o‘rganishda fanlararo va fanlararo bog‘liqlik tizimidan foydalanish tasviriy san’at faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, unda beriladigan bilim va ko‘nikmalar samaradorligini oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tasviriy san’at o‘qituvchisi avvalo maktabdagi tasviriy san’at kabinetini tashkil qilishi zarur. Ushbu xonada biologiya, mehnat, matematika, chizmachilik, geografiya, adabiyot, tarix kabi fanlar kabinetida dasturlar, darsliklar va ko‘rgazma materiallari bazasini yaratish zararli. Chunki ular tasviriy san’atga juda yaqin bo‘lgan fanlar hissoblanadi. Mazkur maqolada tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish hamda unda uchraydigan muammolar haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH (MUAMMOLARI)»

TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH (MUAMMOLARI)

Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev [email protected] Andijon davlat universiteti

Annotatsiya: Ma'lumki, gumanitar fanlarni o'rganishda fanlararo va fanlararo bog'liqlik tizimidan foydalanish tasviriy san'at faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, unda beriladigan bilim va ko'nikmalar samaradorligini oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tasviriy san'at o'qituvchisi avvalo maktabdagi tasviriy san'at kabinetini tashkil qilishi zarur. Ushbu xonada biologiya, mehnat, matematika, chizmachilik, geografiya, adabiyot, tarix kabi fanlar kabinetida dasturlar, darsliklar va ko'rgazma materiallari bazasini yaratish zararli. Chunki ular tasviriy san'atga juda yaqin bo'lgan fanlar hissoblanadi. Mazkur maqolada tasviriy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish hamda unda uchraydigan muammolar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, olam ranglari, portret, naturmort, manzara maishiy tarixiy, tabiiy iqtisodiy imkoniyatlar, botal janrlari, grafika rangtasvir, inson nutqi, madaniyati, haykaltaroshlik

PROFESSIONAL COMPETENCE DEVELOPMENT OF FINE ARTS

TEACHERS (PROBLEMS)

Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO [email protected] Andijan State University

Abstract: It is known that the use of interdisciplinary and interdisciplinary systems in the study of humanities is the main means of improving the activity of visual arts, as well as increasing the effectiveness of the knowledge and skills imparted in it. The art teacher must first organize the art room in the school. In this room, it is harmful to create a database of programs, textbooks and exhibition materials in the cabinet of subjects such as biology, labor, mathematics, drawing, geography, literature, history. Because they are considered sciences that are very close to visual arts. This article talks about the development of professional competence of visual arts teachers and the problems encountered in it.

Keyword: fine art, colors of the world, portrait, still life, landscape, household history, natural economic possibilities, botal genres, graphic painting, human speech,

culture, sculpture

Kirish

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o'rin egallashga intilish yo'lidagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o'rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intelektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta'minlamoqda. Turli sohalarda yo'lga qo'yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o'z samarasini berayotgan bo'lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash,erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a'zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat'iyat talab etmoqda.

Vatanimiz kelajagini rivojlantirish maqsadida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: "Jismoniy va ma'naviy yetuk yoshlar ezgu maqsadlarimizga yetishishda tayanchimiz va suyanchimizdir. Bugun sizlarning qalbingiz yuragingizdagi o'y-fikrlar, maqsad-muddaolar bo'lsa, ushalmay turgan niyatlar bilan yaqindan tanishish, shu asosda yoshlar siyosati bo'yicha olib borilayotgan ishlarimizni tanqidiy baholab, tegishli qarorlar qabul qilishni, men o'z faoliyatim uchun g'oyat muhim deb hisoblayman" deb takidlaganlaridek yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda ayniqsa madaniyatimizni o'stirish uchun tasviriy san'atning o'rni beqiyosdir.

Asosiy qism: Tasviriy san'at, rangtasvir nafis san'at bo'lib, bo'yoqlar yordamida yaratiladi. Insoniyat uchun ta'lim - tarbiya va estetik zavq berish vazifasini badiiy asar sifatida o'taydi. Inson nutqi, madaniyati va fikirlash qobilyatlarini badiiy adabiyot o'stirsa. tasviriy san'at olam ranglarini ko'ra bilish, anglay olish, inson hayotida turli xil ranglar va jilolar aks ettira bilishni shakllantiradi. Alloh insonni shunday qudratli mavjudod qilib yaratdiki, o'z ishlari bilan buni yana bir bor isbotlaydi. Tasviriy san'at rivojiga "Uyg'onish davrida" katta hissa qo'shilgan. "Uyg'onish davrida" insonparvarlik g'oyalar tasviri realistik tasvirlar avj oldi. Veleskes, Murilbo Perro Della, Franchesko, Bottichelli, Leanardo Da vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Titsian kabi buyuk rassomlar estetik jihatdan bebaho asarlar bilan tasviriy san'at turida unitilmas obrazlar yaratganlar.

Rassomlik san'ati asarlari hayol lavhasi aks ettiradi. Rassomlik san'ati asarlari mato, karton, yog'och, tosh, oyna, metall, ganch, qog'oz va boshqalarga chiziladi Rassomlik san'ati so'ngi paleolit tosh davrida vujudga keldi. Insonning tashqi dunyosi ta'sirida jon va ruhning borligiga va tashqi olamni anglashga bo'lgan harakat va ishonishi ilk tasviriy san'atning vujudga kelishiga olib keladi. Ilk insonlar g'orlarda ov va jang tasvirlarini tushurganlar. So'ng palioletga oid insonlar syrat

chizgan g'orlar Fransiyadagi Lasko, Ispaniyadagi Altamir, Boshqiristondagi Kapovaya g'orlari kiradi.

Demak, inson paydo bo'lgan vaqtda ham tasviriy san'at vujudga kelgan desak adashmaymiz. Rassomlik san'ati me'morchilik va haykaltaroshlik bilan uzviy bog'liq ravishda etnik davrda rivojlangan. O'rta asrlarda Yevropa va Kavkazda ibodatxonalarni diniy qo'lyozma kitoblarni bezashda xizmat qildi. Bu davrda Yaqin Sharq, O'rta Osiyo Hindiston Xitoy va Yaponiya minatyura san'ati rivojlangan.

Avvalo kompetetsiyaga ta'rif berishimiz lozim. Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to'g'ri bajarish kompetetsiya dyeiladi. Ish joyini to'g'ri tashkil eta olish tasvirni qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtira olish; tasvirni ishlashda asosiy va xosila ranglarni to'g'ri qo'llay olish; sodda naturalarning shakli tuzilishini, rang, o'lchash nisbatlari fazoviy holatni kuzatadi, taxlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

Rangtasvir va grafika asarlari quyidagi asosiy janrlarda yaratiladi:

1. Portret,

2. Naturmort,

3. Manzara

4. Maishiy

5. Tarixiy

6. Botal

7. Animatsion

8. Morinistik

Tasviriy san'at o'zining tasvirlash usullari va boshqa jihatrlariga qarab grafika rangtasvir va haykaltarishlik kabi turlarga bo'linadi

Tasviriy san'at barcha o'quv fanlari bilan bevosita bog'liqdir. Ayniqsa bu bog'liqlik ko'proq biologiya, geografiya, mehnat, chizmachilik, matematika, fizika, tarix, til adabiyot fanlarida ko'proq namoyon bo'ladi. Bu bog'lanish ham nazariy, ham amaliyjihatdan amalga oshiriladi. Predmetlararo bog'lanishning tashabbuskori tasviriy san'at o'qituvchisidir.

Avvalo, o'qituvchi maktabda tasviriy san'at kabinetini tashkil etishi lozim. Kabinetda tasviriy san'atga juda yaqin bo'lgan biologiya, mehnat, matematika, chizmachilik geografiya, adabiyot, tarix kabi fanlarning dasturi, darslik va ko'rgazma materiallaridan baza tashkil etish zarar. Tasviriy san'at o'qituvchisi o'z ish rejasini tuzadi, har bir darsning qaysi fan bilan bog'lanishini ko'rsatadi.

Tasviriy san'at fanining boshqa fanlar bilan bog'lanishi turlicha xarakter, mazmun va shakllarda amalga oshiriladi. Bu bog'lanish o'tiladigan dars mavzusining maqsadi, vazifasi va mazmuniga ko'ra amalga oshiriladi. Avvalambor qalamtasvir yoki narsaning o'ziga qarab rasm chizish, tematik kompozitsiya tuzish, badiiy bezash, haykaltaroshlik, amaliy san'at mashg'ulotlari o'zaro bir-biri bilan bog'lanadi.

So'ngra tasviriy san'atning bu mashg'ulotlari botanika, zoologiya, matematika, chizmachilik, adabiyot, geografiya, mehnat kabi fanlar bilan bog'liq holda olib boriladi.

Bunda olma, anor, nok, qovun, tarvuz, rediska, sabzi, turp, terak, tol, o'rik va o't-o'lanlar kabi narsalar rasmi chizilganda albatta botanikaning materiallaridan foydalaniladi.

Darsda qush va hayvonlar - qo'y, echki, tovuq, kaptar, qarg'a, hakka, bo'ri, tulki, sher, fil, ilon, toshbaqa va boshqalarning rasmi chizilganda dars zoologiya fanining materiallari asosida tashkil etiladi.

Aksariyat tasviriy san'at darslarida geometrik shakllar, prizmatik buyumlar rasmi chiziladi.

Kub, prizma, ko'pyoqli piramida, konus, silindr, shar va shu kabi shakllardagi predmetlar rasmi chizilganda o'qituvchi matematika va chizmachilik fani bilan bog'lanishi zarur.

Texnika vositalari, mexanik o'yinchoqlarning rasmi chizilganda esa darsda fizika fani materiallaridan foydalaniladi.

Ro'zg'or buyumlari, mehnat qurollari rasmi chizilganda o'qituvchi mehnat fani bilan bog'lanadi, uning ko'rgazma va o'quv materiallaridan foydalanadi va hokazo.

XULOSA

O'zining buyuk tarixidan kelib chiqib mavjud tabiiy iqtisodiy imkoniyatlarga tayanib, O'zbekiston o'zigagina xos bo'lgan taraqqiyot yo'lidan bormoqda va unga butun afkor omma qiziqish bildirmoqda. Ularning barchasi xalqning ma'naviy, yaratuvchanlik mehnati bilan bog'liq. Mustaqillikka erishilgach, bizning dunyoqarashimiz va tarixiy voqealarga bo'lgan munosabat o'zgardi. Bu fan tarixini va xususan tasviriy san'atni, uning taraqqiyotining asosiy tamoiylarini qayta o'rganishni taqozo qildi.

Borliq sir sinoatlari o'zida mujassamlashgan fan bu tasviriy san'atdir. Fanlar ichida hamma qiziqib shug'ullanadigan tasviriy san'at kompetetligini oshirish maqsadida ko'proq o'qishimiz lozim. Faqat rassomlik emas aniq dalillarga iqtisoslashtirilgan chizchmachilikni ham kuchli bilish lozim chunki jadal rivozlanib borayotgan O'zbekistonimiz uchun yosh muhandislar , loyiohalovchilar juda zarurdir kelajak avlodga yoshligidanoq shunga qiziqtirib yo'nalish berib borilsa buyuk ishlar kutish mumkin.

Buning uchun eng avvalo rassomlik hayotiga kirib kelish, har bir narsaning, aniq ma'lumotlariga ega bo'lishni talab etadi. Oddiy ko'z bilan qaraganda eng oson fanga o'xshaydi lekin uningtotlitaminibilish uchun rassomlik mashaqqaticho'qqisini, uning tub ildizini bilsagina ana unda haqiqiy rassom bo'lib yetishadi va kelajak avlodga ham bu go'zal hayotiy fanni chuqur o'rgata biladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining qonuni. // Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.; Sharq, 1997.-20-29 b.

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.; Sharq, 997.-34-63 b.

3. 5110800 - Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishining davlat ta'lim standarti.

4. Xasanov R. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasidan amaliy mashg'ulotlar. O'quv qo'llanma.-Toshkent: TDPU, 2006. -72 b.

5. Choriyevich J. S. Tasviriy san'atda rang va yorug'liklarning o'rni //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. C2. - S. 113-116

6. Mamatov U. Istoriya odnoy jizni.[Elektronnbiy resurs]. Rejim dostupa: https://gisap.eu/ru/node/41195

7. Egamberdtiyev A. Mir tvorchestva. Kak zarojdayetsya iskusstvo jivopisi. // Vecherniy Tashkent. 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.