Научная статья на тему 'TARKIBIDA POLIESTR (LAVSAN) TOLALI CHIQINDILAR MAVJUD QOG„OZLARNING IQ SPEKTROSKOPIK TAHLILI'

TARKIBIDA POLIESTR (LAVSAN) TOLALI CHIQINDILAR MAVJUD QOG„OZLARNING IQ SPEKTROSKOPIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARKIBIDA POLIESTR (LAVSAN) TOLALI CHIQINDILAR MAVJUD QOG„OZLARNING IQ SPEKTROSKOPIK TAHLILI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

TARKIBIDA POLIESTR (LAVSAN) TOLALI CHIQINDILAR MAVJUD QOG'OZLARNING IQ SPEKTROSKOPIK TAHLILI

N. Aliyeva

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent iqtisodiyot va pedagogika

instituti prorektori, O'zbekiston

Dunyo bo'ylab, ko'plab tadqiqotchilar turli xil tabiiy, kimyoviy va sintetik tola chiqindilaridan yuqori sifatli qog'oz ishlab chiqarish muammosi ustida ilmiy ishlar olib bormoqda.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasida har yili 14 ming tonnadan ortiq "nitron" poliakrilonitril tolasi ishlab chiqariladi, u uch sopolimerdan (92,5% akrilonitril, 6,0% metil akrilat, 1,5% itakon kislota) nam rodanid usulida shtapel tolasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan tolalarning 25 foizi respublika milliy iqtisodiyotida, qolgan 75 foizi eksport qilinadi [1].

O'tgan besh yil ichida barcha turdagi tolalarning, shu jumladan tabiiy tolalarning global iste'moli deyarli 19 foizga oshdi, tabiiy tolalarning ulushi doimiy ravishda pasayib, kimyoviy tolalarning ulushi 20 foizdan oshdi va global ishlab chiqarishning uchdan ikki qismini tashkil etadi [2].

Mazkur tadqiqot ishida poliestr (lavsan) tolali chiqindilar mavjud qog'oz tarkibining o'zaro molekulalararo ta'sirlashishi va elektrostatik o'zaro kuchli ta'sirlarning o'zgarishini hamda spektrning yutilish diapazonlarining intensivligi, kengligi, shuningdek ularning o'zgarish holatini shu bilan birga kimyoviy bog'langan atomlardan iborat tebranish tizimlarini aniqlash maqsadida IQ-spektroskopik tahlil amalga oshirildi. Bu ko'rsatkichlarni aniqlash BRUKER - IK-spektrometr qurilmasidan foydalanildi. [3]

Tajriba asosida tarkibida paxta sellyulozasi bilan birgalikda poliestr (lavsan) tolasi chiqindilari qo'shib olingan qog'oz namunalarining infraqizil yutilish spektrlari natijalari

quyidagi 1-4-rasmlarda ko'rsatilgan. Tajribaviy qog'ozning tarkibini hosil qiluvchi tabiiy va sintetik tolalar bir-biridan tartiblangan va tartibsiz spektrlari turli SN-, S-O-S- i ON- guruhlari tarkibidagi o'zaro bosma bo'yoq bilan ta'sirlashishi hamda paxta sellyulozasi strukturasining murakkabligi tufayli 400-4000 sm-1 o'rtacha diapazonidagi qo'shimchalar va to'ldiruvchilar bilan tarkibida paxta sellyulozasi bilan birga poliestr (lavsan) tolali chiqindilari

«О ЯП SCO 2!!» SX/) IKK 1»3 ! X

cm."

1-rasm. PS fling spektroskopik tahtili

14

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Ташкентский институт экономики и педагогики ^oshkentjqtisGdiyot^a^edagGgikajnstitut^^^^

Science, éducation, innovation: modern tasks and prospects Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

^^lmfan^alim-tarbiya^nnova^

mavjud qog'oz makromolekulalarining o'zaro bog'lari mavjudligini ko'rishimiz mumkin.

1-4-rasmlarda tarkibida poliestr (lavsan) tolali chiqindilar mavjud qog'oz namunasining o'ziga xos bo'lgan yutilish chiziqlari aniqlangan. [4] 1-rasmda 3340-3260 sm-1 sohalardagi yutilish chiziqlari ON-bog'larning valent tebranishlariga, 2990-2850 sm-1 sohalarda esa SN- guruhlarning valent tebranishlariga tegishli. 1750-1700 sm-1 soxalar karbonil (C=O) guruhiga tegishli bog'ning valent tebranishlariga tegishli.

1431-1434 sm-1 sohalardagi yutilish chiziqlari SN2- va SN-guruhlarning 1310-1380 sm-1 va 1160 sm-1 sohalar esa ON- va SN-guruhlarning deformatsion tebranishlariga tegishli. SOS- valent tebranishlari 1059 sm-1 (assimmetrik) va 900 sm-1 (simmetrik) sohalarda yutilish chiziqlarini namoyon etadi. 560-708 sm-1 sohalardagi yutilish chiziqlari asosan ON-guruhlarning deformatsion tebranishlariga va S-S-bog'larning boshqa turdagi tebranishlariga taaluqlidir.

2-rasmda olingan IQ- spektrlar shuni ko'rsatdiki namunalarga bosilgan ranglar natijasida oddiy qog'ozga nisbatan 1726 sm-1, 1638 sm-1, 1159 sm-1, 735 sm-1, 695 sm-1, sohalardagi C=O, COC, -OH guruhlarining bog'lari uchun tegishli yutilish maksimumlarida intensivliklarning sezilarli darajada ortishi bog'lanishlarning aynan shu funksional guruhlarning mustahkamlanishini bildiradi.

3330 sm-1 sohadagi ON-guruhlarning valent tebranishlari yutilish chiziqlarining intensivligi sezilarli kamayishi qog'oz hamda ranglar orasidagi bog'lanish aynan shu funksional guruhlar hisobiga vujudga kelganligini, signalning kengayganligi esa

molekulalararo qo'shimcha vodorod bog'larning hosil bo'lishi bilan bog'liq.

3-rasmda olingan namunalarning IQ-spektrlarini solishtirma tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, yuqorida keltirilgan sohalardagi yutilish maksimumlarining intensivligidagi farqlari ranglarning qog'oz bilan bog'lanishidagi mustahkamligi №3-

4-msm. Namimada ranglaniiiig qog'oz bilan bog'lanishidagi mustahkamligi namUtia hamda N°4-namunalarda

yuqoriroq ekanligini ko'rsatadi, bu esa aynan shu namunalarda qolgan ikkita namunadagi bo g'lanishlarga nisbatan yaxshiroq ekanligini bildiradi.

May 3, 2024

15

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

4-rasmda qog'oz tarkibiga akril emulsiya qo'shib olingan qog'ozga IQ spektrida 3336 sm-1 dagi yuritish sohasi gidroksil (-OH) guruh vodorod bog'lar kuzatilgan. Bog'lanishlarning valent tebranishlarini va 3065-3033 sm-1 sohada aromatik xalqadagi C-H bog'larining valent tebranishlari kuzatilganini bildiradi. 2930 sm-1 sohada sp3 gibridlangan C-H bog'larining valent tebranishlarini, 1727 sm-1 sohada karbonil (C=O) guruhiga tegishli valent tebranishlarni bildiradi. 1636-1558 sm-1 sohalaridagi yutilishlar aromatik xalqa uchun xarakterli tebranishlar xisoblanadi. 1497-1437 sm-1 dagi yutilish maydoni CH2- va CH- guruhlarining 1317-1372 sm-1 va 1163 sm-1 da esa OH- va CH- guruhlarining deformatsion tebranishlarini bildiradi. C-O-C-bog'ining valent assimetrik va simmetrik tebranishlari 1054-913 sm-1 sohada namoyon bo'ladi. 737-696 sm-1 sohadagi yutilish chiziqlari OH- guruhlarining deformatsion tebranishlari va 556445 sm-1 sohalarda esa C-C, C-H o'zaro gidroksil bog'larning hosil bo'lish tebranishlariga tegishli.

IQ spektrida 3331 sm-1 dagi yutilish sohasi gidroksil (-OH) (-OH guruh kuchsiz vodorod bog'lanishda qatnashgan) bog'lanishlarning valent tebranishlarini va 2900 sm-1 sohada sp3 gibridlangan C-H bog'larining valent tebranishlarini bildiradi. 1654 sm-1 sohadagi yutilish C=C bog'i uchun xarakterli valent tebranishlar hisoblanadi. 1428-1314 sm-1 dagi yutilish maydoni CH2- va CH- guruhlarining deformatsion assimetrik va simmetrik tebranishlarini, 1108-983 sm-1 sohalarda birlamchi spirtlarning -OH guruhiga xos bo'lgan intensiv tebranishlar bor. 556-433 sm-1 sohalarda esa C-C, C-H bog'larning skelet tebranishlariga tegishli.

Tajribaviy qog'ozlarning IQ spektrlarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, qog'oz bilan bo'yoq komponentlarining ta'sirlashish kengliklarida intensivligi yuqoriligi aniqlandi. Spektroskopik tekshiruv ma'lumotlariga asoslanib, tajribaviy qog'oz namunalarining kimyoviy tuzilishiga ko'ra paxta sellyulozasi tarkibiga kiritilgan poliestr (lavsan) tolali chiqindilarni muqobil tolali xomashyo turi deb hisoblash mumkinligi ko'rsatilgan.

References / Adabiyotlar

1. Ешбаева У.Ж. Печатно - технические свойства новых видов бумаг, содержащих химические волокна. Автореферат на соис. Уч. Степ. Канд.тех.наук. Ташкент. ТИТЛП. 2008. С.16.

2. Влияние соотношения смеси волокон хлопок/полиэстер на качественные показатели пряжи // Universum: технические науки : электрон. Научн. Журн. Файзуллаев Ш.Р. [и др.]. 2021. 6(87)

3. https://www.bruker.com/en/products-and-solutions/

4. https://www .researchgate.net/figure/

16

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.