Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT FANINING MAKTAB O’QUVCHILARINING TA’LIM-TARBIYASIDAGI TUTGAN O’RNI'

TASVIRIY SAN’AT FANINING MAKTAB O’QUVCHILARINING TA’LIM-TARBIYASIDAGI TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
461
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Corel DRAW / PHOTO SHOP / 3D MAX / Kompyuter dizayneri / badiiy estetik madaniyat / tasavvur / iste’dod. / CorelDRAW / PHOTO SHOP / 3D MAX / computer designer / artistic aesthetic culture / imagination / talent.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. G’Aybullayeva

Ma’lumki, O’zbekiston ta’lim tizimida bolalar tarbiyasida tasviriy san’atni shakllantirish, ularni badiiy obrazni hamda boshqa qahramon, ertak, tabiatdagi ko’rgan narsa va voqeliklarini aks ettirishdek vazifani bajaradilar. Bundan tashqari tasviriy san’at bilan shug’ullangan bola tasavvurini keng rivojlanishi esa jamiyatda unday insonlardan juda ko’p narsalarni kutish mumkin. Quyidagi maqolamizda esa mana shunday shaxslarni shakllantirishda tasviriy san’atni o’rni qanchalik muhim ro’l ekanligini ko’rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FINE ARTS IN SCHOOLCHILDREN'S EDUCATION

It is known that in the education system of Uzbekistan, children are faced with the task of forming fine arts, making them reflect their artistic image and other heroes, fairy tales that they saw in nature and realities. In addition, from such people in society one can expect a wide development of the imagination of a child engaged in fine arts. In the next article, we will look at how important the role of fine art is in shaping such personalities.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT FANINING MAKTAB O’QUVCHILARINING TA’LIM-TARBIYASIDAGI TUTGAN O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TASVIRIY SAN'AT FANINING MAKTAB O'QUVCHILARINING TA'LIM-TARBIYASIDAGI TUTGAN O'RNI G'aybullayeva Nargiza Mirzayevna

Namangan viloyati Chortoq tumani XTB ga qarashli 7 -sonli umumiy o'rta talimi maktabi

Tasviriy sanat fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7178368

Annotatsiya. Ma'lumki, O'zbekiston ta'lim tizimida bolalar tarbiyasida tasviriy san'atni shakllantirish, ularni badiiy obrazni hamda boshqa qahramon, ertak, tabiatdagi ko'rgan narsa va voqeliklarini aks ettirishdek vazifani bajaradilar. Bundan tashqari tasviriy san'at bilan shug'ullangan bola tasavvurini keng rivojlanishi esa jamiyatda unday insonlardan juda ko'p narsalarni kutish mumkin. Quyidagi maqolamizda esa mana shunday shaxslarni shakllantirishda tasviriy san'atni o'rni qanchalik muhim ro'l ekanligini ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Corel DRAW, PHOTO SHOP, 3D MAX, Kompyuter dizayneri, badiiy estetik madaniyat, tasavvur, iste'dod.

РОЛЬ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ОБРАЗОВАНИИ ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация. Известно, что в системе образования Узбекистана перед детьми стоит задача формирования изобразительного искусства, заставить их отражать свой художественный образ и других героев, сказок, увиденных ими в природе и реалиях. Кроме того, от таких людей в обществе можно ожидать широкого развития воображения ребенка, занимающегося изобразительным искусством. В следующей статье мы рассмотрим, насколько важна роль изобразительного искусства в формировании таких личностей.

Ключевые слова: Corel DRAW, PHOTO SHOP, 3D MAX, компьютерный дизайнер, художественная эстетическая культура, воображение, талант.

THE ROLE OF FINE ARTS IN SCHOOLCHILDREN'S EDUCATION

Abstract. It is known that in the education system of Uzbekistan, children are faced with the task of forming fine arts, making them reflect their artistic image and other heroes, fairy tales that they saw in nature and realities. In addition, from such people in society one can expect a wide development of the imagination of a child engaged in fine arts. In the next article, we will look at how important the role of fine art is in shaping such personalities.

Keywords: CorelDRAW, PHOTO SHOP, 3D MAX, computer designer, artistic aesthetic culture, imagination, talent.

KIRISH

Ma'lumki, tasviriy san'at inson zotini mehnatga, aql-idrokka, tafakkur qilishga, ijod qilishga, go'zallikka intilishga o'rgatib, unda chiroyli, go'zal ma'naviy dunyosini yaratib keldi. Bugungi kunda tasviriy san'at odamlar va uning jamiyati uchun yuksak aql-idrok, chuqur bilim va tafakkur, go'zal turmush va e'tiqod yaratishini hamma yaxshi biladi. Shuningdek, kuzatishlar va ilmiy tadkiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, tasviriy san'at yoshlarga faqat ilm-tafakkur, go'zal estetik ideallar beribgina qolmay, odam zotini eng muhim jihatlarini, ya'ni kuzatish, ko'rish, idrok qilish va tafakkur-tasavvurlarini rivojlantiradigan bosh va asosiy vosita ekanligi isbotlanmoqda.

TADQIQOT MATERAILLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchilar tasviriy san'at mashg'ulotlarida narsalarni ko'radilar, uni katta-kichikligini, shaklini, shaklidagi xunuk va chiroyli elementlarini aniqlaydilar, narsa shaklini idrok etadilar, rang va tuslarini o'rganadilar. Narsa shaklini idrok etish bilan birga, uni tasvirini yaratish bo'yicha tahlil qilib, ong faoliyati asosida naturani tasvirga aylantirib, uni daftar yuziga joylashtirish bo'yicha hisob-kitob qilinadi. Shundan so'ng natura tasviri daftar yuzasiga tushiriladi. Bu mashg'ulotlar davomida o'quvchi naturani kuzatadi va ko'radi, uni ham ong faoliyatida tahlil kilinadi, rang tuslarini buyumlar ichidan topib, uni qog'ozga tushiradi. Lekin bu jarayon shunchalik murakkabki, uni sog'lom rivojlangan odam bolasigina uddasidan chiqa oladi. Qarangki, bu jarayonda bolaning fikri chalg'isa, boshqa yoqqa ketsa, shakl chiqmaydi, rang topilmaydi. Shu boisdan ham hamma bola rasm chiza olmaydi. Qadimgi Rim medik-psixolologlari tomonidan chiqazilgan hukm ham bir tomonidan to'g'ridir. Chunki, yuqoridagi faoliyatni faqat sog'lom, ya'ni fiziologiya va psixologiya jihatdan sog'lom yetilgan bolagina amalga oshira oladi. Tasviriy san'at mashg'ulotlarida bolani ko'rish a'zolari takomillashib boradi. Chunki, har bir mashg'ulotda narsalarni e'tibor bilan kuzatishga va ularni idrok etishga o'rgatib, bolani diqqat-e'tiborini bir nuqtaga qaratish malakasi ham beriladi. Bu jarayon bolani ixtiyoriy diqqatini barqaror bo'lishini ham ta'minlaydi. Shuningdek, tasviriy san'at mashg'uloti o'quvchilarni e'tiborli, zehn bilan faoliyat ko'rsatishga o'rgatib, ularni barcha his-tuyg'ularini jamlagan holda, o'zida bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni ishga soladi. Butun vujudi, aql-idroki, tasavvur-tafakkuri bilan faoliyat ko'rsatishga olib keladi. Shu boisdan nemis pedagog rassomi P.Shmitning - «Tasviriy san'at mashg'uloti aql gimnastikasi» - degan xulosasi mutloq to'g'ridir. Xullas, tasviriy san'at darslari o'quvchilarni har tomonlama rivojlanishi asosi bo'lib qoladi, bunda uni o'rni va roli benihoyat kattadir.

TADQIQOT NATIJALARI

Tasviriy san'at o'quv predmeti har bir inson uchun zarur bo'lgan badiiy estetik madaniyatga doir elementlar, bilim va malakalar beruvchi omildir, chunki har bir o'quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qatiy nazar u go'zallikdan bahramand bo'lishi, undan zavqlanib dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi lozim.Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan sanat asarlari bilan muzey, ko'rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shuningdek, ko'pchilik o'quvchilar o'zlarining kelajak hayotlarida ma'lum miqdorda rasm islashlariga to'g'ri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me'morlar uchungina emas, o'qituvchilar, injenerlar, tibbiyot xodimlari, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir.Ularning har biri o'z faoliyatlarida rasm, sxemalar, diagrammalar, eskizlar orqali so'z bilan tushuntirib bo'lmaydigano'z g'oya va fikrlarini tasvirlab ko'rsatishga harakat qiladilar. Lekin bu tasviriy, amaliy va me'morchilik san'atlaridan chuqur va keng bilim va malakalar berish kerak ekan, degan ma'noni anglatmaydi. Tasviriy san'at fanini o'qitishdan maqsad bolalarda kuzatuvchanlikni o'stirish, borliqni ko'ra bilish, qolaversa shu orqali xotirani rivojlantirish hisoblanadi. Ma'lumki, tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarning deyarli 90 foizidan ortig'ini ko'z orqali oladi, qolgan 10 foizini quloq, burun, og'iz va boshqa a'zolari orqali o'zlashtiradi.Bu sifatlar borliqni udrok etish mashg'ulotlarida shuningdek, naturadan tasvirlash, san'atshunoslik asoslari mashg'ulotlarida alohida ahamiyatlidir.

Tasviriy san'atni hamma umumiy ta'lim maktablarida o'qitilishining foydali ekanligi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy tomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida rivojlantirildi. Hozirda umumta'lim maktablarining vazifalardan biri o'quvchilarni turli kasb va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hunarlarga yo'naltirish. K.D Ushiniskiy shunday degan edi "Rasmni ko'rganda soqov ham tilga kiradi", Fransuz faylasufi Didro, bundan qariyb 300 yil avval, "Qaysi bir mamlakatda rasm chizishni o'qish yozish kabi bilsalar, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va ortda qoldiradi" degan edi. Ma'lumki ta'lim -tarbiya jarayonida boshlang'ich sinflar ta'limi alohida bosqich bo'lib, bu davr bola shaxsini engjadal rivojlanish davri hisoblanadi.Chunki 5-6 yoshdan 10-11 yoshgacha bo'gan davrda bola shaxsi yetuklik va o'smirlik davrida bola shaxsi ko'rish, kuzatish, idrok etish, tasavvur va tafakkur qilishga o'rganish jarayonidagi eng shiddatli bosqich bo'adi. Tasviriy san'at fanining maktab o'quvchilarini o'qitishda eng avvalo tasviriy san'at turlari: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, rassomning ish qurollari, chiziqlar va shakllar, bo'yoqlar, ranglar haqida boshlang'ich ma'lumot berilmaydi. O'quvchilar bu ma'lumotlarni olgandan so'ng rasmni qanday chizish, rasm daftariga qanday joylashtirish kerakligi haqida avval nazariy bilim berib so'ngra uni amaliyotda qo'llash va bundan tashqari chizmoqchi bo'lgan biror narsani kuzatish, o'lchash va to'g'ri joylashtirish kerakligi haqida afsuski ma'lumot berilmaydi. Rassomlar haqida, uni hayoti va ijodi , yaratgan asarlari haqida o'quvchilarga gapirib o'tilmaydi.

Mamlakatimiz ko'plab maktablarida quyidagi muammolarga duch kelamiz.Tasviriy san'at fanini boshlang'ich sinflarda o'z mutaxassisi o'tkazmaganligi sababli o'quvchilar tasviriy san'at fani nimani o'rgatadi, ranglar haqida, rasm chizishda nimalarga e'tibor beriladi, palitra nima, o'quv qurollarini yaxshi bilishmaydi, chiziqlar, shakllar, bo'yoqlar, asosiy ranglar, rasm chizishda ketma-ketlikda ya'ni bosqichma-bosqich chizish kerakligi haqida ma'lumotga ega emaslar.O'quvchilargatasviriy san'at fanini boshlang'ich sinfdan o'z mutaxassisi o'tgani ma'qul.Bugungi kunda o'quvchilar rasm chizib bo'yashda faqat qalamlar bilan chegaralanib qolmoqda. Ko'pgina mamlakatlar bir necha yillardan beri tibbiy ta'limda 3D texnologiyalardan foydalanishni amaliyotga tatbiq etmoqda. Masalan: Rossiyaning ba'zi tibbiyot universitetlari inson tanasini tasvirlash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanadilar - Pirogovning interaktiv anatomik jadvali. Ushbu dasturning imkoniyatlari orasida inson tanasining real o'lchamdagi 3D modeli, shuningdek, inson tanasining 4000 dan ortiq ob'ektlarining lobar va segmentar tuzilishi, intraorgan tuzilmalari va ligamentli apparatlar; 3D tanasi modelining 12 ta tafsilotlar darajasi; 3D ob'ektlar bilan interfaol ishlash; ob'ektlarning nomi va tavsifi bilan maslahatlar kiritilgan. Tasviriy san'at fanisiz mazkur dasturni ishlab chiqish mutlaqo imkonsiz. Tasviriy san'at fani haqida ma'lumotlar radio va televiniyelarda berilishi sust.Maktablarda tasviriy san'at fani haftasiga boshlang'ich sinlardan to yuqori sinflar o'quvchilari uchun 1 soatdan berilgan.O'quvchilar bilan savil-javob qilinganda tasviriy san'at fanini ko'proq o'tilishini talab qilmoqda.

MUHOKAMA

Tasviriy san'at fanini o'rganish orqali o'quvchilar borliqni idrok etadi va estetik didi o'sadi.Hamda san'atni bilish orqali boshqa fanlarni o'zlashtirishda zamin bo'adi. Respubilkamizning qator viloyat, shahar, tumanlarida yoshlarga tasviriy sana'tni o'qitish bo'yicha maxsus san'at va musiqa maktablari ochilib, iste'dodli yoshlarga tasviriy sana'atdan chuqurlashtirilgan bilim va malakalar berish keng yolga qo'yilgan.Bundan tashqari rasmni kompyuterda chizish turlari mavjud.Misol qilib aytadigan bo'lsak Corel DRAW, PHOTO SHOP, 3D MAX, Kompyuter dizayneri va boshqalar.Oliy o'quv yurtlarida tasviriy sana'atni o'qitish metodikasi, nazariyasi va tarixi bo'yicha magstratura va aspiranturalar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ochilmoqda.U yerda xalqimizning iste'dodli yoshlari bilim olib jahonga mashhur rassom, san'atshunos pedagog olimlar bo'lib yetishib chiqib O'zbekiston tasviriy sa'natini jahon san'ati darajasiga olib chiqishdek sharafli va ma'suliyatli vazifani amalga oshirmoqdalar. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish kerak tasviriy san'at fanida borliqni idrok etish, o'quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o'stirishda muhim rol o'ynaydi. Borliqni idrok etish mashg'ulotlari odatda mavzuli kompozisiyalarni bajarishdan oldin o'tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak atrofdagi nafislik va go'zallikni ko'ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy, badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. San'atshunoslik bo'limi o'quvchi shaxsining estetik rivojiga ko'maklashib, uni jahon madaniyatining buyuk durdonalari va san'at asrlari orqali tevarak-atrofdagi hayot go'zalliklari bilan tanishtiradi.Badiiy didni shakllantiradi, san'atni sevishga o'rgatadi.

REFERENCES

1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T Sharq.1997

2. Abdirasilov S. Tasviriy san'at fanini o'qitish metodikasi.T Ilm-Ziyo, 2011

3. Abdirasilov S, Xasanov.M Rasm o'qitish metodikasi .T Iqtisod-moliya, 2010

4. B.N.Oripov Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi.Toshkent Ilm-Ziyo 2005

5. Zakirov D.U. "Ekologik ta'limda mantiqiy fikrlash va mistaqil ta'limdan unumli foydalanishni rivojlantirish usullari". Biologiya va ekologiya electron jurnali.

6. D. A. Tatayeva va Zakirov D.U. "Effektiy ekologicheskogo vospitaniya v obsheobrazovatelnix shkolax, ekskursiya detey k prirode". Academic research in educational sciences, 2 (12), 1413-1418.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.